Inson tabiatning bir bo’lagi. U tabiatga bog’liqdir. Shuning uchun unga hurmat
ko’rsatish, mehribonlik qilish har bir insonning burchidir. Tabiatda har bir narsaning o’z
o’rni bor. Hayvonot va o’simliklar dunyosi tabiatning mutanosibligini saqlab turadi.
Tabiatdagi daryo, dengiz, ko’llar, tog’lar, to’qaylar mana shuning uchun ham juda zarurdir.
Tabiatga mehribonlik qilish har bir odamning vazifasi. Bu tuyg’u oilada, maktabda
tarbiyalanadi. Muallim bolalarni maktab atrofidagi yer uchastkasida ishlashga,
hayvonlarga qarashga, ota-ona esa o’z xonadonidagi tomorqasiga qarashga o’rgatishi
48
O’quvchilarning hayvonot bog’ida dars o’tishi hayvonlarning xususiyatlarini yaxshi
bilishga, o’simliklar dunyosi bilan tanishishga imkon beradi.
Tabiatda ortiqcha narsaning o’zi yo’q. Har bir hayvonot, hech bir qush, o’simlik
ortiqcha emas. Biz bularga qiron keltirib har xil kasalliklarning ko’payishiga sababchi
bo’ldik. Tabiat odamni asraydi, boqadi, ko’nglini ko’taradi, charchog’ini yozadi. Chunki u
ona tabiatdir. Odamning unib-o’sishi uchun ovqat, suv, quyosh, havo kerak. Uni inson shu
tabiatdan oladi.Odam onadan tug’ilib tabiatda o’sib - ulg’ayadi. Shuning uchun uni ona
tabiat deymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: