Qarsak enerjayzeri mavzusida uslubiy qo’llanma


Download 12.24 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi12.24 Kb.
#1595782
Bog'liq
Qarsak enerjayzeri


Qarsak enerjayzeri mavzusida uslubiy qo’llanma
Zamonaviy o‘qituvchi o‘zining bilim, ko‘nikma va malakalarini amaliyotda, ya’ni ta’lim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etishda samarali qo‘llay olishi
- kasbiy kompetentligining eng asosiy komponentidir. ,
– dunyo va mamlakatda ta’lim taraqqiyoti bosqichlarini bilishi, xalq ta’limi tizimida o‘quv-tarbiya jarayoni mazmunini ta’minlashga, uzviylik va uzluksizligiga amal qilish;
– o’quvchilarning ruhiy, jismoniy rivojlanishi va yosh hususiyatlari qonuniyatlarini bilishi, ta’lim-tarbiyada pedagogik-psixologik yondashuvga asoslanish;
– o‘quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etishda darsning aniq bosqichi uchun samarali zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari hamda metodlarni to‘g‘ri tanlash va qo‘llay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
– o‘quv-tarbiya va darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida bolalar hayoti va sog‘ligi, texnik hamda axborot havfsizligini ta’minlashga tayyor bo‘lish;
– dars jarayonida mediaresurslar va elektron tarmoq imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda mediahavfsizlik me’yorlariga amal qilish;
Hozirgi zamon pedagogiglari olib boralayotgan ilmiy izlanishlarga nazar tashlasak, turli soha va mutaxassisliklarga, fan va uslublarga, o‘qitish usullari, texnologiyalariga juda ko‘p e’tibor qaratilganligini sezamiz. Ammo ana shu pedagogik usullarni tushunish, ularni amaliy faoliyatda qo‘llash masalasi eng dolzarb muammolardan biriga aylanganligini ta’kidlash mumkin.
Ta’lim metodlari muayyan pedagogik jarayondan ko’zda tutilgan maqsadlarga erishish uchun bajarish lozim bo’lgan vazifalarii amalga oshirishda qo’llaniladigan turli-tuman ish usullari va shakllarini o’z ichiga oladi. Bu ishlarni amalga oshirishning shakllangan va amaliyotda qo’llanilayotgan har turli usullari va shakllari asosida ko’plab ta’lim metodlari hosil bo’lgan va bu jarayon davom etmoqda.
Muayyan ta’lim-tarbiyaviy maqsadga qaratilgan biror harakatni amalga oshirish yo’li, usuli yoki ko’rinishidan iborat bo’lib shakllangan faoliyat shu maqsadga erishishga xizmat qiluvchi o’ziga xos ta’lim metodini hosil qiladi. Bunda harakatni amalga oshirish yo’li deb bajarilishi talab qilinayotgan faoliyat uchun qo’llash mumkin bo’lgan bir nechta yo’llardan oldindan ko’zda tutilgan maqsadga muvofiq ravishda tanlangan yo’lni aytiladi.
Qarsak enerjayzeri metodni qo’llashdagi harakatni amalga oshirish ko’rinishi harakatning kuzatiladigan o’zgarishlari, vaziyatlari, tezligi va uning ortishi yoki sekinlashuvi, to’xtashlari, bir nechta harakatlarning bir vaqtdaligi yoki ularning vaqt oraliqlari, harakatlar natijasi, amaliy ishlar bajarish mashulotlarida esa, ishlov berilayotgan shakllar, fazoviy xolatlar, ranglar, qattiq-yumshoqlik, sirtlarning tekisligi yoki adir-budurligi o’zgarishlari va boshqa kuzatish mumkin bo’lgan turli harakat ko’rinishlari nazarda tutiladi.
Inson faoliyatining barcha sohalarida tegishli qarsak enerjayzerida foydalaniladi. Bu metodning eng umumiy belgisini hisobga olgan holda ularni borliqni amaliy yoki nazariy o’zlashtirish operastiyalarining yoki yo’llarining yig’indisi deyish mumkin. Ushbu qo’llanmada qarsak enerjayzeri tushunchasini ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog’liq jihatlardan ko’rib chiqiladi. Shunga muvofiq ta’lim qarsak enerjayzeri bilan bog’liq eng asosiy tushunchalarning izohlarini ko’rib chiqamiz/
Qarsaklarning juda katta ahamiyati bor. U olqishlash bilan bir qatorda kuchli adrenalin ham hisoblanadi. Qarsaklarda qarzdorlik hissi va ogohlantirish mavjud. Qarsaklar so'zsiz rahmat ifodasi.Ta'lim metodida qarsakning o'rni qanday.
1. Shovqinli auditoriyani tinchlantiradi. Agar tinglovchilarning diqqati tarqoq bo'lsa yoki o'zaro munozaraga kirishib ketgan bo'lsalar ularga yuzlanib: "Meni tinglayotganlar 1 marta qarsak chalsin" undan keyin "Meni diqqat bilan tinglayotganlar 2 marta qarsak chalsin" deb aytsangiz, auditoriya tinchlanib qoladi.
2. Mamnunlikni paydo qiladi. Darsingiz tugaganidan keyin tinglovchilarga qarsak chaldiring va "Bu qarsaklar bugun aziz vaqtingizni ajratganingiz, mehmonim bo'lganingiz, ozgina bo'lsa-da, foydali narsalarni o'rganib ketganingiz uchun" deb evazlikni ta'kidlab qo'ying. Shunda tinglovchilar sarflagan vaqtidan va darsingizdan, qolaversa, sizdan mamnun bo'ladi
3. Adrenalin yoki enerjayzer. Mabodo darsingizning o'rtasida biror tinglovchingiz esnashni boshladi, kimdadir mudroqlik bor, balki orqa o'rinlarda birovi uxlab ham qolgan bo'lishi mumkin. Yana auditoriyadan qarsak chalishni so'rang. Bu qarsaklar adrenalinni kuchaytirib yuboradi. Uyqusi uchib, munozaraga berilib ketadi.
4. Ogohlantirish. Sizda kechikib yuradiganlar, vazifalarni bajarmaydiganlar bor. Kechikkanlarni qarsak chalib kutib oling. Bu qarsaklar kechikuvchini aniq xijolat qiladi va uni so'zsiz ogohlantirdi.
5. Qarzdorlik hissini uyg'otadi. Bu qarsak ham o'quvchiga, ham o'qituvchiga qaratilgan bo'lishi mumkin. Kichkina muvaffaqiyatni ham katta qadrlasangiz, u katta muvaffaqiyatga aylanadi. Amallab dars o'tgan o'qituvchini dars so'ngida o'quvchilar minnatdorlik uchun qarsak chalib kuzatib qo'ysalar, keyingi mashg'ulotda undan qutiladilar yoki undan katta narsalarni kutib oladilar. Agar siz sinf rahbari bo'lsangiz, buni o'quvchilaringizga o'rgatib qo'ying.
Bir narsani unutmaylik: o'quvchilarda qay momentda chalingan qarsak qay maqsadga yo'nalganini bilishni, qarsakdan xulosa chiqarishni ham shakllantirish kerak.
Download 12.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling