Qarori o‘zbekiston respublikasi ichkarisidagi xizmat safarlari to‘G‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari to‘g‘risida
Download 67.15 Kb. Pdf ko'rish
|
O‘zbekiston Respublikasi ichkarisidagi xizmat safarlari to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari to‘g‘risida
YO‘RIQNOMA Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-fevraldagi 34-f-sonli va 1993-yil 16-avgustdagi 287-f-sonli farmoyishlariga asosan ishlab chiqilgan va mulk shaklidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha tashkilotlarga taalluqlidir. 1. Xizmat safari deb xodimni tashkilot, muassasa, birlashma, korxona rahbarini farmoyishlari bo‘yicha, o‘zining doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirig‘ini bajarish uchun boshqa joyga, ma’lum bir muddatga yuborilishi (borib kelish) tushuniladi. Tashkilotni tarkibiga kiruvchi filiallar (shaxobchalar), uchastkalar va boshqa bo‘linmalar boshqa yerda joylashgan hollarda doimiy ish joyi bo‘lib mehnat shartnomasida belgilangan ishlab chiqarish bo‘linmasi hisoblanadi. Doimiy ishi yo‘lda yoki ko‘chib yurish bilan bog‘liq bo‘lgan, yoxud doimiy harakatlanuvchi tusga ega bo‘lgan xodimlarni xizmat yuzasidan borib kelishlari xizmat safari hisoblanmaydi. 2. Xodimlarni xizmat safarlariga yuborish ushbu tashkilotlarni boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi, buyruq va mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi xizmat safari guvohnomasini berish bilan rasmiylashtiriladi. 3. Xodimlarni yuqori tashkilotlarga (bo‘ysunish tartibida) xizmat safarlariga yuborish ushbu tashkilotlarni rahbarlarini chaqirig‘iga yoki ular bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 4. Xodimlarni xizmat safari muddati tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi va har bir holat uchun yo‘ldagi vaqtni hisobga olmagan holda 40 kundan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Ushbu tartib shuningdek xodimlarni taftish va tekshirishlarni o‘tkazish uchun xizmat safariga yuborishga ham taalluqlidir. Montaj, sozlash va qurilish ishlarini bajarish uchun yuboriladigan xodimlar, rahbarlar va mutaxassislarni xizmat safarlari muddati 12 oydan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Xizmat safari muddatini uzaytirish istisno tariqasida faqat xizmat safariga yuborgan tashkilot rahbarining yozma ruxsatnomasiga asosan ruxsat beriladi. 5. Xizmat safariga yuborilgan joyda haqiqatda o‘tkazilgan vaqt xizmat safari joyiga kelgan va xizmat safari joyidan ketgan kunlarni xizmat safari guvohnomasiga belgi qo‘yish orqali aniqlanadi. Tashkilotlarda xizmat safarlariga ketayotgan shaxslarni va ushbu tashkilotga xizmat safariga kelayotgan shaxslarni ro‘yxatga olish mazkur Yo‘riqnomani 2 va 3-ilovalariga binoan shakllardagi maxsus jurnallarda yuritiladi. Tashkilotni rahbari xizmat safarlariga yuborilayotgan, xizmat safariga ketayotgan shaxslarni ro‘yxatga olish jurnalini yuritish va xizmat safarlari guvohnomasiga belgi qo‘yish uchun javobgar bo‘lgan shaxsni buyruq chiqarish yo‘li bilan tasdiqlaydi. Oldingi tahrirga qarang. Bunda maxsus jurnallar elektron ko‘rinishda yuritilishi mumkin. (5-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 12-avgustdagi 92 va 34-2019-QQ-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1268-1, 13.09.2019-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan) 6. Xizmat safariga chiqish kuni bo‘lib transport vositasida 24 soat ichidagi vaqt, 00 dan va undan kechroq vaqt — keyingi sutka hisoblanadi, kelish kuni esa — transport vositasida doimiy ish joyiga kelish kuni hisoblanadi. Agar stansiya, sohil (pristan), aeroport aholi yashaydigan hududdan tashqarida joylashgan bo‘lsa, stansiya, sohil (pristan), aeroportgacha yetib olish uchun ketadigan vaqtni hisobga olish kerak bo‘ladi. Xuddi shunday tarzda xodimni doimiy ish joyiga yetib keladigan kuni hisoblanadi. 7. Xizmat safarida bo‘lgan xodimlarga ular yuborilgan korxonalardagi ish vaqti rejimi va dam olish vaqtlari taalluqli bo‘ladi. Xizmat safari vaqtida foydalanilmagan dam olish kunlari, boshqa dam olish kunlari xizmat safaridan qaytganda tiklanmaydi. Agar xodim ataydan dam olish yoki bayram kunlarida ishlash uchun xizmat safariga yuborilgan bo‘lsa, ushbu kunlarda ishlagani uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq kompensatsiya to‘lanadi. Agar xodim ma’muriyatni farmoyishiga binoan xizmat majburiyatini bajarish uchun dam olish kunida xizmat safariga ketsa, unga xizmat safaridan qaytgach belgilangan tartibda boshqa dam olish kuni beriladi. Xizmat safariga ketish va xizmat safaridan qaytish kunlarida ishga chiqish masalasi ma’muriyat bilan kelishilgan holda hal qilinadi. 8. Xizmat safariga yuborilgan xodimni xizmat safarida bo‘lgan muddatida va yo‘lda bo‘lgan muddatda ish joyi (lavozimi), ishbaylar uchun o‘rtacha ish haqi yoki lavozim maoshi yoki xodimlarni boshqa toifalari uchun stavkalari saqlanib qoladi. Xizmat safariga yuborilgan xodimning ish haqi uning iltimosiga ko‘ra u yuborilgan korxonaning hisobvarag‘iga jo‘natiladi. O‘rindoshlik asosida ishlayotgan shaxs xizmat safariga yuborilganda uning o‘rtacha ish haqi uni xizmat safariga yuborgan tashkilotda saqlanadi. Agar xizmat safariga bir vaqtni o‘zida ham asosiy ham o‘rindoshlik asosidagi ishi bo‘yicha xizmat safariga yuborilganda ish haqi har ikkala lavozim bo‘yicha saqlanadi, xizmat safariga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlar esa xizmat safariga yuboruvchi tashkilotlarni o‘zaro kelishuviga binoan taqsimlanadi. Download 67.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling