Qang‘, Dovon va Kushon davlatlari


Download 25.98 Kb.
bet7/10
Sana05.01.2022
Hajmi25.98 Kb.
#211259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qang‘, Dovon va Kushon davlatlari

Afrosiyob ko‘hna shahri tuzilishida ham o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. Xususan, milodning dastlabki asrlarida bu ko‘hna shahar yangitdan devor bilan o‘rab olinadi. Afrosiyobdan topilgan juda ko‘plab topilmalar ham aynan mana shu davrga oiddir. Ammo ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘zgarishlar tufayli 4-5 asrlarida ko‘hna shahar inqirozga uchraydi.

Bu davrga oid yirik ko‘hna shaharlardan biri Dalvarzintepadir. Ko‘hna shahar Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumani hududida joylashgan. Umumiy maydoni 36 gektardan ziyod bo‘lgan bu ko‘hna shahar uzunligi 2,5 km, qalinligi 10 metr bo‘lgan himoya devori va chuqur xandaq bilan o‘rab olingan. Devorlarda harbiy maqsadlarni ko‘zlab maxsus minoralar qurilgan. Shaharning markaziy qismida boy shaharliklarning mahallalari, janubiy qismida esa hunarmandlar yashaydigan kulolchilik mahallasi joylashgan. Bu yerdan topilgan ko‘p sonli topilmalar nafaqat mahalliy ustalar tomonidan tayyorlangan balki, Yaqin va O‘rta Sharqdagi turli viloyatlardan keltirilgan buyumlardir. Dalvarzintepaning shahar oldi qismida milodning I asrida bunyod etilgan Budda ibodatxonasi qoldiqlari ochilib undan diniy qarashlar bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p sonli topilmalar topilgan. Ko‘hna shaharning markazidan milodiy II-III asrlarga oid yana bir yirik ibodatxona qoldiqlari ochilgan. Ushbu ibodatxonadan loy va gipsdan ishlangan Budda, Bodxisatvlarning yirik haykallari, hukmdor va unga yaqin kishilarning haykalchalari topilgan. Ko‘hna shahardan 11 ta xumdon ochilgan bo‘lib, ular bu hududda sopol hunarmandchiligining rivojlanganidan dalolat beradi. Uzoq yillik arxeologik tadqiqotlar Dalvarzintepa o‘rniga Kushon davlatining yirik qo‘hna shahri (dastlabki poytaxti) joylashganligidan dalolat beradi.

Termiz shahridan 26 km shimoli-g‘arbda


Download 25.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling