Qanday qilib yangi hayot boshlash


Qo’rquvingizni yengishni o’rganing


Download 131 Kb.
bet6/12
Sana08.01.2022
Hajmi131 Kb.
#242164
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
hoot

3. Qo’rquvingizni yengishni o’rganing.

Okey, biz oddiy narsalarni o’rganib bo’ldik. Endi jiddiroq gaplarga o’tamiz.

Agar e’tibor bergan bo’lsangiz yuqorida men faqatgina sizning ojizligingiz haqida yozdim. Bular “sizning qanchalar kuchsiz ekanligingiz, kuchli bo’lishga harakat qilish uchun nima qilishingiz kerakligi” haqida edi.

Endi bu qismda “sizning qanchalar kuchli ekanliginiz, yaxshi harakat qilsangiz nimalar qila olishingiz va qo’rqishingiz kerak bo’lgan hech narsa yo’qligi” haqida yozaman.

Bilasizmi, qo’rquv insonni katta ishlar qilishdan to’sib turadi. Shu kungacha dunyoda milliardlab odamlar oddiygina qo’rquvlari tufayli ko’p narsalarga jur’at etolmay, o’zlarini dunyodagi eng kuchsiz mavjudot sifatida tan olishgan.

Har bir odamda “xavfsiz hudud” degan ruhiy zona bor. Bu hudud chegarasini qo’rquv janobi oliylari juda qattiq qo’riqlaydi. Agar siz o’z “xavfsiz hudud”ingizdan chiqa olsangiz – marra sizniki! Bu uchun sizning “xavfsiz hudud’ingiz qanchalar kengligini anglab olishingiz kerak. Buni tushinish uchun siz xavfsiz hududingizdan tashqariga chiqishingiz kerak.

Bu haqida o’ylashingiz foyda bermaydi. Buni his qilishingiz kerak.

His qilishning usullari juda ko’p va hamma bundan har hil foydalanishi mumkin. Kimdir parashutdan sakraydi, kimdir umrida birinchi marta tirik qumirsqani yutib yuboradi, yana kimdir esa boks bo’yicha jahon chempioni bilan ringga tushishga qaror qiladi. Nima qilishingizdan qat’iy nazar siz qo’rquvni yengish uchun xavfsiz hududingizdan chiqishni o’rganishingiz kerak.

O’rganish esa har doim juda qiziq bo’lgan! Xavfsiz hududdan chiqib siz uchun imkonsizday ko’ringan narsalarni sinab ko’rish juda zo’rku! Yangi narsalarni o’rganasiz, yangi holatda o’zingizni sinab ko’rasiz, nima to’g’riyu, nima noto’g’riligini tushunib yetasiz! Keling bir necha misollar bilan hozir xavfsiz hududingizdan chiqishga urinib ko’ramiz.


Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling