Qaror loyihasi
Angren shahar mahalliy budjetining 2023-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq va qo’shimcha manbalar hisobidan xarajatlar
Download 38.29 Kb.
|
Эркин қолдиқ мабл ишлатиш карор
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mablag‘ yo‘naltirilgan tashkilot nomi 2023-yil boshiga shakillangan erkin qoldiq mablag‘
- QAROR LOYIHASI Angren shahar mahalliy budjetining 2023-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq va qo’shimcha manbalaridan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida
- Angren shahar mahalliy budjetining 2023-yil 1-chorak daromadlar rejasidan ortiq bajarilgan qismi hisobidan xarajatlar
- Mablag‘ yo‘naltirilgan tashkilot nomi
Angren shahar mahalliy budjetining 2023-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq va qo’shimcha manbalar hisobidan xarajatlar
QAROR LOYIHASI Angren shahar mahalliy budjetining 2023-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq va qo’shimcha manbalaridan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida O’zbekiston Respublikasining “2023-yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasi hamda O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 126-moddasi (Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari va O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish)ga muvofiq, Xalq deputatlari Kengashlarini mahalliy budjetlarni boshqarishda erkinliklar berilib, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha stavkalarini belgilash, mahalliy budjeti xarajatlarini hududiy budjet mablag‘lari taqsimlovchilar kesimida tasdiqlash va ularning Kengash oldidagi hisobdorligini belgilash bo‘yicha vakolatlari kengaytirildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil, 8-apreldagi KQ-331-IV-sonli Qarori va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.02 2022 yildagi PQ-128-son Qaror qabul qilingan. Mazkurr qarorda 1-ilova bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudgetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar byudgetining, tumanlar va shahrarlar budjetlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlangan bo‘lib, ushbu Nizomning 11-bandi, 2-qismida Kengashlarning qarorlari asosida Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar byudgetlarining qo‘shimcha manbalaridan mustaqil yoki umumiy tartibda foydalanishga berish qat’iyan taqiqlanishi belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasi hamda Budjet kodeksning 126-moddasiga asosan 2023-yil uchun Angren shahar mahalliy budjetining 2023-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘ini taqsimlash hamda O’zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 6, 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi QAROR QILADI: 2023-yil 1-chorak daromadlar rejasidan ortiq bajarilgan miqdori 3 899 970,0 ming so’m qilib tasdiqlansin. Bildirilgan takliflarga asosan mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan: shahar bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ilovaga muvofiq tadbirlarni bosqichma-bosqich moliyalashtirishga. 3. Shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari (Y.Naraliyev), shahar hokimligi moliya b’olimi (A.Djabbarov) har oylik to‘lovlarni mahalliy budjetning yil boshiga aniqlangan erkin qoldiq va hisobot choraklari yakuniga ko‘ra shakllanadigan qo‘shimcha manbalari hisobidan doimiy ravishda ajratib borilishini ta’minlasin. 4. Shahar budjetining qo‘shimcha manbalaridan mablag‘ oluvchi mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlari ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek, ushbu mablag‘larni ajratilishi uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlarning haqqoniyligiga shaxsan javobgar hisoblanishi belgilab qo‘yilsin hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishi bo‘yicha Xalq deputatlari viloyat Kengashiga hisobot kiritib borsin. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Angren shahar Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi E.Ergashev hamda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Y.Naraliyev zimmalariga yuklansin. ILOVA Angren shahar mahalliy budjetining 2023-yil 1-chorak daromadlar rejasidan ortiq bajarilgan qismi hisobidan xarajatlar
Download 38.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling