Qaroqalpoq davlat universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ilk respublika davrida davlat qurilishi
- 2. Er. avv. VI-III asrlarda Italiyaning iqtisodiyoti
- 3. Er. avv. VI-III asrlarda Rim jamiyatining toifaviy-sinfiy tuzilishi
Tayanch iboralar 300 urug’, 3000 familiya, Forum Romanum, “To’rt kvartalli” shahar, Serviy Tulliy, Kapitoliy, Aventin, ”Populyus Romanus”, saylov, “pater families”, patrisiy, plebey, “Vikus tuskuss”, Vervaktor, Vedator, Obarator, Saterkuliniy, Saturin, Semon, Segitiya, Lara, Penat, Yanus, avgurlar, kohin-folbin, Diana. Tavsiya etiladigan adabiyotlar Karimov İ. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yuk. Toshkent 1998. 177 Boynazarov F. A. Kadimgi dunё tarixi. Toshkent 2004. Elnitskiy L. A. Vozniknovenie i razvitie rabstva v Rime v VIII-III vv. do n. e. M., 1964. Zalesskiy N. N. Etruski v Severnoy İtalii. L., 1959. İlinskaya L. S. Naxodki v drevnem Latsii i ix mesto v ponimanii traditsii ob Enee na Zapade.- Vestnik drevney istorii, 1983, № 3. Mayak İ. L. Rim pervıx tsarey. M., 1983. Nemirovskiy A. İ. İstoriya rannego Rima i İtaliya. Voronej, 1964. Nemirovskiy A. İ. Etruski. Ot mifa k istorii. M., 1983. Nemirovskiy A. İ. Religiozno-mifologicheskaya kartina mira etruskov. Novosibirsk, 1980. 9-mavzu. Rim ilk respublika davrida Reja 1. Ilk respublika davrida davlat qurilishi 2. Er. avv. VI-III asrlarda Italiyaning iqtisodiyoti 3. Er. avv. VI-III asrlarda Rim jamiyatining toifaviy-sinfiy tuzilishi 4. Rimni Italiyani bosib olishi 1. Ilk respublika davrida davlat qurilishi Rim tarixchilari respublika boshlanishini er. avv. 509 yilni kelib chiqishi etrusk bo’lgan so’ngi Rim podshosi Tarkviniy Mag’rurning Rimdan haydalishi bilan belgilaydilar. Respublika tuzumi o’rnatilishi bilan oliy hokimiyat bir yil muddatga saylanadigan ikki konsul qo’liga o’tdi. Dastlab ular pretor (oldinda yuruvchilar) deb atalar edilar. Konsullarni senturiy yig’inlarda patritsiylar ichidan saylar edilar. Konsullar roziligisiz senat komisiyalari to’plana olmas edi. O’zlari esa o’z majburiyat vazifalarini bajarish davrida har qanday sud javobgarligidan ozod edilar. Konsullar hokimiyati faqat biri ikkinchisini qaroriga veto (ta’qiq) qo’yishi bilangina cheklangan edi. Amaliy hayotda esa konsullar patritsiylar va ularning oliy organi senatning siyosiy manfaatlari bilan hisoblashishga majbur edilar. Dastlabki kunlardanoq konsullardan tashqari shahar ishlarida kvestorlar muhim o’rin tutdilar. Ular sudda ishtirok etar, xazinani boshqarishda qatnashar edilar. Ilk davrda ular konsullarning yordamchilari edi. Er. avv. V asr o’rtalaridan boshlab kvestorlarni komisiyalarda saylaydigan bo’ldilar. Shu vaqtdan boshlab kvestorlar mustaqil bo’ldilar. Ular davlatning moliyaviy ishlari bilan shug’ullanar edilar. Kvestorlar arxivni boshqardilar, harbiy yurishlar davrida konsullarga hamroxlik qilib qo’shin xazinasini boshqarar edilar. Er.avv. 507 yilda Rim tarixida ilk bor favqulodda vakolatlar berilgan mansabdor shaxs – diktator sayladilar. Diktatorni rimliklar favqulodda xavf tug’ilib qolgan paytda yoki o’ta xavfli vaziyat tug’ilgan paytda yagona boshliqqa ehtiyoj tug’ilgandagina saylar edilar. Diktatorni rasman konsullar amalda esa senat saylar edi. Diktator hokimiyati cheklanmagan edi. Unga konsullar kabi 12 liktor emas balki 24 liktor hamrohlik qilar edi. 178 Rim respublikasi aristokratik xarakterda edi. Qonunchilik tashabbusiga ega bo’lmagan tsenturiy yig’ilishlarini, jamiyatni patritsiy qatlamlarini vakili bo’lgan konsul chaqirishi mumkin edi. Bu komisiyalarni biror bir qarorini “patres” – senat tomonidan tasdiqlanmasa kuchga kirmas edi. Er.avv. 471 yildan kuriya va tsenturiya yig’inlari namunasidagi plebey yig’inlari chaqirila boshlandi. Plebey yig’inlarida qabul qilingan qarorlar “plebitsit” faqat plebeylar uchun majburiy edi. Er. avv. VI asrda etrusk istilolari urug’ jamoasini yemirilish jarayonini, sinfiy jamiyat va Rim davlatchiligi shakllanishini tezlashtirdi. Etrusklar Rimda ilk yunon tiraniyasiga o’xshash monarxiya rejimini tashkil etdilar, uning o’rniga er. avv. 509- yilda ilk respublika keldi. Rim respublikasida oliy davlat organi xalq yig’ini hisoblangan. Xalq yig’ini qonunlarni qabul qilish va bekor qilish, urush e’lon qilish va sulh tuzish, oliy mansabdor shaxslar magistratlarni saylar edi. Shu bilan birga u oliy sud tashkiloti edi. Rimda xalq yig’inlarini yoki komisiyalarni uch ko’rinishi mavjud edi. Serviy Tulliy islohotlarigacha kuriya komisiyalari mavjud edi. Serviy Tulliy qurolli xalq yig’ini-senturiy komisiyalarini kiritdi. Tezda ular kuriya komisiyalarini siqib chiqardi. Senturiy komisiyalari konsullar tomonidan Rim shahridan tashqaridagi Mars maydonida chaqirilar edi. Barcha rim fuqarolari 193 senturiy, eng boy birinchi toifa 98, yarmidan ko’p senturiy qo’yar edi. Ovoz berish senturiylar bo’yicha o’tkazilib, har biri bir ovozga ega edi. Ovoz berish qat’iy qabul qilingan tartibda dastlab birinchi toifa senturiylari, keyin 2-, 3- va h. k. ovoz berilar edi. Agar taklif qilinayotgan masala bo’yicha senturiylar ovozining 50% idan ko’proq ovoz berilsa, ovoz berish to’xtatilib, taklif qonun kuchiga kirar edi. Bunday ovoz berish tartibi bo’yicha barcha masalalarni rim fuqarolarini boy qismi bo’lgan I toifaning 98 senturiyalari hal qilar edi. Bu komisiyalarda pretorlar, konsullar va senzorlar saylanar edi. Ovoz berishning mulk senziga asoslanishi demokratik saylov tizimi tarafdorlarining noroziligiga uchradi. Er. avv. 241-yilda senturiy komisiyalari islohoti o’tkazildi. Endilikda har besh toifadan-70 senturiy qo’yiladigan bo’ldi; ularga suvoriylarning 18 senturiylari, hunarmandlarning-4, va proletarlarning-1 senturiysi qo’shiladigan bo’ldi jami 370 senturiy (avvalgi 193 o’rniga). Patritsiylar va plebeylarning kurashi jarayonida plebeylarning hududiy okrug-triblar bo’yicha tribut komisiyalari muhim ahamiyatga ega bo’ldi (Rim huquqi hududiy okrug-trib 4 shahar va 31 qishloq tribiga bo’lingan edi). Tribut komisiyalarida edillar, kvestorlar va plebey tribunlari saylanar edi. Rim xalq yig’inlarini demokratik mohiyati va ularning keng vakolatiga qaramay eng demokratik tribut komisiyalari ham aristokratiya qo’lida qurol bo’ldi. Xalq yig’ini faqat senatda muhokama qilingan magistratlar kiritgan masalalarnigina muhokama qilar edi. Komisiyalar qonunchilik tashabbusi huquqiga ega emas edi. Rim davlat hayotida 300 a’zodan tashkil topgan senat muhim o’rinnni egallagan edi. U hukumat vazifasini amalga oshirdi. Er. avv. 287-yilgacha har qanday qonun loyihasi senatda muhokama qilinganidan keyingina xalq yig’ini muhokamasiga olib chiqilar edi. Xalq yig’inida qabul qilingan qonun faqat senat tasdiqlaganidan keyingina qonun kuchiga kirar edi. Shunday qilib senat o’ziga kerakli yo’nalishda xalq yig’ini faoliyatiga rahbarlik va nazorat qilar edi. Senat tashqi siyosatga rahbarlik 179 qilib, davlat moliyasini egasi edi. Mansabga saylangan magistratlar o’z faoliyati uchun senat oldida hisobot berar edilar, shu bilan senatning irodasiga tobe edilar. Er. avv. IV asrdan vakolatlari muddati tugagan oliy mansabdor magistratlar senat tarkibiga kirar edilar. Senatorlar ro’yxatini senzorlar tuzganlar. Ularni rahbari eng keksa va obro’li senator-princeps senatus (U munozara paytida birinchi bo’lib so’zlar edi) edi. Senat ro’yxatida birinchi bo’lib senzorlar, keyin konsullar, pretorlar turar edi. Senat majlisini chaqirish huquqiga oliy magistratlar: dictator, konsullar, pretorlar haqli edilar. Senatning qarori senatus konsulp (senatus konsultum) yoki dekret (dekretum) deyilar edi. Senat rim oligarxiyasining tayanchi edi. Rimda amaldorlar apparati yo’q edi, barcha ijroiya hokimiyat saylanadigan lavozimli shaxslarga-magistratlarga tegishli edi. Ular o’z mehnatlari uchun hech qanday ish haqi olmas edilar, lavozimlar “faxriy” (honor) vazifa deb baholanar edi. Barcha magistraturalar kollegial bo’lib odatda bir yil ijro etilgan (faqat senzorlar bir yarim yil, diktatorlar yarim yil). Konsullar, pretorlar,kvestor va edillar lavozimga birinchi martda (er. avv. 153-yilgacha., keyin-birinchi yanvardan) plebey tribunlari esa 10-dekabrdan lavozimga kirishar edilar. Rim respublikasi magistraturasi birdaniga emas, asta-sekin shakllandi. Farazlarga ko’ra respublikaning birinchi yillarida ijroiya hoklimiyatni boshida bir oliy magistrat-pretor (oldinda yuruvchi) bo’lib, unga o’rinbosari- kvestor yordam bergan. Plebeylarning Muqaddas toqqa birinchi chiqib ketishlaridan keyin xalq tribunlari va plebey edillari, ularning yordamchilari lavozimlari joriy qilindi. Ammo ijroiya hokimiyatni pretorning yagona rahbarligi u tomonidan hokimiyatni bosib olinish imkoniyati mavjudligi xavfi tug’ildi. Shuning uchun er. avv. V asr o’rtalarida bir oily magistrat o’rniga ikkitasi saylanadigan bo’ldi, ular bir xil hokimiyatdan foydalandilar va birgalikda boshqardilar. Ular bir-birlari bilan maslahatlashuvlari lozim edi, shuning uchun konsullar (maslahatlashaman consulo so’zidan olingan) deb ataldilar. Oliy magistratlar konsullar, tsenzorlar va pretorlar edi. Konsullar odatda urush vaqtida qo’shin qo’mondoni, senat va komisiyalarni chaqirar edilar, qonunchilik tashabbusiga ega edilar. Sud hokimiyati ikki pretorga tegishli edi, intendant qismi va harbiy o’ljani to’rt kvestor (er. avv. 267-yildan sakkiz kvestor), shahar obodonchiligi, ta’minoti, tartibni saqlash, jamoat bayramlarini tashkil etish to’rt edilga tegishli edi. Plebeylarning manfaatini 10 plebey tribunlari himoya qilar edi (lekin ularni hokimiyati Rim shahri bilan chegaralangan edi). Keyinchalik yangi senzorlar lavozimi joriy qilinib 5 yilda bir marta 18 oy muddatga saylanar edi. Senzorlar sobiq konsullardan saylangan. Ular rim fuqarolarini mulk toifalariga kiritib, senatorlar tarkibini tekshirib, uni yangi ro’yxatinbi tuzishlari lozim edi. Rim magistratura tizimining tugallangan shakli er. avv. IV asr II yarmida yuzaga keldi. Rim konstitutsiyasi bo’yicha magistraturalar kollegial bo’lib (2 konsul, 2 ta pretor, 4 edil, 10 xalq tribuni, 2 tsenzor, 4 kvestor) har yili qayta saylanar va haq to’lanmas edi. Magistrat lavozimlarini bajarish ish emas, faxriy (honor) bo’lib shu sababli beg’araz edi. Mansablarga haq to’lanmasligi oddiy rim fuqarolarini magistratura lavozimlarini egallashga imkoniyat bermadi. Aksincha davlat vazifalariga saylanish va uni bajarish uchun fuqaroning o’zini katta miqdorda mablag’iga ega bo’lishi shart edi. Chunki lavozimni bajarish uchun kotiblar, 180 choparlar, qo’riqchilar, quyi tabaqa xizmatchilarni yollab, ularga ish haqi berishi kerak edi. Shu sababli boy kishigina magistrant bo’lishi mumkin edi. Vakolatlarini topshirgandan keyingina sobiq magistratni sudga tortish mumkin edi. Ilk respublika davrida favqulodda hokimiyat tuzilmasi mavjud edi: oraliqdagi podsho, dictator o’z o’rinbosari, otliqlar qism boshlig’i bilan birgalikda senatda favqulodda vaziyatlarda yarim yil muddatga senatda saylanar edi; dictator hokimiyati podsho hokimiyatiga o’xshash edi, uning hokimiyatini belgisi 24 liktordan tuzilgan faxriy qo’riqchi bo’lgan. Rim respublikasi komisiyalari tuzilmasida demokratik an’analar kuchaygan bo’lishiga qaramasdan boshqaruvdagi hal qiluvchi rolni senat va magistratlar o’ynadilar. Bu Rim respublikasini aristrokratik mazmunining ifodasi edi. 2. Er. avv. VI-III asrlarda Italiyaning iqtisodiyoti Er. avv. VI – III asrlarda Italiya hududlarini iqtisodiy – ijtimoiy taraqqiyoti notekis bordi. Etruriya va Kampaniya viloyatlari, janubiy Italiyadagi yunon koloniyalarini iqtisodiyoti yaxshi rivojlandi. Latsiya viloyati qo`shni etrusk shaharlari va yunon koloniyalaridan qoloq edi. Italiyaning tog’li hududlaridagi qabilalar ibtidoiy-urug’ jamoa sharoitida yashar edilar. To’qimachilik zaif rivojlangan edi. Qul mehnatidan faqat konchilikda, tosh qazib chiqarishda keng foydalanilar edi. Italiyada eng ommaviy hunarmandchilik sohalaridan biri kulolchilik edi: turli xil idish tovoqlar, suv quvurlari, cherepitsa, xom g’isht, chiroqlar etrusk qora rangli “bukkero” bo’rtma bezakli idishlari mashhur edi. Kulolchilikning eng katta markazlari Kluziya, Arretsiya va Kalax edi. Er. avv VI-V asrlarda etrusk shaharlarida savdo-hunarmandchilik gullab yashnadi. Ayniqsa metallurgiya va metallga ishlov berishda, kulolchilikda etrusklar katta yutuqlarga erishdilar. Etrusk va kampan jez idishlariga Bolqon Yunonistonida ehtiyoj katta edi. Er. avv. VI-III asrlarda asosiy savdo-hunarmandchilik markazlari Sirakuza, Tarent, Dikearxiya (Puteola), Populoniya, Adriya va Spina edi. Rimni savdo ahamiyati o’sdi. Har yili katta diniy bayramlar vaqtida Etruriyaning markazi Vol’siniyada va Latsiyaning 4 viloyat bilan tutashgan chegarasida savdo yarmarkalari uyushtirilar edi. Er. avv. VI-III asrlarda tashqi savdo yuksaldi. Savdo asosan suv yo’li bilan amalga oshirildi. Er. avv. VI asrda dengiz savdosiga Rim ham tortildi. Tibr daryosi boshlanishida rimning Ostiya portiga asos solindi. O’sha vaqtning eng katta dengiz davlati Karfagen bilan Rim er. avv. 509, 348 va 280-yilllarda uch marta savdo shartnomalarini tuzdi. Etrusklar va janubiy Italiya yunonlari gallar, Bolqon Yunonistoni, Kichik Osiyo bilan savdo aloqalarini o’rnatdilar. Il’va va Populoniyada qazib olingan temir Kampaniya va etrusk shaharlariga yetkazib berilar edi. Italiyaning ko’pgina hududlari xo`jaligini yetakchi sohasi dehqonchilik edi. Etruriyada unumdor tuproq, yumshoq iqlim, yuqori agronomiya madaniyati va agrotexnika taraqqiyoti yuqori hosil olishni taminlar edi.Bu yerda bug`doy, arpa, tariq, polba Kampaniya va janubiy Italiyada uzumchilik, zaytun keng tarqalgan edi. Etruriya g’allasi Rim va latin shhaharlarini, buyuk Yunonistondan zaytun yog’i, Latsiya va Etruriyani ta’minlar edi. 181 Er. avv. VI-III asrlarda jamoa yer egaligini yemirilishi bilan birga yerga xususiy mulkchilik rivojlanib bordi. Urug’ning yerlari kichik bo’laklarga bo’linib yerga ishlov berish uchun qarindoshlar, kliyent va qullarga berilgan. Plebeylar xususiy mulk sifatida o’zlariga tegishli yer maydonida ishlov berar edilar (ular davlatdan 2 dan yuger-0,5 gektargacha yer olganlar). Xususiy va jamoa yerlaridan tashqari davlat yer fondi (ager publikis) mavjud edi. Rim fuqarosi davlat yerini katta bo’lmagan ijara to’lovi bilan okkupatsiya (latincha egallash) qilish huquqiga ega edilar. Patritsiylar bu huquqdan unumli foydalandilar. Plebeylar ham yuz yillik kurashlar natijasida “ager publikis”dan foydalanish huquqiga ega bo’ldilar. Ilk respublika davrida Rim iqtisodiyotining asosi qishloq xo’jaligi edi. Mayda va o’rta er egaligi yetakchi rol o’ynar edi. Er. avv. IV asrdan boshlab patritsiylar jamoa yerlarini (“ager publikus”) bosib ola boshladilar. Natijada yirik xo’jalik (imeniye)lar paydo bo’lib, qullar mehnatidan ko’proq foydalanila boshlandi. Boshda qadimgi Italiyaga ayirboshlashning keng tarqalgan vositasi bo’lib, chorva hayvoni (pecus, shundan pulni latincha nomi-pecunta) xizmat qildi. Eng qadimgi davrdan boshlab rimda er. avv. III asrgacha pul sifatida og’irligi 2-2,5 kg.gacha bo’lgan ishlov berilmagan mis parchasi (aez rude) yurar edi. Ularni er. avv. V asrdan og’irligi 1000-1830 gramm xudo va hayvonlar tasviri bo’lgan quyma jez parchalari siqib chiqara boshladi. Er. avv. IV-III asrlarning II yarmidan 327,45 gramm og’irlikdagi jezdan quyilgan (aes grave) tangalar keng tarqaldi. Er. avv. IV asrning II yarmidan boshlab natural xo’jalik o’rniga pul tovar xo’jaligi keldi. Rim pul birligi mis ass paydo bo’ldi. Dastlab bu tangalar Yunon Moneta ibodatxonasida zarb qilina boshlandi. Shundan “moneta” so’zi kelib chiqdi. Er. avv. III asr oxiridan ass 10 marta yengillashib 173 grammga keldi. Jez tanganing tressis, dupondiy, semis kabi turlari mavjud edi. Er. avv. III asrdan Rimda kumush tangalar jumladan denariy (4,55 gramm) va sestersiy (1,13 gramm) zarb qilina boshlandi. 3. Er. avv. VI-III asrlarda Rim jamiyatining toifaviy-sinfiy tuzilishi Er. avv. VI-IV asrlarda Rimning ijtimoiy tuzilmasi murakkab va oloquroq edi. Rim jamiyatida patritsiy, klientlar, plebeylar va qullar sinfiy-toifaviy guruh sifatida chiqdilar. Bu guruhlarning har biri jamiyat va ishlab chiqarishda o’z huquq- majburiyatlari bilan alohida o’rinni egalladilar. Patritsiylar o’z nomlarini pater (ota) so’zidan oldilar. Pater-ota, ko’p sonli oilani unga kiradigan boshqa qaram kishilar va qullarni xo’jayini edi. Qadimgi Rimda otalar deb yana oliy boshqaruv organi senat a’zolarini ham aytar edilar. Patritsiylar ilk Rimni imtiyozli hukmron sinf-toifasi edilar. Ular barcha fuqarolik huquqlaridan foydalanar edilar. Kuriya komisiyalarida ovoz berib, senatga saylandilar, og’ir qurollangan piyoda qo’shinda, imtiyozli otliq qo’shinlarda xizmat qilar edilar. Har bir patritsiy katta oila jamoasi ko’p sonli familiya (familias)ning boshlig’i bo’lib, bu jamoani ta’minlash uchun jamoa yer jamg’armasidan katta ulushlarni olish va foydalanish huquqiga ega edilar. Er. avv. IV asr o’rtalarigacha asosiy magistrate lavozimlari patritsiylar bilan to’ldirilar edi. Patritsiylar uzoq ibtidoiy jamoa davri, urug’chilik jamoalariga borib taqaladigan urug’ guruhlari (gentes)ga bo’lingan edilar. Yer egalarining imtiyozli hukmron sinf qatlami bo’lgan holda urug’chilik aloqalari muhim o’rin egallagan bu tuzilmada Rim 182 patritsiylari jamiyatning konservativ unsurlari edilar. Ular yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xususiy mulkchilik, qulchilik taraqqiyotiga to’siq edilar. Ilk Rimning asosiy sinf-toifalardan biri plebeylar edi. Plebeylarni bir qismi qaram klientlar sifatida patritsiy urug’lariga qabul qilingan edi. Lekin plepsning ko’pchiligi tub joy fuqaro patritsiylar ijtimoiy tashkilotidan tashqarida bo’lib, huquqiy jihatdan erkin bo’lsalarda fuqarolik huquqlaridan mahrum edilar. Plebeylarning asosiy qismi o’zining avvalgi vatani bilan va Rimdan tashqarida bo’lgan urug’ tashkiloti bilan aloqasini uzgan kelgindi kishilar edi. Plebeylar kichik yer maydonlarida dehqonchilik qilib savdo-hunarmandchilik bilan shug’ullanar edilar. Ularning ko’pchiligi asosan Rim atrofidagi qishloqlarda yashab, o’z jamoa tashkilotlari, o’zaro yordam tizimiga ega edilar. Plebeylar rim jamiyatini shakllanayotgan jamoa-dehqon tarkibini asosiy qismini tashkil qilar edilar. Plebeylar orasida tez orada ijtimoiy tabaqalanish yuz berib, boy qatlam ajralib chiqdi. Plebeylarning asosiy ommasi yer olish va qarzi uchun qullikni bekor qilinishini talab qilgan bo’lsalar, o’ziga to’q va boy plebeylar birinchi navbatda patritsiylar bilan siyosiy teng huquqlik uchun kurashdilar. Serviy Tulliy islohotlari natijasida plebeylar Rim ko’ngillilari tarkibiga kiritildi, lekin qo’shindagi barcha boshliq lavozimlari patritsiylar qo’lida edi. Bundan tashqari plebeylar patritsiylar ozod etilgan harbiy soliq (tribut) to’lar edilar. Shu davrda Rim shahrini o’zida plebeylar va patritsiylar o’rtasida yer uchun keskin kurash boshlandi. To’xtovsiz urushlar natijasida xonavayron bo’lgan, qarzlarga botib qolgan Rim plebsi bosib olingan erlarni taqsimlashda o’z hissasini talab qildi. Shuningdek patritsiylarning zo’ravonligidan qonuniy himoya va o’z siyosiy huquqlarini kengaytirishni talab qilib chiqdilar. Bu kurash er. avv. 494 yilda o’ta keskinlashdi. Og’ir qarz majburiyatlari qarz beruvchining zulmi plebeylarni ekvlar bilan urushga ishtirok etishdan bosh tortdilar. Ijtimoiy adolatsizlikka qarshi norozilik belgisi sifatida, 494-yilda Rimdan 4,5 km. shimoldagi “muqaddas toqqa” chiqib ketishga (setsessiya) majbur bo’ldilar. Setsessiya va harbiy xavf patritsiylarni yon berishga majbur qildi. Natijada plebey yig’inlarida har yili ikki yoki to’rt xalq tribuni saylash huquqi olindi. Keyinchalik xalq tribunlari soni o’ntaga etdi. Tribunlar mansabdor shaxslar bo’lmay plebs vakillari sifatida chiqib, uning manfaatlari himoyachisi bo’ldilar. Xalq tribunlari shahar hokimiyatining faoliyatiga aralashishlari, mansabdor shaxslar va senatning qarorlarini bajarilishini to’xtatishlari mumkin edi, Komisiyalarda qabul qilingan qarorlarga plebeylar veto (taqiq) qo’ysa bu qaror yana ovozga qo’yilishi mumkin emas edi. Tribunlarning o’zlari hali faqat plebeylar uchun majburiy bo’lgan qarorlar qabul qilishlari mumkin edi. Tribunlar faqat plebeylar orasidan saylanib daxlsizlik huquqidan foydalanar edilar. Xalq tribuniga qo’l ko’targan kishi qonundan tashqari deb e’lon qilinar edi. Bunday jinoyat qilgan kishini har kim jazosiz o’ldirishi mumkin edi. Yarim asr o’tgach er. avv. V asr o’rtalarida plebeylar tazyiqi ostida patritsiylardan tuzilgan detsemverlar (“o’n erkak”) komissiyasi mavjud qonunlarni kodifikatsiya qildilar. Komissiya mis taxtachalarga yozilgan XII jadval qonunlarini Rim forumiga, bozor va Rim koloniyalariga osib qo’ydilar. XII jadval qonunlari 183 birinchi va yagona Rim huquqi kodeksi edi. XII jadval qonunlari Rimda ijtimoiy munosabatlarni klassik quldorlik jamiyatiga o’tish davrini aks ettirdi. Ilk rim jamiyatida kambag’al va siyosiy huquqsiz kishilarning ko’p sonli qatlami-klientlarni tashkil qildi. Ozod qo’yilgan qullar yoki Rimga ko’chib kelgan boshqa urug’ vakillari patritsiylarda himoya va homiylik qidirishga majbur bo’lib, ularga klient bo’lishlari mumkin edi. Klientlar patritsiylarning urug’iga qaram a’zo sifatida kirib, o’z homiylari urug’I nomini oldilar. Ularga patron yerlarida ishlash vazifasi , patronni yurishda, shaharga chiqishida hamrohlik qilish majburiyatlari yuklandi . Klient vasiyat qoldirmagan bo’lsa o’limidan keyin uni mulki patronga meros qolar edi. Agarda klient patronga bo’ysunmasa sud orqali u qulda aylantirilishi mumkin edi. O’z navbatida patron klientni boshqalarni tazyiqidan himoya qilishga majbur bo’lib, sudda uning manfaatalrini himoya qilar edi. Er. avv. III asrga borib yangi ijtimoiy munosabatlar rivojlanishi bilan klientlarning katta qismi o’z patronlaridan ozod bo’lib, davlatdan yer oldilar va erkin dehqonlarga aylandilar. Er. avv.V asrgacha qulchilik xonaki (patriarxal) edi. Er. avv. V asr4dan boshlab qul mehnati xo’jalikning turli sohalariga kirib bordi. Rimda qarzi uchun qul qilish er. qvv. 326-yildagi qonun bilan bekor qilindi. Natijada, qullar qatlami asosan urushlarda olingan asirlar hisobidan to’ldirila boshlandi. Qulga buyum sifatida qaralmadi, inson shaxsi huquqlari kam darajada bo’lsada saqlanib qoldi. Bu davrda erkin kishi va qullar o’rtasidagi farq unchalik keskin emas edi. Qonunlarda mulk huquqi kuchli himoya qilingan edi. Mulkka daxl qilish og’ir jinoyat hisoblanib, qiynoq bilan o’lim jazosi berilar edi. Qullar uchun jazo erkin tug’ilganlarga nisbatan og’ir edi. O’g’rilik qilgan erkin fuqaro kaltaklanar edi, qullar esa savalanganidan so’ng qoyadan tashlanar edi. Sudxo’r qarzdorni qul qilish bilan cheklanmay balki uning hayotiga egalik qilishi ham mumkin edi. Plebeylarning siyosiy tenglik uchun kurashi davom etdi. Er.avv. 447 yildan 2 konsul bilan birgalikda senat qarori bilan 3 tadan 8 tagacha konsul hokimiyati vakolati bilan tribunlar saylana boshlandi. Plebeylarga er. avv. 445 yildagina tribun Kanuley qonuni asosida patritsiylar bilan nikohdan o’tishga ruxsat berildi. Yangi tsenzor mansabi joriy qilinib ularning vazifasi fuqarolarning mulk tsenzi majburiyatini bajarishini nazorat qilish, keyinchalik senarorlar ro’yxatini tuzish edi. Tsenzor hukmi bekor qilinmas edi. U qat’iy edi. Bundan tashqari ular daromad- xarajatlar to’lovini nazorat qilar, katta jamoa ishlarini tashkil qilar edilar. Er. avv. 367 yilda konsul Sekst Lateran 3 ta muhim qonunni qabul qilinishiga erishdi. Birinchi qonun; qarz foizlarini tartibga soldi, ikkinchi qonun; barcha rim fuqarolari patritsiylar va plebeylarining jamoa erlaridan foydalanishni teng huquqini berdi; uchinchi qonun bo’yicha konsullik lavozimini plebeylar ham egllashi mumkin edi. Keyinchalik ikki konsuldan biri plebeylardan saylanishi odat tusiga kirdi. Bir vaqtning o’zida konsullardan sud ishlari yangi mansabdor shaxs pretorlarga olib borildi. Pretorlar konsullar kabi tsenturiat komisiyalarida saylanar edi. Er. avv. 356 yil ilk bor plebeylardan diktator saylandi. Besh yildan so’ng birinchi plebey tsenzor, er.avv. 332 yildan tsenzorlardan biri muntazam plebey vakillaridan saylanadigan bo’ldi. Shundan yana o’ttiz yil o’tgach plebeylardan rimning oliy kohini pontifik saylanadigan bo’ladi. Plebeylarni patritsiylarga qarshi to’la qonli teng huquq uchun so’ngi kurashi er. avv. 287 yilgi Gortenziy qonunini qabul qilish bilan yakunlandi. 184 Shu davrdan plebey yig’inlarining qarorlari rimning barcha fuqarolari uchun plebey senatning tasdig’isiz majburiy qonun bo’ladi. Rimda patritsiy va plebeylarning ikki yuz yillik ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlari er. avv. III asr so’ngida nihoyasiga etdi. Er. avv. IV asr oxirida eng boy yangi patritsiy va plebey zodagonlaridan iborat yangi nobillar qatlami vujudga keldi. Nobillar yirik yer-mulkka egalik qiladigan va davlatni boshqaruvchi oliy toifaga aylandi. Nobillar hokimiyatining amaldagi tayanchi senat bo’lib, u yerda patritsiy urug’lari bilan bir qatorda Litsiniy va Liviy kabi boy plebey urug’i muhim rol o’ynadilar. Nobillar senatorlar toifasining oliy guruhi bo’lib, yirik va o’rta quldor yer egalari, savdogar va moliyachilardan tashkil topgan suvoriylar toifasi bilan birga hukmron qatlam tarkibiga kirdi. Qolgan fuqarolar kichik mulkdorlar, erkin dehqonlar, hunarmandlar va savdogarlardan tashkil topgan plepbsni tashkil etdi. Imtiyozli toifalar va plepisga qarama-qarshi hech qanday huquqqa ega bo’lmagan ko’p sonli qullar qatlami turar edi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling