Qariyb yoshlik paytimda yozib, nashr ettirishga jur’at etolmaganim bu hikoyani marhum onamning kitoblari orasidan topdim. G’alati qiziqish bilan o’qib chiqdim. Hikoya menga juda-juda ma`qul keldi
Download 415.83 Kb. Pdf ko'rish
|
Rashk
Qariyb yoshlik paytimda yozib, nashr ettirishga jur’at etolmaganim bu hikoyani marhum onamning kitoblari orasidan topdim. G’alati qiziqish bilan o’qib chiqdim. Hikoya menga juda-juda ma`qul keldi. Oldin nima uchun ma`qul kelmagan, bilmadim, bunga e`tibor bermagan ekanman. Hozir esa ushbu hikoya nimaga bu darajada ta`sir etdi? Balki bechora onajonimning mehrini eslatgani uchundir? Nima bo`lganda ham… Sevimli Jonibim, bugun eng go`zal asarim deb bilgan shu bitigimni senga baxshida etaman. Ahmad Shuxranbek: -U paytlar men yigirma yoshlarda edim…-dedi. –Telegraf va pochta nozirligida kata mavqega ega bo`lgan otam aysh-ishratga berilganimga, sharmandai-sharmisor bo`lganimga, xotinbozligimga chiday olmadi. U onam, buvim va keksa ammamdan iborat oilamizda meni o`rtaga oldi. Ular hammasi bir bo`lib, meni chetga jo`natishga qaror qilishdi. Yanya viloyatidagi taftishchi otamning odamlaridan ekan! Meni o`sha viloyatdagi bir shaharchaga yuborishmoqchi va u yerda aloqa xizmatchisi sifatida ishlatishmoqchi ekan. Ularning fikriga ko`ra shunday qilishsa, esim kirarmish. Buni onam g’oyat muloyimlik bilan tushuntirdi: -Juda ozib ketding, havo o’zgartirishga o`xshagan narsa bu… Ham dunyo ko`rasan, ham o`zingni bosib olasan. Ular yana taraqqiyot… kelajak haqida sayrab safarga tayyorgarlik ko`rishim lozimligini aytganlarida hayron qoldim. -Ketmayman, bo`lmaydi,-deb qarshilik ko`rsatishga urinsam ham, onam oxirgi nojo`ya ishlarimdan otamning qattiq ranjiganini ayta boshladi. Ular ikki-uch oydan keyin yana uyga qaytishimni, ammo buning uchun otamga yalinishim lozimligini aytib, qasamlar ichib va’da berishdi. Men bunday va’da-padalarga ishonmasdim, ammo boshqa yurtlarni ko`rish orzuim ham yo`q emasdi. -Xo`p, dedim, faqat uch oydan ko`p qolmayman… Mo`lgina yo`l harajati… To`rt yuz ellik qurushli maosh… Bular albatta, yaxshi! Ammo sevimli, kayf-safoga boy Istanbuldan uch oy ayrilish!.. Besh yil bo`ldiki, Istanbuldan tashqariga chiqmagandim. Uni tug`ilib-o`sgan Vatanimdek sevardim. Lekin hamma narsa uchun tasalli topiladi. Otamning so`nggi xizmat joyi Giritdan qaytayotib bandargohdagi manzaralarni ko`ngilochar yerlarni eslab rosa tomosha qilaman, u paytlarda yosh bola edim degan shirin xayollarga berildim. Ha, birinchidan boradigan joyimSaloniki bandargohi edi. Keyin Izmir, balki Beyrut, undan keyin esa Pire… Atina edi. MOrani aylanib Prevezega, u yerdan Yanyaga, u yerdan keyin esa xizmat joyim bo`lgan shaharga bormoqchi edim. Qanday sayohat- a?! Oilam bilan vidolashuv payti… Otamning agar yozilsa uch-to`rtvtaboq jaded qog`ozni to`ldiradigan qimmatli nasihatlarini eshitganimdan so`ng paroxodga chiqdim. Salonikida ikki kun qoldik. Ikki kechani ham cholg`uli, shovqin-suronli bir uyda o`tkazganligimni aytishga hojat yo`q. Selanikidan keyin biro z kasallikka chalindim. Izmirda ikki kun qolmoqchi edim. “Pullarimni Atinada sarflayman, ko`ngildagidek tomosha qilaman” degan o`y bilan bu yerda sayr qilishdan voz kechdim. Shu bilan birga turfa yo`lovchilar kabi kechani paroxodda o`tkazishga rozi emasdim. Bir mehmonxonaga tushdim. Oqshom payti dasturxon atrofida birga o`tirgan soqolli janobning menga diqqat bilan qaraganini his qildim. Undan havotirlanishga asos yo`q. Shu janob ovqatdan keyin qahva ichayotganimizda ismimni so`radi. Keyin otam haqida gapimni tugatmagan ham edim, g`alati harakat bilan qolini labimga yaqinlashtirib: -Tog`angizning qo`lini o`ping dedi. Men dovdirab qoldim., ammo uni tanidim. Bu semiz qo`lni o`payotib yoshligimda menga forisni ko`rsatgan nozik tog`amning Ajamiston safarida kotib bo`lganini esladim. U har yili bir marotaba Ashur oyini tabriklab maktublar yozardi. G`alati tasodifni qarang… Istanbulga qaytayotgan ekan. Mendan ota-onamning ahvolini so`radi. O`sha kecha soat uchgacha Kordondagi Qahvaxonada o`tirib miriqib suhbatlashdik, mehmonxonaga kelganimizda safarda bo`ladigan, mastlik holatiga o`xshagan og`ir uyqu ko`zimga ilashdi. Tog`am birinchi qavatda yotar ekan. Xonasining oldiga kelganda yelkamni silab: -Alloh rohat bersin, o`g`lim, odatda, erta turolmayman. Iltimos, meni ertalab uyg`ot, dedi. -Jonim bilan. Xonamga chiqdim. Mana bir kechalik rohatdan voz kechganim meni qanday tasodifga duch etdi! Ertangi paroxod bilan Istanbulga ketmoqchi bo`lgan tog`amning menga vositachilik qilishiga hech shubxam yo`q edi. Ertalab kech uyg`ondim. Shoshilib kiyindimda, Tog`amning xonasiga tushdim. U kiyinib, bosh kiyimining changgini artayotgan ekan. Mmening xonaga kirganimni ko`zguda ko`rib qayrilib qaradi. -Tonging xayrli bo`lsin, jigarim, bugun meni kuzatib qo’yasan-a? -Jonim bilan janob, -deb kuldim. Ko`zimga sariq gurzili karavotning yonida bir narsa ko`rindi… Oppoq mo`yna, yoki it. Qiziqib yoniga bordim. Yaqinlashganimda ikkita yaltiroq qora ko`z menga qarab turganini ko`rdim. Bu na kuchuk edi, na mushuk. Beixtiyor: -o, qanday chiroyli narsa! Deb yubordim. Tog`am: -Haqiqatan ham chiroyli, bu maymunni menga biir hind savdogaribhadya etgandi. Kelayotib tashlab ketishga, sotishga ko`zim qiymadi. Men taajjubda edim. -Shu maymunmi? Shu paytgacha oq maymunni ko`rmagandim. Nozik tog`am kuldi. _HIndistonga xos bir maxluq, favqulodda ziyrak ham noyob. Men hayratlanib turar ekanman, tog`am maymunning qiliqlarini, o`yinlarini, aql- zakovatga xos xususiyatlarini aytib berdi. Gapini tugatayotib: -Buni senga esdalik sifatida qoldiraman, ko`ryapman, maymun senga juda yoqdi. E voh! Men maymunni nima qilaman? Boshga bitgan baloku! Yoqqan bo`lsa ham mayliya! Oppoq bir narsa. Uning g`laatiligi meni ajablantirdi. Xullas, tog`amga rad javobini berib xohlamayman dedim. Nozik tog`am xohlamaganimni uyalyapti deb tushundi, shekillli, fikrini qat’iyat bilan davom ettirdi. Endi nima qilaman, ko`nishga majbur edim. O`sha kuni tog`am Istanbulga ketdi. Men maymun bilan birga qoldim. Bu oppoq maymun urg`ochi edi. Shunday chiroyli ediki, boshqa maymunlar kabi badqovoq emasdi. Juda yoqimli, yaltillagan oppoq mo`ylari esa juda momiq ko`rinardi. Quyuq qora ko`zlari bilan shu qadar yoqimli boqardiki, uni quchog`imga oldim. Juda munis, juda itoatgo`y edi. Xursandligidan kekirgan tovushlar chiqarardi. Paroxodga kelgan vaqtimizda hamma yo`lovchilarni hayratga soldik. Menga o`xshab hech kim bunday oppoq, mushuk kabi silashni yoqtiradigan maymunni ko`rmagandi. Pirey yoqasiga kelganimizda go`zal maymunni sotishni xohlab qoldim. O`n liradan ortiq beruvchi bo`lmadi. Rozi bo`lmadim. Oppoq maymunni suvtekinga sotishni xohlamadim. Nima ham derdim, Yunon mamlakati! Mana hech kim go`zal jonivorimning asl narxini berolmadi. Mahalliy ma’muriyatga yaqinlashar ekanman boshimdan kechirganlarim tushga aylanar, brogan sari tezlashardi. Prevezedan, Yanyadan o`tdim. Telegraf tomonga keldim. Bu yer chiroyli joylardan biri edi. Dastlabki kunlarni zerikish bilan o`tkazdim. Men onamning uch oygacha… degan va’dasiga ishonganimdan qisqa muddatli turmushga tayyorgarlik ko`ra boshladim. Ajabo! Mendan oldingi xizmatchi mashrabtabiat bo`lgan ekan. Iflos xonani tozalatdim. Yumshoq o`tirgichni yag`ir bosib ketgani uchun unga g`ilof tiktirdim. Keyin xat yozishni boshladim. Ora-sirada telegrafdan ham foydalanadim. Atrofdagi telegrafchilar telegraf orqali -Xush kelibsiz! –deyishardi. Men xush ko`rdik degan javobga aloqani uzmaslik uchun bugun kayfiyatim yo`q, degan yolg`onni ham qo`shib qo`yardim. Nu yolg`onni ularning sergapligidan qutulish uchun o`ylab topgandim. Ammo battar ularning qo`liga tushdim. Men bunday holatni bilhganim uchun telegraf suhbat;larida qisqa javoblar berib, ularning ezmaligini jiddiylik bilan yengardim. Maymunim menga odobli, itoatli do`st edi. U har bir ishimda asqotardi. Suvga imo qilsam suv keltirardi. Uxlaganimda xoh Kunduz bo`lsin,xoh kecha xabarlashish qo`ng`irog`ini chalib yugurgancha meni uyg`otardi. Bir kuni tushdan keyin sekin uyquga sho`ng`idim. Sochlarim orasidan bir narsa bilinar-bilinmas yurgandek bo`ldi. Sekingina ko`zimni ochdim. Maymunim meni sevib sochlarimni silardi. Kichkinagina, ozg`in, oppoq, momiq qo`llarning silashidan g`alati hisga berilib uxladim. Uyg`onganimda uni qarshimda ko`zlarini menga tikkan holda ko`rdim. U har kuni shunday mehribonlik ko`rsatardi. Meni silab-siypalar keyin esa qarshimda o`tirib olib uxlashimni tomosha qilardi. Bir kuni tongda yuzimni yuvib, derazaga suyanib tuman ortida titrab turgan joylarga, quyoshda yaltillagan bulutlarga tikilib turardim. To`satdan eshik ochildi. Eshik tomonga qaradim. Juda yosh va go`zal bir qiz. Faqat yunon qizlariga xos bo`lgan erkinlik bilan yunoncha so`radi: -Aloqa bog`lash xizmatchisi sizmisiz janob? U keksa otasiga sog` salomat yetib kelganini sim qoqmoqchi ekan. Uning otasi Atinada baqqol ekan. O`zi esa Yanyadagi xolasinikiga mehmonga kelgan, bu yerga kelib havo almashtirmoqchi ekan. Xonimga yoqqanimni sezdim. Juda tez do`stlashib oldik. Telegraf oldidagi daraxtzorda soatlab birga kezadigan bo`ldik. Uning ismi-sharifi Elena Teodor edi. U ziyrak ham, ahmoq ham emasdi. Ammo o`zini shunday erkin tutardiki. Bir oqshom yana birga soya-salqinda havoyi, ma’nisiz narsalar haqida suhbatlashib turardik, maymunning biz tarafga kelayotganini ko`rib qoldik. U nimaga kelyapti deb so`radi. -Bilmayman, ko`raylikchi nima qilarkin?-dedim. Maymunim etagimdan tortdi. Uning qiyqirig`ini eshitib aloqa bog`lash qo`ng`irog`I chalinganini tushundim. Kichkina telegraf xonasiga yaqinlashganimda maymunning juda xursand bo`lganini ko`rdim. Yugurib ichkariga kirdim. Maymun esa kirmadi. Mashinaga qaradim, hech tarafdan imo-ishora yo`q. qo`ng`iroq chalinmasdi. Undan-bundan so`radim, hech kim meni chaqirmagandi. Qiziq, maymun meni aldadimi?! Elenaning oldiga boorish uchun tashqariga chiqdim. Qulog`imga dod-voy sadosi eshitildi. Uzoqdan qizning yuzini ikki qo`li bilan yopib olganini ko`rdim. Joni og`riyotgani uchun ko`zlarini yumib olgan holda dedi: -Maymun yuzimni timdalab oldi! Zudlik bilan shifokotga yugurdim. Elenani uyiga olib bordim, yaxshiyamki, jarohati og`ir emasdi. Maymunga ilk marotaba qahrimni sochdim. Illo, bu g`azabim oxirgisi edi. Xonamga kirganimda u stolim tagidan yaltiroq ko`zlari bilan menga qarab turardi. Bir burchakda turgan hassamni oldim. Shiddat bilan maymunni ura boshladim. U qo`rqmasdi, aksincha, hayratlanib turardi. G`azabimni yenga olmadim. Bo`nidan ushlab kuch bilan tashqariga irg`itdim. Yerga qulaganida u menga shunday bir qaradiki, buni hali ham unuta olmayman… O`sha kecha eshikni tirmalaganini, meni chaqirganini eshitdim. Ovozimni chiqarmadim. Ertasi kuni u g`oyib bo`ldi. Uch kun ko`zimga ko`rinmadi. To`rtinchi kuni bir qishloq odami, suv boshida qoyalar orasidan topdim, deya uni olib keldi. Lekin, bilasizmi u qanday edi? Ozg`in, kasal, iflos, behold, parishon… To`rt kundan beri mutlaqo tuz totmagan… eng yoqtirgan yong`oqlaridan berdim. Hatto qayrilib ham qaramadi. Ko`zlarini yumib o`kira boshladi, xuddi odam yig`isidek. Qahr-u g`zabim tarqaganidan keyin unga achina boshladim. Zo`rlab yedirmoqchi bo`ldim, u o`jarlik qildi, yemadi, ichmadi, ni hoyat o`n kundan keyin joni uzildi. Ochlikdan o`zini o`zi o`ldirdi. Bechora nozik maymungina meni qizg`angandi, keyin unga bo`lgan munosabatimdan ta`sirlanib o`zini o`zi o`ldirdi. Uning oppoq o`ligi qarshisida, oppoq qo`llarining, oppoq oyoqlarining, ezilgan oppoq boshining qarshisida bugunngacha tuymagan g`am bilan yig`lashni xohlardim. Sochlarim orasidan uning silab-siypalashlarini his qilgandek bo`lardim. Meni chin dildan sevgan, siypalagan qo`llar… Oradan bir qancha vaqt o`tgach muqaddas xotiralarning g`amli izlari uzoqlarda qoldi. Men esa hali ham rashk nima ekanligini bilmayman. Maymunning telbaligini eslab g`alati alamni his qilaman. Dunyoda shunday hislar borki, ular insonlarga nisbatan hayvonlarda kuchlidir. Esgaklardagi o`jarlik, itlardagi sadoqat, mushuklardagi nonko`rlik degandek… Qiziq, rashk ham shularga o`xshash narsamikin? Download 415.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling