Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja
Download 1.82 Mb.
|
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi
fanlar bilan o`zaro aloqasi.
«Dinshunoslik» dinning paydo bo'lishi va rivojlanishi tarixini, uning ijtimoiy, gnesologiq psixologik ildizlarini, turli xil dinlar ta'limotining vujudga kelishi va shakllanishini o'rgatuvchi fandir, ta'limot va o'kuv predmetidir, u dastlabki diniy tasavvurlarning paydo bulishidan urug'-qabila, milliy va jahon dinlari paydo bo'lgan barcha ijtimoiy xodisalarni, ma'naviy omillarni – mafkura va aqidalar, urfodat va marosimlar, masjid va diniy tashkilotlarning talab va tartiblarini o'rganish, tahlil kilishni ko'zda tutadi. Din muammolariga xos dastlabki g'oyalar Markaziy Osiyoda – deizm, panteizm va boshqalar, bu o'lkada yashagan, ijod qilgan ulug' allomalar Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyomning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida, Ibn Rushdning «Ikki haqiqat» ta'limotida olg'a surilgan edi. XVII asrda Boburning nabirasi Shox Akbar, so'ngra XVII asrda fransuz faylasuflarining dinga, diniy tashkilotlarga munosabatlari XIX asrda ilmiy dinshunoslik doirasida yangi oqim, yunalish va nazariyalar yuzaga kelishiga katta turtki bo'lgan. Dinshunoslik kursini o'qitishdan 1-maqsad talabalarni din va diniy ta'limotlarning diniy talqinidan tashqari ilmiy tushuncha, ta'limot, nazariya, falsafiy xulosalar bilan qurollantirishdan iborat. Buning uchun hozirgi zamon fani yutuqlari asosida dinning kelib chiqishi, evolyusiyasi, hozirgi xolati, insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy hayotida tutgan o'rni haqida ilmiy-nazariy ta'limotlar bilan qurollantirish ko'zda tutiladi. 2-maqsad O'rta Osiyoda, shu jumladan O'zbekistonda IX asrdan boshlab islom yagona hukmron dinga aylanganligi, xalqimiz turmush tarziga chuqur kirib borganligini hisobga olib, uning shaxs, oila, jamiyat hayotida tutgan o'rni, madaniyat va ma'naviyat, san'at va adabiyotni boyitishga qo'shgan xissasi xususida talabalarni ilmiy-falsafiy bilimlar asosida fikr yuritishga o'rgatilishidan iborat. 3-maqsad talabalarda ibtidoiy dinlardan tortib to jahon dinlarigacha bo'lgan dinlarning shakllari, ta'limotlari, yo'nalish va oqimlari mazhab va sektalari haqida umumiy ilmiy tasavvur hosil qilish orqali o'zlari mustaqil falsafiy xulosalar chiqara olish malakasini hosil qilishdan iborat. «Dinshunoslik» kursining vazifalari quyidagilardan iborat: Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling