Qarori o‘zbekiston respublikasi ichkarisidagi xizmat safarlari to‘G‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida


Download 67.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana24.12.2022
Hajmi67.15 Kb.
#1054881
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasi ichkarisidagi xizmat safarlari to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida

(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligining 2019-yil 12-avgustdagi 92 va 34-2019-QQ-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1268-1,
13.09.2019-y.) tahririda)
Toshkent shahrida, shaharlar — viloyatlar markazlarida — 0,1;
boshqa shaharlar va aholi yashaydigan punktlarda — 0,08.
Ushbu ko‘rsatilgan xarajatlarni qoplash haqiqatda qilingan xarajatlarni hujjatlar bilan
tasdiqlashsiz amalga oshiriladi.


Oldingi tahrirga qarang.
12. Xizmat safari joyidagi turar joyni ijaraga olish bo‘yicha xarajatlar xizmat safariga
yuborilgan xodimni kelish va ketish kunlari bo‘yicha haqiqatdagi xarajatlar, shuningdek
tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda mehmonxonalarda ko‘rsatiladigan qo‘shimcha
xizmatlar (joylarni bronlash, dazmoldan foydalanish, saqlash kamerasidan, televizor, muzlatgich,
idish-tovoq, aloqa xizmatidan foydalanish)ga haq to‘lash xarajatlari qoplanadi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligining 2019-yil 12-avgustdagi 92 va 34-2019-QQ-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1268-1,
13.09.2019-y.) tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mehmonxonalarni lyuks-nomyerlarida yashaganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim
etilganda turar joyni olish bo‘yicha haq to‘lash ushbu turar joy qiymatining 70 foizigacha miqdori
budjet mablag‘lari hisobidan, qolgan qismi esa budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari
mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligining 2019-yil 12-avgustdagi 92 va 34-2019-QQ-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1268-1,
13.09.2019-y.) tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Turar joyni ijaraga olganlik bo‘yicha xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan
hollarda, har bir sutka uchun belgilangan bazaviy hisoblash miqdorini 20 foizi miqdorida
qoplanadi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligining 2019-yil 12-avgustdagi 92 va 34-2019-QQ-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1268-1,
13.09.2019-y.) tahririda)
Xizmat safariga yuborilgan xodimga shuningdek istisno tariqasida, tasdiqlovchi hujjatlar
mavjud bo‘lganda, tashkilot rahbarining ruxsati bilan havo, temir yo‘l, suv va umumiy
foydalanishdagi avtomobil transportida bagajni olib o‘tish bilan bog‘liq xarajatlar qoplanadi.
13. Xizmat safariga yuborilgan xodim o‘zining doimiy ish joyiga har kuni qaytish
imkoniyatiga ega bo‘lsa, u holda kundalik xarajatlar to‘lanmaydi. Xodimni xizmat safariga
yuborilgan joydan o‘zining doimiy ravishda yashaydigan joyiga har kuni qaytishi mumkinligi
masalasi xizmat safariga yuborgan tashkilotni rahbari tomonidan masofaning uzoqligi, transport
aloqasi sharoiti, bajariladigan topshiriqni tusi, xodim uchun dam olish sharoitlarini yaratish
kabilarni hisobga olgan holda ruxsat beriladi.
14. Xizmat safari davrida xizmat safariga yuborilgan xodim vaqtinchalik mehnat qobiliyatini
yo‘qotgan hollarda, unga umumiy asoslarda turar joy xonasini ijarasi bo‘yicha xarajatlar qoplanadi
(xizmat safariga yuborilgan xodim statsionar davolanishda bo‘lgan hollar bundan mustasno) va
unga sog‘lig‘i holatiga ko‘ra zimmasiga yuklatilgan xizmat topshirig‘ini bajarish imkoniyatiga ega
bo‘lmagan barcha davr mobaynida yoki o‘zining doimiy yashash joyiga qaytgunicha, lekin ikki
oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga kundalik xarajatlar to‘lanadi.
Xizmat safariga yuborilgan xodimni vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotishi, shuningdek
sog‘lig‘i holati bo‘yicha o‘zining doimiy yashash joyiga qaytish imkoniyatini yo‘qligi belgilangan
tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotgan davr uchun xizmat safariga yuborilgan xodimga
umumiy asoslarda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi to‘lanadi. Vaqtinchalik mehnatga
layoqatsizlik kunlari xizmat safari muddatiga qo‘shilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Xizmat safariga yuboriladigan xodimga xizmat safariga ketishdan oldin mazkur
Yo‘riqnomani 10 — 12-bandlarida ko‘zda tutilgan miqdorlarda kundalik, yo‘l xarajatlari, turar joyni
ijaraga olish xarajatlari chegarasida pul ko‘rinishidagi avans (bo‘nak) to‘lanadi. Xodim xizmat
safaridan qaytgan kundan e’tiboran uch ish kuni mobaynida avans (bo‘nak) hisobotini taqdim
qilishi shart. Ushbu hisobotga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan xizmat safari guvohnomasi va
xizmat safarida haqiqatda qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari
vazirligining 2019-yil 12-avgustdagi 92 va 34-2019-QQ-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1268-1, 13.09.2019-y.)
tahririda)


16. Montaj, sozlash va qurilish ishlarni bajarish uchun xizmat safariga yuborilgan xodimlar,
rahbarlar va mutaxassislarga mazkur Yo‘riqnomaning 11-bandida ko‘zda tutilgan me’yorlar
bo‘yicha ikki oy mobaynida kundalik xarajatlar to‘lanadi. Ikki oydan ortiq muddatda xizmat
safarida bo‘lgan vaqt uchun kundalik xarajatlar o‘rniga ish haqi yoki lavozim maoshiga tarif
stavkasini 50% miqdorida, lekin sutka uchun mazkur Yo‘riqnomaning 11-bandida belgilangan
me’yordan yuqori bo‘lmagan ustama belgilanadi.
Quyidagi xodimlar montaj, sozlash va qurilish ishlarini amalga oshirish uchun xizmat
safariga yuborilgan hollarda ularga kundalik xarajatlar o‘rniga tarif stavkasini yoki lavozim
maoshini yuqorida ko‘rsatilgan miqdorlarda ustamalar to‘lanmaydi:
montaj, sozlash va qurilish ishlari amalga oshiriladigan joyda ishga olingan;
amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan shartlar asosida boshqa joyga o‘tkazish tartibida
yuborilgan;
mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqtda, shuningdek sababsiz holda ishga chiqmagan kunlarda;
ular tomonidan montaj, sozlash va qurilish ishlari amalga oshiriladigan joydan tashqarida
davlat yoki jamoat ishlarini bajarish vaqtida;
montaj, sozlash va qurilish ishlarini bajarilishi nazoratini amalga oshirish uchun xizmat
safariga yuborilgan.
Kundalik xarajatlar o‘rniga tarif stavkasi yoki lavozim maoshidan foiz miqdorida ish haqiga
ustama to‘lash xodimni montaj, sozlash va qurilish ishlarida ishtirok etgan har bir kalendar kun
uchun amalga oshiriladi.
To‘liq bo‘lmagan oy uchun ko‘rsatilgan ustamani hisoblashdan avval ustama to‘liq oy uchun
belgilanadi, so‘ngra ushbu summa mazkur oydagi kalendar kunlar soniga bo‘linadi va xodimni
montaj, sozlash va qurilish ishlarida bo‘lgan kunlari soniga ko‘paytiriladi.
Montaj, sozlash va qurilish ishlarini bajarish uchun xizmat safariga yuborilgan xodimlar,
rahbarlar va mutaxassislar bepul turar-joy bilan ta’minlanishi mumkin. Bepul turar joy berilmagan
hollarda, turar joyni ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlar mazkur Yo‘riqnomaning 12-bandida ko‘zda
tutilgan me’yorlar bo‘yicha qoplanadi.
17. Agar kasal bo‘lib qolgan xodim montaj, sozlash va qurilish ishlari olib borilayotgan
joydan tashqarida yashasa, u holda ish haqi lavozim maoshi yoki tarif stavkasiga foiz miqdoridagi
ustama to‘lanmaydi.
18. Vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar xizmat safarlari to‘g‘risidagi
amaldagi qonunchilikka qat’iy amal qilishlari kerak va ushbu maqsadlarda sarflanadigan
mablag‘larni tejash rejimiga rioya etilishini ta’minlashlari lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son bilan
tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda
moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq, xo‘jalik subyekti
rahbarini qaroriga binoan ishlab chiqarish va boshqaruv xodimlari uchun mazkur Yo‘riqnomada
ko‘zda tutilgan normadan ortiqcha xizmat safarlari xarajatlari foyda solig‘i bo‘yicha soliq
solinadigan bazaga va jismoniy shaxsni soliq solinadigan daromadiga qo‘shiladi.
19. Xizmat safarlariga mablag‘larni sarflash ustidan nazorat moliya organlari tomonidan
amalga oshiriladi.
20. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Kengashi bilan
kelishilgan.

Download 67.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling