Qarshi davlat universiteti fizika fakulteti


Download 0.73 Mb.
bet4/7
Sana14.03.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1268156
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Issiqlik nurlanishlari uchun Reley-Jins qonuni va Plank formulasi KURSSSSS

Vin qonuni. Muvozanatli issiqlik nurlanishi energiyasining to‘lqin uzunliklar bo‘yicha taqsimlanishini nemis fizigi V.Vin 1893-yilda nazariy jihatdan oTgandi. Vin o‘z izlanishlari natijalari asosida quyidagi xulosaga keldi: absolut qora jism issiqlik nurlanishi energiyasining to‘lqin uzunliklar bo‘yicha taqsimlanishi zichligida maksimum mavjud bo‘lib, bu maksimum λmax to‘lqin uzunligiga to‘g‘ri keladi va quyidagi munosabat orqali aniqlanadi:
λmax ·T = b, (2.3)
bu formulada λmax— absolut qora jism nurlanishi energiyasining maksimumidagi to‘lqin uzunligidir, T ~ absolut qora jismning absolut temperaturasi, b — o'zgarmas kattalik bo‘lib, Vin doimiyligi deyiladi, h ning tajribalar asosida aniqlangan qiymati b = 2,9 · 10-3 m·K. (2.3) formuladan ko‘rinadiki, qora jismning temperaturasi - T qancha yuqori bo'lsa, λmax shuncha kichikroq qiymatga ega bo’ladi. Vin qonuni siljish qonuni ham deyiladi va bu qonun tajribalarda tasdiqlangan. Vin qonunini yana quyidagicha ta’riflash mumkin: absolut qora jism nurlanish spektrida maksimal energiyaga to ‘g‘ri keladigan to‘lqin uzunligi absolut temperaturaga teskari proporsionaldir. Vin qonuni asosida qizigan jismlaming (metallar, erituvchi pechlar, atom portlashidan hosil bo’ladigan bulutlar) spektriga qarab ulaming temperaturasini aniqlashning optik pirometriya usuli ishlab chiqilgan. Shu usuldan foydalanib birinchi marta Quyosh sirti temperaturasi o‘lchangan. Yer sirtiga keladigan Quyosh nurlari energiyasining maksimumi to‘lqin uzunligi λmax=0,47mkm bo’lgan ko'zga ko'rinadigan sohaga to‘g‘ri keladi. Vin qonuniga asosan Quyosh sirtining absolut temperaturasi quyidagi formula asosida hisoblab topilgan:
T = ≈6160 K
Vin formulasi. 1896-yilda nemis olimi Vin har bir tebranish modasi (kovak bo‘shlig‘idagi turg'un to‘lqinlar) E(ν) - energiyani tashuvchidir degan g‘oyani taklif qildi. Lekin berilgan chastotada hamma modalar uyg'otilmagan. Uyg'otilgan modalarning nisbiy soni ∆N /N Bolsman taqsimoti qonuni orqali aniqlanadi:
∆N/N =e-E/kT (2.4)
Bundan esa chastotasi ν-bo‘lgan modaga to‘g‘ri keladigan o'rtacha energiya quyidagicha ifodalanadi:
E=E(ν)·∆N/N = E(v)·e-E/kT (2.5)
Vin umumiy termodinamik mulohazalardan shunday xulosaga keldiki, har bir moda energiyasi chastotaga proporsional bo'ladi:
E(ν) = hν (2.6)
(2.6) formulada h — proporsionallik koeffisienti bo'lib, hali u davrda Plank doimiysi ekanligi aniqlanmagan edi. U vaqtda (2.6) formulani hisobga olgan holda

formulani quyidagicha yozish mumkin bo‘ladi:
(2.7)
(2.7) formula Vin formulasi deyiladi. ρν ning Vin formulasi asosida hisoblangan qiymatlari issiqlik nurlanishi spektrining yuqori chastotalar sohasida tajribadan olingan natijalar bilan mos keladi (2.1-rasmda tutash chiziq). Kichik chastotalar sohasida Vin formulasi asosida hisoblangan pv ning qiymatlari tajribadan olingan qiymatlardan kichikroq qiymatlarni beradi. Shunday qilib, Vin formulasi issiqlik nurlanishi spektrining yuqori chastotalar sohasida tajriba natijalari bilan mos keladigan to‘g‘ri natijalarni beradi. Reley-Jins formulasi esa spektming kichik chastotalar sohasida tajriba natijalari bilan mos keladigan to‘g‘ri natijalarni beradi. Lekin har ikkala formula ham spektming o'rta qismini yoki to‘liq spektrni tushuntira olmadi. Bunday hol issiqlik nurlanishi nazariyasini klassik fizika qonunlari asosida tushuntirib bo'lmasligini ko'rsatadi.




Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling