Qang‘, Dovon va Kushon davlatlari
Download 25.98 Kb.
|
Qang‘, Dovon va Kushon davlatlari
Aim.uz Qang‘, Dovon va Kushon davlatlariTadqiqotchilarning fikriga qaraganda, Salavkiylar sulolasi bilan doimiy ravishda olib borilgan kurashlar natijasida mil.avv. III asrning boshlarida Qang‘ davlati paydo bo‘ldi. Keyinchalik Yunon-Baqtriya davlati hamda ko‘chmanchi qabilalar bilan kurashlar natijasida Qang‘ davlati yanada mustahkamlandi va ayrim manbalarda O‘rta Osiyodagi yirik davlatlardan biri sifatida eslatiladi. Bu davlatning asosiy negizini Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi qang‘lar tashkil etganlar. Mil. avv. II asrning boshlariga kelib Qang‘ davlatining yerlari birmuncha kengayib sharqda Farg‘ona vodiysi (Dovon), shimoli-sharqda usun, yuyechji qabilalari bilan shimoli-g‘arbda Sarisu daryosi, g‘arbda, Sirdaryogacha borgan. Bu katta hudud Toshkent vohasini, Talas vodiysini va qisman Chu vodiysining quyi oqimidagi yerlarni o‘z ichiga olib Qang‘ davlatining asosiy yerlari hisoblangan, Mil.avv.II-I asrlarda qang‘liklar Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi yerlarni va Xorazmni o‘zlariga bo‘ysundiradilar. Qadimgi manbalarda Qang‘ davlat hokimiyati qay tarzda idora qilinganligi haqida aniq ma’lumotlar berilmagan. Katta Xan sulolasi tarixida (mil.avv. 202-mil. 25 yy.) faqat bir marta Qang‘uy (Qang‘) podshosi o‘z oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutganligi eslatib o‘tiladi. Tadqiqotlar natijalaridan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Qang‘ davlati kengashida qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar faol ishtirok etganlar. Podsho saroyi qoshidagi kengashda davlatning ichki hamda tashqi siyosati va boshqa barcha muhim masalalar maslahat bilan hal qilingan. Qang‘ davlatiga qarashli yerlar bir necha viloyatlarga bo‘linib ularning har birini alohida hokim boshqargan. Viloyat boshliqlari jobu yoki yobu (Xitoy manbalarida-chjavou) deb atalgan. Qang‘ hukmdorlari mamlakatni ana shu jobularga tayanib idora etgan. Bu viloyatlarning ko‘pchiligi Qang‘ davlatining kuchaygan davrlarida, ya’ni, mil.avv. II-I asrlarda tobe etilgan. Xitoy manbalarida qang‘arlarga qarashli beshta: Susye, Fumu, Yuni, Gu, Yuyechyan viloyatlari eslatib o‘tiladi. Tadqiqotchilar ularni qadimgi Toshkent, Sug‘diyona va Xorazm hududlarida joylashgan deb hisoblaydilar. Manbalarda Qang‘ podsholarining ikkita: yozgi va qishgi qarorgohlari eslatiladi. Ular yozni O‘trorda (hozirgi Qozog‘istondagi Aris va Turkiston oralig‘ida) qishni esa Qanqa (Qanxa, hozirgi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida) o‘tkazganlar. O‘troq aholidan tashqari Qang‘ davlatining chegaralarida bir qancha qabilalar mavjud bo‘lib, ular dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik bilan ham shug‘ullanib kelganlar. Ular bahor va yoz mavsumlarida o‘z chorvalari bilan ko‘chib, yozgi yaylovlarda yashaganlar. Qishda esa chorvalari bilan o‘z an’anaviy qishlov joylariga qaytib kelganlar. Qang‘lar podsholari va beklari yirik chorvadorlar bo‘lib, ular issiq kunlarni yaylov joylarida, yozgi qarorgohlarida o‘tkazganlar. Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi aholining ma’lum qismi mil.avv. III-milodiy V asrlarda o‘troq hayot kechirganlar. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga qaraganda, O‘tror, Oqtepa, Qorovultepa, Qovunchi, Choshtepa, Mingo‘rik xarobalari o‘rnida qang‘arlarning qo‘rg‘onlari va ko‘xna shaharlari bo‘lgan. Shahar va qishloqlarda yashovchi o‘troq xalqlar ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholiga nisbatan yuqori turganlar. Toshkent vohasida yashovchilar asosan dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanganlar. Ular arpa, bug‘doy, tariq, no‘xat, sholi va boshqa donli ekinlar yetishtirganlar. Mevali daraxtzor va uzumzorlari ko‘p bo‘lgan. Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi qang‘arlar asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Qoramozor, Qurama va Chotqol tog‘larida temirchilik, misgarlik hunarining rivojlanishi uchun kerakli ma’danlar bo‘lgan. Bu joylardan juda ko‘plab mis, temir, kumush va boshqa metallar olingan. Ustalar turli metallarni bir-biriga qo‘shib, mustahkam qurollar yasashni ham o‘zlashtirganlar. Shuningdek, kundalik ehtiyoj buyumlari ishlab chiqarilib ichki va tashqi savdo uchun turli mahsulotlar tayyorlangan. Qang‘ shaharlari qalin va baland devorlar bilan o‘ralgan. Devorlarning tashqarisida qal’a atrofi gir aylantirilib chuqur va keng qilib handaq qazilgan. Shaharlar ichida mustahkam istehkom (ark) va shahristonlarning ham baland mudofaa devorlari, bir necha darvozalari bo‘lgan. Yirik shaharlardan tashqari, Toshkent vohasida yuzga yaqin aholi yashaydigan katta va kichik qo‘rg‘onlar ham mavjud bo‘lgan. Qang‘arlarga xos madaniyat Toshkent vohasidagi Qovunchitepadan topib o‘rganilgan bo‘lib, fanda Download 25.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling