Rolltruziya ma’nosini bilasizmi?
A.Rolltruziya – bu pultruziyaning bir ko’rinishi bo’lib, shakllantirish matritsa yordamida emas, balki tortilayotgan materialga profilli roliklar yordamida shakl berish amalga oshiriladi.
B.Rolltruziya – bu pultruziyaning bir ko’rinishi bo’lib, shakllantirish profilli roliklar yordamida emas, balki tortilayotgan materialga matritsa yordamida shakl berish amalga oshiriladi.
C.Rolltruziya – bu pultruziyaning bir ko’rinishi bo’lib, shakllantirish ham matritsa yordamida ham qoliplovchi roliklar yordamida tortilayotgan materialga shakl berish amalga oshiriladi.
D.Barcha javoblar to’g’ri.
Pultruziya va rolltruziya texnologik usullarining farqi nimalardan iborat?
A.Shakllantirish moslamasining konstruksiyasi bilan.
B.Ishlatiladigan xomashyolar bilan.
C.Ishlab chiqariladigan mahsulot turi bilan.
D.Javoblarning barchasi noto’g’ri.
Polimer materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi jarayonlari usullaridan biri hisoblangan ekstruziya deganda nimani tushunasiz?
A.Ekstruziya – bu texnologik jarayon bo’lib, bunda polimer materiallar qizdirilgan massani (ya’ni, rezina birikmalar, plastmassalar, kraxmalli va oqsilli birikmalarni o'z ichiga olgan aralashmalarni) munshtuk (shakl beruvchi teshik) orqali siqib (prodavlivaniya) chiqarish yo’li bilan olinadi.
B.Ekstruziya – bu texnologik jarayon bo’lib, bunda polimer materiallar oldindan tayyorlab qo’yilgan polimer xomashyoni to’g’ridan-to’g’ri shakl beruvchi munshtuk orqali tortib olish yo’li bilan shakl berib tayyorlanadi.
C.Ekstruziya – bu texnologik jarayon bo’lib, bunda polimer materiallar qizdirilgan yarim tayyor polimer xomashyolarni texnologik uskunaning shakl beruvchi teshigidan bosim ta’sirida siqib chiqarish yo’li bilan shakl berib tayyorlanadi.
D.Barcha javoblar to’g’ri.
«Polimer qurilish materiallari texnоlоgiyasi» fani nimalarni o’rganadi?
A.Quyidagilarni hammasini.
B.Polimer qurilish materiallarning xоssalarini.
C.Polimer qurilish materiallarining xomashyolarini.
D.Polimer qurilish materiallarini ishlab chiqarish texnоlоgiyasini.
Do'stlaringiz bilan baham: |