Qarori o‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida
II. Agentlikning vazifalari va funksiyalari
Download 107.51 Kb. Pdf ko'rish
|
118-сон 10.03.2004
II. Agentlikning vazifalari va funksiyalari
7. Quyidagilar agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi: avtomobil va daryo transportida yuk va yo‘lovchilar tashishni tashkil etish va takomillashtirish, shuningdek avtomobilda tashuvlar va avtomobil transporti obyektlari xavfsizligini tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy baza shakllantirilishini ta’minlash; (7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6- dekabrdagi 318-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 49-son, 499-modda) iqtisodiyot tarmoqlari va aholining tashuvlarga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda avtomobil va daryo transportini rivojlantirishning kompleks dasturlarini, shuningdek avtomobil transporti xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, jamoat avtomobil va daryo transporti faoliyatini muvofiqlashtirish; (7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6- dekabrdagi 318-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 49-son, 499-modda) avtomobil va daryo transporti xizmatlari bozorida bozor munosabatlarini va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyati va sifatini oshirish, avtotransport xizmatlari servisini kengaytirish; (7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25- apreldagi 238-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda) avtomobil va daryo transporti sohasida yagona texnika siyosatini o‘tkazish; avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilar tashishni litsenziyalashni amalga oshirish, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlari bajarilishini nazorat qilish; (7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25- apreldagi 238-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda) avtomobil va daryo transportida kadrlarni o‘qitish va ularning malakasini oshirishni shu jumladan transport xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha tashkil etish; (7-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6- dekabrdagi 318-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 49-son, 499-modda) mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga safarbarlik vaziyatida va favqulodda vaziyatlarda avtomobil transporti maxsus bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirishda ko‘maklashish. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi hududida avtomobilda xalqaro tashuvlar shartlariga rioya etilishini nazorat qilish (O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridan tashqari); avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklar tashiydigan avtotransport vositalarida litsenziya kartochkalarining mavjudligini nazorat qilish; haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga rioya etilishini nazorat qilish. (7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda) 8. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: a) avtomobil va daryo transportida yuk va yo‘lovchilar tashishni tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy baza shakllantirilishini ta’minlash sohasida: avtomobil va daryo transportida yuk va yo‘lovchilar tashishni tashkil etish va avtomobil transporti obyektlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, boshqaruv organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ularga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; Download 107.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling