Qarori ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Download 312.18 Kb. Pdf ko'rish
|
1010-сон 14.12.2018
Oldingi
tahrirga qarang. Geokoddan manzilni axborot tizimida identifikatsiyalash uchun foydalaniladi. Manzillarni axborot tizimlarida identifikatsiya qilish uchun manzilning unikal raqami ishlatiladi. (19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965- son) 20. Ma’muriy-hududiy mansublik obyekt joylashgan ma’muriy-hududiy birliklar hamda ma’muriy-hududiy birlik bo‘lmagan aholi punktlari nomlari va toifalarini, ya’ni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: viloyatning nomi va qisqa belgisi (O‘zbekiston Respublikasi poytaxti — Toshkent shahri) — bitta viloyat chegarasida bir nechta tuman hududida yoki O‘zbekiston Respublikasi poytaxti hududida joylashgan obyektlar uchun; viloyat va viloyatga bo‘ysunuvchi shaharning nomi va qisqa belgisi — viloyatga bo‘ysunuvchi shahar hududida joylashgan obyektlar uchun; viloyat va tuman nomi va qisqa belgisi — bir tuman chegarasida bir nechta fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan obyektlar uchun, shuningdek, aholi punktlaridan tashqarida, O‘zbekiston Respublikasi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari davlat reyestriga ma’lumotlari kiritilgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘lining (keyingi o‘rinlarda avtomobil yo‘llari deb ataladi) yo‘l cheti polosasida joylashgan obyektlar uchun; ma’muriy-hududiy birlik hisoblangan viloyat, tuman nomi va qisqa belgisi, tumanga bo‘ysunuvchi shahar yoki shahar tipidagi shaharchaning qisqa belgisi va nomi — tegishli shahar yoki shaharcha hududida joylashgan obyektlar uchun; viloyat, tuman, mahalla fuqarolar yig‘ini nomi va qisqa belgisi — mahallaning bir fuqarolar yig‘ini chegarasida aholi punktlaridan tashqarida joylashgan obyektlar uchun. Hududiy birlik hisoblangan aholi punkti hududida joylashgan obyekt uchun ushbu aholi punkti nomi va qisqa belgisi ham ko‘rsatiladi. Oldingi tahrirga qarang. 20 . Manzil elementlarining turlari ushbu Nizomga 5-ilovaga , manzil tuzilmasi 6-ilovaga , ichki manzil tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq belgilanadi. (20 -band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son) Oldingi tahrirga qarang. 21. Ichki manzil ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakllantiriladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi: (21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26- oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965- son) a) aholi punktida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari uchun: ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementi toifasi va nomining qisqa belgisini (ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlari bo‘lmagan qishloq aholi punktlari bundan mustasno); ko‘chmas mulk obyektining raqami; imorat raqami indeksi va (yoki) uning korpusi raqami (agar bo‘lsa); b) aholi punktidan tashqarida avtomobil yo‘lining yo‘l cheti polosasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari uchun: avtomobil yo‘lining raqami; avtomobil yo‘li boshidan kilometrlardagi masofa; ko‘chmas mulk obyektining raqami; imorat raqami indeksi va (yoki) uning korpusi raqami (agar bo‘lsa); v) aholi punktidan tashqarida temir yo‘l tarmog‘i polosasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari uchun: fuqarolar yig‘ini chegarasida eng yaqin alohida temir yo‘l punkti (keyingi o‘rinlarda alohida punktlar deb ataladi) nomi; ko‘chmas mulk obyektining raqami; imorat raqami indeksi va (yoki) uning korpusi raqami (agar bo‘lsa); g) aholi punktidan tashqarida avtomobil yo‘llarining yo‘l cheti polosalari va temir yo‘llar shoxobchasi polosalari chegarasidan chetda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari uchun: 1 1 ko‘chmas mulk obyektining raqami; imorat raqami indeksi va (yoki) uning korpusi raqami (agar bo‘lsa); d) aholi punktidan tashqarida bog‘dorchilik shirkati, dala hovli kooperativida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari uchun: ichki manzil elementi (bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati, dala hovli kooperativi) toifasining qisqa belgisi va nomi; ko‘chmas mulk obyektining raqami; imorat raqami indeksi va (yoki) uning korpusi raqami (agar bo‘lsa); e) alohida ajratilgan xona uchun: imoratning u joylashgan ichki manzili (geokoddan tashqari); alohida ajratilgan xona tartib raqami; indeks (agar bo‘lsa); j) qurilgan yer uchastkasi, shu jumladan, bo‘lish yoki qo‘shib yuborish natijasida hosil bo‘lgan yer uchastkasi uchun: unda joylashgan imoratning (unda joylashgan har qanday imoratning) ichki manzili. Agar yer uchastkasida joylashgan imoratlardan bittasi asosiysi bo‘lsa, uchastkaga ushbu imoratning ichki manzili beriladi. 22. Geokod ko‘chmas mulk obyektlarini ularni ma’lum bo‘lgan koordinatalar yordamida topish imkonini beradigan tarzda geografik bog‘lash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bir nuqtaning X va Y koordinatalaridan iborat. Geokod koordinatalari vaziyatli reja koordinatalari tizimida belgilanadi va bir metrgacha bo‘lgan aniqlikda ko‘rsatiladi. Maydonga, hajmga, balandlikka ega imorat geokodi asosiy imorat konturi ichidagi uning markaziga yaqin bo‘lgan nuqtadan iborat bo‘lishi kerak. Geokod Reyestr ma’lumotlari asosida ko‘rsatiladi, u Reyestr ma’lumotlarida bo‘lmagan taqdirda tuziladigan vaziyatli reja asosida aniqlanadi. Vaziyatli rejada geokod koordinatalari ko‘rsatilmasdan tegishli shartli belgi bilan belgilanadi. Geokod haqidagi ma’lumotlar faqat inventar yig‘majildlar shakllarining “Manzil (joylashgan joyi)” satrida hamda tavsiflar reyestrining ma’lumotlar bazasida aks ettirilishi kerak. Download 312.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling