Qanday qadam tashlaysiz?


Download 10.56 Kb.
Sana02.12.2019
Hajmi10.56 Kb.

Qanday qadam tashlaysiz?
Psixologlarning aytishicha: qadam tashlash ham ruhiy xolatni ko’rsatadi.

  • Maqom bilan qadam tashlash yaxshi kayfiyat, istalgan harakatga tayyorlik belgisi. Odatda ko’pgina yosh qizlar va kibrli-beg’am kishilar ana shunday bir maqomda chayqalib yurishdan rohatlanishadi.

  • Bir meyorda, tekis qadam tashlash- mo’ljal sari g’ayrat bilan qilinayotgan harakat. Bunga misol sifatida xarbiy xizmatda safda qadam tashlayotgan askarlarni aytish mumkin.

  • Ritmni buzgan xolda qadam tashlayotgan odam o’zida emas, uning istaklariga qandaydir kuchning xalal berishi uni ikkilanishga yoki ishonchning yo’qolishiga olib kelgan. Bunday odim kishida o’ychanklikni, ichki erkinlik yetishmasligini, xadiksirayotganligini(m:darsga tayyor bo’lmagan o’quvchining yurishi) bildiradi.

  • Ayrim sabablarga ko’ra qadamlar tezligi, kengligi, yurganda tana harakati o’zgarishi mumkin. Asosan ayollarda kiygan oyoq kiyimiga qarab o’zgaradi.

  • Keng qadamlar-ishbilarmon, erkin odamlarga xos.

  • Qisqa, mayda qadamlar-ehtoyotkor, xisob-kitobli, o’zini tuta biladigan, moslashuvchan odamlarga xos. Sezilarli darajada maydaligi tufayli tez-tez qadam tashlovchi odamlar xovliqma va hurkak bo’ladi.

  • Alohida ta’kid bilan keng va sekin qadam tashlash hamisha o’z kuchini va shaxsiyatini atrofdagilarga namoyish etish istagini bildiradi.

  • Bo’shang qadamlar qiziqishning yo’qligi, befarqlik, umid va javobgarlikni inkor etish, o’z-o’zini tergash, tartibga solishning yetishmasligidan darak beradi.

  • Tolaligicha erkin, ortiqcha xarakatlarsiz, tez ham emas, sekin ham emas, katta ham emas, mayda ham emas, bir maromdagi qadam egasi –doimo tinch va o’ziga ishonadi, nima xoxlayotganini yaxshi biladi.

  • Tebranib yurish-agar xar qadamda tananing yuqori qismi tebransa(xar qadam tashlaganida bir u, bir bu yelkasi buriladi) va xar qadamida namoyishkorona tabiat sezilsa, bunday odamda o’zini ko’rsatish istagi shu qadar kuchliki, oqibatda ko’r-ko’rona va yasama harakatlar yuzaga keladi. O’ziga ishongan, sodda-sezgir odamlar oldinga va orqaga biroz tebranish bilan kuchli ritmli qadam tashlaydilar, o’zini yaxshi ko’ruvchi odamlarning yelkasi bir tekisda tebranadi.

  • Oyoqlarni bir-biriga urish yurish irodasizlik va intilishning yo’qligi, charchoqli, sustkashlikni anglatadi.

  • Og’ir ,,mag’rur’’ qadam tashlash (mayda qadamlar bilan sekin yuradi, tanasining yuqori qismini o’ta to’g’ri tutadi, biroq ritm yo’qolib ketadi yoki buziladi) kalandimog’, o’zini sevuvchi, o’ziga yuqori baho beruvchi odamlarga xos.

  • Notabiiy qadam tashlash baso’naqay yurish siqiqlik, tashqi xayot bilan munosabatning yetishmasligi, qo’rqoqlik, erkin ko’rinishga layoqatsizlik belgisi.

  • Keskin qadam(sezilarli darajada katta va tez qadamlar, qo’lning orqa-oldinga tez-tez borib kelishi)-soxta faollikni namoyish etishga bo’lgan behuda urinishdan darak. Oyog’ining uchini doimiy yuqoriga ko’tarib yuradigan kishilarda ideal odam bo’lib yashashga, aqliy jihatdan ustunlikka intilish kuchli bo’ladi.

,,Tana tili’’sayti

1. Sekin va ishonchsiz qadam tashlaydigan odamlar: o’ziga e’tibor qaratishni xoxlamaydigan, o’z fikr-xayollari bilan band bo’lgan odamlar.

2. Tovonini ichkariga qarab tashlaydigan odamlar: juda quvnoq, hamma narsadan xabardor bo’lib turishni xoxlaydigan, kirishimli kishilardir.

3. Poshnasini qarsillatib urib, shovqinli yuradiganlar: o’zini tuta olmaydiganlar, ba’zan beandishalik qiladigan kishilardir. Bu yurish o’z-o’ziga ishonchsizlikdan dalolatdir.

4. Bir maromda vazmin qadam tashlaydiganlar: hotirjam, yengil-yelpi xayollarga berilmaydigan kishilardir.

5. Agar odam yurganda qo’llarini siltab yursa: bu uning serxarakatligidandir, intiluvchanligidan va sobitqadamligidan dalolatdir. Bundan tashqari yengil qadam tashlaydigan kishilar bekami-kost, barkamol odamlardir.

6. Og’ir qadamlar tashlab, yurganda qo’llarini qimirlatmasdan, osiltirib yuradiganlar: irodasiz, xayotda zerikkanlar va qiynalganlar.

7. Raqs tushayotganda qadam tashlaydiganlar: jiddiy bo’lmagan va hamma vaqt va’da berib so’zini ustidan chiqmaydigan kishilar.



8. Mayda qadamlar bilan yuradigan kishilar o’ta rasmiyatchi kishilardir va ular kirishimli emas.

Google

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling