Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/41
Sana23.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1717219
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41
Bog'liq
592-сон 13.10.2022

Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan nogironligi bo‘lgan
shaxslar uchun “Muruvvat” internat uylarida vasiylikka olinganligi;
(180-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot tomonidan pensiya to‘lovini amalga oshirish
jarayonida aniqlangan fuqaro vafot etganligi, tuman (shahar) hududidan tashqariga doimiy yashash uchun
ko‘chib ketganligi.
Vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan elektron ma’lumotlar asosida fuqarolarning pensiya va
nafaqaga bo‘lgan huquqi yo‘qolganligi aniqlanganda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiyani to‘lashni to‘xtatib
turish (to‘xtatish) to‘g‘risida tegishli qaror qabul qiladi.
181. Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash (qayta hisoblash) va to‘lovlarni tashkil qilish shu’basi
xodimi (keyingi o‘rinlarda — Pensiya jamg‘armasi bo‘limi mas’ul xodimi) Pensiya jamg‘armasi “Ishonch
telefoni”ga kelib tushgan yoki yozma ravishda pensiya va nafaqa yetkazilishi bo‘yicha murojaatlarga asosan
joyiga chiqib, fuqaro bilan uchrashgan holda o‘rganish (keyingi o‘rinlarda — o‘rganish) o‘tkazadilar. Mazkur
murojaat bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishda huquqbuzarlik holatlari aniqlanganda, ushbu fuqaro yashayotgan
hudud (ko‘cha, uy yoki mahalla fuqarolar yig‘ini)da to‘liq o‘rganiladi.
182. Pensiya jamg‘armasi bo‘limining mas’ul xodimi murojaat qilgan pensioner bilan suhbat o‘tkazadi,
natijasi bo‘yicha ushbu Nizomga 
19-ilovaga 
muvofiq shakldagi o‘rganish natijalari bo‘yicha anketani to‘ldiradi.
183. O‘rganish davomida Pensiya jamg‘armasi bo‘limi mas’ul xodimi quyidagi holatlarni aniqlaydi:
ishonchnoma orqali pensiya to‘lovi to‘g‘ri to‘lanayotganligi;
pensiya qaydnomada ko‘rsatilgan pensionerga shaxsan to‘lanayotganligi.
184. O‘rganish davomida aniqlangan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limi mas’ul
xodimi tomonidan shaxs yoki tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakili ishtirokida dalolatnoma
rasmiylashtiradi.
185. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi o‘rganish natijasida aniqlangan faktlar yuzasidan tegishli pensiyani
yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot va tijorat banklari filiallariga kamchiliklarni bartaraf etish,
shuningdek, mablag‘larni tiklashga oid zarur chora-tadbirlarni ko‘rish uchun xat (murojaat) yuboradi. Pensiyani
yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot va tijorat banki filiali kamchiliklarni bartaraf etish va
o‘zlashtirilgan mablag‘larning yoki noqonuniy to‘langan pensiya summalarining tiklanishi bo‘yicha belgilangan
tartibda zarur chora-tadbirlar ko‘radi.
Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmasi tomonidan har chorakda Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari
xodimlarini jalb qilgan holda o‘tkazilayotgan o‘rganishlar sifati o‘rganiladi.
186. Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmasi G‘aznachilikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahri boshqarmalari bilan birgalikda mazkur Nizomga 
20-ilovaga 
muvofiq shakldagi pensiya va
nafaqalar to‘lovi uchun yo‘naltirilgan maqsadli subvensiyalar va xarajatlar to‘g‘risida Jamlanma solishtirma
dalolatnomalarini tuzadi va joriy oyning 7-kunidan kechiktirmay Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatiga
taqdim etadi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling