Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
592-сон 13.10.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Urush qatnashchilariga tenglashtiriladigan shaxslar
(196 — 196 -bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli
qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son) Oldingi tahrirga qarang. 197. Pensiyalar tayinlash va to‘lashni nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatining Ichki audit va moliyaviy nazorat bo‘limi hamda hududiy boshqarmalarning Ichki nazorat va pensiya, nafaqa hamda boshqa to‘lovlarni tayinlash monitoringi shu’basi tomonidan amalga oshiriladi. (197-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son) 198. Ushbu Nizomni buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradi. Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA Urush qatnashchilariga tenglashtiriladigan shaxslar RO‘YXATI 1941 — 1945-yillardagi urush va boshqa urushlar davrida harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda xizmatni o‘tagan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishda ishtirok etgan harbiy xizmatchilar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasiga muvofiq pensiyalarga ustama pul olishga haqli bo‘lgan urush qatnashchilari hisoblanadilar. Quyidagilar urush qatnashchilariga tenglashtiriladilar: a) 1941-yilning 22-iyunidan 1954-yilning 31-dekabrigacha bo‘lgan davrda qiruvchi batalonlar, vzvodlar va xalqni himoya qiluvchi otryadlar tarkibida sobiq SSSR hududida jangovar harakatlarda ishtirok etgan shaxslar; 5 1 5 b) 1941 — 1945-yillardagi urush davrida partizan otryadlari va qo‘shilmalarida yoki yashirin ishlarda bo‘lgan shaxslar; v) 1941 — 1945-yillardagi urush davrida harakatdagi armiya tarkibida yoki harakatlar ketayotgan joylarda xizmatni o‘tagan sobiq SSSRning Ichki ishlar vazirligi organlari va Davlat xavfsizligi qo‘mitasi organlarining boshliqlar hamda oddiy xodimlar tarkibidan bo‘lgan shaxslar; g) 1941 — 1945-yillardagi urush davrida harakatdagi armiya va flotlar tarkibidagi qismlar hamda bo‘linmalarda balog‘at yoshiga yetgunga qadar polk o‘g‘illari va yungalar sifatida yurgan shaxslar; d) 1941 — 1945-yillardagi urush davrida temir yo‘llarning front yaqinidagi uchastkalarida, mudofaa chizig‘i inshootlarida ishlagan, harbiy-dengiz bazalari, aerodromlar hamda harbiy harakatlar ketayotgan joylardagi boshqa harbiy obyektlar qurilishi ishlarida qatnashgan xodimlar; e) harakatdagi armiya tarkibida ishlagan yollanma xodimlar tarkibidan bo‘lgan shaxslar; j) 1941 — 1945-yillardagi urush davrida fashist konslagerlari (getto va zo‘rlik bilan ushlab turiladigan boshqa joylar)da bo‘lgan (tutqunlar, shu jumladan, bolalar) shaxslar; z) Leningrad shahri qamali davrida shaharning korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida mehnat qilgan va “Leningrad mudofaasi uchun” medali hamda “Qamaldagi Leningrad fuqarosiga” nishoni bilan taqdirlangan shaxslar; i) 1956-yilning 24-oktabridan 1956-yilning 10-noyabrigacha bo‘lgan davrda Vengriya hududidagi jangovar harakatlar davrida harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda xizmatni o‘tagan harbiy xizmatchilar; k) harbiy harakatlar ketayotgan mamlakatlarda o‘z baynalmilal burchlarini ado etgan, tinchlik o‘rnatuvchi kuchlar tarkibida ishtirok etgan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar va Davlat xavfsizlik xizmati organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo‘lgan shaxslar hamda xizmat safariga yuborilgan ishchi va xizmatchilar. Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling