Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslarga tenglashtiriladigan shaxslar
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
592-сон 13.10.2022
Urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslarga tenglashtiriladigan shaxslar
RO‘YXATI 1941 — 1945-yillardagi urush va boshqa urushlar davrida harakatdagi armiya tarkibidagi harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda xizmatni o‘taganda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishda yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki kasallanish natijasida nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12- moddasi “a” bandida va 28-moddasining “a” va “b” bandlarida nazarda tutilgan shartlar va normalarga ko‘ra pensiya bilan ta’minlanishga haqli urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar hisoblanadilar. Quyidagi nogironligi bo‘lgan shaxslar urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslarga tenglashtiriladilar: a) sobiq SSSR va O‘zbekiston Respublikasi chegaralarini qo‘riqlash paytida yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki kasallanish natijasida nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar; b) 1941-yilning 22-iyunidan 1954-yilning 31-dekabrigacha sobiq SSSR hududida harakat qilgan hamda qiruvchi batalonlar, vzvodlar va xalqni himoya qiluvchi otryadlarda xizmat qilgan davrda yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki kasallanish natijasida nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib qolgan shaxslar; v) temir yo‘llarning front yaqinidagi uchastkalarida ishlagan, mudofaa inshootlari, harbiy-dengiz bazalari, aerodromlar va boshqa harbiy obyektlar qurilishi ishlarida qatnashgan hamda 1941 — 1945-yillardagi urush davrida urush bo‘layotgan joylarda yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki kasallanish natijasida nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib qolgan xodimlar; g) 1941 — 1945-yillardagi urush davrida partizan otryadlari va qo‘shilmalari tarkibida yoki yashirin ishlarda bo‘lgan davrda yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki kasallanish natijasida nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib qolgan shaxslar; d) harakatdagi armiya tarkibidagi ishlarda yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish va kasallanish natijasida nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib qolgan yollangan tarkibdagi shaxslar; e) 1941 — 1945-yillardagi urush davrida fashist konslagerlarida (getto va zo‘rlik bilan tutib turiladigan boshqa joylarda) bo‘lgan davrda yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish va kasallanish natijasida nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib qolgan shaxslar (tutqunlar, shu jumladan, bolalar); j) tinchlik o‘rnatuvchi kuchlar tarkibida qatnashish, shuningdek, harbiy harakatlar ketayotgan mamlakatlarda baynalmilal burchlarini ado etish tufayli yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki kasallanish tufayli nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlari va Davlat xavfsizlik xizmatining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo‘lgan shaxslar; z) harbiy xizmatdagi vazifalarini (xizmat vazifalarini) bajarish paytida yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish va kasallanish natijasida nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlari va Davlat xavfsizlik xizmatining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo‘lgan shaxslar; i) o‘quv mashg‘ulotlari yoki tekshirish uchun yig‘inlarga chaqirilgan va shu yig‘inlarda o‘z xizmat burchlarini bajarayotib yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish va kasallanish natijasida nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib qolgan harbiy majburiyatli shaxslar. Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling