Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
-bob. Pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildini hisobga olish va saqlash tartibi
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
592-сон 13.10.2022
9-bob. Pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildini hisobga olish va saqlash tartibi
187. Pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildi Pensiya jamg‘armasi bo‘limi idoraviy arxivida maxsus jihozlangan shkaflarda (stellajlarda) saqlanadi. 188. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildining saqlanishini ta’minlash yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘rishi kerak. Pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildi yo‘qolgan va saqlanmagan taqdirda, pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildining dublikati tiklanadi. 189. Keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek, ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun internat uylarida yashovchi shaxslarning pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildlari ushbu muassasalar joylashgan joydagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limida saqlanadi. 190. O‘zbekiston Respublikasi doirasida pensionerning yashash joyi o‘zgargan taqdirda, pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildi Pensiya jamg‘armasi bo‘limining so‘rovi asosida pochta orqali jo‘natiladi yoki pensionerning (ishonchli vakilning) qo‘liga beriladi. 191. Pensiya ta’minoti sohasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi qatnashchilari bo‘lgan davlatlarning fuqarolari huquqlari kafolatlari to‘g‘risida 1992-yil 13-martdagi Bitim qatnashchilari bo‘lgan davlatlarga va ijtimoiy ta’minot (pensiya ta’minoti) to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnomalar qatnashchilari bo‘lgan davlatlarga doimiy yashash uchun jo‘nab ketayotgan shaxsning pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildi, agar ahdlashayotgan davlatlar tomonidan o‘zgacha hol belgilanmagan bo‘lsa, pensionerga (ishonchli vakilga) berilishi mumkin. Pensionerning davlat oldida u tomonidan sodir etilgan suiiste’molliklar (ataylab noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hujjatlar taqdim etilishi, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan oila a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etilmasligi) natijasida pensiyalar summasining ortiqcha to‘lanishi bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lganda pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildi yetkazilgan zarar to‘liq qoplangandan so‘ng beriladi. 192. Pensioner ijtimoiy ta’minot (pensiya ta’minoti) to‘g‘risida xalqaro shartnomalar tuzilmagan davlatga O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga doimiy yashash joyiga jo‘nab ketayotganda pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildi berilmaydi va u Pensiya jamg‘armasi bo‘limi arxivida saqlanadi. 193. Ular bo‘yicha pensiya to‘lash to‘xtatilgan pensiyaga oid hujjatlar (pensiya yig‘majildlari va boshqalar) Pensiya jamg‘armasi bo‘limining idoraviy arxivida, ular bo‘yicha to‘lov amalga oshirilayotgan pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildidan alohida, qonunchilikda belgilangan tartibda belgilanadigan muddatlar mobaynida saqlanadi. 194. Qonunchilikda belgilangan saqlash muddatlari tugagandan keyin pensiyaga oid hujjatlar (pensiya yig‘majildlari va boshqalar) ilmiy-texnik ishlovdan so‘ng Pensiya jamg‘armasi bo‘limining ekspert komissiyasi qaroriga binoan yo‘q qilinishi mumkin. Pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildida mehnat daftarchasi va o‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu hujjatlar pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildidan olib qo‘yilishi va qonunchilikda belgilangan muddat mobaynida saqlanishi kerak. Pensiyaga oid hujjatlarni yo‘q qilish holatini tasdiqlash uchun Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan tegishli dalolatnoma tuziladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling