Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
592-сон 13.10.2022
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
195. Pensiya olish huquqini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan taqdim etilgan hujjatlarning (ish staji to‘g‘risida, ish haqi to‘g‘risida va shu kabilarning) ishonchliligi va asoslanganligi uchun ushbu hujjatlarni bergan tashkilotning mansabdor shaxsi hamda pensioner qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi. 196. Ishonchsiz ma’lumotlar, pensiyaga bo‘lgan huquqlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlardagi ma’lumotlarni buzuvchi tuzatishlar aniqlanganda, shuningdek, pensiyalarni tayinlash va to‘lash uchun ish beruvchi yoki arxiv tomonidan berilgan yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar soxtalashtirilganda va qalbakilashtirilganda davlatga yetkazilgan zarar summasini undirish uchun javobgarlik qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu hujjatlarni bergan tashkilotlar va arxivning mansabdor shaxslariga yuklanadi. Ushbu Nizomda belgilangan qoidalarga asosan axborot tizimlaridan olingan, fuqarolarga pensiya hisoblash va to‘lash uchun asos bo‘lib hisoblangan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va ishonchliligi uchun javobgarlik axborot tizimlariga ma’lumotlarni kiritgan yuridik va jismoniy shaxslarga yuklatiladi. Pensioner tomonidan sodir etilgan suiiste’molliklar (ataylab noto‘g‘ri ma’lumotlar bilan hujjatlar taqdim etilishi, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan oila a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etilmasligi) natijasida unga pensiyalar summasining ortiqcha to‘lanishi tufayli davlatga yetkazilgan zararni to‘lash majburiyati pensionerga yuklanadi. Oldingi tahrirga qarang. Pensiyalardan chegirmalar Qonunning 65-moddasida belgilangan tartiblar asosida amalga oshiriladi. Pensiya yoki nafaqa oluvchi qarzdorlikni qoplash uchun uning yozma arizasiga muvofiq pensiya va nafaqalar summalarini ko‘proq miqdorda, shu jumladan to‘liq miqdorda yo‘naltirish huquqiga ega. Pensiya yoki nafaqa oluvchining yozma arizasida u tomonidan belgilangan foiz ko‘rinishidagi miqdor yoki qat’iy summa ko‘rsatiladi. Pensiya yoki nafaqa oluvchi ixtiyoriy asosdagi arizasiga asosan qarzdorlikni qoplashga yo‘naltirilayotgan miqdorni ko‘proq miqdorga o‘zgartirish huquqiga ega. Pensiyalardan chegirmalar, pensiya va nafaqa to‘lash uchun qaydnomalarni shakllantirishda o‘tgan oyning 30-sanasiga qadar kelib tushgan (qabul qilingan) ijro hujjatlari yoki Pensiya jamg‘armasi bo‘limi shu’basi tomonidan ushbu Nizomga 21-ilovaga muvofiq tayyorlanadi va rasmiylashtiriladi. Bunda qarzdorlikni to‘lovchi pensiya yoki nafaqa oluvchi ortiqcha to‘lashning sababi va davri, chegirmaning har oylik miqdori va foizi ko‘rsatiladi hamda qabul qilingan qaror bo‘yicha amalga oshiriladi. Pensiya yoki nafaqadan chegirmalar ushlangan taqdirda, chegirmalar uchun asos bo‘lgan ijro hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining tegishli tuman (shahar) bo‘limiga qaytariladi. Qaytarishda qaytarish sabablari va pensioner (nafaqa oluvchi)ning yangi yashash manzili yoki manzil-koloniyasi joylashgan manzil ko‘rsatiladi. Ma’lumotlar axborot tizimida ro‘yxatga olinadi. Pensiya yoki nafaqadan chegirmalar bo‘yicha ijro hujjatlar ijrosining o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan nazorat, shuningdek, uning saqlanishi Pensiya jamg‘armasi bo‘limi shu’ba mudiriga yuklanadi. (196-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi — to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son) Ortiqcha to‘langan pensiya summasi qarzdorlik aniqlangan sanadan boshlab ko‘pi bilan uch yillik davr uchun undiriladi. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya miqdoridan qarzdorlik aniqlangan hollarda axborot tizimidagi mavjud pensionerning mobil telefon raqamiga pensiya miqdoridan qarzdorlik kelib chiqish sababi, pensiya miqdori qayta hisoblangan muddat, qayta hisoblangan pensiya miqdori, qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi qabul qilingan qaror va qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi ko‘rsatilgan “SMS” xabarnomani yuborishi shart. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling