Qarori o‘zbekiston respublikasi ichkarisidagi xizmat safarlari to‘G‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida


O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari to‘g‘risida


Download 67.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana24.12.2022
Hajmi67.15 Kb.
#1054881
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasi ichkarisidagi xizmat safarlari to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida

O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari to‘g‘risida
YO‘RIQNOMA
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-fevraldagi 34-f-sonli va 1993-yil 16-avgustdagi 287-f-sonli
farmoyishlariga asosan ishlab chiqilgan va mulk shaklidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasi
hududida joylashgan barcha tashkilotlarga taalluqlidir.
1. Xizmat safari deb xodimni tashkilot, muassasa, birlashma, korxona rahbarini
farmoyishlari bo‘yicha, o‘zining doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirig‘ini bajarish uchun
boshqa joyga, ma’lum bir muddatga yuborilishi (borib kelish) tushuniladi.
Tashkilotni tarkibiga kiruvchi filiallar (shaxobchalar), uchastkalar va boshqa bo‘linmalar
boshqa yerda joylashgan hollarda doimiy ish joyi bo‘lib mehnat shartnomasida belgilangan ishlab
chiqarish bo‘linmasi hisoblanadi.


Doimiy ishi yo‘lda yoki ko‘chib yurish bilan bog‘liq bo‘lgan, yoxud doimiy harakatlanuvchi
tusga ega bo‘lgan xodimlarni xizmat yuzasidan borib kelishlari xizmat safari hisoblanmaydi.
2. Xodimlarni xizmat safarlariga yuborish ushbu tashkilotlarni boshliqlari tomonidan
amalga oshiriladi, buyruq va mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi xizmat safari
guvohnomasini berish bilan rasmiylashtiriladi.
3. Xodimlarni yuqori tashkilotlarga (bo‘ysunish tartibida) xizmat safarlariga yuborish ushbu
tashkilotlarni rahbarlarini chaqirig‘iga yoki ular bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
4. Xodimlarni xizmat safari muddati tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi va har bir holat
uchun yo‘ldagi vaqtni hisobga olmagan holda 40 kundan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Ushbu tartib shuningdek xodimlarni taftish va tekshirishlarni o‘tkazish uchun xizmat
safariga yuborishga ham taalluqlidir.
Montaj, sozlash va qurilish ishlarini bajarish uchun yuboriladigan xodimlar, rahbarlar va
mutaxassislarni xizmat safarlari muddati 12 oydan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Xizmat safari muddatini uzaytirish istisno tariqasida faqat xizmat safariga yuborgan
tashkilot rahbarining yozma ruxsatnomasiga asosan ruxsat beriladi.
5. Xizmat safariga yuborilgan joyda haqiqatda o‘tkazilgan vaqt xizmat safari joyiga kelgan va
xizmat safari joyidan ketgan kunlarni xizmat safari guvohnomasiga belgi qo‘yish orqali aniqlanadi.
Tashkilotlarda xizmat safarlariga ketayotgan shaxslarni va ushbu tashkilotga xizmat safariga
kelayotgan shaxslarni ro‘yxatga olish mazkur Yo‘riqnomani 2 va 3-ilovalariga binoan shakllardagi
maxsus jurnallarda yuritiladi. Tashkilotni rahbari xizmat safarlariga yuborilayotgan, xizmat
safariga ketayotgan shaxslarni ro‘yxatga olish jurnalini yuritish va xizmat safarlari guvohnomasiga
belgi qo‘yish uchun javobgar bo‘lgan shaxsni buyruq chiqarish yo‘li bilan tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda maxsus jurnallar elektron ko‘rinishda yuritilishi mumkin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari
vazirligining 2019-yil 12-avgustdagi 92 va 34-2019-QQ-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1268-1, 13.09.2019-y.)
asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan)
6. Xizmat safariga chiqish kuni bo‘lib transport vositasida 24 soat ichidagi vaqt, 00 dan va
undan kechroq vaqt — keyingi sutka hisoblanadi, kelish kuni esa — transport vositasida doimiy ish
joyiga kelish kuni hisoblanadi.
Agar stansiya, sohil (pristan), aeroport aholi yashaydigan hududdan tashqarida joylashgan
bo‘lsa, stansiya, sohil (pristan), aeroportgacha yetib olish uchun ketadigan vaqtni hisobga olish
kerak bo‘ladi. Xuddi shunday tarzda xodimni doimiy ish joyiga yetib keladigan kuni hisoblanadi.
7. Xizmat safarida bo‘lgan xodimlarga ular yuborilgan korxonalardagi ish vaqti rejimi va
dam olish vaqtlari taalluqli bo‘ladi. Xizmat safari vaqtida foydalanilmagan dam olish kunlari,
boshqa dam olish kunlari xizmat safaridan qaytganda tiklanmaydi.
Agar xodim ataydan dam olish yoki bayram kunlarida ishlash uchun xizmat safariga
yuborilgan bo‘lsa, ushbu kunlarda ishlagani uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq kompensatsiya
to‘lanadi.
Agar xodim ma’muriyatni farmoyishiga binoan xizmat majburiyatini bajarish uchun dam
olish kunida xizmat safariga ketsa, unga xizmat safaridan qaytgach belgilangan tartibda boshqa
dam olish kuni beriladi.
Xizmat safariga ketish va xizmat safaridan qaytish kunlarida ishga chiqish masalasi
ma’muriyat bilan kelishilgan holda hal qilinadi.
8. Xizmat safariga yuborilgan xodimni xizmat safarida bo‘lgan muddatida va yo‘lda bo‘lgan
muddatda ish joyi (lavozimi), ishbaylar uchun o‘rtacha ish haqi yoki lavozim maoshi yoki
xodimlarni boshqa toifalari uchun stavkalari saqlanib qoladi.
Xizmat safariga yuborilgan xodimning ish haqi uning iltimosiga ko‘ra u yuborilgan
korxonaning hisobvarag‘iga jo‘natiladi.
O‘rindoshlik asosida ishlayotgan shaxs xizmat safariga yuborilganda uning o‘rtacha ish haqi
uni xizmat safariga yuborgan tashkilotda saqlanadi. Agar xizmat safariga bir vaqtni o‘zida ham
asosiy ham o‘rindoshlik asosidagi ishi bo‘yicha xizmat safariga yuborilganda ish haqi har ikkala
lavozim bo‘yicha saqlanadi, xizmat safariga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlar esa xizmat safariga
yuboruvchi tashkilotlarni o‘zaro kelishuviga binoan taqsimlanadi.

Download 67.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling