Qarori oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish to‘G‘risida
Download 87.61 Kb.
|
Hafiz.2222222
Oldingi tahrirga qarang.
o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalari asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarni (bino va inshootlar hamda o‘quv-ilmiy laboratoriya jihozlari bundan mustasno) sotishdan tushgan mablag‘larni to‘lig‘icha o‘zlarining rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlaydi va sarflaydi; o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalari rivojlantirish jamg‘armasiga tushgan barcha mablag‘lardan moddiy-texnika bazani mustahkamlashga, o‘z xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirishga, faoliyatni samarali tashkil etish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarga sarflash ulushini mustaqil belgilaydi; Oldingi tahrirga qarang. o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga jalb etilgan xorijiy yuqori malakali o‘qituvchi va mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash miqdorlarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilaydi (qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlardan kam bo‘lmagan miqdorda); (8-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 2021-yil 1-yanvardan boshlab o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalari ko‘chmas mulkini ijaraga berishdan tushgan mablag‘ning 1 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy bo‘linmalari huzuridagi davlat mulki ijara markazlariga, qolgan qismi esa — elektron savdo maydonchasi operatoriga to‘langan to‘lov chegirilgandan keyin mazkur oliy ta’lim muassasasining rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi; o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalari yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan budjet mablag‘larini oluvchi davlat tashkiloti hisoblanadi. (8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/824/1689-son) 9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-yanvarga qadar: davlat buyurtmasi (davlat granti) asosida ta’lim olayotgan talabalarni o‘qitish uchun oliy ta’lim muassasasiga ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘larini bakalavriat ta’lim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi), turi, bosqichi va shaklidan kelib chiqib har bir davlat granti asosidagi o‘rin uchun sarflanadigan normativ xarajatlarni hisoblash metodologiyasini; bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora hamda oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida imzolanadigan davlat buyurtmasini bajarishni moliyalashtirish namunaviy bitimi loyihasini; davlat buyurtmasini bajarishni moliyalashtirish doirasida oliy ta’lim muassasasiga ajratilgan mablag‘larni sarflash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Oliy ta’lim muassasasi vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlangan moliyalashtirish manbalari kesimida shakllantirilgan moliyaviy hisoboti belgilangan tartibda bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirliklar va idoralarga hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etilishi belgilab qo‘yilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalari hisobiga iqtisod qilingan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablag‘larini har moliya yilida flagman oliy ta’lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish uchun yo‘naltirishni nazarda tutsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi 2021-yil 1-noyabrga qadar tajriba tariqasida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy holati natijalari hamda qolgan oliy ta’lim muassasalarini mazkur tizimga o‘tkazish, tizim uchun ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin. Download 87.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling