Qarori umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘G‘risida


Download 359.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana19.06.2023
Hajmi359.83 Kb.
#1600181
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
646 12.10.2020



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 
QARORI 
UMUMTA’LIM FANLARINI BILISH DARAJASINI BAHOLASHNING MILLIY TEST 
TIZIMINI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, 
ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi 
to‘g‘risida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son 
Farmonida
belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash 
hamda abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish test sinovini 
takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 
1. Quyidagilar: 
2020-yil 1-dekabrdan boshlab bosqichma-bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos 
fanlar majmuasidagi umumta’lim fanlaridan (keyingi o‘rinlarda — umumta’lim fanlari) bilish 
darajasini baholashning milliy test tizimi; 
2021/2022 o‘quv yili qabulidan boshlab tegishli umumta’lim fanini (chet tili bundan 
mustasno) bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga 
sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga 
qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan 
tabaqalashtirilgan (proporsional) ball berish tartibi joriy etilsin. 
2. Belgilansinki, umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash quyidagi muddatlarda joriy 
etiladi: 
2020-yil 1-dekabrda ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, 
qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlari bo‘yicha;
2021-yil 1-fevralda kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha; 
2022 — 2024-yillarda fizika, geografiya va tarix fanlari bo‘yicha. 
Umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test sinovlarini tashkil etish 
va umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi Davlat test markazi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilgan ta’lim sifatini 
baholash bo‘yicha tashkilot tomonidan amalga oshirilsin. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
2
1
. Milliy sertifikatning tegishli darajasiga ega matematika fani o‘qituvchilariga 
(Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani o‘qituvchilaridan tashqari) ular faoliyat olib 
borayotgan davlat ta’lim muassasasining joylashuviga qarab, bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 
shahar hududida joylashgan maktablarda 25 foiz, qishloq hududida joylashgan maktablarda 50 
foizgacha har oylik ustama haq to‘lanadi. 
(2
1
-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 646-sonli 
qaroriga
 asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2021-y., 09/21/646/0963-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
3. Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi sertifikatni 
berish uchun tuziladigan test savollari davlat ta’lim standarlariga mos ravishda hamda ta’lim o‘quv 
dasturiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan ishlab chiqiladi. 
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli 
qarori
 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son) 
4. Quyidagilar: 
umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholash bo‘yicha test sinovini tashkil etish hamda 
uning natijalari bo‘yicha davlat namunasidagi sertifikatni berish tartib-taomillarini belgilovchi 
Umumta’lim fanlaridan bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 
1-
ilovaga
 muvofiq; 
Umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikatning davlat namunasi
2-ilovaga
 
muvofiq tasdiqlansin. 


5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat 
qilish inspeksiyasi bilan birgalikda ta’lim sifatini baholash bo‘yicha faoliyat yuritadigan xalqaro 
ta’lim tashkilotlarini jalb qilgan holda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida o‘qitish sifatini 
baholashga muqobil shakllarni tatbiq etish maqsadida “Bilim va ko‘nikmalarni baholash markazi” 
nodavlat ta’lim tashkilotini tashkil qilish yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif 
kiritsin. 
Bunda “Bilim va ko‘nikmalarni baholash markazi” nodavlat ta’lim tashkilotining asosiy 
faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
xalqaro e’tirof etilgan ta’lim sifatini baholash metodikasidan kelib chiqqan holda 
umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini baholashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish; 
umumiy o‘rta ta’limda berilayotgan bilim va ko‘nikmalar sifatini tizimli baholash uchun 
nazorat ishlari materiallarini ishlab chiqish; 
ta’lim sifatini baholash bo‘yicha dasturiy mahsulot ishlab chiqish; 
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari hamda 
nodavlat ta’lim tashkilotlari va muassasalari buyurtmasiga ko‘ra saralash, qabul qilish va yakuniy 
imtihonlarni o‘tkazish;
ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat olib borish huquqini beruvchi ta’lim litsenziyalari 
va sertifikatlarini joriy etish. 
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 
3-ilovaga 
muvofiq 
o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi 
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni 
bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 
ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin. 

Download 359.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling