Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/41
Sana23.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1717219
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41
Bog'liq
592-сон 13.10.2022

Oldingi
 tahrirga qarang.
Qaydnomalarni shakllantirish hamda taqdim etishning so‘nggi kuni dam olish yoki bayram (ish kuni
bo‘lmagan) kunlariga to‘g‘ri kelgan hollarda keyingi ish kuni muddatning so‘nggi kuni deb hisoblanadi,
shuningdek, pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar to‘lanishi kerak bo‘lgan oyning birinchi sanasi uzoq muddatli
dam olish yoki bayram kunlariga to‘g‘ri kelganida Iqtisodiyot va moliya vazirligining qaroriga asosan avvalgi oy
yakuniga qadar muddatidan avval pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarning to‘lov qaydnomalarini shakllantiradi,
pensiya to‘lash vakolati yuklatilgan tashkilotga qaydnomalarni taqdim etadi va to‘lovlarni boshlash uchun yetarli
mablag‘larni moliyalashtiradi.
(145-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
146. Tijorat banki filiallari har oyda pensionerlarning bank plastik kartochkalariga mablag‘lar o‘z vaqtida
kirim qilinishini ta’minlashi lozim.
Pensionerning bank plastik kartochkalariga mablag‘lar kirim qilingan sana pensiya to‘langan sana deb
hisoblanadi.
Bunda pensioner vafot etgan oyda uning bank plastik kartasiga kirim qilingan mablag‘lar Pensiya
jamg‘armasiga qaytarilmaydi.
Pensionerning bank plastik kartochkasiga mablag‘lar pensioner vafot etgan oydan keyingi oylarda kirim
qilingan hollarda Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari mablag‘larni Pensiya jamg‘armasi hisobvarag‘iga vafot etgan
pensionerning hisobvarag‘idagi qoldiq mablag‘lar hisobidan qaytarish to‘g‘risida tegishli tijorat banklari
filiallariga rasmiy xat yuborish orqali qaytarish choralarini ko‘radi.
147. Pensiya to‘lash qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘yicha amalga oshirilishi
mumkin. O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ushbu hujjat
rasmiylashtirilgan davlatning vakolatli organi tomonidan apostil qo‘yilishi lozim, bundan Fuqarolik, oilaviy va
jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar (Minsk shahri, 1993-yil 22-yanvar) ishtirokchi
davlatlari — Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar mustasno.
Bunda ishonchnoma bergan shaxs Pensiya jamg‘armasi bo‘limlaridan biriga bir yilda kamida bir marta
kelib tayinlangan pensiyaga bo‘lgan o‘z huquqini tasdiqlashi kerak. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan
pensionerning kelishi imkoniyati mavjud emasligi (sog‘lig‘i tufayli, davolash muassasalarida, shu jumladan, ruhiy
holati buzilgan shaxslar uchun statsionar davolanishda bo‘lish) to‘g‘risida ma’lumotlar olinganda Pensiya
jamg‘armasi bo‘limlari xodimlari tayinlangan pensiyaga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun pensioner turgan
joyga chiqish huquqiga ega.
Pensioner xorijiy davlatda bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasiga kelish imkoniyatiga ega bo‘lmagan
holatlarda pensioner O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik
muassasasiga murojaat etishi mumkin va xorijiy davlat hududida doimiy yashash holati mavjud emasligini,
shuningdek, pensiya yoki ijtimoiy nafaqa olmasligini tasdiqlashi lozim.
Ishonchli vakil pensiya to‘lashga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan o‘ziga ma’lum barcha holatlar to‘g‘risida
Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga xabar berishi shart.
Ishonchnoma pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilotning bo‘linmasida saqlanadi.
Bunda pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilotning bo‘linmasi ishonch bildirilgan shaxs
tomonidan ishonchnoma taqdim etilgan sanadan boshlab o‘n kun muddatda Pensiya jamg‘armasining tegishli
bo‘limiga pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot bo‘linmasining asosiy muhri va rahbarning
imzosi bilan tasdiqlangan ishonchnoma nusxasini yuborishi shart.


148. Pensioner sog‘lig‘ining holati va yashash faoliyatining cheklanganligi darajasi o‘zgarganda, TIEKning
asossiz qarori holatlari aniqlanganda, nogironlikni belgilashning to‘g‘riligini tekshirishlarda, shuningdek, agar
TIEK qarori soxta hujjatlar asosida chiqarilgan bo‘lsa, pensioner belgilangan tartibda o‘tkaziladigan takroriy tibbiy
ko‘rikdan o‘tkazish uchun kelmagan taqdirda pensiyani to‘lash to‘xtatib qo‘yiladi va u faqat fuqaro TIEKga
yangidan murojaat qilgan va I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs deb e’tirof etilgan kundan boshlab
tiklanadi.
Agar nogironligi bo‘lgan shaxs qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga kelmaganligi sababli pensiya to‘lash
vaqtinchalik to‘xtatib turilsa va qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan keyin fuqaro nogironligi bo‘lgan shaxs deb
e’tirof etilmasa, u holda pensiya to‘lash vaqtinchalik to‘xtatib turilgan kundan boshlab to‘xtatiladi.
149. Qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan shaxs mehnatga layoqatli deb e’tirof etilgan taqdirda, pensiya u
mehnatga layoqatli deb e’tirof etilgan oyning oxirigacha, biroq nogironlik belgilangan kundan ortiq bo‘lmagan
muddatga to‘lanadi.
150. 2011-yil 1-yanvardan keyin nogironlikning III guruhi belgilangan shaxslarga, shu jumladan, takroriy
tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng nogironlikning III guruhi belgilangan shaxslarga nogironlik pensiyasi
tayinlanmaydi va to‘lanmaydi, Chernobil halokati oqibatida III guruh nogironligini olgan shaxslardan tashqari.
Misol: Fuqaroga 2010-yilda tayinlangan III guruh nogironlik pensiyasi nogironlikning butun davri davomida
to‘lanadi. Ushbu fuqaro 2011-yil 1-yanvardan keyin takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng qayta
nogironlikning III guruhi belgilansa pensiya to‘lanishi to‘xtatiladi.
151. Pensiya miqdori o‘zgarishiga yoki pensiya to‘lash to‘xtatilishiga sabab bo‘ladigan holatlar yuz bergan
taqdirda (doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketishi, xorijiy davlatda pensiya
(ijtimoiy nafaqa) olishi, oila a’zolari tarkibining o‘zgarishi, to‘liq davlat ta’minotiga o‘tish va shu kabilar) pensiya
oluvchi o‘n kun muddatda bu haqda o‘ziga pensiya to‘laydigan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga ma’lum qilishi
shart.
Mehnatga layoqatsiz fuqarolarni to‘liq davlat ta’minotida turgan shaxslar jumlasiga kiritish shartlari ushbu
Nizomga 
13-ilovada 
keltirilgan.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatlar boshlanganligi to‘g‘risida Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga o‘z vaqtida
xabar berilmasligi munosabati bilan pensiyaning noqonuniy summasi pensioner yoki qonuniy vakil, shuningdek,
ishonch bildirilgan (pensionerning vafoti holati qasddan yashirilgan taqdirda) tomonidan qaytarilishi kerak.
152. Faxriy unvon uchun pensiyaga qo‘shimcha to‘lov olish huquqi paydo bo‘lgan taqdirda, pensioner faxriy
unvon uchun qo‘shimcha to‘lovni olish uchun pensiya to‘laydigan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga ariza beradi.
Arizaga faxriy unvon berish to‘g‘risidagi guvohnoma ilova qilinishi kerak.
Faxriy unvonlar uchun pensiyaga qo‘shimcha to‘lovlar faxriy unvon berilganligi to‘g‘risidagi
guvohnomaning nusxasi ilova qilingan holda ariza berilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab
amalga oshiriladi.
Pensionerlarga faxriy unvonlar uchun qo‘shimcha to‘lov pensiya to‘lovi bilan bir vaqtda yashash joyi
bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
153. Pensioner doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan bo‘lsa va u faqat vaqtincha turgan joyi
bo‘yicha ro‘yxatga olingan bo‘lsa, pensiya vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan muddat mobaynida
to‘lanadi. Shaxsga pensiya yashash guvohnomasi yoki ID-kartasi amal qiladigan muddat davomida to‘lanadi.
Vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganlik, yashash guvohnomasi yoki ID-kartasining amal qilish
muddatining tugashi bilan vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish, yashash guvohnomasi yoki ID-
kartasining keyingi sanasi o‘rtasida uzilish mavjud bo‘lgan taqdirda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan
pensiyani to‘lash vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish, yashash guvohnomasi yoki ID-kartasining yangi
sanasidan boshlab davom ettiriladi. Bunda pensiyani to‘lash pensiya to‘lash to‘xtatilgan paytdan, biroq o‘n ikki
oydan ortiq bo‘lmagan paytdan boshlab davom ettiriladi.
154. Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylarida (pansionatlarda) yashovchi yolg‘iz
pensionerlarga pensiya bilan ular ta’minoti uchun sarf-xarajat o‘rtasidagi farq, biroq tayinlangan pensiyaning
kamida 20 foizi to‘lanadi. Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun internat uylarida yashovchi pensionerlarga
pensiya to‘lanmaydi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling