Qarori o‘zbekiston respublikasi ichkarisidagi xizmat safarlari to‘G‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida


Download 67.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana24.12.2022
Hajmi67.15 Kb.
#1054881
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasi ichkarisidagi xizmat safarlari to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida

Oldingi tahrirga qarang.


Tashqi o‘rindoshlik asosida ishlayotgan shaxs xizmat safariga yuborilganda uning o‘rtacha
ish haqi uni xizmat safariga yuborgan tashkilotda saqlanadi, ichki o‘rindoshlik asosida ishlayotgan
shaxs xizmat safariga yuborilganda esa o‘rtacha ish haqi asosiy va o‘rindoshlik asosidagi lavozim
bo‘yicha saqlanadi.
Xodimning xizmat safari davrida tarif stavkalari, lavozim maoshlari miqdorlari oshgan
hollarda, tashkilotning ish kunlari mehnatga haq to‘lashning yangi shartlarida haqiqatda ishlagan
kunlariga to‘g‘ri keladigan soni uchun mehnatga haq to‘lovlari qayta hisoblanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari
vazirligining 2019-yil 12-avgustdagi 92 va 34-2019-QQ-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1268-1, 13.09.2019-y.)
asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
9. Xizmat safariga yuborilgan xodimga turar joy ijarasi, xizmat safari joyiga borish va ish
joyiga qaytish xarajatlari qoplanadi, shuningdek kundalik xarajatlar to‘lanadi.
Xizmat safari bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlar (telefonda gaplashish, telegraf
xarajatlari va boshqalar) xizmat safariga yuborilgan shaxsga tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan
taqdirda to‘lanadi.
10. Xizmat safariga yuborilgan joyga borish va doimiy ish joyiga qaytish bilan bog‘liq bo‘lgan
yo‘l xarajatlari xizmat safariga yuborilgan shaxsga quyidagi miqdorlarda qoplanadi:
umumiy foydalaniladigan transportni barcha turlarida yurish (taksidan tashqari) qiymati;
transportda yo‘lovchilarni majburiy davlat sug‘urtalash bo‘yicha to‘lovlar;
yo‘lda yurish hujjatlarini oldindan sotish, samolyot va poyezdlarda joylarni bronlash
xizmatlari bo‘yicha to‘lovlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda;
umumiy foydalaniladigan transport bilan (taksidan tashqari) stansiyagacha, sohilgacha
(pristangacha), aeroportgacha yetib olish xarajatlari, agar ular aholi yashaydigan hududdan
tashqarida joylashgan bo‘lsa. Istisno tariqasida (kechki poyezd, umumiy foydalaniladigan transport
yo‘q bo‘lgan taqdirda) tashkilot rahbariga taksida yurganlik uchun haq to‘lash huquqi beriladi.
Yo‘lda ko‘rpa-to‘shak buyumlaridan foydalanganlik uchun xarajatlar tasdiqlovchi
hujjatlarsiz haq to‘lashga qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yo‘l hujjatlari mavjud bo‘lmaganda, budjet tashkilotlari xodimlari uchun xizmat safari
yo‘lkirasiga haq to‘lash har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 foizi miqdorida
amalga oshiriladi.
(10-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligining 2019-yil 12-avgustdagi 92 va 34-2019-QQ-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1268-1,
13.09.2019-y.) tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yo‘l hujjatlari mavjud bo‘lmaganda, boshqa tashkilotlar xodimlari uchun jamoa kelishuvi
(shartnomalari), mehnat shartnomasida ko‘zda tutilgan, biroq har bir kilometrga bazaviy hisoblash
miqdorining 0,08 foizidan kam bo‘lmagan miqdorlarda to‘lanadi.
Kilometrlar miqdori 500 metr va undan ortiq bo‘lgan holatlarda, ko‘p tomonga yaxlitlanadi.
Kilometrlar miqdori 500 metrdan kam bo‘lgan holatlarda, kam tomonga yaxlitlanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari
vazirligining 2019-yil 12-avgustdagi 92 va 34-2019-QQ-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1268-1, 13.09.2019-y.)
asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Xizmat safarida va yo‘lda bo‘lgan vaqt uchun kundalik xarajatlar xizmat safariga
yuborilgan ishlarga jamoa shartnomalari, jamoa kelishuvlari va mehnat shartnomalarida ko‘zda
tutilgan miqdorlarda, lekin quyidagi miqdorlardan kam bo‘lmagan holda belgilanadi (respublika
bo‘yicha o‘rnatilgan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda):

Download 67.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling