Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti


Download 59.83 Kb.
bet15/24
Sana04.11.2021
Hajmi59.83 Kb.
#170827
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
Ona til.oq.met.( sirtqi

3-mavzu. Savod o‘rgatishda mashq turlari. Savod o‘rgatish davrida boshlang‘ich yozuvga o‘rgatish

Savod o‘rgatishda nutq o‘stirish. Savod o‘rgatishni to‘g‘ri tashkil etish uchun bolalarning unga nutqiy tayyorgarligini maxsus o‘rganish talab etiladi. Oldin bolalarni maxsus o‘rganish avgust oyida, hatto undan oldin — bahordan bosh-langan. Bunda 1-sinfga keladigan o‘quvchining oilasiga yoki bolalar bog‘chasiga borilgan, suhbat o‘tkazilgan, bolalarning umumiy bilim saviyasi aniqlangan.

Hozir 1-sinfga qabul qilinadigan bolalar savod o‘rgatishga max­sus tayyorlanyaptilar. Ular uchun bir-ikki, ba'zi joylarda uch-to‘rt oylik tayyorlov sinflari tashkil qilingan. Tayyorlov mashg‘ulotlarda bolalar tovush-harf bilan tanishtirilyapti, elementer tarzda yozuvga ham o‘rgatilyapti. Metodistlar tayyorlov sinflar uchun aniq talablar, metodik tavsiyalar ishlab chiqishmoqda. Savod o‘rgatish davrida o‘qish va yozish darslari.

Savod o‘rgatish jarayoni. Analitik-sintetik (tahlil-tarkib) tovush metodida savod o‘rgatish jarayoni 4 oy davom etadi. Bu jarayon quyidagi 2 davrga bo‘linadi:

a) alifbogacha tayyorgarlik davri (2 hafta);

b) alifbo davri (31 dekabrgacha davom etadi).

Alifbogacha tayyorgarlik davri. Bu davming asosiy vazifasi o‘quvchilarni maktab, sinf, tartib-intizom qoidalari va o‘quv qurollari bilan tanishtirish, nutq o‘stirishga oid mashqlar o‘tkazib, fonematik eshit-ishni o‘stirishdan iboratdi*.

Alifbogacha tayyorgarlik davri, o‘z navbatida, quyidagi 2 bosqichga bo‘linadi:

1. Harf o‘rganilmaydigan bosqich (1 hafta). 2. Unli tovush va harf o‘rganiladigan bosqich (1 hafta).

Alifbo davri. Bu davr 31-dekabrgacha davom etib, unda o‘quvchilar alifbodagi barcha unli va undosh tovush-harflar bilan tanishtiriladi. Undoshlar osondan qiyinga tamoyili asosida joylashtiriladi. Oldin sonor tovushlar (n, m, I kabi), keyin esa sirg‘aluvchi va boshqa un­doshlar: ikki tovushni ifodalaydigan j, harf birikmalari (ng, sh, ch), tovush bildirmaydigan tutuq belgisi (') bilan tanishtiriladi.

Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar nutqini o‘stirish.Boshlang‘ich ta'limning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilar nutqini o‘stirishdir. Nutq o‘stirish uch yo‘nalishda: so‘z ustida ishlash, so‘z birikmasi va gap ustida ishlash, bog‘lanishli nutq ustida ishlash orqali amalga oshirilishi metodik adabiyotlarda qayd etilgan.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: muammoli ta’lim, dialogik yondoshuv. “Ajurali arra”, “Klaster”,o‘z-o‘zini nazorat metodlari, savol-javob, munozara, kichik guruhlarda ishlash .

Adabiyotlar: A1; A2;Q2; Q3; Q4; Q5; Q7; Q10; Q12; Q13; Q15;Q16; Q17; Q21.




Download 59.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling