45-shi’ni’g’i’w. Tekstti woqi’n’ ha’m woni’n’ tiykarg’i’ mazmuni’n qaraqalpaqsha
so’ylep berin’. Tekst tiykari’nda temani’n’ mazmuni’n ashatug’i’n sorawlar du’zin’ ha’m
wolarg’a juwap tabi’n’.
BADANTARBIYA
Sog’liqni saqlashning asosiy tadbiri badantarbiyadir. O’z vaqtida badantarbiya bilan
shug’ullanuvchi odam kasallikdan yiroq bo’ladi. Badantarbiya tanaga yengillik beradi.
Chunki ular tanada yengilgina issiqlik paydo qiladi, kunda to’planuvchi chiqindilarni
yo’qotadi.
Batantarbiya turlariga qo’l va oyoqlar bilan turli mashqlarni bajarish yoy tortish, tez
yurish, nayza otish, ma’lum balandlikdagi turnikka irg’ib osilish, bir oyoqda sakrash, oyoq
uchlarida turib, qo’llarni oldinga va orqaga cho’zib harakat qilish kabilar kiradi.
Badantarbiya bilan shug’ullanuvchi, avvalo, o’z gavdasini mashq qilish uchun
tayyorlashi lozim. Buning uchun u avval dush qabul qilishi, keyin tanasini qattiq mato
bilan ishqalashi kerak. Natijada u tetiklashib, terisining teshiklari kengayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |