Qarashlariga oid


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana11.05.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1453097
1   2   3
Bog'liq
sharq-mutafakkirlarining-musiqa-san-ati-borasidagi-qarashlariga-oid

Abdulqodir Marog‘iy (XV asr I yarmi). Xoja Abdulqodir ibn G‘anbiy Marog‘iy 
1353 yili hozirgi Ozarbayjon hududida tug‘ilgan. Musiqadan ta’lim olgach, 
Samarqandda Amir Temur (XIV asr) saroyida va umrining oxiri – 1435 yilga qadar 
Hirotda Amir Temurning o‘g‘li Shohruh Mirzo (XV asr I yarmi) saroyida xizmat 
qilgan. U mashhur bastakor, musiqashunos va mohir sozanda (ud) bo‘lgan.
Xoja Abdulqodir Marog‘iy musiqa nazariyasi sohasida boy mеros qoldirgan: 
«Kanz ulalhon» («Kuylar xazinasi»), «Jomе ulalhon» («Kuylar majmuasi»), 
«Maqosid ul alhon» («Kuylar hosil qilish o‘rni»), «Sharhaladvor» (Safiuddin al 
Urmaviyning «Kitob ul advor»iga sharh) va b. Shuningdеk, u «Kitob ul advor»ni turk 
tiliga tarjima qilgan. Xoja Abdulqodir Marog‘iy asarlarida Farobiy, Safiuddin al 
Urmaviy, Mahmud ash Shеroziylarning musiqaga oid nazariy fikrlarini rivojlantirib, 
qator masalalarga aniqdiklar kiritgan (masalan, advor ilmida jamlar doiralarining 103 
xilini kеltirgan). U o‘z davrida qo‘llanilgan 45 cholg‘u (ud, rubob, chang, yotug‘on, 
ruhafzo, egri, qo‘biz va b.) ni tavsiflagan. Xoja Abdulqodir Marog‘iy udi murassa’ 
dеb atalgan torli soz ixtiro qilgan. Bastakor sifatida Sharq xalqlari musiqasida 
mashhur tasnif, pеshrav, amal, savt shakllarida («Tasnifi Xoja Abdulqodir», «Amali 
Bo‘ston» kabi) kuy va ashula yo‘llari, yangi (Zarbul fath, Chohor zarb singari) doira 
usullarini yaratgan, ularning ba’zilari hozir ham ijro etiladi (masalan, turklarda 
«Qiyor» kuyi va b.). U fors va turk tillarida g‘azallar ham yozgan; g‘azallari ravonligi 
va musiqiyligi bilan ajralib turadi. Xoja Abdulqodir Marog‘iyning mеrosi Eron
Ozarbayjon, Xuroson, Iroq, Turkiya, O‘rta Osiyo (xususan, O‘zbеkiston) xalqlari 
musiqa tarixini o‘rganishda muhim manbalardandir. 
Marorg‘iyning asarlari ichida «Maqosid ul-alhon» («Kuylar mazmuni») asari 
mashhur bo‘lib, mutaxassislarning fikricha, u 12 maqom asosida 24 sho‘baning parda 
tuzilishini sistemalashtirigan
2
. O‘n ikki maqom kuylari xalq musiqiy merosidan 
olingani ma’lum, shu jihatdan Marog‘iy tizimlashtirgan 24 sho‘baning tovushqatori 
ham xalq kuylari in’ikosidir. Mashhur jadid pedagogi G‘ulom Zafariyning (1889-
2
Энциклопедия. Музыка. – M., 2003. – 11-б. 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 3 Issue 3 / September 2022
122
http://oac.dsmi-qf.uz


1937) ma’lumotiga ko‘ra, Marog‘iyning sho‘ba kuylarini tizimlashtirish uslubi 
quyidagichadir:
3
t/r 
Maqomlar 
Sho‘balar 
t/r 
Maqomlar 
Sho‘balar 
1-bo‘lim 
2-bo‘lim 
1-bo‘lim 
2-bo‘lim 
1. 
Rahoviy 
Navro‘zi arab 
(6 kuy) 
Navro‘zi ajam 
(6 kuy) 
7. 
Iroq 
Muxolif 
(5 kuy) 
Mag‘rub
(8 kuy) 
2. 
Husayniy 
Dugoh 
(2 kuy) 
Muhayyar (8 
kuy) 
8. 
Navo 
Navro‘zi xoro 
(5 kuy) 
Mohur 
(6 kuy) 
3. 
Rost 
Panjgoh 
(5 kuy) 
Mubarqa’ 
(1 kuy) 
9. 
Isfahon 
Tabriz 
(5 kuy) 
Nishopur 
(6 kuy) 
4. 
Hijoz 
Segoh (3 kuy) 
Hisor
(8 kuy) 
10. 
Ushshoq 
Zobul 
(3 kuy) 
Avj 
(8 kuy) 
5. 
Buzruk 
Humoyun 
(1 kuy) 
Nuhuft 
(1 kuy) 
11. 
Zangula 
CHorgoh 
(4 kuy) 
G‘izol 
(5 kuy) 
6. 
Ko‘chip 
Rokib
(6 kuy) 
Bayot
(5 kuy) 
12. 
Busolik 
Ashiyron 
(10 kuy) 
Sabo 
(5 kuy) 
JAMI 
111 KUY 
Shu tariqa Marog‘iy XV asrning I yarmida xalq kuylarini saqlab qoluvchi 
mutafakkir sifatida namoyon bo‘ladi va bu kuylarning XX asr I choragida ham 
o‘zbek sozandalari tomonidan ijro etilganligi qiziqarlidir
4

Marog‘iyning xalq kuylarini tahlil qilish uslubi ham Abu Nasr Farobiy kabi 
Markaziy Osiyo musiqa mutafakkirlari Pifagorchilardan qabul qilgan sentga 
asoslangan. Unga ko‘ra, bir sent yarim tonning 1/100 ga teng keladigan interval 
o‘lchovi bo‘lib, bu tizim har qaysisi 702 цentdan iborat bo‘lgan 12 sof kvintadir
5
. Bu 
tizimda tovushqatorlar ochiq qoladi. Shu bilan birga boshdagi tovush bilan kvintaning 
o‘n ikkinchi tovushi o‘rtasidagi farq 24 sentdan iborat bo‘ladi. 
Marog‘iyning yana bir noyob xizmati shundaki, negizini o‘zbeklar tashkil qilgan 
turkiy xalqlarning 9 turkumli quyidagi xalq kuylarining mavjudligi to‘g‘risida 
ma’lumot bergan:
6
1. Uluq kug (Ulug‘ kuy) 
2. Aslanchap (Chapandoz) 
3. Burs (Ravon) 
4. Quladu (Sho‘x) 
5. Qutatku (Baxt) 
6. Burstarg‘ay (Bo‘zto‘rg‘ay) 
7. Jantoy (Yoshlik) 
8. Xantoy (Shohona) 
9. Shandaq (O‘yin) 
Bu turkum kuylar o‘zida 360 xalq kuyini mujassamlashtirgan ekan. Demak, 
keyinchalik bu kuylar birinchidan, maqomlar tarkibiga singib ketgan; ikkinchidan, 
3
Ғулом Зафарий. Асарлар. – T., 2018. 164-165-бб. 
4
Shu joyda. 
5
Акбаров И., Кон Ю. Хоразм мақомлари. VI том. Тўпловчи ва нотага олувчи M.Юсупов. – T., 1958. 51-б. 
6
Фитрат А. Ўзбек классик мусиқаси ва унинг тарихи. – T., 1993. 38-б. 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 3 Issue 3 / September 2022
123
http://oac.dsmi-qf.uz


alohida cholg‘u kuylari sifatida ijro etilib kelgan. Bunga xalqimiz musiqa merosida 
saqlanib qolgan kuylarni yoki qozoq xalqining kyuya (kuylar) turkum asarlarini dalil 
sifatida keltirish mumkin. 
Marog‘iy xalq kuylarini tasniflashda turkiy xalqlarda mashhur bo‘lgan quyidagi 
uch usul doirasiga asoslanganligini mutaxassislar ta’kidlashadi:
7
1. Askanpop (Chapandoz) 
2. Arg‘ushtak (Mustazod) 
3. Ayalg‘u (Yor-yor) 
Doira usullari: 
Chapandoz: bak bum-bum bak-bum 
Mustazod: bum bak-bum bak 
Yor-yor: bum bak-bum bak 
Shunday qilib, Marog‘iy kuylarni Sharq musiqa an’analariga asosan tasniflagan 
va bunda uning sof xalq kuylariga ham e’tibor berganligi tahsinga loyiqdir. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling