Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


o‘ziga quyidagi majburiyatlarni oladi


Download 467.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/56
Sana18.06.2023
Hajmi467.11 Kb.
#1598316
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56
Bog'liq
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)

o‘ziga quyidagi majburiyatlarni oladi:
a) O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo‘yicha harbiy
burchni bajarishga doimo tayyor turish;
b) ushbu kontraktda belgilangan muddat davomida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash,
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari umumharbiy nizomlari, turli sharoitlarda unga bo‘ysunuvchi
bo‘linmalarni boshqarish bo‘yicha yo‘riqnoma va ko‘rsatmalar talablarini mukammal bilish va so‘zsiz
bajarish, komandir va boshliqlarning buyruqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishini ta’minlash;
v) bo‘ysunuvchilarni kundalik xizmat faoliyatida va jangda mohirona boshqara bilish, qo‘yilgan
vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun o‘z vaqtida va oqilona qaror qabul qilish, bo‘linma va shaxsiy
tarkibni boshqarish va rahbarlik qilishda butun mas’uliyatni chuqur anglash va o‘z zimmasiga olish,
bo‘ysunuvchilarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha barcha zaruriy choralarni ko‘rish;
g) bo‘linmalarning yuqori jangovar shayligi va sifatli jangovar tayyorgarligi, yuqori harbiy intizomi,
ichki tartibga rioya etishi, shuningdek qurol-aslaha, harbiy texnika va mulkni saqlash, ularni jangovar
qo‘llash uchun doimiy shaylikda tutishni ta’minlash;
d) jangovar-xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishda o‘zining professional, liderlik, axloqiy-
ishchanlik va tashabbuskorlik sifatlarini qo‘llash;
e) o‘z bilimlarini takomillashtirish va kasb mahoratini oshirishga doimo intilish, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan
barcha umumiy, lavozimi bo‘yicha va maxsus majburiyatlarni vijdonan bajarish;
Quyidagi huquqlarga ega:
a) harbiy xizmat shartlarida belgilangan cheklashlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligida ko‘rsatilgan huquq va erkinliklardan foydalanish;
b) shaxsiyatiga nisbatan hurmat, komandirlar (boshliqlar) va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan
unga nisbatan haqqoniy munosabatda bo‘lish;
v) qonunchilikda belgilangan tartibda, davlat hisobidan o‘rnatilgan me’yorlarga ko‘ra moliyaviy va
moddiy tomondan ta’minlanish;
g) qonunchilikka muvofiq nafaqa bilan ta’minlanish, ijtimoiy va huquqiy himoyalanish;
d) malakasi, qobiliyati va xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishini hisobga olgan holda o‘z kasbiy
malakasini oshirish va xizmat pog‘onasi bo‘yicha yuqori lavozimga ko‘tarilish;
e) sog‘lig‘ini saqlash;
j) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda
belgilangan tartib va shartlarga muvofiq kontrakt tuzish va uni bekor qilish;
z) harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda kelib chiqqan nizolarni tomonlarning
kelishuvi yoki sud orqali hal qilish;
i) qonunchilikda belgilangan boshqa kafolat va kompensatsiya to‘lovlarini olish.
3. _________________________________________________________________________________________
vazirlikning (idoraning) nomi

Download 467.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling