Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/41
Sana23.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1717219
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Bog'liq
592-сон 13.10.2022

Oldingi
 tahrirga qarang.
155. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi ta’lim tashkilotining o‘quvchisi va talabalariga o‘qishning butun
davri davomida, biroq 23 yoshga to‘lguniga qadar to‘lanadi. Bunda vafot etgan boquvchining 18 — 23 yoshdagi
oila a’zosi O‘zbekiston Respublikasi hududidagi ta’lim tashkilotining o‘quvchisi yoki talabasi ekanligi Pensiya
jamg‘armasi bo‘limi tomonidan mustaqil ravishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
vazirligining axborot tizimidan olingan elektron so‘rov orqali aniqlanadi. Bunda boquvchisini yo‘qotganlik
pensiyasining to‘lovi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining axborot tizimidan
olingan ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
(155-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli 
qarori 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
156. Pensionerga hisoblab chiqarib qo‘yilgan, lekin uning tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan
pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilgan sanadan oldingi o‘n ikki oydan oshmagan davr uchun
to‘lanadi.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limining aybi bilan o‘z vaqtida olinmay qolgan pensiya puli o‘tgan davr uchun
muddati cheklanmagan holda to‘lanadi.
Bunda o‘tgan davr uchun to‘lovlar bir yo‘la tegishli oylar uchun hisoblab chiqarib qo‘yilgan va olinmagan
pensiyaning summalariga mos miqdorda to‘lanadi.
157. Pensiya oluvchi shaxs O‘zbekiston Respublikasi doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman
(shahar)ga ko‘chgan taqdirda, manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotganda yoki manzil-koloniyadan ozod etilganda
pensiya hujjatlar yig‘majildi pochta orqali pensionerning yangi yashash joyi yoki manzil-koloniya joylashgan
joydagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga yuboriladi yoxud pensionerning qo‘liga beriladi.


Pensiya oluvchi shaxs bir tuman (shahar) hududida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududi
doirasida boshqa tuman (shahar)ga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganda pensiya avvalgi yashash joyi
bo‘yicha shaxs ro‘yxatdan chiqarilgan oyning oxirigacha to‘lanadi.
Ushbu holatda pensiyani to‘lash pensiya hujjatlar yig‘majildi olingandan keyin pensiya oluvchi shaxsning
yangi yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan davom ettiriladi. Bunda pensiyani to‘lash
uning oldingi yashash joyi bo‘yicha pensiyani to‘lash to‘xtatilgan vaqtdan boshlab, biroq u hisobga qo‘yish
maqsadida murojaat etgan kundan oldingi o‘n ikki oydan oshmagan davr uchun davom ettiriladi.
158. Tayinlangan pensiyani to‘lash:
pensioner vafot etganda;
tayinlangan pensiyaga huquqlar yo‘qolganda;
xorijiy davlatda bo‘lgan davrida pensiya (ijtimoiy nafaqa) olganligi holati aniqlanganda;
doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketilganda to‘xtatiladi.
159. Tayinlangan pensiyani to‘lash:
pensiya to‘lash muddati tamom bo‘lganda;
ketma-ket uch oydan ortiq vaqt mobaynida pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot
orqali pensiya olinmaganda;
pensioner ozodlikdan mahrum etilganda (manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan shaxslar bundan
mustasno);
pensioner ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun internat uylarida yashaganda;
pensiyani to‘lashni to‘xtatib turish to‘g‘risida pensioner tomonidan ariza berilganda;
surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlayotgan
shaxslarni qidirishga e’lon berilganda, bedarak yo‘qolganda;
ishonchnoma bergan shaxs unga tayinlangan pensiyaga huquqni tasdiqlash uchun belgilangan
muddatda kelmaganda to‘xtatib turiladi.
Tayinlangan pensiyani to‘lash qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham to‘xtatib turiladi.
Pensiyani to‘lash pensioner yoki uning qonuniy vakili Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga kelgandan so‘ng va u
ariza taqdim etgandan, shuningdek, shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatgandan so‘ng tiklanadi.
Pensioner xorijiy davlatda bo‘lib O‘zbekiston Respublikasiga kelish imkoniyatiga ega bo‘lmagan holatlarda
pensioner O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga
pensiya to‘lovini tiklash yuzasidan murojaat etishi va xorijiy davlat hududida doimiy yashash holati mavjud
emasligini, shuningdek, pensiya yoki ijtimoiy nafaqa olmasligini tasdiqlashi lozim.
Pensionerning sud hukmi bo‘yicha ozodlikdan mahrum etish joylarida (manzil-koloniyalardan tashqari)
bo‘lgan vaqti uchun pensiya to‘lanmaydi. Pensioner ozod bo‘lgandan keyin pensiyani to‘lash Pensiya
jamg‘armasi bo‘limiga ariza berilgan kundan boshlab tiklanadi.
Pensiya to‘lashni tiklash komissiya qaroriga asosan amalga oshiriladi.
160. Agar nogironligi bo‘lgan shaxs tayinlangan muddatda qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun TIEKga uzrli
sabablarsiz (nogironlik muddati tugagan kundan bir oy muddat mobaynida) kelmasa, unga pensiya to‘lash
to‘xtatib turiladi, u yana nogironligi bo‘lgan shaxs deb e’tirof etilgan taqdirda, to‘xtatib turilgan kundan boshlab
tiklanadi. Qolgan holatlarda pensiya murojaat qilingan sanadan boshlab to‘lanadi.
Uzrli sababga ko‘ra qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddati o‘tkazib yuborilgan taqdirda, pensiyani to‘lash
to‘lov to‘xtatib turilgan kundan boshlab qayta tekshirish kunigacha, biroq, agar TIEK uni bu davrda nogironligi
bo‘lgan shaxs deb e’tirof etsa 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga amalga oshiriladi. Bunda agar qayta tekshirish
chog‘ida nogironligi bo‘lgan shaxs nogironlikning boshqa guruhiga (yuqoriroq yoki pastroq guruhga) o‘tkazilgan
bo‘lsa, u holda ko‘rsatib o‘tilgan vaqt uchun pensiya oldingi guruh bo‘yicha to‘lanadi.
Agar umumiy kasallik oqibatida mehnat layoqatini yo‘qotgan nogironligi bo‘lgan shaxsga pensiya to‘lash
mehnat layoqati tiklanganligi tufayli to‘xtatilgan bo‘lsa yoki uzrli sabablarsiz qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tishga
kelmaganligi oqibatida to‘xtatib turilgan bo‘lsa, u holda keyinchalik u nogironligi bo‘lgan shaxs deb e’tirof etilgan
taqdirda ilgari tayinlangan pensiyani to‘lash, agar pensiya to‘lash to‘xtatilgandan keyin besh yildan ko‘p
bo‘lmagan vaqt o‘tgan bo‘lsa, nogironlik yangidan belgilangan kundan boshlab tiklanadi. Agar besh yildan ko‘p
vaqt o‘tgan bo‘lsa pensiya yana umumiy asoslarda tiklanadi.
161. Pensiya to‘lash to‘xtatilishiga (to‘xtatib turilishiga) yoki tiklanishiga olib keladigan holatlar paydo
bo‘lganda pensiyani to‘lash, ushbu Nizomning 
158
va 
159-bandlarida 
ko‘rsatilgan hollardan tashqari, tegishli holat
boshlangan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab to‘xtatiladi (to‘xtatib turiladi) yoki tiklanadi.
162. Pensionerga berilishi kerak bo‘lgan va uning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya summasi
meros tarkibiga kiritilmaydi va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanadigan shaxslar doirasiga
tegishli oila a’zolariga to‘lanadi. Ota-onalar, eri (xotini), shuningdek, pensioner vafot etgan kunda u bilan birga
yashagan oila a’zolari, agar ular boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha pensiya bilan ta’minlanadiganlar doirasiga
kirmagan taqdirda ham ushbu summalarni olish huquqiga ega.
Pensioner vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli ko‘rsatib o‘tilgan oila a’zolariga vafot etgan
oy uchun to‘liq miqdorda to‘lanadi. Bunda pensioner vafot etgan oy uchun bank plastik kartasiga kirim qilingan
mablag‘lar vafot etgan pensionerning oila a’zolariga qayta to‘lanmaydi va Pensiya jamg‘armasiga qaytarilmaydi.
Oilaning bir necha a’zolari olinmay qolgan pensiya puli uchun murojaat qilgan taqdirda, ularga berilishi
kerak bo‘lgan pensiya puli ular o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan pensiya pulini olish uchun pensioner vafot etganidan so‘ng oltmish kundan kechikmay
murojaat qilingan taqdirda to‘lanadi.
163. Doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga ketishgacha tayinlangan pensiya
(O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti to‘g‘risida xalqaro shartnomalar tuzgan davlatlar bundan mustasno)


Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga ketish to‘g‘risida ariza berilgan kundagi pensiya miqdori hisob-kitobidan kelib
chiqib O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga jo‘nab ketishdan 6 oy avval O‘zbekiston Respublikasi milliy
valyutasida to‘lanadi.
Pensiya to‘lanadigan olti oylik davr O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga doimiy yashash uchun ketishdan
avvalgi olti oy uchun pensiya to‘lash uchun arizada ko‘rsatilgan sanadan boshlab hisoblab chiqiladi, bunda ariza
berilgan oyda hisoblangan (to‘langan) pensiya puli hisobga olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti to‘g‘risida xalqaro shartnomalar tuzgan O‘zbekiston
Respublikasi tashqarisidagi davlatga doimiy yashash uchun ketilgan kungacha tayinlangan pensiya turar joyidan
ro‘yxatdan chiqqan oyning oxirigacha to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga doimiy yashash uchun ketayotgan fuqarolarga pensiyani to‘lash
uning arizasi va ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan
avtomatlashtirilgan axborot manzil tizimidan olingan “Doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqarilganligi”
to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida to‘xtatilishi mumkin.
164. Olti oy avval pensiya:
ariza va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish
bo‘linmalari tomonidan avtomatlashtirilgan axborot manzil tizimidan olingan ma’lumotlar asosida O‘zbekiston
Respublikasi fuqarosiga;
ariza, xorijiy davlatning vizasi (agar bu zarur bo‘lsa) bo‘lganda va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar
organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan avtomatlashtirilgan axborot
manzil tizimidan olingan “Doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqarilganligi” to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida
xorijiy fuqaroga;
ariza, xorijiy davlatning vizasi (agar bu zarur bo‘lsa) bo‘lganda va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar
organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan avtomatlashtirilgan axborot
manzil tizimidan olingan ma’lumotlar asosida fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga to‘lanadi.
165. Olti oy avval pensiya to‘lash pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot orqali bir
martalik to‘lov qaydnomasi asosida, shuningdek, tijorat bankining filialida pensionerning nomiga ochilgan bank
hisob raqamiga naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Olti oy avval pensiya to‘lash pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilotga moliyalashtirilgan
pensiya mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
Olti oy avval to‘langan pensiya summasini O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq
pensiya to‘langan davrda pensiyalar miqdorlari o‘zgarganligi munosabati bilan qayta hisob-kitob qilish amalga
oshirilmaydi.
Agar shaxs olti oy avval pensiya to‘langandan keyin doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi
tashqarisiga ketmagan taqdirda, unga pensiya to‘langan olti oylik davr tamom bo‘lgandan keyin pensiyani
navbatdagi to‘lash uchun murojaat qilgan taqdirda, ushbu Nizomning 
163
va 
164-bandlarida 
ko‘rsatilgan tartibda
olti oy avval yana pensiya to‘lanishi mumkin.
166. Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasi tayinlangan shaxs
doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga ketgan taqdirda (O‘zbekiston Respublikasi pensiya
ta’minoti to‘g‘risida xalqaro shartnomalarga ega bo‘lgan davlatlar bundan mustasno), pensiya chet elda bo‘lgan
vaqt uchun to‘lanadi.
167. Ushbu Nizomning 
166-bandida 
ko‘rsatilgan shaxsga pensiya o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlardan
tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
168. Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasi quyidagi hujjatlar
asosida qayta hisoblab chiqiladi:
pensiyani o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza;
shaxsning O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida doimiy yashash joyini tasdiqlaydigan hujjat;
O‘zbekiston Respublikasidan doimiy yashash joyiga ketish (bir davlatdan boshqa davlatga ko‘chib o‘tish)
sanasi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
169. Shaxsning O‘zbekiston Respublikasi tashqarisidagi doimiy yashash joyini tasdiqlaydigan hujjat
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi yoxud xorijiy davlatning
vakolatli organi (mansabdor shaxsi) tomonidan beriladi.
Bunda xorijiy davlatning vakolatli organi (mansabdor shaxsi) tomonidan berilgan hujjat pensionerning
doimiy yashash joyidagi davlatda O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan belgilangan
tartibda legalizatsiya qilinishi kerak, bunday muassasa bo‘lmagan taqdirda esa, pensionerning doimiy yashash
joyi davlatining Tashqi ishlar vazirligi, ushbu mamlakatning O‘zbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasi
yoki diplomatik vakolatxonasi tomonidan legalizatsiya qilinishi, keyinchalik, agar O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomasida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar
vazirligining Konsullik boshqarmasida tasdiqlanishi kerak.
170. Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasini O‘zbekiston
Respublikasi tashqarisiga o‘tkazish fuqaroning har bir yilning 31-dekabrida tirik ekanligini tasdiqlaydigan hujjat
Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga taqdim etilishi sharti bilan amalga oshiriladi.
Mehnatga layoqatsiz fuqarolarga (18 yoshga to‘lmagan bolalarga, aka-ukalarga, opa-singillarga va
nabiralarga) va sud tomonidan belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz deb e’tirof etilgan — ularning qonuniy
vakillari pensiya oluvchilar hisoblanadigan fuqarolarga tayinlangan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga
chalinish oqibatida nogironlik pensiyalarini to‘lash uchun fuqaroning tirik ekanligini tasdiqlaydigan hujjat
pensiya oluvchi uchun va pensiya tayinlangan fuqaro uchun taqdim etiladi.
Bunday hujjat O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik
muassasasi, xorijiy davlatning notariusi yoxud vakolatli organi (mansabdor shaxsi) tomonidan beriladi.


Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga
chalinish oqibatida nogironlik pensiyasini to‘lash O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda
to‘xtatib turiladi (to‘xtatiladi).
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar taqdim etilgandan keyin mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish
oqibatida nogironlik pensiyasini to‘lash O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda tiklanadi
(qayta tiklanadi).
171. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik
pensiyasini shaxsga u doimiy yashaydigan xorijiy davlatning bankidagi yoki boshqa moliya-kredit
muassasasidagi hisob raqamiga o‘tkazishni xorijiy valyutada amalga oshiradi, agar O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomasida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limining xorijiy valyutadagi xarajatlari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga
amalga oshiriladi. O‘z valyuta mablag‘lari mavjud bo‘lmagan taqdirda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi xorijiy
valyutani belgilangan tartibda ichki valyuta bozorida xarid qiladi.
172. Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatidagi nogironlik pensiyasini o‘tkazish chet
elga jo‘nab ketishdan oldin pensiya to‘langan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi.
Chet elga o‘tkaziladigan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatidagi nogironlik
pensiyasi summasi, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida o‘zgacha hol belgilanmagan
bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining pensiya haqidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qayta
hisoblab chiqiladi.
173. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki orqali chet
elga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida tayinlangan
pensiyalar summasining o‘z vaqtida jo‘natilishini ta’minlaydi. Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga
chalinish oqibatida tayinlangan pensiyalar summalarini konvertatsiya qilish va yuborish bo‘yicha xarajatlar
Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
174. Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatidagi nogironlik pensiyasi tayinlangan
O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida doimiy yashaydigan shaxsga o‘tgan vaqt uchun olinmagan pensiya
summasini to‘lash to‘lov amalga oshiriladigan tegishli davr uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida
belgilangan pensiya miqdorlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
175. Qaydnomalar yuborish, shuningdek, yuridik shaxslardan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarning
ota-onalariga qo‘shimcha dam olish kunlari uchun qo‘shimcha to‘lovlarga Pensiya jamg‘armasidan mablag‘lar
olish bo‘yicha talabnomalar qabul qilish yakunlangandan so‘ng pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash
(qayta hisoblash) va to‘lovlarni tashkil qilish shu’basi tomonidan ushbu Nizomga 
16
va 
17-ilovalarga 
muvofiq shakl
bo‘yicha joriy to‘lov oyiga talabnomalar tuziladi hamda Pensiya jamg‘armasi bo‘limining pensiya va nafaqa to‘lovi
uchun qaydnomalar va talabnomalarni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhiga (keyingi o‘rinlarda — Pensiya
jamg‘armasi bo‘limi ishchi guruhi) ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi ishchi guruhi quyidagi tarkibda tuziladi:
bo‘lim boshlig‘i — ishchi guruh rahbari;
bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash (qayta hisoblash) va to‘lovlarni
tashkil qilish shu’basi mudiri — ishchi guruh a’zolari.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi shtat jadvalida mazkur lavozimlar bo‘lmagan yoki vakant lavozim mavjud
bo‘lgan taqdirda, ishchi guruh tarkibiga ushbu lavozim bo‘yicha tegishli vazifalarni bajarish yuklangan xodim
kiritiladi.
Bunda joriy to‘lov oyi uchun talabnomaga bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa, dafn marosimi
uchun nafaqa, ammo ular bo‘yicha oldingi to‘lov oyida haqiqatda to‘langan mablag‘lardan kam bo‘lmagan
summa kiritiladi.
176. Talabnomalar joriy oyning 13-kunidan kechiktirilmay Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i (uning
vazifasini bajaruvchi) tomonidan axborot tizimida tasdiqlanadi.
177. Pensiya va nafaqa to‘loviga tuzilgan talabnomalar Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmasi ishchi
guruhi tomonidan o‘rganiladi (keyingi o‘rinlarda Pensiya jamg‘armasi boshqarmasi ishchi guruhi deb yuritiladi).
Ishchi guruh quyidagi tarkibda tuziladi:
boshqarma boshlig‘i — ishchi guruh rahbari;
boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i,
Ichki audit, pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash monitoringi shu’basi mudiri, Markazlashgan
buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi boshlig‘i — ishchi guruh a’zolari.
Ko‘rsatib o‘tilgan lavozimlar vakant bo‘lgan taqdirda, ishchi guruh tarkibiga tegishli vazifalarni bajarish
yuklangan xodim kiritiladi.
Jamlanma talabnomalar to‘lov oyining 15-kunidan kechiktirmasdan Pensiya jamg‘armasi boshqarmasi
boshlig‘i (uning vazifasini bajaruvchi) tomonidan axborot tizimida tasdiqlanadi.
178. Pensiya jamg‘armasining axborot tizimida tasdiqlangan talabnomalar Pensiya jamg‘armasining ijro
etuvchi apparati, hududiy boshqarmasi tomonidan moliyalashtirish uchun asos hisoblanadi.
Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmasi tuzilgan qaydnomalardagi summalarga mos mablag‘larni
pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot va tijorat banklari filiallarining tegishli hisobvaraqlariga
moliyalashtiradi.
179. Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmalari to‘lov oyining 18-kuniga qadar talabnomalarni
moliyalashtirish uchun pensionerlar va nafaqa oluvchilarning vafoti, ko‘chib ketganligi, vaqtincha yo‘qligi va
boshqa sabablarga ko‘ra to‘lanmasdan qaytarilgan pensiya va nafaqalar summalari to‘g‘risida jamlanma tezkor
ma’lumotni ushbu Nizomga 
18-ilovaga 
muvofiq shaklda tuzadi va Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi
apparatiga taqdim etadi.


180. Pensiya jamg‘armasi bo‘limida fuqarolarning pensiya va nafaqaga bo‘lgan huquqi yo‘qolganligi vazirlik
va idoralar tomonidan taqdim etiladigan quyidagi elektron ma’lumotlar asosida aniqlanadi:
Adliya vazirligi (FHDY) tomonidan fuqaro vafot etganligi;
Ichki ishlar vazirligi tomonidan fuqaro doimiy yashash uchun chet elga ketganligi va jazoni o‘tash joylarida
ekanligi;

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling