Qarori o‘zbekiston respublikasi davlat teatrlari va konsert tashkilotlarining maqomi to‘G‘risida
Download 22.33 Kb.
|
11-son
konsert tashkilotlariga:
bitta konsert yoki bir tinglovchi hisobiga filarmoniya faoliyatini budjetdan mablag‘ bilan ta’minlash normativi (konsert tashkilotlari normativ mablag‘ bilan ta’minlashga o‘tgunga qadar filarmoniya faoliyatiga mablag‘ ajratish summasi belgilanadi); ijodiy-ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish jamg‘armasi tashkil etish normativi; ish haqi jamg‘armasi va rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etish normativlari; valyuta tushumlaridan valyuta ajratmalari jamg‘armasi tashkil etish normativi. 18. Madaniyatni boshqarish yuqori organlari teatr-tomosha muassasalariga quyidagi dastlabki ma’lumotlarni yetkazadi: teatrlarga: a) xizmat ko‘rsatiladigan tomoshabinlar soniga oid nazorat raqamlari; b) asosiy banklarni foydalanishga topshirishga oid davlat buyurtmasi; v) davlat markazlashtirilgan kapital sarmoyasi va qurilish-montaj ishlari, markazlashtirilgan holda taqsimlanadigan moddiy resurslar limitlari; konsert tashkilotlariga: a) filarmoniya konsertlari, qishloq aholisi, bolalar va o‘smirlar uchun konsernlar soni; b) jami tinglovchilar soni, shu jumladan, filarmoniya faoliyati bo‘yicha; v) konsert tashkilotining ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlari. Nazorat raqamlari ko‘rsatma xarakteriga ega emas va konsert tashkilotlari tomonidan yillik rejalar tuzishda faqat yo‘nalish hisoblanadi. Nazorat raqamlari ko‘rsatkichlarining aniq tarkibi har bir teatr-tomosha muassasasi uchun nufuzli madaniyat tashkiloti tomonidan uning ish xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi. Madaniyatni boshqarish organlari muhim muammolarni hal etish, aholini teatr va konsert xizmati bilan ta’minlashdagi hududiy nomutanosibliklarni bartaraf etish, shuningdek, maxsus tadbirlarni o‘tkazish (festivallar, ko‘riklar, tanlovlar, yangi spektakllar yaratish va hokazolar) uchun teatr-tomosha muassasalariga, odatda, tanlovli shartnoma asosida maqsadli ijodiy buyurtmalar berishi mumkin. Shartnomada ishning (xizmatning) hajmi, tuzilishi va sifati, moddiy va moliyaviy resurslar bilan ta’minlash tartibi, imtiyozlar berish va boshqa shartlar belgilab qo‘yiladi. Nazarda tutilgan ish (xizmat)lar amaldagi davlat bahosi va tarifi bo‘yicha to‘lanadi. Respublika teatr-tomosha muassasalari faoliyatini rivojlantirish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshiriladi; davlat va jamoat muassasalari va tashkilotlariga jamoalar roziligi bilan ijtimoiy rivojlanish jamg‘armasi va shunga o‘xshash boshqa jamg‘armalar mablag‘larining bir qismidan teatr-tomosha muassasalari faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlashda foydalanish huquqi berilsin. Shartnoma asosidagi maqsadli ijodiy buyurtmalarni amalga oshirish ham shu jumlaga kiradi; belgilansinki, teatrlarning gastrol faoliyati madaniyatni boshqarish organlarining maqsadli ijodiy buyurtmalari bo‘yicha yoki boshqa boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalar asosida to‘g‘ridan to‘g‘riamalga oshirilishi mumkin; Oldingi tahrirga qarang. chetdan keladigan teatr-tomosha muassasalariga respublika hududida gastrolda bo‘lish uchun guvohnoma berish huquqi faqat O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga (teatr va sirk jamoalariga), O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasiga (estrada jamoalari va konsert-filarmoniya jamoalariga) beriladi. (18-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11 maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda) Download 22.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling