Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Download 171.7 Kb. Pdf ko'rish
|
145-сон 12.03.2020. Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
qo‘shimchalar
1. 2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “qaydnoma — pensioner va nafaqa oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash joyi, pasport ma’lumotlari, pensiya va nafaqa to‘lov muddati hamda summasiga doir ma’lumotlar aks ettirilgan, pensiya va nafaqa to‘lovi uchun pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot va tijorat banki filialiga taqdim etiladigan hujjat”. 2. Quyidagi mazmundagi 8 -band qo‘shilsin: “8 . Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya tayinlash (qayta hisoblash, tiklash, pensiyaning bir turidan boshqa turiga o‘tkazish) to‘g‘risidagi ariza bevosita manzil-koloniya joylashgan yerdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi. Shaxsning pensiya tayinlash (qayta hisoblash, tiklash, pensiyaning bir turidan boshqa turiga o‘tkazish) to‘g‘risidagi arizasi manzil-koloniya ma’muriyati tomonidan manzil-koloniya joylashgan yerdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi. Pensiya tayinlash (qayta hisoblash) to‘g‘risidagi arizaga ish stajiga oid ma’lumotlar qo‘shimcha ravishda taqdim etiladi. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi: shaxsning ish stajiga oid ma’lumotlar asosida pensiya tayinlash (qayta hisoblash) uchun zarur bo‘lgan ushbu Nizomning 12 — 14-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarni to‘plashda amaliy yordam ko‘rsatadi; pensiya to‘lovini tiklash yoki davom ettirish to‘g‘risidagi arizaga asosan pensiya yig‘majildini Pensiya jamg‘armasining tegishli tuman (shahar) bo‘limidan talab qilib oladi”. 3. Quyidagi mazmundagi 18 -band qo‘shilsin: “18 . Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning pasporti (istiqomat uchun berilgan guvohnoma) nusxasi manzil-koloniya ma’muriyati tomonidan manzil- koloniya joylashgan yerdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi”. 4. 157-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “157. Pensiyalar komissiyaning qarorida ko‘rsatilgan miqdor hamda muddatlardan kelib chiqib to‘lanadi. Ishlamaydigan pensionyerlarga pensiya yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot yoki pensionerning xohishiga ko‘ra pul mablag‘larini fuqarolarning depozit hisob raqamlariga naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan tijorat bankining filiali orqali to‘lanadi. Ishlamaydigan shaxsga pensiya va nafaqa to‘lovi shakli ushbu Nizomga 16-ilovaga muvofiq shakldagi arizaga asosan aniqlanadi. Shaxsning tanlovi bo‘yicha unga to‘lanishi lozim bo‘lgan pensiya summasi, bir vaqtning o‘zida pensiya to‘lovining bir nechta shaklidan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin. To‘lov shakli shaxs tegishli ariza bilan murojaat etgan yoki mehnat shartnomasi bekor qilinganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirmani (bajarilgan ishlar dalolatnomasini) taqdim etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab o‘zgartiriladi yoki tiklanadi. Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya to‘lovi Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan manzil-koloniya ma’muriyati orqali mahkumlarning shaxsiy hisobvaraqlariga naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 1 1 1 1 Manzil-koloniya ma’muriyati har oyning 1-sanasiga qadar joriy oy uchun manzil-koloniyada jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiyalar to‘lovi uchun mablag‘larni olishga ushbu Nizomga 17-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha talabnomani manzil-koloniya joylashgan yerdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga taqdim etadi”. 5. Quyidagi mazmundagi 157 va 157 -bandlar qo‘shilsin: “157 . Pensiyalarni bank plastik kartochkalari orqali to‘lash uchun mablag‘larni o‘tkazish Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan axborot tizimi orqali elektron shaklda taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomasi va qaydnoma asosida amalga oshiriladi. Haqiqatda moliyalashtirilgan mablag‘lar to‘lov topshiriqnomasi va qaydnoma elektron shaklda taqdim etilgan kundan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmasdan xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki filiali tomonidan pensioner yoki nafaqa oluvchi uchun ochilgan 22617 — “Pensionyerlarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlari” hisobvarag‘iga kirim qilinadi. 157 . To‘liq bo‘lmagan oy kunlari uchun pensiya to‘lovi summasi quyidagi tartibda aniqlanadi: tayinlangan pensiya summasi tegishli oyning kalendar kunlari soniga bo‘lish yo‘li bilan bir kun uchun to‘lov summasi aniqlanadi; bir kun uchun to‘lov summasi pensiya to‘lovi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tegishli oyning kalendar kunlari soniga ko‘paytiriladi.”. 6. Quyidagi mazmundagi 158 — 158 -bandlar qo‘shilsin: “158 . Pensiya va nafaqalarni tayinlash guruhi inspektori har oyning 25-sanasiga qadar komissiya qarori qabul qilingan va keyingi to‘lov oyi qaydnomalariga kiritilishi lozim bo‘lgan pensiya yig‘majildlarini pensiya va nafaqalar to‘lovi monitoring guruhiga (keyingi o‘rinlarda monitoring guruhi deb ataladi) taqdim etadi. Bunda taqdim etilgan hujjatlar Pensiya va nafaqalar to‘lovi monitoringi guruhiga taqdim etilgan hujjatlarni ro‘yxatga olish kitobiga qayd qilinishi lozim. 158 . Qaydnomalar quyidagi tartibda shakllantiriladi: asosiy qaydnomalar — pensiya va nafaqalar, vafoti munosabati bilan olinmay qolingan pensiya va nafaqalar, bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa, xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni qoplash, pensiya va nafaqalardan aliment va jarimalar, kompensatsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha to‘lov oyi uchun bir marotaba; qo‘shimcha qaydnomalar — dafn marosimi uchun nafaqa, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarisiga ko‘chib ketish oldidan 6 oy avval beriladigan pensiya to‘lovi tayinlangan kunda. 158 . Monitoring guruhi inspektori tomonidan qaydnomalar axborot tizimida pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot va tijorat banklari filiallari bo‘yicha alohida har bir mahalla fuqarolar yig‘ini va tijorat banki filiali kesimida shakllantiriladi. 158 . Qaydnomalar: pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot uchun — har to‘lov oyining 2-sanasiga qadar shakllantiriladi va 3-sanasiga qadar taqdim etiladi; tijorat banklari filiallari uchun — har to‘lov oyining 3-sanasiga qadar shakllantiriladi va 4-sanasiga qadar axborot tizimi orqali taqdim etiladi. Qaydnomalarni shakllantirish hamda taqdim etishning so‘nggi kuni dam olish yoki bayram (ish kuni bo‘lmagan) kunlariga to‘g‘ri kelgan hollarda keyingi ish kuni muddatning so‘nggi kuni deb hisoblanadi. 158 . Tijorat banki filiallari har oyda pensionyerlarning bank plastik kartochkalariga mablag‘lar o‘z vaqtida kirim qilinishini ta’minlashlari lozim. Pensionerning bank plastik kartochkalariga mablag‘lar kirim qilingan sana pensiya to‘langan sana deb hisoblanadi. Pensionerning bank plastik kartochkasiga mablag‘lar pensioner vafot etgan sanadan so‘ng kirim qilingan hollarda Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari mablag‘larni Pensiya jamg‘armasi hisobvarag‘iga vafot etgan pensionerning hisobvarag‘idagi qoldiq mablag‘lar hisobidan qaytarish to‘g‘risida tegishli tijorat banklari filiallariga rasmiy xat yuborish orqali qaytarish choralarini ko‘radi”. Download 171.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling