Qarori o‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida
Download 107.51 Kb. Pdf ko'rish
|
118-сон 10.03.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.06.2018 Hujjat 11.06.2018 sanasi holatiga Amaldagi versiyaga o‘tish O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI O‘ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF–3358-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda avtomobil va daryo transporti faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin: avtomobil va daryo transportida yuk va yo‘lovchilar tashishni tashkil etish va takomillashtirish shuningdek avtomobilda tashuvlar va avtomobil transporti obyektlari xavfsizligini tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy baza shakllantirilishini ta’minlash; (1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6- dekabrdagi 318-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 49-son, 499-modda) iqtisodiyot tarmoqlari va aholining tashuvlarga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda avtomobil va daryo transportini rivojlantirishning kompleks dasturlarini, shuningdek avtomobil transporti xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; (1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6- dekabrdagi 318-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 49-son, 499-modda) avtomobil va daryo transporti xizmatlari bozorida bozor munosabatlarini va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyati va sifatini oshirish, avtotransport xizmatlari servisini kengaytirish; (1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25- apreldagi 238-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda) avtomobil va daryo transporti sohasida yagona texnika siyosatini shakllantirish va o‘tkazish; avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilar tashishni litsenziyalashni amalga oshirish ; (1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25- apreldagi 238-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda) avtomobil va daryo transportida kadrlarni o‘qitish va ularning malakasini oshirishni shu jumladan transport xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha tashkil etish. (1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6- dekabrdagi 318-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 49-son, 499-modda) avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklar tashiydigan avtotransport vositalarida litsenziya kartochkalarining mavjudligini nazorat qilish; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi hududida avtomobilda xalqaro tashuvlar shartlariga rioya etilishini nazorat qilish (O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridan tashqari); haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga rioya etilishini nazorat qilish. (1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda) 2. Quyidagilar: O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. (2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda) 3. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi markaziy apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni 53 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 43 nafar etib belgilansin. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga agentlik boshlig‘i o‘rinbosarining bir nafar o‘rinbosari hamda shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan besh kishidan iborat bo‘lgan hay’ati bo‘lishiga ruxsat etilsin. Agentlik boshlig‘iga markaziy apparat hamda hududiy boshqarmalar tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan soni va ta’minoti xarajatlari smetasi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. (3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda) 4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin va ba’zilariga o‘zgartirishlar kiritilsin. (4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-dekabrdagi 318-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 49-son, 499-modda) 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.F. Fayzullayev zimmasiga yuklansin. Download 107.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling