Qarori o‘zbekiston respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida
Download 401.9 Kb. Pdf ko'rish
|
609-сон 18.10.2022. O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
15-bob. Yong‘in xavfsizligi
213. Uskunalar, bino va inshootlarning tuzilishi va ekspluatatsiyasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabrdagi 711-son qarori bilan tasdiqlangan Energetika tashkilotlari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi shart. Energetika obyektlari tegishli normativ hujjatlar talablariga muvofiq yong‘inga qarshi suv ta’minoti tarmoqlari, yong‘inni aniqlash va o‘chirish qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi shart. 214. Har bir xodim YoXQ va energetika obyektida yong‘inga qarshi o‘rnatilgan rejim talablarini aniq bilishi va bajarishi, shaxsan o‘zi va boshqa shaxslar tomonidan yong‘in keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi shart. 215. Energetika obyektlarining xodimlari yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq olishi, malakasini oshirayotganda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bilimlarini takomillashtirishi, yong‘inga qarshi mashg‘ulotlarda muntazam ishtirok etishi, mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq YoXQ bo‘yicha davriy bilim sinovidan o‘tishi shart. Yong‘inga qarshi mashg‘ulotlarning davriyligi, mavzusi va hajmlari xodimlarning uskunalarni boshqarishni to‘xtatmasdan, yong‘in o‘chirish bo‘linmalari bilan birgalikda yong‘in o‘chirishning amaliy ko‘nikmalariga ega bo‘lishini hisobga olgan holda belgilanishi shart. Yong‘inga qarshi mashg‘ulotlarni obyektda va yong‘in poligonida almashib o‘tkazish ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. 216. Har bir energetika obyektida yong‘inga qarshi rejim o‘rnatilishi va ishlab chiqarishning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yong‘inga qarshi chora-tadbirlar bajarilishi, shuningdek, energetika obyektining yong‘indan saqlash xodimlari bilan birgalikda yong‘inni o‘chirishning tezkor rejasi ishlab chiqilishi shart. Yong‘inni o‘chirishning tezkor rejasi yong‘in paydo bo‘lgan vaqtda energetika obyekti xodimlarining harakatlarini, kuchlanish ostidagi elektr qurilmalarida yong‘inni o‘chirish tartibini, keladigan yong‘in o‘chirish bo‘linmalarining shaxsini tarkibi bilan birgalikda harakat qilish tartibini hamda yong‘inni o‘chirishning boshqa kuchlari va vositalarini belgilab beruvchi asosiy hujjat bo‘lishi shart. 217. Smenadagi katta xodim (elektr stansiyasining smena boshlig‘i, podstansiyaning navbatchi muhandisi) yoki energetika obyektining rahbari energetika obyektiga birinchi yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi yetib kelishiga qadar yong‘inni o‘chirishning rahbari bo‘lib hisoblanadi. Birinchi yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi yetib kelishi bilan smenaning katta xodimi (energetika obyektining rahbari) yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi navbatchi smena boshlig‘iga yong‘inni o‘chirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida axborot va yozma ruxsatni berishi bilan unga yong‘in o‘chirish bo‘yicha rahbarlikni topshirishi shart. 218. Energetika obyektining har bir sexida, laboratoriyasida, ustaxonasida, bo‘limida va boshqa bo‘linmasida yong‘in xavfsizligining aniq choralari va yong‘inga qarshi rejim haqida yo‘riqnoma ishlab chiqilgan, obyektdagi yong‘indan saqlash bo‘linmasi (agar bor bo‘lsa) bilan kelishilgan va energetika obyektining rahbari tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi shart. 219. Barcha energetika obyektlarida va ta’mirlash korxonalarida bosh muhandis tomonidan boshqariladigan yong‘in-texnik komissiyalari, shuningdek, zarur hollarda o‘z ishini amaldagi qoidalarga muvofiq olib boruvchi ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari tashkil etilgan bo‘lishi shart. 220. Avtomatik yong‘in o‘chirish va xabar berish tizimining avtomatik va boshqa qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatish mahalliy yo‘riqnomalarga muvofiq energetika obyektining xodimlari tomonidan avariyaga qarshi va releli himoya qurilmalariga xizmat ko‘rsatish tartibiga o‘xshash o‘tkazilishi lozim. Yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari ishlatish uchun doimiy tayyor holatda saqlanishi, ularga texnik xizmat ko‘rsatish sohadagi yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshirilishi shart. Avtomatik yong‘in o‘chirish va xabar berish tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish obyekt tomonidan (maxsus litsenziyaga ega bo‘lgan taqdirda) yoki maxsus litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilot tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi. 221. Yong‘inga qarshi suv quvuri uchastkalarini uzib qo‘yish, yo‘l va o‘tish yo‘laklarini to‘sish, yong‘inga qarshi suv ta’minotining texnologik uskunalarini ta’mirlash, shuningdek, yong‘inga qarshi avtomatika va signalizatsiyani o‘chirib qo‘yish bilan bog‘liq ishlar energetika obyekti bosh muhandisining yozma ruxsati olingan holda va obyektdagi yong‘indan saqlash bo‘linmasi (agar bor bo‘lsa) xabardor qilinganidan keyin, tegishli, uchastkalarning (qurilmalarning) yong‘in xavfsizligi va ekspluatatsiyasi uchun javobgar shaxs bilan kelishib amalga oshiriladi. 222. Energetika obyektidagi payvandlash va boshqa yong‘in chiqishi xavfi bo‘lgan ishlar, shu jumladan, ta’mirlash, montaj va boshqa pudrat tashkilotlari tomonidan bajariladigan ishlar tarmoq yo‘riqnomalarida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkazilishi shart. 223. Obyektlarda yong‘inga qarshi rejim tashkil etilganda javobgarlik quyidagilar zimmasiga yuklanadi: energetika obyektlari va tashkilotlarning rahbarlari — umumiy yong‘inga qarshi holat, yong‘inga qarshi chora-tadbirlarning va yong‘inga qarshi rejim talablarining bajarilishi, obyektda tashkil etilgan ko‘ngilli yong‘in o‘chirish bo‘linmalarining ishi uchun; bosh muhandislar — yong‘in-texnik komissiyalarning ishi, yong‘in o‘chirish vositalari va yong‘inga qarshi avtomatika tizimlarining texnik holati, yong‘inga qarshi me’yoriy talablarning bajarilishi va xodimlarning tayyorgarligi uchun; bo‘linmalarning rahbarlari va muhandis-texnik xodimlari — ularga biriktirilgan obyektlar yoki uchastkalarning yong‘inga qarshi holati hamda xodimlarning tayyorgarligi uchun javob beradi. 224. Har bir yong‘in (olov chiqishi) holati maxsus tayinlangan komissiya tomonidan yong‘in sabablarini, yetkazilgan zararni, yong‘in (olov chiqishi) uchun javobgarlarni aniqlash hamda tarmoqning boshqa obyektlari uchun yong‘inga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida sohadagi yo‘riqnomada belgilangan talablarga muvofiq tekshirib chiqilishi shart. Download 401.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling