Qarori “qishloqqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv institutini tashkil etish to‘G‘risida


Download 21.96 Kb.
Sana22.03.2023
Hajmi21.96 Kb.
#1287037
Bog'liq
qonun QIShloqqurilishloyiha


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
QISHLOQQURILISHLOYIHA” MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT LOYIHA-QIDIRUV INSTITUTINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
Qishloq aholi punktlarini arxitektura jihatidan rejalashtirishni tashkil etish va qishloq qurilishini loyihalashtirish tizimini tubdan yaxshilash, rivojlantirishning bosh sxemalariga va arxitekturaviy rejalashtirgan holda qurish loyihalariga, qishloq turar joylarining hamda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarining namunaviy loyihalariga muvofiq qishloq aholi punktlarini kompleks ravishda qurish, shu asosda qishloq qiyofasini qat’iyan o‘zgartirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, “O‘zqishloqloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat va “O‘zme’morqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv tashkilotlarining loyiha institutlarini birlashtirish va ular negizida ustav fondidagi davlat ulushi kamida 51 foiz bo‘lgan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Qishloqqurilishloyiha” loyiha-qidiruv institutini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Quyidagilar “Qishloqqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv institutining asosiy vazifalari etib belgilansin:
qishloqda uy-joy hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish va qurish tizimini tubdan takomillashtirishni nazarda tutadigan qishloq joylarda qurilishni kompleks rivojlantirish bo‘yicha yagona siyosat olib borish bo‘yicha bosh ixtisoslashtirilgan tashkilot funksiyalarini amalga oshirish;
qishloq aholi punktlari va hududlar qurilishini arxitekturaviy rejalashtirish jihatidan tashkil etishning bosh rivojlantirish rejalari va loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek qurilish obyektlari uchun topogeodeziya va muhandislik-geologiya qidiruv ishlarini olib borish;
joylarning tabiiy-iqlim sharoitlari va relyefini, respublika mintaqalarining ijtimoiy-demografik xususiyatlarini hisobga olib, zamonaviy qurilish materiallari va texnologiyalarini qo‘llagan holda qishloq turar joylari, qishloqda ijtimoiy-madaniy va sanitariya-maishiy obyektlarining yangi namunaviy loyihalarini ishlab chiqish;
qishloq aholi punktlarining ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini — energiya ta’minoti, suv ta’minoti va kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti va gaz ta’minoti, telekommunikatsiya va aloqa tarmoqlari hamda boshqa obyektlarni loyihalashtirish (magistral kommunikatsiyalar va obyektlar bundan mustasno);
ayrim qishloq hududlarini rivojlantirishning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va loyiha hujjatlarini barcha bosqichlarda belgilangan tartibda tasdiqlagan holda obyektlarni qurish;
loyihalashtirilgan obyektlar qurilishining barcha bosqichlarida sifatli mualliflik arxitekturaviy nazoratini ta’minlash, qishloq aholi punktlarida turar joylarni, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish va qurish sohasida normativ hamda metodologik hujjatlarni takomillashtirish;
qishloq aholi punktlaridagi turar joylar, ijtimoiy-madaniy va sanitariya-maishiy obyektlari, ishlab chiqarish infratuzilmasi va muhandislik kommunikatsiyalarining namunaviy loyihalari ma’lumotlar bazasini jamlash, tizimlashtirish va arxivlashtirish.
3. “Qishloqqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv institutining ishlab chiqarish-boshqaruv xodimlari cheklangan umumiy soni 216 nafar bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*
“Qishloqqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv instituti rahbariga belgilangan tartibda, zaruriyat bo‘lganda, institutning tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
4. “Qishloqqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv institutining faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etish uchun 2-ilovaga* muvofiq tarkibda komissiya tashkil etilsin.
Komissiya (N. Xanov) ikki oy muddatda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “Qishloqqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv instituti faoliyatini tashkil etish, shu jumladan uni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi manfaatdor loyiha-qidiruv institutlari bilan birgalikda “O‘zgazloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyatning gaz ta’minoti loyihalari, “O‘zbekkommunalloyihaqurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyatning suv ta’minoti, issiqlik ta’minoti va kanalizatsiya tarmog‘i loyihalari bo‘yicha hamda “O‘zqishloqenergoloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyatining elektr ta’minoti loyihalari bo‘yicha zarur texnik hujjatlarni yangidan tashkil etilayotgan “Qishloqqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv institutiga belgilangan tartibda topshirsin, institutning tegishli bo‘limlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlashda yordam ko‘rsatsin.
6. Belgilansinki, “Qishloqqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv instituti majburiyatlar va tuzilgan shartnomalar bo‘yicha “O‘zqishloqloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat va “O‘zme’morqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyatning huquqiy vorisi hisoblanadi.
7. “Qishloqqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv instituti O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining normativ va yo‘riqnoma hujjatlari, zarur statistika ma’lumotlari jo‘natilishi majburiy bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining “Qishloqqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv institutini Toshkent shahar, A.Qodiriy ko‘chasi, 7-uydagi “O‘zme’morqurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv tashkilotining binosiga joylashtirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “Qishloqqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv instituti va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bo‘shab qoladigan binolardan maqbul foydalanish yuzasidan ikki oy muddatda takliflar kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 27-yanvar,
PQ-1049-son
Download 21.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling