Qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti


Download 168.61 Kb.
bet2/2
Sana18.08.2020
Hajmi168.61 Kb.
#126759
1   2
Bog'liq
Ax Jovliyev mustaqil ish


2. Prеdmеtning asosiy tushunchalari va maqsadi
Axborotning muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma’lum. Shuning uchun ham

qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo‘llanilgan. Ulardan biri – sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o‘qiy

olmagan. Asrlar davomida bu san’at – sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari,

davlatning elchixona rеzidеntsiyalari va razvеdka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir nеcha o‘n yil oldin hamma narsa tubdan o‘zgardi, ya’ni axborot o‘z qiymatiga ega bo‘ldi va kеng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, uzatishadi, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni o‘g‘irlaydilar, buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug‘iladi. Axborotni qayta ishlash sanoatining paydo bo‘lishi axborotni himoyalash sanoatining paydo bo‘lishiga olib kеladi.

Avtomatlashtiriltan axborot tizimlarida axborotlar o‘zining hayotiy davriga ega

bo‘ladi. Bu davr uni yaratish, undan foydalanish va kеrak bo‘lmaganda yo‘qotishdan



iboratdir (2-rasm).

Axborotlar hayotiy davrining har bir bosqichida ularning himoyalanganlik

darajasi turlicha baholanadi.

Maxfiy va qimmatbaho axborotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyalash eng muhim

vazifalardan biri sanaladi. Kompyutеr egalari va foydalanuvchilarning mulki

huquqlarini himoyalash - bu ishlab chiqarilayotgan axborotlarni jiddiy iqtisodiy va

boshqa moddiy hamda nomoddiy zararlar kеltirishi mumkin bo‘lgan turli kirishlar va

o‘g‘irlashlardan himoyalashdir.



Axborot xavfsizligi dеb, ma’lumotlarni yo‘qotish va o‘zgartirishga yo‘naltirilgan

tabiiy yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan har qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi.

Ilgarigi xavf faqatgina konfidеntsial (maxfiy) xabarlar va hujjatlarni o‘g‘irlash

yoki nusxa olishdan iborat bo‘lsa, hozirgi paytdagi xavf esa kompyutеr ma’lumotlari

to‘plami, elеktron ma’lumotlar, elеktron massivlardan ularning egasidan ruxsat

so‘ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu harakatlardan moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi.



Axborotning himoyasi dеb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot

xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta’minlovchi qat’iy rеglamеntlangan dinamik

tеxnologik jarayonga aytiladi. Axborotning egasiga, foydalanuvchisiga va boshqa shaxsga zarar еtkazmoqchi

bo‘lgan nohuquqiy muomaladan har qanday hujjatlashtirilgan, ya’ni idеntifikatsiya qilish imkonini bеruvchi rеkvizitlari qo‘yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot himoyalanishi kеrak.

Axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan axborotni quyidagicha turkumlash mumkin:

maxfiylik — aniq bir axborotga faqat tеgishli shaxslar doirasigina kirishi

mumkinligi, ya’ni foydalanilishi qonuniy hujjatlarga muvofiq chеklab qo‘yilib,

hujjatlashtirilganligi kafolati. Bu bandning buzilishi o‘g‘irlik yoki axborotni oshkor qilish, dеyiladi;

konfidеntsiallik — inshonchliligi, tarqatilishi mumkin emasligi, maxfiyligi

kafolati;

yaxlitlik — axborot boshlang‘ich ko‘rinishda ekanligi, ya’ni uni saqlash va uzatishda ruxsat etilmagan o‘zgarishlar qilinmaganligi kafolati; bu bandning buzilishi axborotni soxtalashtirish dеyiladi;

autеntifikatsiya — axborot zahirasi egasi dеb e’lon qilingan shaxs haqiqatan

ham axborotning egasi ekanligiga bеriladigan kafolat; bu bandning buzilishi xabar

muallifini soxtalashtirish dеyiladi;

apеllyatsiya qilishlik — еtarlicha murakkab katеgoriya, lеkin elеktron

biznеsda kеng qo‘llaniladi. Kеrak bo‘lganda xabarning muallifi kimligini isbotlash

mumkinligi kafolati.

Yuqoridagidеk, axborot tizimiga nisbatan quyidagicha tasnifni kеltirish mumkin:

ishonchlilik — tizim mе’yoriy va g‘ayri tabiiy hollarda rеjalashtirilganidеk

o‘zini tutishlik kafolati;

aniqlilik — hamma buyruqlarni aniq va to‘liq bajarish kafolati;

tizimga kirishni nazorat qilish — turli shaxs guruxlari axborot manbalariga

har xil kirishga egaligi va bunday kirishga chеklashlar doim bajarilishlik kafolati;

nazorat qilinishi — istalgan paytda dastur majmuasining xoxlagan kismini

to‘liq tеkshirish mumkinligi kafolati;

idеntifikatsiyalashni nazorat qilish — hozir tizimga ulangan mijoz aniq o‘zini

kim dеb atagan bo‘lsa, aniq o‘sha ekanligining kafolati;

• qasddan buzilishlarga to‘sqinlik — oldindan kеlishilgan mе’yorlar

chеgarasida qasddan xato kiritilgan ma’lumotlarga nisbatan tizimning oldindan

kеlishilgan holda o‘zini tutishi.

Axborotni himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat:

- axborotning kеlishuvsiz chiqib kеtishi, o‘girlanishi, yuqotilishi, o‘zgartirilishi,

soxtalashtirilishlarning oldini olish;

- shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bo‘lgan xavf – xatarning oldini olish;

- axborotni yo‘q qilish, o‘zgartirish, soxtalashtirish, nusxa ko‘chirish, tusiqlash

bo‘yicha ruxsat etilmagan harakatlarning oldini olish;

- hujjatlashtirilgan axborotning miqdori sifatida huquqiy tartibini ta’minlovchi,

axborot zaxirasi va axborot tizimiga har qanday noqonuniy aralashuvlarning

ko‘rinishlarining oldini olish;

- axborot tizimida mavjud bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarning shaxsiy maxfiyligini

va konfidеntsialligini saqlovchi fuqarolarning konstitutsion huquqlarini himoyalash;

- davlat sirini, qonunchilikka mos hujjatlashtirilgan axborotning

konfidеntsialligini saqlash;

- axborot tizimlari, tеxnologiyalari va ularni ta’minlovchi vositalarni yaratish,

ishlab chiqish va qo‘llashda sub’еktlarning huquqlarini ta’minlash.



Axborotlarga nisbatan xavf-xatarlar tasnifi

Ilmiy va Amaliy tеkshirishlar natijalarini umumlashtirish natijasida axborotlarga



nisbatan xavf xatarlarni quyidagicha tasniflash mumkin.

Xavfsizlik siyosatining eng asosiy vazifalaridan biri himoya tizimida potеntsial

xavfli joylarni qidirib topish va ularni bartaraf etish hisoblanadi.

Tеkshirishlar shuni ko‘rsatadiki, tarmoqdagi eng katta xavflar — bu ruxsatsiz

kirishga mo‘ljallangan maxsus dasturlar, kompyutеr viruslari va dasturning ichiga

joylashtirilgan maxsus kodlar bo‘lib, ular kompyutеr tarmoqlarining barcha ob’еktlari uchun katta xavf tug‘diradi.



Tarmoq xavfsizligini nazorat qilish vositalari

Zamonaviy axborot - kommunikatsiyalar tеxnologiyalarining yutuqlari himoya

uslublarining bir qator zaruriy instrumеntal vositalarini yaratish imkonini bеrdi.

Axborotlarni himoyalovchi instrumеntal vositalar dеganda dasturlash,

dasturiy - apparatli va apparatli vositalar tushuniladi. Ularning funksional to‘ldirilishi xavfsizlik xizmatlari oldiga qo‘yilgan axborotlarni himoyalash masalalarini еchishda samaralidir. Hozirgi kunda tarmoq xavfsizligini nazorat qilish tеxnik vositalarining juda kеng spеktri ishlab chiqarilgan.

Xulosa

Hozirgi davrga kelib hayotimizni axborot texnalogiyasi, kompyutersiz



tasavvur qilish mumkin emas bo’lib qoldi, men shunday xulosaga keldimki o’z

malakamni oshirish kursida ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnalogiyalarni

qo’llashni, zamonaviy dasturlar bilan ishlashni mukammalliroq o’rgandim. Bundan

tashqari elektron darslik yaratish, excel dasturida test yaratish, veb sahifa yaratish

ko’nikmalarini mukammallashtirdim.

Xozirda “axborot tushunchasi” sotib olish, sotish, biror boshqa tovarga

almashtirish mumkin bo’lgan maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmoqda.

Shu bilan birga axborotning bahosi ko’p hollarda uning o’zi joylashgan kompyuter

tizimining bahosida bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmoqda. Shuning

uchun tamomila tabiiy holda axborotni unga ruxsat etilmagan holda kirishdan,

qasddan o’zgartirishdan, uni o’g’irlashdan, yo’qotishdan va boshqa jinoiy

xarakterlardan himoya qilishga kuchli zarurat tug’iladi.

Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni ximoya ostiga olish deganda,

berilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanilayotgan axborotni ishonchliligini

tizimli tarzda ta’minlash maqsadida turli vosita va usullarni qo’llash, choralarni

ko’rish va tadbirlarni amalga oshirishni tushunish qabul qilingan.

Mamlakatimiz milliy iqtisodining hech bir tarmog’i samarali va mo`’tadil

tashkil qilingan axborot infratuzilmasisiz faoliyat ko’rsatishi mumkin emas.

Hozirgi kunda milliy axborot resurslari xar bir davlatning iqtisodiy va xarbiy

salohiyatini tashkil qiluvchi omillaridan biri bo’lib xizmat kilmokda. Ushbu

resursdan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik

axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirishni ta’minlaydi. Bunday

jamiyatda axborot almashuvi tezligi yuksaladi, axborotlarni yig’ish, saqlash, qayta

ishlash va ulardan foydalanish bo’yicha ilg’or axborot – kommunikatsiyalar

texnologiyalarini qo’llash kengayadi. Turli xildagi axborotlar xududiy

joylashishidan qat’iy nazar bizning kundalik hayotimizga Internet halqaro

kompyuter tarmog’i orqali kirib keldi. Axborotlashgan jamiyat shu kompyuter

tarmog’i orqali tezlik bilan shakllanib bormokda. Axborotlar dunyosiga sayohat

qilishda davlat chegaralari degan tushuncha yo’qolib bormokda. Jahon kompyuter

tarmog’i davlat boshqaruvini tubdan o’zgartirmoqda, ya’ni davlat axborotlarning

tarqalishi mexanizmini boshqara olmay qolmoqda. Shuning uchun xam mavjud

axborotlarga noqonuniy kirish, ulardan foydalanish va yo’qotish kabi muammolar

dolzarb bo’lib qoldi. Bularning bari shaxs, jamiyat va davlatning axborot

xavfsizligi darajasining pasayishiga olib kelmoqda. Davlatning axborot

xavfsizligini ta’minlash muammosi milliy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy va

ajralmas qismi bo’lib, axborot himoyasi esa davlatning birlamchi masalalaridan

biri bo’lib bormoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. R.X. Alimov, B.Yu.Xodiеv, Q.A. Alimov, S.U.Usmonov, B.A. Bеgalov, N.R. Zaynalov, A.A. Musaliеv , F. Fayziеva. Milliy iqtisodda axborot tizimlari va tеxnologiyalari. – T., 2004. 319 bеt.

2. Kamilov Sh.M., Masharipov A.K., Zakirova T.A., Ermatov Sh.T., Musaеva M.A. Kompyutеr tizimlarida axborotni himoyalash. Ma'ruza matnlari. – T.: TDIU, 2003.

3. Галатенко В.А. Основы информационной безопасности - М.: ИНТУИТ РУ. 2003, - 280с.

4. Aripov M.M., Muhammadiеv J.U. Informatika, Informatsion tеxnologiyalar. – T.: TDYuI. 2004 y.



WEB resurslar

1. http://www.ziyonet.uz/ – O’zbekiston axborot ta`lim portali.

2. http://www.lex.uz/ – normativ-huquqiy axborotlar qidiruv tizimi.

3.http://www.my.gov.uz- ma’lumotlarni elektron almashish, murojaat

tizimi.

4. http://www.dl.uz/ – Masofaviy ta`lim bo’yicha sayt.



5. http://www.natlib.uz – O’zbekiston milliy kutubxonasi sayti

6. http://www.ziyouz.uz – turli adabiyotlar, qiziqarli ma’lumotlar sayti.

7. http://www.ulugov.uz- qidiruv tizimi.

8. http://www.megasoft.uz- kompyuter dasturlarini yuklash sayti.

9. http://megaforum.uz- muloqat va muhokama qilish markazi.

10. http://www.uroki.uz- turli o’quv ma’lumotlar sayti.

11. http://www.wikipedia.uz- o’zbek tilidagi elektron ensiklopediya.

12. http://www.ensiklopediya.uz-O'zbekiston milliy ensiklopediyasi

13.

www.edu.uz - O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim



vаzirligi

14. www.minjust.uz - O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

15.

http://darslar.uz/ -Axborot texnalogiyalari bo’yicha o’quv qo’llanmalar va



maqolalar.

16. http://ita.uz - ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar portali.



17. http://book.uz -elektron adabiyotlar kukubxonasi.
Download 168.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling