Qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti fizika kafedrasi


Download 33.5 Kb.
Sana19.11.2020
Hajmi33.5 Kb.
#147702
Bog'liq
FANIDAN HAQIDA MA’LUMOT 2020 (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
FIZIKA KAFEDRASI


Ro‘yxatga olindi: “Tasdiqlayman”

________ O‘quv ishlari prorektori_________

2020 yil________ __________ 2020yil



FANIDAN HAQIDA MA’LUMOT

Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar soha

Ta`lim sohasi: 140000 – Tabiiy fanlar

Ta`lim yo`nalishi: 5140200 – Fizika



Ma’ruza: 18 soat

Laboratoriya mashg’uloti: 18 soat

Amaliy mashg’ulot 18 soat

Mustaqil ish: 46 soat

Jami: 100 soat

Ma’ruzachi: dots. B. Qo’yliyev

o’q. Q. Davronov


Qarshi shahri, 2020 yil

5140200–Fizika ta’lim yo’nalishi bakalavrlar uchun 7-semestrda o’qitiladi.

Maqsad: Amaliy optika va spektroskopiya fani fizika sohasining o‘ta dolzarb muommolariga tegishli bo‘lib, elektromagnit nurlanishlarning muhitlarni tashkil qilgan atom va molekulalari bilan o‘zaro ta’sirlashuvi jarayonida sodir bo‘ladigan fizik hodisalarni klassik hamda zamonaviy spektral qurilmalarda optik usullar bilan qayd qilish va fizik qonunlarni o‘rganishni nazarda tutadi.

Jumladan, Mustaqil Respublikamizda shu sohada tadqiqot olib boradigan olimlar va OO‘YU lari to‘g‘risida gapiramiz. O‘zMU, SamDU, SPbU, KMU, QarshiDU.



Fanning asosiy vazifasi: Zamonaviy va klassik optik qurilmalar bilan tanishtirish, ularni ishlash prinsipi va asosiy xarakteristikalarini o‘rganish, nurlanish spektrlarini fotografik va fotoelektrik usullar bilan qayd qilish, elektromagnit to‘lqinlarni muhitlarning atom va molekulalari bilan o‘zaro ta’sirlashuv jarayonidagi fizik hodisalarni hamda optik qurilmalarni amaliyotdagi o‘rni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganishdan iborat.

Amaliy optika va spektroskopiya, optika fanining mantiqiy davomi bo‘lib, fizikaviy jarayonlarni optik usullar bilan qayd qilish imkoniyatlarini ochib beruvchi fan xisoblanadi Ma’lumki fizika fanining barcha sohalari oldidagi asosiy vazifalardan biri moddalarning (muxitlarning) uch agregat xolati hisoblangan (plazmadan tashqari) gaz, suyuq (yumshoq ) va qattiq jismlarning xossalarini (tuzilishlarini) o‘rganishga qaratilgan.

Ayniqsa atom va molekulalarning tashqi ta’sir –temperatura, bosim kabi o‘zgarishlar bilan bog‘liq fizik qonuniyatlarini tadqiq qilish dolzarb masalalardan iborat.

Masalan: Temperaturaning ta’sirida moddalardagi fazoviy o‘tishlar to‘g‘risida ma’lumot beriladi.



Fizikaning barcha sohalaridagi asosiy muammo muhitlar strukturasini o‘rganish jarayonida sodir bo‘ladigan qonuniyatlarni yuqori aniqlikda qayd qilishdan iborat elektromagnit nurlanishlarni muhit atom va molekulasi bilan o‘zaro ta’siri hisobiga hosil bo‘ladigan jarayonlar.

Masalan: Shunday fizik jarayonlar borki u 10-12 10-13s oralig‘ida sodir bo‘lib, relaksatsion jarayonlar deb ataladi. Asosiy vazifa shu jarayonlarni optik usullar bilan qayd qilish lozim (optik qurilmada).
Download 33.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling