Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja
Download 1.82 Mb.
|
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi
3-reja bayoni. Internet tarmog’ida
axborot urushi Rossiyalik yetakchi mutaxassislar yozishicha, axborot urushi (information war) – strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun raqibning axborot maydoniga informatsion ta’sir ko‘rsatish harakatidir. Axborot urushi «targ‘ibot» (propaganda) atamasiga bevosita bog‘liq. «Targ‘ibot» atamasini Rim Papasi 1622-yili, katoliklar va protestantlar o‘rtasidagi o‘ttiz yillik urushda ilk bor qo‘llagan. Papa mag‘lub bo‘layotgan katoliklarning jangovor ruhini ko‘tarish maqsadida maxsus kongregatsiya – iymon targ‘iboti bo‘limini ishga tushirgan. 1622-yildan birinchi Jahon urushigacha targ‘ibot atamasi diniy ma’noda qo‘llanilgan. Dushman qo‘shinlari va kuchlariga ta’sir qilish uchun maxsus bo‘linmalar ilk bor ana shu urushlar davomida paydo bo‘ldi. «Axborot urushi» atamasi ilk bor 1967-yili tilga olingan bo‘lib, bu iboraning muallifi sobiq Sovet ittifoqiga qarshi boshlangan axborot urushining asoschilaridan biri Allen Dallesdir. 1985-yili axborot urushi atamasi Xitoyda ham qo‘llangan. 1992-yili AQSh harbiy qo‘mondonligi Fors ko‘rfazida amalga oshirilgan «Sahrodagi bo‘ron» amaliyoti uchun «Axborot urushi» deb nomlagan alohida hujjat ham ishlab chiqqan. «Axborot urushi» atamasi 1995-yilda Rossiyada ham paydo bo‘ldi. Axborot urushi – raqib sanalgan mamlakat rahbariyatiga, uning jamoatchilik yoki diniy tashkilotlariga va ular qabul qiladigan qarorlarga ta’sir ko‘rsatish, ijtimoiy fikr va jamoatchilik ongini o‘ziga kerakli yo‘nalishda shakllantirishga urinishdir. Ta’sir qilishning asosiy dastaklari – kitoblar, kinofilmlar, televideniye, internet, OAV nashrlari. Axborot urushining muhim jihati – raqibning rahbariga psixologik bosim o‘tkazib, uni «kerakli» qarorlarni qabul qilishga majbur qila bilishdir. Misol uchun, kerakli laqablar o‘ylab topiladi (kofir, tog‘ut, munofiq, vahhobiy va hokazo), turli xil dezinformatsiya, ya’ni haqiqatdan yiroq axborotlar tarqatiladi. Yolg‘on maqsadlar sari yo‘nalishga majbur qiluvchi xatti-harakatlar va vahima uyg‘otuvchi uslublar qo‘llaniladi. Axborot ta’siri – dalillarni (faktlarni) buzib ko‘rsatish yoki raqibning tabiiy idrok qilish qobiliyatini so‘ndirish, uning fikrini his-tuyg‘ular (emotsiyalar), kuchli hissiyotlar ta’sirida ushlab turish, ya’ni “jahl chiqsa, aql ketadi” degan holatga olib kelish. Misol uchun, G‘arb ommaviy axborot vositalari (OAV) va «Al-Jazira» telekanalining Qaddofiy samolyotlari «tinch» namoyishchilarni «bombardimon qilgani» oqibatida Liviya ko‘chalarida yuzlab o‘liklar yotgani, begunoh xalq ayovsiz qirilayotgani haqidagi axborotlardan so‘ng BMT maxsus rezolyutsiya qabul qilishga «majbur» bo‘ldi. Haqiqatdan yiroq bu axborotlar ta’siri ostida NATO Liviyani bombardimon qilishi va yaqin kelajakda bu mamlakat Afg‘oniston va Iroq kabi bosib olinishi mumkin bo‘lib qoldi… Axborot hujumlari hatto musulmon olamining mashhur va nufuzli olimi Yusuf Qarzoviyni ham chetlab o‘tmadi. Shayx Qarzoviy ham yolg‘on axborot (dezinformatsiya) qurboniga aylanib, Qaddofiyning hokimiyatda qolishiga qarshi fatvo berib yubordi. Ba’zi imomlar esa Qaddofiyni Allohning va dinning dushmani deb, unga takfir e’lon qilishdi. Ehtimol, u yomon siyosatchi bo‘lgandir, biroq u Afrika qit’asidagi ko‘plab qabilalarning Islomga kelishiga sababchi bo‘lgan, dunyodagi ko‘plab musulmonlarga homiylik qilib turadigan, namozxon kishi edi. Vaholanki, Liviyada yashayotganlar telefon orqali hech qanday bombardimonlar bo‘lmaganini, o‘liklar ham yo‘qligini, bolalar maktablariga, kattalar esa ishlariga borib kelayotganini aytib turdilar. Haqiqiy bombardimonlar esa BMT qabul qilgan rezolyutsiyadan keyin, G‘arb koalitsiyasi tomonidan amalga oshirildi. Bu elektron OAVlaridagi yolg‘on va soxta axborotning (dezinformatsiya) yopirilishi va uning oqibatiga bir misoldir. Yuqorida aytilganlarga qo‘shimcha qilib aytish mumkinki, axborot ta’siri kutilgan natijani berishi uchun zarur paytda yolg‘on xabar tarqatish (dezinformatsiya) bosimini kuchaytirib, axborot jang maydonini (poligonini) yolg‘on ma’lumotga to‘ldirib yuborish, zarur paytlarda esa axborot bo‘shlig‘ini (vakuum), ya’ni axborot olish juda muhim bo‘lgan vaqtda axborot bermay «axborot ochligini» tashkil qilish kabi usullardan foydalanish mumkin. Axborot urushlari turli xil aloqa (kommunikatsiya) vositalari yordamida amalga oshiriladi. Vositalar navi (assortimenti) juda boy bo‘lib, unga mashhur OAVlardan boshlab mish-mishlar, g‘iybatlar va hatto latifalargacha (anekdot) kiritish mumkin. Kechagi axborot urushlari bugungisidan batamom farq qiladi. Yangi zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanib ketishi, sun’iy yo‘ldosh televideniyelar, internet tarmoqlar boshqalar uchun yopiq bo‘lgan ma’lum hudud, ya’ni lokal konfliktlarning zudlik bilan tarqalishi ularga olamshumul ahamiyat berilishiga sabab bo‘ldi. Bugungi kunda Xitoyda 500 million, Rossiyada esa 50 millionga yaqin internetdan foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tgan. Endilikda ijobiy yoki salbiy mazmundagi axborotlarning global tarmoqqa chiqishi uchun bir soniya kifoya. Bu axborotlarning nafaqat milliy manfaatlar, xavfsizlik va mamlakat suverenitetiga, balki shu mamlakatda yashayotgan musulmonlarga ham aloqasi bor. «Islomiy omil» esa bugungi kun axborot urushida yetakchi o‘rinni egallab oldi. Axborot urushini oddiy reklamadan farqlaydigan jiddiy belgi shuki, bunda asosiy maqsad qarshi tarafga nisbatan uning maqsadi va unga yetishish vositalaridan to‘liq foydalanishiga to‘sqinlik qilish, chalg‘itishdir. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling