Qaroqalpoq davlat universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.Tibbiyot va aniq fanlar
- 2. Iskandarning sharqqa yurishlari
3. Tarixshunoslik Er. avv.V asrda jamiyat taraqqiyotiga bag’ishlangan alohida ilmiy bilimlar sohasi tarix fani paydo bo’ldi. Uzoq vaqt turli o’lkalarda bo’lgan Gerodot (er. avv. 485-425-yillar atrofida kichik Osiyodagi Galikarnas shahrida tug’ilgan) ilk bor ko’rgan va eshitgan voqealarini ma’lum bir tizimga solib hikoya qilishga kirishdi. U o’zining 9 jildli odatda “Tarix” (yunoncha Istoriya-“Tasvir” ma’nosini bildiradi.) yoki “Muzalar” deb ataladigan tarixiy asarini asosan yunon-fors urushlariga bag’ishladi, lekin bayon qilish davomida muallif Misr, Eron, skiflar tarixiga ham murojaat qiladi. “Tarix otasi” ning mushohadasi to’la an’anaviy bo’lib, tarixda ezgulikni taqdirlovchi, yovuzlikni jazolovchi ilohiy adolatni qurdi. Gerodot insonlar faoliyatida xudolarning ishtirokiga shubha qilmadi. Agar Gerodot “Tarix otasi” deb hisoblansa uning kichik zamondoshi afinalik Fukidid haqiqiy tarixshunoslik fanini asoschisidir. Uning “Peloponnes urushlari tarixi” asari afsonaviy va haqiqiy voqealarni quruq bayon qilishdek Gerodotga xos bo’lgan bayon qilishni aksi bo’lgan haqiqiy tarixiy tadqiqot edi. Fukidid tarixchilar ichida birinchi bo’lib, tarixiy voqealarni, ularni harakatga keltiruvchi kuchlari, taraqqiyot yo’llari bilan o’zaro aloqada ko’rishga harakat qildi. Voqealarning sabablarini o’rganish uchun siyosiy voqelikni ilmiy tahlil qilish usullarini qo’lladi. Fukidid xudolarni tarix doirasidan chiqardi. U tarixni xudolar emas, balki kishilar o’z faoliyatlari bilan yaratadilar deb hisoblar edi. Kishilarning “tabiati” hamma vaqt qonun va shartnomalardan kuchliroq bo’ladi. Kishilarning qiyofasi va uning ko’rinishlari Fukidid uchun shu davr jamiyatini voqeligini tushinish uchun yetarli edi. Gerodot va Fukidid yunon polislarining fuqarolarini o’z ozodligini himoya qilishi, vatanparvarlik va o’zini qurbon qilishdek qahramonlik kurashiga murojaat qiladilar. Tarixshunoslikda Fukidid an’analarini tarixchi Ksenofont(er. avv. IV asr) davom ettirdi. Uning “Anabasis”, “Lakedemon politiyasi”, “Kiropediya”, “Agesilay”, “Daromadlar to’g’risida” asarlarida o’sha davr yunon dunyosining siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy hayoti aks etadi. Er. avv. V asrda yunon dunyosida yuz bergan kuchli siyosiy jarayonlarni tahlil qilgan, shu davrning siyosiy arboblari Femistokl va Perikl kabi afinalik demokratiya yo’lboshchilarini ayovsiz tanqid ostiga olgan siyosiy adabiyotlar yuzaga keldi. Shunday adabiyotlardan biri er. avv. 430-yillar atrofida “Afinani boshqaruvi to’g’risida” risolasi paydo bo’ldi. Kritiyning “Lakedemeon politiyasi”da Sparta jamiyati qurilishi ko’klarga ko’tarildi, Afina demokratiyasiga salbiy nazar bilan qaraldi. 144 4. Adabiyot va teatr Qadimgi Yunonistonning eng noyob adabiy yodgorligi Gomerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlaridir. Gomerning bu asarlari paydo bo’lgunga qadar yunon xalq og’zaki ijodidan ajoyib namunalari qo’shiqlar, ertaklar, rivoyatlar va masallar yunon adabiyotining haqiqiy poydevorlari edi. Gomerning qahramonlik dostonlari u yashagan (tahminan VII asr) davrdan oldingi er. avv. XI-IX asrlar voqealarini adabiy tasviridir. Er. avv. VIII-VI asrlarda yunon madaniyati taraqqiyotida Qadimgi Sharq madaniyatining ta’siri kuchli bo’ldi. Yunonlar o’zlarining Kichik Osiyodagi shaharlari orqali qadimgi Sharqning boy madaniyati bilan tanishdilar. Bu davrning asosiy madaniy o’choqlari Milet, Lesbos, Samos edi. Er. avv. VII asrda yashab, ijod qilgan Gisiotning didaktik asarlarida o’zi yashagan davrning ijtimoiy hayoti va ziddiyatlari aks ettiriladi (“Mehnat va kunlar”). Badiiy adabiyot eng avvalo poeziya janrida rivojlandi. Poeziya siyosat bilan bog’liq edi. Mashhur shoirlar Feognit, Solon, qisman Arxieloy siyosat bilan faol shug’ullangan edilar. Hatto Alkey va Safo kabi lirik shoirlar ham siyosatga tan berdilar. Shu davrdagi Ezop masallari adabiyotda demokratik yo’nalishni aks ettirib, ijtimoiy adolatsizlikni qoralaydi. Arxaik davrda lirika keng tarqalgan bo’lsa, er. avv. V asrda Afina adabiyoti va poetik ijodiyotning markazi bo’lgan birlashma. Attika tragediyasi bilan mashhur bo’lib ketdi. Tragediya (“Echkilar qo’shig’i”) vinochilik xudosi Dionisning echki terisi kiygan quvnoq, doimiy hamrohlarini ifodalovchi satirlarning aytadigan xor qo’shiqlaridan kelib chiqdi. Er.avv. VII asrdayoq butun Yunonistonda shunday “Echkilar xori” yoki satirlar keng tarqalgan edi. Attika Tragediyasining tug’ilishida Afina tirani Pisistratning umumdavlat bayrami sifatida Buyuk Dionisiy bayramlarini ta’sis etish bo’ldi. Shoir Fespid xorga aktyorni qo’shdi. Aktyor xorga “javob” berib xor bilan diolog olib borar edi. Shu sababli tragediya dramatik ko’rinishga aylandi, tragediyada boshqa ko’rinish qatnashchilari Dionis to’g’risidagi afsona – miflardan sahna ko’rinishlari o’ynardilar, keyinchalik boshqa afsonalarga navbat keldi. Er. avv. V asr birinchi yarmida Esxil tomoshabin oldiga ikkinchi aktyorni, Sofokl uchinchi aktyorni qo’shdi va natijada qadimgi “Echkilar xori” to’la dramaga aylandi. Attika teatri dionis sharafiga o’tkazilgan bayram vaqtida faqat uch kun tomosha ko’rsatilgan. Birdaniga uch tragediya qo’yilib, keyin “Satirik dramasi”, yana bir mifologiyadan engil quvnoq sahnalashtirilgan parcha berilgan. Teatr ko’rinishi ochiq havoda dumaloq maydoncha- orxestrada berilgan. Tomoshabinlar uchun o’tirgichlar Akropolning toshloq qiyaligida yunilgan, yana shu tomosha teatron deb atalgan. Ochiq va katta teatrda aktyorlar mimikasi va kiyimlarini aniq ko’rib bo’lmas edi. Shu boisdan aktiyorlar sahnaga uzun tantanali kiyim va niqoblarda va aktiyor gavdasini baland qilish uchun baland poshnali oyoq kiyim-koturnada chiqar edilar. Teart tomoshalari mart oxiri aprel boshlarida ko’rsatilar edi. Attika tragediyasining shon-shuhrati er. avv. V asrning buyuk shoirlari- Esxil (er. avv. 525-456-yillar), Sofokl (er, avv. 496-406-yillar) va Yevripid (er. avv. 480- 406-yillar) ijodiyoti bilan bog’liq edi. Esxil 80 ga yaqin tragediya yozdi, undan bizgacha faqat 7 tasi yetib kelgan. Afinani gullab-yashnagan davrida yashagan Sofokl 145 aytishlariga ko’ra 120 tragediya yozgan, undan bizgacha faqat 7 tasi yetib kelgan. Uchinchi buyuk tragik bo’lgan Yevripid 90 tra tragediya yozgan bo’lib, undan 18 tasi saqlanib qolgan. Esxilning “Forslar”, “Orestiya”, “Zanjirband Prometey”, sofoklning “Antigona”, “Shoh Edip”, “Elektra”, Yevripidning “Medeya”, “Ippollit’, “Vakxankalar”, “Tavridadagi Iffegeniya”, “Fedra”, “Troyalik ayollar” kabi tragediyalari chuqur falsafiy- ahloqiy mazmunga ega bo’lib, yunon fuqarolarining tarbiyasiga va dunyoqarashiga jiddiy ta’sir ko’rsatgan. Attika teatrida tragediyadan tashqari komediya janri ham keng tarqalgan edi. Bizgacha etib kelgan komediyalarning ko’pchiligi Aristofan qalamiga mansubdir. Aristofonning “Tinchlik”, “Axaryalilar”, “Lisistrat”, “Suvoriylar”, “Qurbaqalar” va “Bulutlar” komediyalarida er. avv. V asr yunon dunyosining siyosiy ziddiyatlari xajv qilinadi. 5. Notiqlik san’ati Yunon shahar-davlatlarida demokratik tartib qoidalarini o’rnatilishi, fuqorolarni xalq yig’ini, sud ishlarida faol ishtiroki notiqlik san’atini rivojlanishiga sabab bo’ldi. Sudda so’zlanadigan nutqlar keng qiziqish uyg’otdi. Qadimgi mifologiya qahramonlari hikoyasiga yoki maqtoviga bag’ishlab tuzilgan namunaviy nutqlar keng tarqalgan. Er. avv. V-IV asr boshlarida taniqli afinalik sud notig’i Lisiy shuhrat qozondi. Ikkinchi bir mashhur notiq Isokrat edi. Er. avv. 391 yilda Isokrat notiqlik san’ati maktabini ochdi. Isokratning bu maktabida mashhur notiqlik Demosfen, Giperin, Esxin, Likurg va tarixchilar Feopomp, Efor, Filistlar etishib chiqdilar. Isokrat kuchli ovozga ega bo’lmaganligi sababli omma oldida kam nutq so’zlar edi. U siyosiy targ’ibot olib bordi. Afina Periklgacha bo’lgan aristokrat tuzumini maktab, publisistik to’plamlarni tarqatdi U o’tmishni maktab, yunonlarni Filip Makedonskiy atrofida jipslashib sharq eski dushman-Eron ustiga yurishga chaqirdi. Ehtimol u Makedoniyning kuchayishiYunonistonga qanday xavf tug’dirishini bilmagan edi. Afsonaga ko’ra yunonlarning Xeroniya yonida mag’lubiyatdan so’ng er. avv. 337-yil Isokrat o’zini ochlikdan o’ldiradi. Isokratning eng yaxshi o’quvchilaridan biri Demosfen Afinadagi antimakedon guruhning murosasiz rahbari edi. Demosfen boshidayoq Makedoniyaning kuchayishi Afina demokratiyasi va mustaqilligi uchun xalokatli ekanligini ko’ra bilgan edi. 6. Me’morchilik, Haykaltaroshlik Yunon –fors urushlaridan so’ng Afrika juda katta miqdorda moliyaviy mablag’larga ega bo’ldi. Attika Pentelikonida marmar qazish boshlandi va bu me’morchilik san’atining ravnaqiga yo’l ochdi. Afinadan tashqari Yunonistonning boshqa viloyatlarida Janubiy Italiya va Sitsiliyada (Agrigentdagi Zevs ibodatxonasi, Pestdagi olti ustunlik Poseydon ibodatxonasi) er.avv. V asrning ikkinchi yarmida ajoyib me’morchilik inshoatlari bino qilindi. Ayniqsa Perikl davrida Afinada yigirma yil ichida ulug’vor inshootlar barpo qilindi. Parfenon, Propiley, G’olib Afina va keyinroq Erexteyon kabi ioniy, korinf va doriy uslublarida qurilgan inshootlar me’morchilik san’atining mo’jizalari edi. Parfenonning quruvchilari Iktin va Kallikrat nafislik va ulug’vorlikni uyg’unlashtirishga erishdilar. Akropol darvozalari qurishda Mnesiklet (er. avv. 438- 146 432 yillar) ioniy va doriy ustunlarini yonma-yon qo’lladi. Peloponnes urushlari davrida ioniy an’analariga asoslangan Erex Teyon quriladi. Er. avv. V asrning 70 yillaridan boshlab haykaltaroshlik san’ati gullab-yashnadi. Buyuk haykaltarosh Fidiy Afina va Zevs haykallarini yaratdi. Ma’buda Afinaning 12 metrli haykalini yasashda fil suyagi va oltindan foydalanildi. Ma’buda Afina Akropolning eng baland joyiga qo’yilgan bo’lib, uning quyoshda yaraqlagan nayzasi uzoqdan ko’rinib kemalar uchun mayoq bo’lib xizmat qilgan. Fidiyning mashhur asarlaridan biri Olimpiyalik Zevsning ulkan haykali Olimpiyadagi Zevs ibodatxonasiga qo’yilgan edi. Mashhur haykaltarosh Miron “Diskobol” haykali bilan o’zini nomini abadiylashtirdi. Klassik yunon haykaltaroshligining yorqin vakillaridan biri argoslik Poliklet edi. Uning Diodumen asari noyob san’at namunasi edi. Yunon haykaltaroshlari inson gavdasini uyg’unligi nuqtasini qidirar edilar. Poliklet bu nuqtani izlar edilar. Poliklet qonuniga ko’ra haykal tovonining uzunligi gavdaning 1/6 qismini, boshining uzunligi 1/8 qismini tashkil qilishi kerak edi. Bu va boshqa nisbatlar “Dorifor” haykalida qat’iy rioya qilingan. Poliklet qonuni yuz yil davomida haykaltaroshlik san’atida qonun sifatida amal qilib keldi. Er. avv. V asrda Praksitelning “Germeys chaqaloq Dionis bilan”, “Knidlik Afrodita”,”Kaltakesakni o’ldirayotgan Apollon” haykallarida nafislik, go’zallik yaqqol aks etadi. Er. avv. IV asrda polis tizimining tushkunligi davrida haykaltaroshlikda qahramonlik mavzusidan uzoqlashib, insonni ichki ruhiy dunyosini ko’rsatish asosiy yo’nalish bo’ldi. Shu davrning mashhur haykaltaroshlaridan Skopas, Praksitil va Lisipp (Makedoniyalik Iskandarning saroy haykaltaroshi)larni aytish mumkin. Er. avv. IV asrda yashagan haykaltarosh Lisipp Makedoniyalik Iskandarning byustini yaratdi. Lisipp haykaltaroshlik san’atida Poliklet qonunini o’rniga yangi qonunni tadbiq qildi. Tasviriy san’at taraqqiyotini vazalar tasviri orqali yaqqol tasavvur qilish mumkin. Bu san’at janrda sikion maktabi, afina maktabi shakllangan edi. Kundalik hayotda mifologiyadan olingan tasvirlar ko’plab uchraydi. Birinchi mashhur yunon rassomi Tasoslik Poliklet faqat to’rt rang oq, qora, qizil va sariqni ishlatgan. Klassik davrda yunon tasviriy san’atining eng mashhur namoyondalaridan biri Polignot ulkan ko’p figurali kompozitsiyalar ustasi edi. Afinalik Apollodor tasviriy san’atda yorug’lik soyasini kashf qildi. U bo’yoq bilan chizgan ko’pgina vazalar bizgacha yetib kelgan. Bu davrdagi Zevksid va Parrasiy, Apellis (Iskandarning saroy rassomi), Nikiylar tasviriy san’at janrida yorqin iz qoldirdilar. 7.Tibbiyot va aniq fanlar Er. avv. V asr ikkinchi yarmidan koxinlar tibbiyoti o’rniga, aniq kuzatishlarga asoslangan vrachlarning tibbiyoti vujudga keldi. Bu davrda mashhur yunon vrachi Gippokratning tibbiyot maktabi paydo bo’ldi. Gippokrat “Tibbiyotning otasi” sifatida shuhrat qozondi. Uning maktabida tabiblar tajriba, kuzatish usuliga tayanib, tez va to’g’ri tashxiz qo’yishga harakat qildilar va davolashda dieta, gigiena kabi usullarni keng qo’lladilar. Apolloniyalik Diogen qon aylanish tizimini yaxshi o’rgandi. Krotonlik Alkmeon kasalliklarning manbai inson organizmidagi suyaklarning mutanosibligining buzilishi 147 deb ko’rsatdi.O’sha davr tibbiy bilimlari to’g’risida 53 traktatdan iborat “Gippokrat korpusi” deb ataladigan tibbiy to’plamlar orqali ma’lumot olish mumkin. Aniq fanlar to’g’risida ma’lumotlar juda kam. Afinalik astronom matematik Meton quyosh soatini yasagani, taqvimni isloh qilgani to’g’risidagi ma’lumotlar bizgacha yetib kelgan. Tayanch iboralar Gippokrat “Tibbiyotning otasi”, appoloniyalik Diogen, “Gippokrat korpusi”, Meton quyosh soati, lirika, Tragediya (“Echkilar qo’shig’i”), Dionis, buyuk Dionisiy bayramlari, aktyor, Attika teatri, “Satirik dramasi”, Sofokl, Yevripid, Esxil, “Orestiya”, Aritofaon, Agrigentdagi Zevs ibodatxonasi, Parfenon, Propiley, G’olib Afina, Erexteyon, Iktin, Kallikrat, Mnesiklet, Fidiy, ma’buda Afinaning 12 metrli haykali, Poliklet, “Dorifor”, rassom Appolodor, Fukidid, Ksenofond, “Anabasis”, “Lakedemon politi”, “Kropediya”, “Daromadlar to’g’risida”, Giperin, Esxin, Likurg, Feopomp, Efor, Filist, Isokrat, antimakedon guruh, Demosfen, Praksitelning “Germes chaqaloq Dionis bilan”, “Knidlik atrofida”, “Kaltakesakni o’ldirayotgan Appolon” haykallari, axeyya ittifoqi. Tavsiya etiladigan adabiyotlar Karimov İ. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yuk. Toshkent 1998. Boynazarov F. A. Kadimgi dunё tarixi. Toshkent 2004. N.N.Pikus, Yu.S.Krushkol “Qadimgi dunyo tarixi” 2 tom Toshkent 1978 yil. Antichnaya drama. M., 1970. Antologiya mirovoy filosofii. M., 1969, t. I, ch. I. Vits B. B. Demokrit. M., 1979. İstoriya drevnego mira/Pod red. İ. M. Dyakonova, V. D. Neronovoy, İ. S. Sventsitskoy. M., 1983, t. II, lektsiya 14. Kallistov D. P. Ocherki istorii antichnogo teatra.M., 1969. Lure S.Ya. Demokrit. L., 1970. Nersesyants V. S. Sokrat. M., 1977. Rivkin B. İ. V doline Alfeya. Olimpiyskie igrı v iskusstve Drevney Gretsii.M.,1969 Rojanskiy İ.D. Razvitie estestvoznaniya v epoxu antichnosti. M., 1979. Frolov E. D. Fakel Prometeya. L., 1981. Yarxo V. N. U istokov evropeyskoy komedii. M., 1979. Kolpinskiy Yu. D. Skulptura drevney Elladı. M., 1963. 148 5-mavzu. Makedoniya. Reja 1. Makedoniyaning yuksalishi. Yunonistonda makedon hukmronligining o’rnatilishi 2. Iskandarning sharqqa yurishlari 3. Iskandar davlatini parchalanishi. Diadoxlar urushi 1. Makedoniyaning yuksalishi. Yunonistonda makedon hukmronligining o’rnatilishi Makedoniya yunon shahar davlatlaridan ko’ra qoloq edi. U dengizga chiqadigan yo’lga ega emas edi, shu sababli dengiz savdosi va koloniyalar barpo etishga ishtirok eta olmadi. Makedoniya dehqonchilik maqmlakati edi. Peloponnes urushlaridan so’ng Makedoniya yunon sivilizatsiyasini tez o’zlashtira boshladi. Ayniqsa yunon harbiy san’ati va harbiy texnikasi yaxshi o’zlashtirildi. Makedon podshosi Filipp II (er. avv. 359-336-yillar) harbiy islohot o’tkazib makedon falangasini tuzdi. Og’ir qurollangan piyodalar (goplitlar) 16-29 qator saflanadigan janhchilar 5 metrgacha uzunlikdagi sarissa (nayza) bilan qurollanib, orqa safdagilar sarissalarini oldingi qatordagilar yelkasiga qo’yar edilar. Og’ir qurollangan jangchilar katta qaldonlar bilan himoyalanib sarissalarni tikandek chiqarib dahshatli kuchni tashkil qilar edilar. Makedon qo’shinining faxri zodagonlardan tuzilgan og’ir qurolli suvoriy getarylar (“podshoni o’rtoqlari”) edi. Bundan tashqari turli qamal qurollari bo’lgan injener qismlari mavjud edi. Er. avv. IV asr o’rtalarida Makedoniya kuchli qo’shin bilan Epir va Frakiyani egalladi. Shu vaqtdan u yunon davlatlarining ishlariga faol aralasha boshladi. Er. avv. 355-yilda Makedoniya Fiva va Fokida o’rtasidagi urushga aralashib, Fokidani tor-mor qildi. Natijada Makedoniya butun shimoliy Yunonistonga egalik qildi. Tez orada Fessaliya Xaldika yarim orolini bir qismi, Frakiyani janubiy qirg’og’i, Bosforgacha Makedoniyaga qaram bo’ldi. Makedoniya endi dengiz davlatiga aylandi, yunonlarni Qora dengizga chiqish yo’li Makedoniya qo’liga o’tdi. Yunon davlatlaridan faqat Afina Filipp II ga qarshi tura olishhi mumkin edi. Lekin Afinada makedon va antimakedon partiyasi mavjud edi. Makedon partiasi yunonlar Filipp II boshchiligida Eronga qarshi yurish qilib katta o’lja olish mumkin, yunonlar ichidagi o’zaro kelishmovchiliklarga chek qo’yiladi deb hisoblar edilar. Demosfen boshchigida Antimakedon partiyasi Makedoniya bilan ittifoq yunon davlatlarini ozodligini yo’qotishga, qaramlikga, demokatiyani yo’qotishga olib keladi deb hisobladilar. Demosfen Afina, Fiva, Korinf va boshqa yunon shaharlari birlashgan kuchli antimakedon guruhini tuzdi. Er. avv. 337-yil avgust oyida Beotiyada (Xeroneya) hal qiluvchi jang bo’ldi. Makedon qo’shinlari yunonlarni tor-mor qildi. Shundan so’ng er. avv. 337-yilda Filipp II Korinf shahrida umumyunon kongressini chaqirdi. Kongressda muhim qarorlar qabul qilindi. Yunon shaharlarining ittifoqi tuzildi, o’zaro urushlar taqiqlandi, yunon davlatlari makedon podshosi bilan abadiy mudofaa va hujum ittifoqi tuzdi, Eron bilan urush boshlashga qaror qilindi. Faqat Sparta bu kongressga qatnashmadi. 149 2. Iskandarning sharqqa yurishlari Filipp II Eron bilan urushga jiddiy tayyorgarlik ko’ra boshladi, ammo Sharqqa yurish g’oyasini amalga oshirish Filipp II ga nasib etmadi. Bu g’oyani uning o’g’li Iskandar amalga oshirdi. Iskandar taxt vorisi va oqsuyak oilaning farzandiga munosib bo’lgan ta’lim-tarbiyani oldi. O’sha davrda hali mashhur bo’lmagan faylasuf Aristotel (Arastu) uning o’qituvchi va tarbiyachilaridan biri bo’ldi. Filipp II o’g’lini davlat boshqaruv ishlariga asta-sekin torta boshladi. Iskandar er. avv. 340- yilda shimoliy Yunoniston tog’li hududlaridagi qabilalardan birining qo’zg’olonini bostirib birinchi bor o’zini kuchli sarkarda ekanligini ko’rsatdi. Er. avv. 336-yil yozida Filipp II qizining to’yida o’z qo’riqchisi tomonidan o’ldirildi. 20 yoshli Iskandar podsho bo’ldi. Filipp II ning o’limidan foydalangan yunon shaharlari Fiva shahri boshchiligida Makedoniyaga qarshi qo’zg’olon ko’tardilar. Yunonlar uchun kutilmagan holda Iskandar bu qo’zg’olonni shafqatsiz bostirdi. Fiva shahri buzib tashlandi, uning tirik qolgan qo’zg’olonchi aholisi qul qilib sotib yuborildi. Ikki yildan keyin er. avv. 334-yilda nihoyatda puxta tayyogarlikdan keyin yunon shaharlari piyodalari bilan kuchaytirilgan makedon qo’shinlari Gellespont bo’g’ozidan o’tib Osiyo hududiga kirdilar. Urush e’lon qilish uchun bahona bo’lib, er. avv. V asr o’rtalarida yunon-fors urushlari davrida yunon ibodatxonalarining forslar tomonidan oyoq-osti qilioshi bo’ldi. Bu mafkuraviy shiordan Iskandar yunon- makedon kuchlarini birlashtirishda foydalandi. Forslar bilan birinchi jang Kichik Osiyodagi Granik daryosi bo’yida bo’ldi. Bu jangda yunon-makedonlar Eronning kichik Osiyo satraplari va yunon yollanma askarlari qo’shinlari bilan jang qildilar. Eron podshosi Doro III va uning muntazam qo’shini granik jangida ishtirok etmadilar. Bu jangdan keyin Iskandar kichik Osiyo qirg’og’idagi yunon shaharlarini forslardan ozod qildi, kichik Osiyoning katta qismini bo’ysundirdi, Sard va Gordiy shaharlarini ishg’ol qildi. Kichik Osiyoni bosib olishni tugallab, Iskandar Kilikiya orqali shimoliy Suriyaga o’tdi. Er. avv. 333-yil kuzida Issa shahri yonida ytunon-makedonlar Doro III qo’shinlari bilan to’qnashdilar. Har ikki tomon uchun bu jang og’ir bo’lib, katta qurbonliklar berildi. Fors qo’shinlari son jihatdan yunon-makedonlarga ko’ra ko’p edi. Iskandar juda katta qiyinchilik bilan g’alaba qildi. Doro III zo’rg’a qochib qutildi. Bu jang Suriya va Falastin qirg’og’ini bosib olish uchun yo’l ochdi. Damashq shahrida Doro IIIning xazinasi bosib olindi, bu Iskandar qo’shinlarining moddiy ta’minotini ancha yaxshiladi. Tir va G’azo shaharlari bosqinchilarga qattiq qarshilik ko’rsatdilar. G’azoni bosib olinishi yunon- makedonlarga Misrga yo’l ochdi. Doro III yordamidan mahrum bo’lgan fors satrapi g’oliblarga taslim bo’ldi. Misrliklar Iskandarni fors zulmidan xaloskor sifatida kutib oldilar. O’rtayerdengizi qirg’og’ida Nil daryosida er. avv. 331-yilda Iskandariya shahriga asos solindi. Bu shahar Misrda yangi hokimiyatni markazi, muhim savdo porti bo’lib xizmat qildi. Misr hududiga bu shaharga asos solinishi Sharqda shaharlar 150 qurilishi siyosatini boshlanishi edi. Iskandar Memfis shahrida toj kiydi va bu bilan Misrda o’z hokimiyati qonuniyligini ta’kidladi. Er. avv. 331-yil bahoridan Sharqqa yurishning ikkinchi bosqichi boshlandi. Dajla daryosidan uzoqqa bo’lmagan Gavgamela qishlog’i yaqinida Iskandar 1- oktyabr kuni fors qo’shini bilan hal qiluvchi jang bo’ldi. Bu og’ir jangda Iskandar g’olib chiqib, uning raqibi Doro III jang maydonini tashlab Midiyaga chekindi. Iskandar qo’shinlari hech qanday qarshiliksiz jadallik bilan butun Mesopotamiyani bosib o’tib, Suza shahri va axmoniylar davlatining markaziy hududlariga kirib bordilar. Bobil va boy Suza shahri Eronnig muqaddas markazi Persepol jangsiz bosib olindi. Suzada bosqinchilar Eron davlati xazinasini bosib oldilar, er. avv. 330-yil Persepol saroyini yondirish bilan Iskandar fors davlati ustidan g’alabasini ramziy belgiladi. Bu vaqtda Baqtriya satrapligiga chekingan Doro III o’z yaqinlari tomonidan o’ldirildi. Iskandar forslarni o’zlari egallab turgan yuqori lavozimlarda qoldirdi, bu makedon qo’shinida norozilik tug’dirdi. Doro IIIning halokati urushni tugashini bildirar edi. Girkaniyaning markazi Gekatompl shahrida ittifoqchi yunon polislarining qo’shinlari rasmiy tarqatildi. Shu bilan birga yunonlarga Iskandarni yollanma askarlari sifatida yurishni davom ettirish taklif qilindi. Iskandar o’zini fors podsholarining qonuniy vorisi sifatida urushni davom ettirishga ahd qildi. Iskandar qiyinxchilik bilan yurishni davom ettirishni istamagan qo’shin qarshiligini yengib, yana oldinga siljidi. Parfiya bosqinchilarga hech qanday qarshilik ko’rsatmay, satrapi o’z obro’ini saqlab qoldi. Iskandar er. avv. 329-yilda Amudaryodan o’tib O’rta osiyoga kirdi, bu yerda u mahalliy aholining qattiq qarshiligiga uchradi. Spitamen boshchigida sak massagetlar uch yil davomida Iskandar qo’shinlariga qarshi turdilar. Noiloj qolgan Iskandar mahalliy zodagonlarni sovg’a-salom bilan o’zi tomoniga og’dirib olishga urindi, u So’g’d hokimi Oksiartni qizi Roksanaga uylandi. Rivoyatlarga ko’ra Iskandar O’rta Osiyoda o’z tayanch nuqtasi sifatida 12 shahar quradi. Tarixda ma’lum bo’lgani hozirgi X’ojand shahri yaqinida Iskandariya Esxota (Uzoqdagi Iskandariya) shahri, Afg’onistonda Hirot shahri yaqinida Iskandariya Ariya shahri. Er. avv. 327-yilda Iskandar Hindukush tog’lari orqali Hindistonga o’tdi. shimoliy Hindistondagi Gidas daryosi bo’yida Iskandar qo’shinlari Panjob hukmdori Por qo’shinlari bilan to’qnashib, o’zining oxirgi g’alabasiga erishdi (Er. avv. 326-yil). To’satdan Iskandarning qo’shini yurishni davom ettirishni istamay bo’ysunmay qo’ydi. Ikki kunlik muzokaralardan so’ng Iskandar yon berishgfa majbur bo’ldi. Vatanga qaytish to’g’risida buyruq berildi. Iskandar qo’shinlarini qaytishi ikki yilga cho’zildi, bir qism qo’shin dengiz orqali, bir qismi quruqlik yo’li bilan qaytdi. Qo’shinning har ikkala qismi er. avv. 324-yil Bobilda uchrashdi. Yurishning tugallanayotgan bosqichida Suza shahrida Iskandar makedon va forslarni murosaga keltirish belgisi sifatida o’zining 10 ming askarlarini mahalliy qizlar bilan nikoh to’yini katta tanatana bilan o’tkazdi. O’z qo’shini tarkibiga 30 ming fors yigitlarini qabul qildi. U bosib olingan hududlarda o’nlab koloniya va harbiy qo’rg’onlarni o’z hokimiyatini tayanch nuqtasi sifatida barpo qildi. 151 Makedoniyani qadimgi poytaxti Pellaga qaytishni istamagan Iskandar o’z davlatining poytaxti qilib qadimgi shahar Bobilni tanladi. U Kaspiy dengizini o’rganish uchun tekshiruvchi ekspeditsiya tashkil qildi, Arabiston yarim oroli qirg’oqlarini tekshirishga buyruq berdi. Iskandar yurishlari natijasida g’arbda Adriatika dengizidan Sharqqa Hindistongacha, Shimolda Kavkaz tog’laridan janubda Nil daryosi o’rta oqimigacha cho’zilgan hududni qamrab olgan ulkan davlat vujudga keldi. Bu davlat hududiy- etnik, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari bilan avvalgi ahamoniylar davlatini eslatar edi. Iskandar o’zining ulkan davlatini uzoq boshqara olmadi. U er. avv. 323-yilda 32 yoshda Bobil shahrida vafot etdi. Iskandarning o’limidan so’ng uning ulkan davlati parchalana boshladi. Oxir-oqibatda u bosib olgan hududlarda Ellin davlatlari tizimi shakllandi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling