Zartepa ko‘hna shahri joylashgan. Ko‘hna shahar to‘rtburchak shaklda (400x400) bo‘lib mustahkam himoya devorlari bilan o‘rab olingan. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, ko‘hna shahar mil. avv. II-I asrlardan milodiy III-V asrlarga qadar mavjud bo‘lgan. Bu yerdan topilgan turli topilmalar shahar hayotining gullab-yashnaganidan dalolat beradi.
Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘i Surxondaryo viloyatining Sho‘rob qishlog‘i yonida Kampirtepa ko‘hna shahri joylashgan va bu yodgorlik mil. avv. III-milodiy III asrlarga oiddir. Ko‘hna shaharning umumiy maydoni 4 gektar bo‘lib qal’a va turar-joy inshootlaridan iborat. Yodgorlik 5 metr qalinlikdagi mustahkam himoya devori va chuqur xandaq bilan o‘rab olingan. Ko‘hna shaharning shimoli-g‘arbiy qismida 0,5 gektar maydondan o‘nta ko‘mish marosimiga oid inshootlar (nauslar) aniqlanib ulardan turli-tuman topilmalar topilgan.
Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida Termiz shahridan 5 km shimoli-g‘arbda
Do'stlaringiz bilan baham: |