Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti


Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar


Download 59.83 Kb.
bet7/24
Sana04.11.2021
Hajmi59.83 Kb.
#170827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
Ona til.oq.met.( sirtqi

Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Ona tili o‘qitish mеtodikasini o‘qitishda darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, elеktron materiallardan foydalanish, zamonaviy axborot va pеdagogik tеxnologiyalarni qo‘llash, intеrfaol usullarni, ta’limiy vositalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish muhim ahamiyatga ega.



Fanning hajmi.



Mashg‘ulot turi

Ajratilgan soat

3-semestr

4-semestr



Nazariy

6

10



Amaliy mashg‘ulot

10

14



Seminar

-

-



Mustaqil ta’lim

74

96




Jami

90

120






Mashg‘ulot turi

Ajratilgan soat

5-semestr

6-semestr

7-semestr



Nazariy

20

30

16



Amaliy mashg‘ulot

26

54

16



Seminar

14

26

-



Mustaqil ta’lim

50

80

148




Jami

110

190

120


III. Аsоsiy nazariy qism( ma’ruza mashg‘ulotlari)

1-Modul. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasining umumiy masalalari. Savod o‘rgatish mеtodikasi

1-mavzu. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish mеtodikasi fanining prеdmеti va vazifalari. Savod o‘rgatish mеtodikasining maqsad va vazifalari

Ona tili o‘qitish prinsiplari, ona tili o‘qitish mеtodikasining tеkshirish usullari. Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. “Ajurali arra”, “Klaster”, savol-javob, munozara, kichik guruhlarda ishlash, o‘z-o‘zini nazorat metodlari.

Adabiyotlar: A1; A2; Q3; Q4; Q5; Q7; Q10; Q12; Q13; Q15;Q16; Q17; Q19.

2-Modul. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitishning xususiy masalalari.

2-mavzu. Savod o‘rgatishda hozirgi zamon analiz-sintеz tovush mеtodi. Savod o‘rgatish jarayoni bosqichlari

Bolalarning savod o‘rgatishga tayyorgarligini o‘rganish. Savod o‘rgatishda tayyorlov davri, bu bosqichdagi o‘qish va yozuv darslarining mavzulari hamda ish turlari. O‘ qish va yozish nutqiy faoliyat turidir. Maktabda endigina o‘qishni boshlagan bola va savodli kishining o‘qish va yozuv jarayonida psixo-fiziologik tahlil. O‘ zbek tilining tovush tuzilishi va grafikasi, ularning o‘zaro bog‘liqligi. o‘zbek tilining tovush tizimi va yozuvi. o‘zbek tili yozuvi fonematik yozuv hisoblanadi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. “Ajurali arra”, “Klaster”, savol-javob, munozara, kichik guruhlarda ishlash, o‘z-o‘zini nazorat metodlari.

Adabiyotlar: A1; A2; Q3; Q4; Q5; Q7; Q10; Q12; Q13; Q15;Q16; Q17; Q19.



3-mavzu. Savod o‘rgatishda mashq turlari. Savod o‘rgatish davrida boshlang‘ich yozuvga o‘rgatish

Savod o‘rgatishda nutq o‘stirish. Savod o‘rgatishni to‘g‘ri tashkil etish uchun bolalarning unga nutqiy tayyorgarligini maxsus o‘rganish talab etiladi. Oldin bolalarni maxsus o‘rganish avgust oyida, hatto undan oldin — bahordan bosh-langan. Bunda 1-sinfga keladigan o‘quvchining oilasiga yoki bolalar bog‘chasiga borilgan, suhbat o‘tkazilgan, bolalarning umumiy bilim saviyasi aniqlangan.

Hozir 1-sinfga qabul qilinadigan bolalar savod o‘rgatishga max­sus tayyorlanyaptilar. Ular uchun bir-ikki, ba'zi joylarda uch-to‘rt oylik tayyorlov sinflari tashkil qilingan. Tayyorlov mashg‘ulotlarda bolalar tovush-harf bilan tanishtirilyapti, elementer tarzda yozuvga ham o‘rgatilyapti. Metodistlar tayyorlov sinflar uchun aniq talablar, metodik tavsiyalar ishlab chiqishmoqda. Savod o‘rgatish davrida o‘qish va yozish darslari.

Savod o‘rgatish jarayoni. Analitik-sintetik (tahlil-tarkib) tovush metodida savod o‘rgatish jarayoni 4 oy davom etadi. Bu jarayon quyidagi 2 davrga bo‘linadi:

a) alifbogacha tayyorgarlik davri (2 hafta);

b) alifbo davri (31 dekabrgacha davom etadi).

Alifbogacha tayyorgarlik davri. Bu davming asosiy vazifasi o‘quvchilarni maktab, sinf, tartib-intizom qoidalari va o‘quv qurollari bilan tanishtirish, nutq o‘stirishga oid mashqlar o‘tkazib, fonematik eshit-ishni o‘stirishdan iboratdi*.

Alifbogacha tayyorgarlik davri, o‘z navbatida, quyidagi 2 bosqichga bo‘linadi:

1. Harf o‘rganilmaydigan bosqich (1 hafta). 2. Unli tovush va harf o‘rganiladigan bosqich (1 hafta).

Alifbo davri. Bu davr 31-dekabrgacha davom etib, unda o‘quvchilar alifbodagi barcha unli va undosh tovush-harflar bilan tanishtiriladi. Undoshlar osondan qiyinga tamoyili asosida joylashtiriladi. Oldin sonor tovushlar (n, m, I kabi), keyin esa sirg‘aluvchi va boshqa un­doshlar: ikki tovushni ifodalaydigan j, harf birikmalari (ng, sh, ch), tovush bildirmaydigan tutuq belgisi (') bilan tanishtiriladi.

Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar nutqini o‘stirish.Boshlang‘ich ta'limning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilar nutqini o‘stirishdir. Nutq o‘stirish uch yo‘nalishda: so‘z ustida ishlash, so‘z birikmasi va gap ustida ishlash, bog‘lanishli nutq ustida ishlash orqali amalga oshirilishi metodik adabiyotlarda qayd etilgan.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: muammoli ta’lim, dialogik yondoshuv. “Ajurali arra”, “Klaster”,o‘z-o‘zini nazorat metodlari, savol-javob, munozara, kichik guruhlarda ishlash .

Adabiyotlar: A1; A2;Q2; Q3; Q4; Q5; Q7; Q10; Q12; Q13; Q15;Q16; Q17; Q21.




Download 59.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling