Qandli diabet profilaktikasi


Download 0.53 Mb.
bet2/4
Sana04.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1163756
1   2   3   4
Bog'liq
QANDLI DIABET PROFILAKTIKASI

Teri qurishi. Teri qurib, qichishadi va turli toshma yaralar paydo bo‘ladi. Ularning yo‘q bo‘lishiga ham uzoq vaqt ketadi.

  • Qon bosimining ortishi.

  • Siydik yo‘llarida yuqumli kasalliklarning paydo bo‘lishi.



    Qandli diabet taomnomasi — jadvallar, tavsiyalar va ovqatlanish tartibi


    Qandli diabet (qand kasalligi) asoratlari jihatdan xavfli boʻlgan kasalliklardan biri hisoblanishiga qaramasdan, uni har bir bemor mustaqil ravishda qandli diabet taomnomasi va yoʻriqnomalari orqali nazorat qilib borishi hamda ijobiy natijaga erishishi mumkin.
    Kasallik rivolanishi bosqichida oshqozon osti bezidagi betta hujayralarda insulin yetarli darajada ishlab chiqarilmaydi (baʼzan, umuman ishlab chiqarilmaydi) yoki gormon oʻz fiziologik vazifasini bajara olmay qoladi. Keyingi holatda insulin ishlab chiqarilsa ham, tolalarni unga boʻlgan sezuvchanligi kamayib ketadi, oqibatda, glyukoza hujayralar ichiga kira olmaydi.
    Har ikkala holat ham inson qonida glyukoza miqdorini oshib ketishiga olib keladi yoki tibbiyot tili bilan aytganda qandli diabet kasalligi rivojlanadi. Ularning birinchisida qandli diabetning birinchi, keyingisida esa kasallikning ikkinchi tipi yuzaga keladi.
    Qandli diabet kasalligi haqida mana bu maqola orqali batafsil maʼlumot oling: Qandli diabet kasalligi — belgilari, turlari, sabablari va davolash usullari

    Har ikkala holat ham inson qonida glyukoza miqdorini oshib ketishiga olib keladi yoki tibbiyot tili bilan aytganda qandli diabet kasalligi rivojlanadi. Ularning birinchisida qandli diabetning birinchi, keyingisida esa kasallikning ikkinchi tipi yuzaga keladi.
    Qandli diabetni davolash tamoyillari quyidagi tadbirlardan iborat:

    • Parhez ovqatlanishga amal qilish;

    • Jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish;

    • Qonda qand miqdorini tushiruvchi tabletkalar qabul qilish;

    • Insulin yordamida davolash.

    Qayd etilganlar orasida qandli diabet taomnomasi asosida parhez ovqatlanish yetakchi oʻrinlardan birini egallab, bemor qandni tushiruvchi tabletkalar yoki insulin qabul qilganda ham unga amal qilishi lozim. Aks holda, olib borilgan muolajalar yetarlicha samara bermaydi. Shuning uchun qandli diabetga moyilligi boʻlgan yoki unga chalingan kishilar tavsiya etilgan ovqatlanish tartibiga amal qilishlari shart.
    Parhezga amal qilish qandli diabet taʼsirida yuzaga keladigan qator ichki aʼzolardagi (yurak, buyrak, asab tizimi, koʻz tubi, oyoqlar va boshqalar) jiddiy oʻzgarishlarning oldini olish imkonini yaratadi.
    Yuqorida taʼkidlaganimizdek, qand kasalligi turli asoratlar berishi bilan xavfli hisoblanadi. Shuning uchun asoratlar yuzaga kelmasligi uchun organizmni nazorat qilib, aʼzolar parvarishiga ham ahamiyat berish lozim. Jumladan, qandli diabetda ayrim bemorlar oyoqlarining ogʻrishiga shikoyat qilishadi, vaholanki, qandli diabetda ovqatlanish tartibiga amal qilish hamda oyoqlarni toʻgʻri parvarishlash orqali bu kabi muammodan forigʻ boʻlish mumkin. Qandli diabetda oyoqlarni toʻgʻri parvarishlash haqida mana bu maqola orqali toʻliq maʼlumot oling : Qandli diabet kasalligida oyoqlar parvarishi

    Tibbiyotda qandli diabetga chalingan kishilar uchun parhez taomnoma tuzishda non birligidan foydalaniladi. Ushbu birlik uglevodlarni oʻlchash imkonini beradi.


    Oziq – ovqat mahsulotlarining tarkibi va sifatidan qatʼiy nazar (olma, non yoki boshqa mahsulotlar) 1 non birligida 12-15 gramm yengil hazm boʻladigan uglevod saqlovchi ozuqa mahsuloti boʻladi.

    Download 0.53 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling