Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
592-сон 13.10.2022
Oldingi
tahrirga qarang. Pensionerning yoshga doir pensiya tayinlanganidan keyingi orttirilgan ish staji va ish haqi, nogironlik pensiyasini qayta hisoblashda ish staji va ish haqi sifatida inobatga olinmaydi hamda oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati davriga kiritilmaydi. (79-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son) 80. Ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etilmaganligi yoki ularning ishonchliligi va asosliligini tekshirish mumkin emasligi munosabati bilan ish stajiga kiritilmagan davrlar, shuningdek, ish haqi saqlanmagan holda ta’tilda bo‘lish davrlari mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yillik davri uchun ish haqini hisoblab chiqishdan chiqarib tashlanmaydi. Mehnat daftarchasidagi sud tartibida soxtalashtirilgan (qalbakilashtirilgan) deb topilgan yozuvlar mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yillik davriga kiritilmaydi. 81. I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxsning, shuningdek, vafot etgan, nogironlik boshlangan yoki vafot etgan vaqtida bir oydan kam ish stajiga ega bo‘lgan boquvchining ish haqi ishlangan kunlar uchun ish haqi summasini ishlangan kunlar soniga bo‘lish va olingan natijani ushbu oyning ish kunlari soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. 82. Ish haqi tarkibiga, shuningdek, ish haqining natural qismiga 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun qonunchilikka muvofiq sug‘urta badallari, 2019-yildan keyingi davr uchun O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 371-moddasida ko‘rsatilgan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar kiritiladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar uchun 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun sug‘urta badallarining soliq solish obyekti ularning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga ishlash uchun yuborilguniga qadar oxirgi ish joyi bo‘yicha olingan, O‘zbekiston Respublikasida budjet tashkilotlari xodimlari uchun ish haqi oshirilishi hisobga olingan holda qayta hisoblanadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 83. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari va xodimlarining, ichki ishlar organlari va bojxona organlari oddiy va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarining, shuningdek, o‘quv yoki yo‘qlama qilish yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning ish haqi tarkibiga qonunchilikka muvofiq: 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — sug‘urta badallari; 2019-yildan keyingi davr uchun — hisoblanadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar bilan bo‘lgani singari pul ta’minotining barcha turlari kiritiladi. 84. Pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilgan shaxsning xohishiga ko‘ra o‘qish davrida to‘langan stipendiya ish haqiga tenglashtiriladi. 85. Band bo‘lgan shaxsning ish haqi miqdori: 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallari; 2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov; 2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — ijtimoiy soliq summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 86. Band bo‘lgan shaxsning pensiya miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan ish haqi miqdori hisobga olinadigan aniq bir oy (yil) uchun Pensiya jamg‘armasiga to‘langan oylik (yillik): 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — sug‘urta badallari summasini Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini to‘lash davrida amalda bo‘lgan yagona ijtimoiy to‘lov (mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek, fermer xo‘jaliklari uchun) va fuqarolarning sug‘urta badallarining umumiy stavkasiga; 2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov to‘lash davrida amalda bo‘lgan yagona ijtimoiy to‘lov (mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek, fermer xo‘jaliklari uchun) umumiy stavkasiga; 2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 405-moddasiga asosan — ijtimoiy soliq summasini to‘lash davrida amalda bo‘lgan ijtimoiy soliq stavkasiga bo‘lish hamda olingan natijani 100 ga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan xodimning, shuningdek, oilaviy tadbirkorlik subyekti oila a’zosining pensiya miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan aniq bir oy uchun daromadi: 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan oydagi; 2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov; 2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — ijtimoiy soliq to‘langan oydagi mehnatga haq to‘lashning qonunchilik hujjatlarida belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoriga teng qilib olinadi. 87. Ish haqiga mintaqaviy koeffitsiyentlar belgilangan tumanlarda ishlagan shaxsga pensiya tayinlashda mintaqaviy koeffitsiyent hisobga olingan holda hisoblab chiqilgan: 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — sug‘urta badallari; 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar qo‘shib hisoblangan ish haqi hisobga olinadi. 88. Vafot etgan pensionerning oila a’zosiga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi miqdori vafot etgan pensioner (boquvchi)ning pensiyasini hisoblash uchun qabul qilingan ish haqidan hisoblab chiqiladi. Boquvchi nogironlik pensiyasi oluvchi hisoblangan va pensiya tayinlangandan keyin mehnat faoliyatini amalga oshirgan hollarda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlashni so‘rab murojaat qilgan vafot etgan boquvchi oila a’zosining xohishiga ko‘ra nogironlik pensiyasi tayinlangandan keyin ega bo‘lingan ish staji boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini hisoblab chiqishda hisobga olinadi. Talab qilinadigan ish staji boquvchi vafot etgan kunda uning yoshi bo‘yicha aniqlanadi. Bunda ko‘rsatib o‘tilgan ish staji uchun olingan ish haqi ish haqi tarkibiga kiritiladi, agar boquvchi yoshga doir pensiya olsa va pensiya tayinlangandan keyin ishni davom ettirsa pensiya tayinlangandan keyin ish staji va ish haqi hisobga olinmaydi. 89. Oy, yil choragi, yarim yillik, yil yakunlari bo‘yicha mukofotlar, shuningdek, davr yakunlari bo‘yicha to‘lanadigan taqdirlash puli, davlat bayramlari va ishlarning ayrim turlarini bajarganlik uchun bir martalik mukofotlar, shuningdek, shunga o‘xshash boshqa to‘lovlar (shu jumladan, jamoa xo‘jaliklari a’zolariga pilla yetishtirish bo‘yicha to‘lovlar hamda yillik ish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlar): 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — sug‘urta badallari to‘lanishi; 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarni hisoblash sharti bilan, ular hisoblangan oy uchun ish haqi tarkibiga kiritiladi. Xodimga ishdan bo‘shaganidan keyin to‘langan mukofotlar (davr yakunlari bo‘yicha taqdirlash puli va yillik ish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlar) mehnat shartnomasi to‘xtatilgan oy uchun ish haqi tarkibiga kiritiladi. 90. Ish kunlari soni to‘liq bo‘lmagan oylar uchun (ishga kirish yoki ishdan bo‘shash munosabati bilan) ish haqi pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilganning xohishiga ko‘ra ish haqi tarkibiga kiritiladi. Bunda ish kunlari soni to‘liq bo‘lmagan oylar to‘liq kalendar oylar sifatida hisobga olinadi. Tashkilotning ustav sarmoyasida (fondida) qatnashish munosabati bilan olingan daromadlar va dividendlarni taqsimlash tarzidagi to‘lovlar ish haqi tarkibiga kiritilmaydi. 91. Pensiyani hisoblab chiqish uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqi ketma-ket ishlangan oltmish kalendar oydagi ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentini qo‘llagan holda qayta hisoblab chiqilgan umumiy miqdorini oltmishga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Agar nogironlik yoki boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlashda pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish staji besh yildan kam bo‘lsa, pensiyani hisoblash uchun o‘rtacha oylik ish haqi kalendar ish oylari uchun qayta hisoblangan ish haqi umumiy summasini ushbu oylar soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. 92. Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentini qo‘llagan holda pensiyalarni hisoblab chiqish uchun ish haqini qayta hisoblab chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 93. Mavsumiy ishlarda band bo‘lgan xodimlarga pensiya tayinlashda pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqi oxirgi o‘n yildan istalgan ketma-ket besh mavsum uchun qayta hisoblab chiqilgan ish haqini oltmishga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. 94. Pensiyani hisoblash uchun qonunchilikda pensiya tayinlanadigan sanaga belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining o‘n baravari, 2023-yil 1-yanvardan o‘n ikki baravari miqdoridan ortiq bo‘lmagan summadagi o‘rtacha oylik ish haqi qabul qilinadi. 95. Pensiya tayinlash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan kam bo‘lgan yoki ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq mavjud bo‘lmagan hollarda pensiya miqdori qonunchilikda pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilingan kunda belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan kelib chiqib mintaqaviy koeffitsiyent hisobga olinmasdan hisoblab chiqiladi. 96. Pensiya miqdori ish staji davriga bog‘liq bo‘ladi va: pensiyaning bazaviy miqdoridan; ish staji uchun pensiya oshirilishidan; pensiyaga ustama haqlardan shakllanadi. 97. Pensiyani hisoblash uchun pensiyalarning quyidagi bazaviy miqdorlari belgilanadi: a) yoshga doir pensiyalar uchun — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi, biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam emas; b) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi, biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam emas; v) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun oilaning har bir mehnatga layoqatsiz a’zosiga — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida, biroq qonunchilik hujjatlarda belgilangan miqdorlardan kam emas; g) har ikkala ota-onasini yo‘qotgan bolalarga (chin yetimlarga) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun yoki vafot etgan yolg‘iz onaning bolalariga har bir bola uchun — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi, biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam emas. 98. Pensiya tayinlash uchun talab qilinadigandan ortiq ish stajining har bir to‘liq yili uchun pensiyalarning bazaviy miqdorlari: a) yoshga doir pensiyalar — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 1 foiziga; b) I va II guruhlar nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik pensiyalari — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 1 foiziga; Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling