Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
-bob. Pensiyalarni bir turidan boshqa turiga o‘tkazish tartibi
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
592-сон 13.10.2022
6-bob. Pensiyalarni bir turidan boshqa turiga o‘tkazish tartibi
120. Pensiyalarning bir turini olgan pensioner Qonunga muvofiq boshqa pensiya turiga bo‘lgan huquq mavjud bo‘lgan taqdirda, pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazishda tayinlangan pensiyani to‘lash to‘xtatiladi va qonunchilik bilan qo‘yiladigan ish stajini va oylik ish haqini hisoblash talablarga muvofiq boshqa turdagi pensiya tayinlanadi. 121. Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza pensionerning yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi. Vafot etgan boquvchining voyaga yetmagan oila a’zosi (boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini o‘tkazishda) yoki belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz deb e’tirof etilgan shaxsning nomidan pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza uning qonuniy vakili yashaydigan joy bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani shaxs tegishli ariza bilan murojaat qilganda ko‘rib chiqadi. Shaxsning arizasi Pensiya jamg‘armasining axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan ariza beruvchiga ariza qabul qilingan sana ko‘rsatilgan tilxat, shuningdek, yetishmaydigan hujjatlar ro‘yxati beriladi. 122. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan barcha zarur hujjatlar bilan birga pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan sana pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish uchun murojaat qilingan kun hisoblanadi. Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish uchun murojaat qilgan pensionerning arizasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak: ushbu Nizomning 75-bandi talablari hisobga olingan holda pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza berilgan paytdan mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yili mobaynida istalgan ketma- ket besh yildagi ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma (ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi, fuqarolarning Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri, fuqarolarning ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestri, “YaMMT” IDAKda mavjud bo‘lganda ish haqi to‘g‘risidagi hujjat ilova qilinmaydi); ushbu Nizomning 16-bandi hisobga olingan holda ushbu Nizomning 12 — 14-bandlariga muvofiq uning uchun ariza berilgan pensiya turini tayinlash uchun talab qilinadigan hujjatlar, ushbu hujjatlar pensiyaning olinadigan turi bo‘yicha rasmiylashtirilgan pensiya hujjatlar yig‘majildida mavjud bo‘lmagan taqdirda. Bundan tashqari, zarur hollarda, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchi oila a’zolari soni o‘zgarishini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etiladi. 123. Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan o‘n kun muddatda ko‘rib chiqilishi kerak. Yoshga doir pensiyani nogironlik pensiyasiga o‘tkazishda yoshga doir pensiya tayinlangandan keyin ega bo‘lingan ish staji va ish haqi hisobga olinmaydi hamda nogironlik pensiyasini hisoblash uchun o‘rtacha oylik ish haqi ilgari yoshga doir pensiyani tayinlashdan oldingi ishning oxirgi o‘n yilidan kelib chiqqan holda, nogironlik pensiyasini tayinlash vaqtida amalda bo‘lgan qonunchilikda nazarda tutilgan pensiyani hisoblash uchun ish haqi va ish stajini hisoblash shartlari qo‘llangan holda aniqlanadi. Ilgari shaxsning yoshiga doir tayinlangan pensiyani pensiyalarning boshqa turlaridan bittasi bo‘yicha to‘lovning to‘xtatilishi munosabati bilan tiklashda yoshga doir pensiya tayinlangandan keyin ega bo‘lingan ish staji va ish haqi hisobga olinmaydi va pensiyani hisoblash uchun o‘rtacha oylik ish haqi yoshga doir ilgari tayinlangan pensiyadan oldingi ishning oxirgi o‘n yilidan kelib chiqqan holda, tiklash vaqtida amalda bo‘lgan qonunchilikda nazarda tutilgan pensiyani hisoblash uchun ish haqi va ish stajini hisoblash shartlari qo‘llangan holda aniqlanadi. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasiga o‘tkazishda pensiya miqdorini hisoblash Qonunning 34-moddasi shartlariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi, ish staji esa umumiy tartibda, uchuvchilar va sinovchi uchuvchilar tarkibidagi xodimlarga pensiyalar tayinlash uchun ko‘p yillik xizmat muddatlarini hisoblash tartibida nazarda tutilgan shartlar va normalar qo‘llanmasdan hisoblab chiqiladi (ushbu Nizomga 4-ilova ). 124. Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish rad etilgan taqdirda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tegishli qaror chiqarilgandan keyin besh kundan kechikmay rad etish sabablari, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi ko‘rsatilgan holda rad etish to‘g‘risida pensionerga xabarnomani berishi yoki yuborishi shart va bir vaqtning o‘zida pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish uchun taqdim etilgan barcha hujjatlarning asl nusxalarini hujjatlar olinganligi to‘g‘risidagi tilxat bilan pensionerning qo‘liga qaytarishi va pensiionerning pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risidagi arizasida ko‘rsatilgan mobil telefon raqamiga Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazishni rad etish sabablari, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi ko‘rsatilgan “SMS” xabarnomani yuborishi shart. Komissiya tomonidan pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinganida, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensionerning pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risidagi arizasida ko‘rsatilgan mobil telefon raqamiga pensiya turi, pensiya turi o‘zgartirilgan muddat, pensiya miqdori, ish staji davomiyligi, aniqlangan o‘rtacha oylik ish haqi miqdori, pensiya to‘lov shakli va pensiya to‘lash sanasi to‘g‘risidagi “SMS” xabarnoma yuboradi. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin pensiyaning boshqa turini to‘lash pensioner barcha zarur hujjatlar bilan birga tegishli ariza bilan murojaat qilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlanadi. Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tgan pensionerlarga yangi pensiya guvohnomasi yoziladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling