Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 467.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/56
Sana18.06.2023
Hajmi467.11 Kb.
#1598316
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   56
Bog'liq
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)

Tarkib
1-daraja rezervi
2-daraja rezervi
Oddiy askarlar va serjantlar
35 yoshgacha
45 yoshgacha
Kichik ofitserlar
40 yoshgacha
50 yoshgacha
Katta ofitserlar
50 yoshgacha
55 yoshgacha
Generallar
55 yoshgacha
60 yoshgacha
318. Rezervda bo‘lish yoshining chegarasiga yetgan yoki harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan
salomatligiga ko‘ra urush davrida harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan harbiy xizmatga majburlar
mudofaa ishlari organlari tomonidan harbiy hisobdan chiqariladi va iste’foga chiqariladi.
Qurolli Kuchlar rezervidagi harbiy xizmatga majburlar birinchi va ikkinchi toifaga bo‘linadi.
319. Birinchi toifali rezerv chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan hamda
xizmatni o‘tash davrida harbiy hisobdagi ixtisoslikni egallagan birinchi toifadagi harbiy xizmatga
majburlar orasidan to‘ldiriladi.
Birinchi toifali rezerv birinchi va ikkinchi navbatga bo‘linadi.
Birinchi toifali rezervning birinchi navbati Qurolli Kuchlarning jangovar qo‘shilma va harbiy
qismlari, jangovar ta’minot bo‘linmalarini urush davri shtatlariga qadar eng yaxshi tayyorlangan
rezervchilar bilan butlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ular Qurolli Kuchlarning ko‘rsatib o‘tilgan
qo‘shilma, harbiy qism va bo‘linmalari hisobiga o‘tkaziladi hamda ularning jangovar tayyorgarligi
ushbu tarkibda olib boriladi va jangda qo‘llash rejalashtiriladi.
Birinchi toifali rezervning ikkinchi navbati Qurolli Kuchlarning jangovar qo‘shilma va harbiy
qismlari, jangovar ta’minot bo‘linmalariga kiritilmagan rezervchilar orasidan butlanadi va zarurat
tug‘ilganda birinchi toifali rezervning birinchi navbatini to‘ldirish uchun mo‘ljallangan.
Birinchi toifali rezervda turuvchi harbiy xizmatga majburlar rezervda bo‘lish yoshining
chegarasiga yetganda yoki sog‘lig‘i holatiga ko‘ra ikkinchi toifali rezervga o‘tkaziladi.
Birinchi toifali rezerv bilan butlangan bo‘linma, harbiy qism va qo‘shilmalarning eng muhim
vazifasi Qurolli Kuchlarni yuqori darajadagi jangovar shaylikka keltirish hollarida hamda favqulodda
vaziyatlar yuzaga kelganda jangovar qo‘llanishga doimiy shay turishdir.


320. Tinchlik davrida favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha maxsus
vazifalarni bajarish uchun birinchi toifali rezervdan foydalanish har bir muayyan holatda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.
Birinchi toifali rezerv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ko‘rsatmasiga binoan tegishli
vazirliklar rahbarlari tomonidan qo‘yilgan boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Maxsus vazifalarni bajarish uchun birinchi toifali rezervni chaqirish mazkur Nizomning tegishli
bo‘limlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
321. Ikkinchi toifali rezerv chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan ikkinchi
darajadagi harbiy xizmatga majburlar, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni
o‘tagan harbiy xizmatga majburlar orasidan butlanadi. Ikkinchi toifali rezerv Qurolli Kuchlarning
front orti va texnik ta’minot qismlari, bo‘linmalarini urush davri shtatlari darajasiga qadar butlash
uchun, favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz
yuzaga kelgan taqdirda — urush davri tuzilmalarini saf torttirish uchun mo‘ljallangan.
Zarur hollarda Qurolli Kuchlarning front orti va texnik ta’minot qismlari, bo‘linmalarini Qurolli
Kuchlarning jangovar qo‘shilma, harbiy qism va jangovar ta’minot bo‘linmalari hisobiga
o‘tkazilmagan birinchi toifali rezervchilar bilan urush davri shtatlari darajasiga qadar butlashga yo‘l
qo‘yiladi.
322. Qurolli Kuchlarning qo‘shilma, harbiy qism va bo‘linmalarini urush davri shtatlari
darajasiga qadar to‘ldirish, shuningdek urush davri tuzilmalarini saf torttirish uchun mo‘ljallangan
rezervchilarni saralab olish harbiy okruglar qo‘shinlari qo‘mondonlarining buyruqlari bilan
tuziladigan saralash komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Saralash komissiyalari tarkibiga
harbiy okruglar shtablari, butlanayotgan bo‘lgan qo‘shilma, harbiy qism va bo‘linmalar
qo‘mondonligi, mudofaa ishlari organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakillari,
shuningdek tegishli turdagi qo‘shin va xizmatlar mutaxassislari kiradi.
323. Qurolli Kuchlarning qo‘shilma, harbiy qism va bo‘linmalariga ro‘yxatga olish uchun
rezervchilarni saralash, qoidaga ko‘ra, harbiy xizmatga majburlarning harbiy-hisob ixtisosligi, oilaviy
ahvoli, shuningdek harbiy tayyorgarlik darajasi, intellektual va jismoniy imkoniyatlarini hisobga
olgan holda hududiy prinsip asosida yakka tartibda amalga oshiriladi.
324. Qurolli Kuchlarning qo‘shilma, harbiy qism va bo‘linmalarini urush davri shtatlariga qadar
butlash, shuningdek urush davri tuzilmalarini saf torttirish uchun zarur bo‘lgan rezervdagi ofitserlar
yetishmay qolgan taqdirda rezervga oliy ta’lim muassasalarining tegishli harbiy tayyorgarlik o‘quv
bo‘linmalarida ofitserlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha to‘liq o‘quv kursini o‘tgan, eng ko‘p
tayyorgarlikka ega zaxiradagi ofitserlar tanlab olinishi mumkin. Saralashdan o‘tgach, ushbu
toifadagi shaxslar rezervdagi ofitserlarni qayta tayyorlash bo‘yicha harbiy yig‘inlarga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari haqiqiy harbiy xizmatdan
bo‘shatilganda ko‘rsatib o‘tilgan idoralarning rezerviga kiritiladi.

Download 467.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling