Qanday hujjatlar kerak?


Download 16.16 Kb.
Sana16.04.2023
Hajmi16.16 Kb.
#1360954
Bog'liq
Beruniy stipendiyasi


Avvalambor assalomu aleykum. Men Bafoyeva gulrux Buxoro Muhandislik Texnologiyalari Instituti 3-bosqich talabsiman. Kuni kecha O’zbekiston Respublikasi (nomdor davlat) Beruniy nomli davlat stipendiyasi sovrindori bo’ldim. Bundan juda ham xursand bo’lib kettim. Umuman olganda bu stipendiyaga erishish uchun ota-onam, ustozlarim va xolamning menga bildirgan ishonchi katta ahamiyat kasb etdi deb bemalol ayta olaman. Bu stipendiyaga harakatimni 1-kursdan boshlaganman. Menga bu stipendiya haqida 1-bo’lib xolam ma’lumot berganlar. Keyin (tadbirlarda/o’quv jarayonlarida) mendagi ishtiyoqni ko’rib (zamdekan) o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rin bosari (i.f.o) menga to’g’ri yo’l-yo’riq ko’rsatib yordam berganlar. Fanlardan a`lo baxolarga o’qishga xarakat qilganman. Nafaqat ilmiy sohada balki ijodiy sohada ham faol bo’lish kerak. Ijodiy ishlar bilan muvaffaqiyatlarga erishish talab etiladi. “Yoshlar ittifoqi” tomonidan o’tkaziladigan ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar bo`ladimi yoki boshqa tadbirlar bo’ladimi faol ishtirok etish kerak bo’ladi. Shuning bilan birga “xalqaro”, “respublika’’ va “milliy-mintaqaviy” turlarda maqolalar chop ettirish talab etilgan.
Qanday hujjatlar kerak?
Biz barcha hujjatlarni onlayn stipendiya.edu.uz sayti orqali topshirdik. O’z ilmiy ishlarimiz diplom yoki sertifikatlarimiz, umuman, 3 yil davomida qanday muvaffaqiyatlarga erishgan bo’lsak, qanday ilmiy natijalarga yoki ma`naviy-ma`rifiy tadbirlarda ishtirok etganimizni barchasini, erishilgan yutuqlar yoki maqolalarimiz soni va mohiyati juda katta ahamiyat kasb etdi.
Ustozlar o’rni?
Avvalo ustozim Doniyor G’afurov meni 1-kursdan qo’llab quvvatlab katta ishonch bildirganlar va to’g’ri yo’l-yo’riq ko’rsatganlar. Hozir ham doimo bir ish qilishdan oldin maslahatlashaman. So’ngra ilmiy rahbarim Nematov Shuhrat ustozimiz o’rinlari beqiyos deb bilaman, sababi har bir ilmiy maqolam ustida men bilan birga ishlaganlar. Erinmasdan har bir xatoyim ustida ishlaganlar. Men o’zimga ishonch bilan borib bahslashgan paytlarim ham bo’lgan. Ammo menga xatolarimni tushuntirganlar. Buning uchun o’z navbatida ularga minnatdorchilik bildiraman. Shu bilan birga Energetika fakultetidagi barcha o’qituvchilarni yutug’im sababchisi deb bilaman. Chunki mutaxasislik fanlarimni chuqur o’rganishim uchun sababchi bo’lishgan. Ularni barchalariga boshim yerga tekkunicha ta`zimdaman.
SARALASH 3 ta bosqichda bo’lgan.
Download 16.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling