Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi


O`zbekiston   Respublikasining   milliy   iqtisodiy       manfaatlari va unga


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana29.11.2020
Hajmi0.5 Mb.
#155615
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik va uning ahamiyati


1.2. O`zbekiston   Respublikasining   milliy   iqtisodiy       manfaatlari va unga

bo`lgan xavf.

O`zbekiston  –  qadimiy        svilizatsiya      markazi.  Uning      hududida      rxeologiya    va

memorchilikka    oid   minglab  yodgorliklar  saqlanib qolgan. Ilmiy markazlar va muzeylarda

o`lkaning  o`ziga  xos ko`p asrlik  tarixidan guvohlik beruvchi ko`p miqdordagi qo`lyozma va

ashyolar saqlanmoqda.

So`nggi   yillarda  o`tmishga,  milliy  tarixga,  azaliy  qadryatlar va an`analarga

munosabat   tubdan   o`gardi. O`zbekiston   xalqi  tarixi   va  iqtisodini  ilk   manbalarga

asoslangan  holda  chuqur va obyektiv  o`rganish   boshlandi. Xalq  bayramlari va   marosimlari

qayta,   diniy   e`tiqodlari   erkinligi   to`la tiklanmoqda. O`zbekistonda   yashovchi     yuzdan

ortiq  millat va xalqlarning  milliy     o`zligini    anglash    va     qadr-qimmati    tiklanmoqda.

An`anaga   aylanib   borayotgan  shonli   sanalarni   bayram   qilish  xalqning milliy

o`zligini   anglash , tarixiy   madaniyati   va   iqtisodi    shakllanishida  katta   ahamiyatga  ega.

So`nggi   yillarda  o`zida     jahonga   mashhur   shaharlar-  Buxoro,  Xiva  va  Termizning

2500  yilligi,      azim    shahar  Toshkentning  2000  yilligi,      buyuk      davlat      arbobi    Amir

Temurning   660 yilligi,   Jaloliddin Manguberdining   900 yilligi, buyuk   Beruniy, Ibn   Sino,

Ahmad   al-Farg`oniy, Imom   Motrudiy, Bahouddin   Naqshbandiy, Alisher   Navoiy va  boshqa

ko`plab mutafakkirlarning   yubileylari   va  Shahrisabzning  2700   yillik  to`yi o`tkazildi.

Yunesko    homiyligida    o`tkazilgan      bu      tantanalarning      barchasi      jahon      afkor  ommasiga



12

ma`lum   va   mashhur  bo`lib,   ularning   har    biri    jahon   madaniyati    xazinasiga    va

Buyuk   ipak   yo`li  orqali   iqtisodiyotga ajdodlariniz    qo`shgan   salmoqli    ulushdir.

O`rta        Osiyoning      markaziy        qismini        egallagan        O`zbekiston      eng  muhim

tarixiy    voqealar   sodir   bo`linib   kelgan  va   shundayligicha qoladi. Shu   tufayli, uning

xalqi   tarixini, voqealarini   ko`zdan    kechirgan va o`tmish obidalarini    o`rgangan   chog`da

makedoniyalik      Aleksandr,      Chingizxon  armiyasi      va      boshqa        sarkardalar        millat

xavfsizligiga  tajovuz    qilganligiga, uning     iqtisodiyoti    va    manfaatlariga   shikast

yetkazganligiga    guvoh bo`lamiz.

1991 yil   31 avgustda    o`zbek     xalqining    daxlsiz    huquqi- o`z taqdirini o`zi

erkin   belgilash    huquqi    amalgam   oshdi. Respublika   Oliy Kengashining    navbatdan

tashqari    sessiyasida     O`zbekiston Respublikasining    birinchi     Prezidenti    I.A.Karimov

tomonidan   O`zbekiston Respublikasi    mustaqilligi    e`lon   qilindi, u    o`zbek     xalqining

ko`p asrlik tarixida    buyuk    voqea    bo`ldi. O`zbekiston    o`zining    haqiqiy   davlatchiligiga

tinch,   parlament   yo`li   bilan   erishdi.

Mustaqilikka        erishgach,        O`zbekiston      taraqqiyotining        o`ziga      xos,  ajoyib

yo`lini    tanladi. Uning    mohiyati    bozor    munosabatlariga    asoslangan    erkin    fuqarolik

jamiyati        qurish,  xalqning      hayot        kechirishi  uchun    munosib    shart  –sharoit    yaratib

berishdan   iborat. Ozod – obod Vatan, erkin va farovon   hayot   milliy   iqtisodiy

manfaatlarning   pirovard asosi, oily maqsad  etib  belgilangan.

Tanlangan      yo`lning      asosiy      mazmuni      va      mohiyati  –  bu,  normal,  svilizatsiyali

taraqqiyotga   soxta   inqilobiy   sakrashlar,  fojiaviy oqibatlar va kuchli   ijtimoiy

o`zgarishlarsiz   tadrijiy    yo`l    bilan o`tishdir.

O`zbekistonning    haqiqiy    mustaqillikka    erishishdagi o`z yo`li respublika

iqtisodiy    taraqqiyoti    manfaatlarining   asosi, o`ziga xos shart- sharoitlarini    hisobga    olgan

holda   ishlab   chiqilgan. Avalmbor, u aholining milliy- tarixiy   turmush   ukladi, fikrlash   tarzi,

xalq   an`analari va urf-odatlaridan    kelib    chiqqan.

Ichki   va   tashqi    siyosatni   ishlab   chiqish   va amalgam   oshirishda diniy  “islom

omili”ni   hisobga   olish    muhim  ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga  o`tgan   asrning   90-

yillari   boshlaridan   mamlakatda   iqtisodiy  manfaatlar    muammosi   keskin    va    dolzarb

bo`lb    qoldi. Bu “Iqtisodiy xavfsizlik”   tushunchasining   juda    murakkabligi    bilan    bog`liq.

An`anaviy yo`nalish   va   usullar    iqtisodiy    xavfsizlikni    to`liq    tavsiflashga,   iqtisodiy

munosabatlar   darajasini    avvaldan   aytib   berish va barqarorlikni   saqlashning amali

yo`llarini   ko`rsatishga   ojizdir.



13

Shuning     uchun    mamlakatning   oily     hukumat   organlari  doirasida iqtisodiy

xavfsizlik        har      xil      talqin      qilinadi.  Shuningdek,      unga        erishish  masalalari      va

vositalarining    ustuvorligini    ta`minlashga    yo`naltirilgan aniq konsepsiya  va   strategiya

ham   yo`q.

Iqtisodiy   xavfsizlik – davlat   milliy   xavfsizligining   asosiy   tashkil etuvchilaridan

biri,      mamlakat      iqtisodiy      ehtiyojlarini      kafolatli        ta`minlah  yo`llari,      vositalari      va

usullariga    asos    soluvchi   qarashlar   yig`indisidir. Konseptual     ko`rinishda   u    davlatning

iqtisodiy      potensiali      holatidan      kelib  chiqadigan      iqtisodiy        xavfning      asosiy      omillari

tahliliga   asoslangan. Iqtisodiy   xavfsizlikning    davlat   strategiyasini    ishlab   chiqish   uchun

har qanday   xavf   va   xususan,  iqtisodiy  xavfni   majmuali   tekshirish   kerak.

Yuqorida   qayd   etganimizdek,   iqtisodiy    xavfsizlik   asosida   rivojlanish va

rivojlanishning   barqarorligiga   o`xshash    bo`lgan   muhim      tashkil etuvchilari      yotadi –bu

material,          inshootning,      uni      yangi      sifat      holatiga,  ya`ni        tarkib      yoki        tuzum

o`zgarishiga    keltiradigan    qonuniy   o`zgarishidir.   Rivojlanishsiz    iqtisodiy   taraqqiyot

bo`lishi    mumkin  emas. Barqarorlik –bu,   jamiyatning   favqulotda    holatlarda    ham   o`z

manfaatlarini  qoniqtirish        qobiliyati,      holatini        tiklash      imkoniyatidir.  Bu      jamiyat

faoliyatining    hamma   sohalarida    o`tkaziladigan   va   uning   potensialini takomillashtirishga,

hayotga   qobilligini   ta`minlashga   yo`naltirilgan choralar majmuasidir.

Iqtisodiy        xavfsizlikning        tekshirish          predmeti          tashkil        etilgan        va

muvofiqlashtirilgan          iqtisodiy        munosabatlar        yig`indisi        sifatidagi    davlat  iqtisodiy

tiziminig    o`zidir. Iqtisodiy    xavfsizlikning     inshootlari –ularning  himoyasi,   xavfsizlik

siyosatining    asosiy    mazmuni    va   strategik maqsadini   tashkil   etgan ,  real    mavjud

bo`lgan   hodisalar,   jarayonlar   va munosabatlardir.   Inshootlarga,   shuningdek,   iqtisodiy

munosabatlarning  yetuklik    darajasini     aniqlovchi    shaxs,   jamiyat,   davlat   ham   kiradi.

Iqtisodiy    xavfsizlikning     eng    muhim    me`yori     shaxs,     guruh,   jamiyat va    davlat

iqtisodiy   manfaatlarini    saqlash,   xavfsizlikni    ta`minlash   uchun ularning   o`zaro

javobgarliga    asoslanadi.  Iqtisodiy    xavfsizlik    subyektlari funksional    va    soha    vazirlik

va   idoralari,    soliq    va   bojxona    xizmatlari, banklar,    birjalar ,   fondlar    va    sug`urta

kompaniyalari,   shuningdek,   ishlab chiqaruvchilar,   sotuvchilar   va   istemolchilar

hisoblanadi.

Iqtisodiy     xavfsizlikning    ta`rifi   ko`p. Ulardan    biri    iqtisodiy   xavfsizlik –   bu ,

davlatning    iqtisodiy    tizimiga   ta`sir   qiluvchi   eng   kam chiqimlar    bilan    barqaror,

bosqichma-bosqich      rivojlangan      holda      jamiyatning      potensial      imkoniyatlarini      har

tomonlama      amalgam        oshirish  uchun      milliy      manfaatlar        ustuvorligini        ta`minlashga


14

imkon   beruvchi ( ichki va tashqi)   shart   va   omillar    yig`indisi,   shuningdek,   davlatning

turli   xil xavflar   va   yo`qotishlarga    qarshi   turish    qobiliyatidir.

Milliy        iqtisodiy        manfaatlar      va        maqsad.        Liberal  (murosasoz)      ta`lim

tarafdorlari    fikriga   ko`ra,   iqtisodiy   va   milliy   xavfsizlik   asosini   alohida fuqarolarning

jamoa    manfaatlari,   umumiy    manfaatlar    va     davlat manfaatlaridan    kelib   chiqadigan

manfaatlari    tashkil   etadi. Ularda davlat, fuqarolar, jamoa va   davlatning   o`zi   rivojlanishi

uchun,  ishlab  turgan inshootlari   va   subyektiv   omillarning  butun   spektri   bilan

belgilangan, eng yaxshi   sharoitlar   yaratib   beruvchi   qurol   sifatida  qaraladi.

Milliy   manfaatlar   deganda,   shaxs,  jamoa va davlatning  mamlakat tarqqiyotiga

bo`lgan   ehtiyojlarini   ifodalovchi   hayotiy  muhim   manfaatlari yig`indisi anglashiladi.

Boshqacha   aytganda,   milliy   manfaatlar –O`zbekistonning   milliy   manfaatlari –bu,   uning

ijtimoiy- iqtisodiy  va siyosiy tuzilishi   xususiyatlaridan,  iqtisodiy   rivojlanish   darajasidan,

xalqaro  mehnat  taqsimotidagi  tarixiy    o`rnidan,   geografik   holatning  ixtisoslanishidan,

milliy va   madaniy   an`analaridan   kelib  chiquvchi   har   bir fuqaro, jamoa  va  davlat

inshootlari   ehtiyojlaridan.

Mamlakat   aholisining   shaxsiy  va milliy   manfaatlari   juda   murakkab tuzumga

ega.  U  turli  belgilari  bo`yicha   sinflarga   ajratilishi   mumkin.

Xavfsizlik   subyektlari    uchun   manfaatlar   ijtimoiy   ahamiyatining darajasiga

ko`ra,    hayotiy   muhim   va   ikkinchi   darajali   bo`ladi. Ta`sirining davomiyligiga   asosan,

ular   doimiy  va  vaqtinchalikka bo`linadi. Inson  uchun, avvalo,   ularning   iste`moli

qondirilishi   va   har   qaysi   fuqaro,  jamoa, davlatning   taraqqiy   rivojlanish   imkoniyati   va

mavjudligini   ta`minlab beruvchi   hayotiy   ehtiyojlar    yig`indisi   sifatidagi   muhim

manfaatlar   alohida   ahamiyatga   egadir. Yashash   muammolari   bilan   bog`liq   bo`lmagan

manfaatlar  esa   ikkinchi   darajali   ahamiyatga  ega.

Asosiy   xavfsizlik   inshootlarining   hayotiy   muhim   manfaatlari –ular amalga

oshirilmay,   davlat   va   jamoaning   barqaror   holati,   shuningdek, xalqaro   munosabatlarning

mustaqil   erkin   subyekti   sifatida   mamlakkatning normal rivojlanishini   ta`minlash

mumkin   bo`lmagan   milliy   manfaatlarning    bir    qismi.   Hayotiy    muhim    bo`lgan

manfaatlarni   tashqi va    ichki   xavflardan   kafolatlangan   himoyalash   holati    O`zbekiston

Respublikasi    iqtisodiy   xavfsizligi   mazmuni   va   uning   barqaror   rivojlanish sharoitidir.

Shaxsning   muhim   va   hayotiy    iqtisodiy   manfaatlari   quyidagilardir:

     - shaxsiy   va   mulk   dahlsizligini   ta`minlash;

         - inson      kuch  va  qobiliyatini      to`laroq    faollashtirish      uchun    samarali      bozor

mexanizmlarini   tashkil   etish;



15

     - yashash   minimumi   va   inson   farovonligining   o`sishini   ta`minlash;

     - yashash  joyiga   ehtiyojini   qondirish;

         - fuqarolarning      shaxsiy      jamg`armalarini      saqlash    tizimini      tashkil    etish  va

boshqalar.

Davlatning   hayotiy   muhim   manfaatlari   quyidagilardir:

    - ijtimoiy- iqtisodiy  barqarorlikni   ta`minlash;

    

- demokratik- huquqiy    raqobatbardosh    milliy iqtisodiyotli  davlat   qurishga



yo`naltirilgan   ijtimoy  -iqtisodiy  islohotlarni   samarali  o`tkazishga   erishish;

    - mulkdorning   huquq   va   iqtisodiy   faoliyati   erkinligini  kafolatlash, xususiy

mulkni   himoyalash   v  a tadbirkorlikni   qo`llab-quvvatlash;

   - iqtisodiyotning   o`sishi,   aholining   farovonligini   oshirish   uchun barqaror  va

dinamik   ravishda   sharoit   yaratish;

   


- iqtisodiyotning   ustuvor    sohalarida   ilmiy-texnik   rivojlanishning   yuqori

darajasini   ta`minlash;   iqtisodiy   xavfsizlikning   samarali   tizimini   tashkil etish,

O`zbekistonni   jamoaviy   xavfsizlikning   regional   va   global   tizimiga kiritish   va  bu   tizim

bilan   hamkorligini   yo`lga   qo`yish.

Ta`sirlashishning   ko`rinishi   bo`yicha   manfaatlar   konfrantatsion, tarqaluvchi,

parallel  va   qo`shmalarga   bo`linadi.

Konfrantatsion   manfaatlar – to`g`ridan-to`g`ri   qarama-qarshi,   bir-birini yo`qotuvchi

manfaatlar   antogonistik   qarama-qarshiliklarning   manbaidir.

Tarqaluvchi    manfaatlar   bir-birini   kesib   o`tadi,   ammo   bir-birini yo`qotmaydi.

Ular   har   xil   maqsadlarga   erishish   uchun   yo`naltirilgan,  lekin   boshqa   tarafdagilarning

hayotiga   xavf   solmaydi.

Parallel   manfaatlar –  antagonizmlarsiz  manfaatlardir.  Mustaqil,  boshqa tarafdagilar

bilan   harakatini   muvofiqlashtirmay  amalga   oshirishga   intilib, yaqin   bo`lgan   bir   xil

maqsadlarni   ta`qib  qiladigan   taraflar.

Qo`shma    manfaatlar –tomonlarning   umuniy   yondoshishini   ko`zda tutgan,

maqsad      va      ularga      erishish      usullari      bir    xil      bo`lgan      manfaatlar.      Bu      manfaatlar

mustaqil   amalga   oshirilmaydi,   ular   tomonlarning   umumiy maqsadlarga   erishishida

maksimal   darajada   hamkorligini   ko`zda   tutishadi.

Milliy   manfaatlar   maqsadini   amalga   oshirish   va   himoyalash davlatning   asosiy

vazifasidir.      Milliy        manfaatlat        asosida        davlat  boshqaruvining        mos      organlari      va

institutlari,   davlat   iqtisodiy  siyosatining,   mazmuniga   ko`ra,   fuqarolar,   jamoa   va

davlatning   o`zlarini, eng    avvalo,    hayotiy    muhhim   bo`lgan    manfaatlarini



16

qanoatlantirish sohasidagi    aksi   bo`lgan   maqsadlarini   ishlab   chiqadi   va   shakllantiradi.

Bu maqsadlarga   o`zlari   uchun    mos   masalalarni   yechish   yo`li   bilan  erishiladi. Bunday

masalalar   yechimini   ta`minlash   uchun   davlat   boshqaruv  organlari, respublika   rahbariyati

tomonidan   maxsus   choralar   ishlab   chiqiladi   va amalga   oshiriladi.

Shaxsiy   va   milliy   manfaatlar   va   maqsadlar   iqtisodiy   xavfsizlikni ta`minlash

siyosati    va      strategiyasining      asosidir.    Ular      har      qanday    davlatning    ichki    va      tashqi

siyosati   maqsadlarini   belgilaydi.

Respublikada   islohotlarning   birinchi   bosqichida   mulk,   raqobat  va tadbirkorlik

to`g`risida    qator   qonunlar,  Prezident   Farmonlari,  Vazirlar Mahkamasining   qarorlari

qabul   qilindi.

1994  yil   yanvarda   O`zbekston   Respublikasi    Prezidentining  “Iqtisodiy

islohotlarni   yanada   chuqurlashtirish,   xususiy   mulk    manfaatlarini   himoya qilish   va

tadbirkorlikni   rivojlantirish   chora -tadbirlari   to`g`risida”gi   Farmoni   chiqdi.   Bu   hujjat

bozor   munosabatlari   sari   tub burilish ro`y berganini, iqtisodiy    islohotlarni   yangi, yanada

yuqori   bosqichi  boshlanganini anglatadi.

Islohotlar   strategiyasini   belgilashda  O`zbekiston  hukumati   mulkchilik masalalari

hal   etilib,   ko`p   ukladli   iqtisodiyot   shakllangan,   mulkni  davlat tasarrufidan   chiqarish   va

xususiylashtirish   ishi   izchil   amalga   oshirilgan taqdirdagina   islohotlar   shaxs   ko`nglidagi

natijani   beradi,   degan  fikrga asoslanadi.

Republika   itisodiyorinin   barcha   tarmoqlarida   nodavlat  sektor, ya`ni shaxsning

manfaati   ustuvorligini   ta`minlashga   yo`naltirilgan   tizim   jadal rivojlanmoqda.  2001   yilda

nodavlat   sektorda   yalpi   ichki   mahsulotning 74,1,   sanoat   mahsulotining   70,8,   qishloq

xo`jaligi   ichki   mahsulotining 99,0  foizi   ishlab   chiqarildi,   qurilish -pudrat   ishlarining

83,9   foizi   bajarildi,   aholiga   pullik   xizmatning    59,4 foizi   ko`rsatildi.

Umumiy iqtisodiyotda   ish   bilan   band   bo`lgan   shaxslarning   76,0   foizi  nodavlat

sektoridadir.  2002   yilning   1 yanvar   holatiga  ko`ra,   barcha  mulk shakllarining   88,3   foizi

nodavlat, qolgan   atiga 11,7 foizgina   davlat   mulki shaklida. Bu   esa   mamlakatda   haqiqiy

mulkdorlar   sinfi   vujudga keltirilayotganini   ko`rsatadi.

Bozor   iqtisodiyotiga    o`tish   davrida   davlatning   ahvoli   ijtimoiy-iqtisodiy   asos

barqaror   emasligi,   turli   ijtimoiy   guruh   va   qatlamlar manfaatlarining   har   xilligi  va

o`zaro   qarama-qarshiligi,   ichki   nizoli munosabatlar   oqibatida   birmuncha   og`irlashdi.

Fuqarolar   va   davlat,    alohida   ijtimoiy   guruhlar   va   butun  jamiyat, jamiyat   va

davlat   manfaatlari  bilan   bog`liq   jarayonlardagi    qarama-qarshiliklar   keskinlashishi



17

natijasida   mamlakat    ichidagi   u  yoki   bu xavfsizlik    inshootlariga   xavf   tug`iladi.   Bu

iqtisodiy   xavfsizlikka  ichki xavflardir.

Davlat   va  davlatlar  guruhi   yoki   alohida   davlatlarning   manfaatlariga dahldor

qarama – qarshiliklar  keskinlashishi   natijasida   milliy   iqtisodiy manfaatlariga   tashqaridan

xavf   paydo   bo`ladi. Bu   milliy  xavfsizlikka tashqi xavfdir.

Umumiy      holda      iqtisodiy      xavfsizlikka      xavf      deganda,    hayotiy    muhim  milliy

manfaatlar  zarar   ko`rishiga   sabab   bo`luvchi   omillar  va  sharoitlar yig`indisi  tushuniladi.

Boshqa  davlatlar,   shaxslar   guruhi ,  alohida  shaxslar,  kechayotgan muayyan

jarayonlar  va  hodisalar  xavf   manbai   bo`lishi   mumkin.

Xavflar  ko`lamiga   qarab,  planetar,   regional,   milliy  va  local  darajalarda namoyon

bo`lishi,   ular   imkoniyatiga   ko`ra,   xohlagan   daqiqada   sodir bo`ladigan   real   xavflarga ,

ma`lum   sharoitlar  yaratilganida   yuzaga chiqadigan potensial   xavflarga   bo`linishi   mumkin.

Shuningdek,   mavhum   xavflar guruhi   ham   uchraydi.

O`zbekiston   Respublikasi   iqtisodiy   xavfsizligini   ta`minlovchi   hamma tizimning

amaliy   harakatini   ro`yobga   chiqarish, rejalash  va tashkil  etish asosida real va   potensial,

ichki   va tashqi xavflarni  baholash hamda tahlil qilish yotadi.

Xavflar    turli      xarakterga      ega      bo`lib,    mohiyati    va    hajmi      bo`yicha    har  xil

oqibatlarga   olib   keladi. Xavflar paydo bo`lishi va yo`qolishi, ortishi va kamayishi mumkin.

Bunda   ularning   iqtisodiy   xavfsizlikka   nisbatan  mohiyati o`zgaradi. Shuning   uchun

birlamchi   xavflarni   to`g`ri   aniqlash   va  oldindan aytib  berish   juda  muhim.  Bu,  mamlakat

xavfsizligini   ta`minlashda   resurslar,  kuch  va   vositalarni   oqilona   taqsimlashga  imkon

beradi.

Shu  nuqtai   nazardan   respublikamiz   boshqa   mamlakatlardan   miliy tarkibining



o`ziga      xosligi      bilan      farqlanadi.  Chunonchi,      mamlakatimiz      etnik  tizimida      tub      aholi

yetakchi   o`rinni   egallaydi. Shu   bilan   birga,   respulika hududida    yuzdan   ortiq   millat

vakillari   yashaydi. O`zbekistonning   milliy-madaniy    xilma-xilligi    milliy   o`zlikni   anglash

va   ma`naviy   tiklanish darajasi   o`sishi    bilan   uzviy    birlikda   jamiyatni   yangilashga,

uning   ochiq bo`lishiga   kuchli   turtki   beradi,   respulika   jahon   jamiyatiga   qo`shilishi ,

milliy    manfaatlarga  xavf    dahl    qilmasligi   uchun  qulay  shart-sharoit yaratadi.

Respublika    ulay   geostrategik    mavqega   ega. Darhaqiqat,   O`bekiston hududida

tarixan   qadimgi   savdo   yo`llari,   Buyuk   Ipak    yo`li   o`tgan, tashqi   aloqalar   faollashgan

va      turli      madaniyatlar    o`zaro      uyg`unlashib,  boyiydigan      joy      bo`lgan.  O`rta      Osiyo

markazida   joylashgan   O`zbekiston bugungi    kunda   ham   energetik   va suv   manbalari

bilan   ko`p   masalalarda  bog`lovchi   bo`g`in   vazifasini   o`tamoqda. Xorijiy   mamlakatlar


18

bilan aloqalarni   rivojlantirshga,   milliy   manfaatlarga   to`sqinlik  qilayotgan  turli

ko`rinishdagi  xavflarni    bartaraf   etish   eng   muhim   muammolardir.

O`zbekistonda   islohotlarni   amalga   oshirish   yo`llarini    tanlash va  bu jarayonga

yondoshishlarga   tabiiy- iqlim   xususiyatlari    hamda   milliy manfaatlarga    iqtisodiy   xavflar

hal      qiluvchi      ta`sir      ko`rsatadi.  Ular      nafaqat    muhim        strategik      mahsulot  –paxta

yetishtirish,   don   va   neft    mustaqilligini saqlash,  oltin,   mis,   kumush,   tabiiy   gaz, qurilish

materiallari,   meva- sabzavot,   pilla    va   boshqa   qishloq    xo`jalik   mahsulotlariga   bo`lgan

ichki ehtiyojlarni   qondirishgagina   emas, balki   bu   mahsulotlarni   boshqa mamlakatlarga

yetkazib   berishga   ham   yetadigan   ko`lamda   ishlab  chiqarish imkonini   beradi.

O`zbekiston      Respublikasi    siyosiy      va      iqtisodiy      mustaqilligini      himoya  qilish

uchun      yetarli      salohiyatga      ega.  U      nihoyatda      qimmatli      yer      osti  mineral      xomashyo

zaxiralariga   boy.  Ular  respublikada  chuqur srukturaviy o`zgarishlarni amalgam oshirish,

jahon bozoriga chiqishni ta`minlovchi sohalarni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Manfaatlarga      iqtisodiy      xavflarni      bartaraf      etish  –bu,      respublika  ijtimoiy

taraqqiyotining   iqtisodiy,   siyosiy,   ijtimoiy,    ma`naviiy- madaniy  va boshqa   barcha

sohalarini   qamrab   oluvchi   murakkab   jarayonidir.  Uning pirovard   maqsadi   mustaqil

O`zbekistonning   ichki   va   tashqi   siyosati umumiy   strategiyasini   belgilashdan  iborat.

Ichki va tshqi siyosatning asosiy ustuvor yo`nalishlari mamlakat Prezidenti

I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan. Asosiy vazifa –respublikada asosini mehnatsevar  va

badavlat, axloqan mustahkam va madaniy oila tashkil etgan jamiyatni qadam-baqadam

yaratishdir.

O`zbekiston –kelajagi buyuk, suveren, demokratik, huquqiy davlat; fuqarolarning

millati, dini, ijtimoiy   ahvoli   va   siyosiy   qarashlaridan qat`iy nazar, huquq   va   erkinliklarini

ta`minlaydigan, insonparvarlik   tamoyillariga   asoslangan davlat.

Respublikada   milliy   manfaatlarga   iqtisodiy   xavflarning   oldini olishda

demokratik-  huquqiy   jamiyat   asoslari   faol   yaratilmoqda.   Davlat boshqaruvining   yangi,

ancha      zamonaviy      va      samarali      bo`lgan      tizimi  shakllanmoqda,      uning      o`zagini

boshqaruvning   prezidentlik   shakli  tashkil qiladi. Joylarda   boshqaruv   tizimi   qayta   tashkil

etildi –viloyat,  tuman   va shaharlarda   hokim   lavozimi,   mahallalarda   oqsoqollardan   tashkil

jamoa organi   joriy   qilindi.

O`zbekistonda   davlat   suverinitetini   tashkil   etuvchi   va   amalga oshiruvchi

tashkiliy   tuzilmalar   shakllanmoqda. Mudofaa,   tashqi   ishlar  va tashqi   iqtisodiy   aloqalar,

ichki   ishlar   vazirlikalari,   milliy   xavfsizlik xizmati,   davlat   bojxona,   soliq,   davlat   mulki

va   xususiylashtirish  qo`mitasi va   qimmatbaho  qog`ozlar birjasi, fan va texnika bo`limlari,


19

oily attestatsiya komissiyasi tuzildi.  Milliy   manfaatlarga   iqtisodiy   xavflarni   bartaraf   etish

maqsadida markaziy   iqtisodiy   organlarning   vazifasi   va   faoliyat   yo`nalishlari   tubdan

o`zgartirildi. Bank   tizimi   qayta   tashkil   etildi –davlat, tijorat   va   xususiy banklar   soni   35

taga   yetdi   va   ularnig   viloyat, tuman,   shahar bo`limlari hamda   shaxobchalari   aholining,

tadbirkorlarning,  chet   el   fuqarolarining sarmoyasini   saqlashda,  kredit   berishda   ancha

qulayliklar   tug`dirmoqda. Mustaqil   milliy   aviakompaniyalar, kompaniyalar   va   boshqa

umumdavlat xizmat   turlari   milliy   manfaatlar   maqsadiga   va  xavfsizligini   ta`minlash

uchun   faoliyat   ko`rsatmoqda.

Tashqi   va   ichki   xavflar   to`g`risida   so`z   yuritganda   shuni  ta`kidlash kerakki,

O`zbekistonning      davlat      suveriniteti    dunyodagi      barcha      yirik    davlatlar  tomonidan      tan

olingan  va diplomatik   munosabatlar   o`rnatilgan.

O`zbekiston   Respublikasi    1992 yil   2 martda   xalqaro   huquqning   to`la   huquqli

subyekti    sifatida   Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti (BMT)  ga qabul   qilindi. Respublikada

xavfsizlik   va   hamkorlik   bo`yicha   kengashning yakunlovchi   hujjatiga   imzo   chekish

bilan   Xelsinki   tashkilotiga  qo`shildi.

Bugungi      kunda      O`zbekistonda      jahondagi      qator      iqtisodiy    va  moliyaviy

birlashmalar –Iqtisodiy   Hamkorlik   Tashkiloti,   Qora dengiz  bo`yi davlatlari   iqtisodiy

assosatsiyasi,  Shanxay   va  Markaziy   Osiyo   tashkiloti,

Yevropa   tiklanish va   taraqqiyot   banki   va boshqalarning   a`zosi   hisoblanadi.

Respulika      mustaqil      ichki      va      tashqi  siyosat      yuritmoqda,      ulkan  moddiy      va

ma`naviy      boylikka    ega      bo`lgan    xalqmizning      azaldan  shakllangan      turmush      tarzi,

an`analari,   urf-odatlari   va fe`l-atvorining  butun dunyo   bilan   hisoblashadigan   jihatlarini

e`tiborga  olgan  holda   o`zining milliy   manfaatlaridan  kelib chiqib, o`zaro foydali

munosabatlar o`rnatmoqda.

  O`zbekiston   Respublikasida     milliy   davlat, ijtimoiy-iqtisodiy  va ma`naviy-

axloqiy   yangilanishi   jarayoni kechmoqda. Pirovard   maqsad –barqaror    bozor   iqtisodiyoti,

ochiq   siyosatga ega   bo`lgan   kuchli  demokratik huquqiy   davlat   va   fuqarolik   jamiyati

qurishdir.

Ushbu   sharoitda   respublikani   ichki  va   tashqi   xavflardan  saqlash va ularning

sinflarini   ishlab  chiqish  katta  ahamiyatga ega.

Darhaqiqat,   O`zbekistonning   jahon   iqtisodiy  tizimidagi  hozirgi  holati,

iqtisodiyotining   rivojlanish   darajalari,   tabiiy-iqlim   sharoitining  xususiyatlari, milliy

mentaliteti   va   tarixiy   merosini   baholash  va   tahlil   qilish   iqtisodiy xavfsizligiga   bo`lgan

xavfning   quyidagi   asosiy   omillarini  aniqlab  beradi.


20

 a) Tashqi  xavflar:

-  O`zbekiston   Respublikasining   xomashyo   bazasi   va   past   sifatli,

raqobatbardosh   bo`lmagan   mahsulot   o`tkazish   bozori   sifatida  saqlab qolish;

- xorijiy   bozorlarga   chiqishiga,  xalqaro moliya-iqtisodiy va savdo tartiblash

mexanizmlarida ishtirok etishiga, yangi texnologiyalarga  erishishiga  to`sqinlik qilish;

- jahon   iqtisodiy tizimiga  va Markaziy   Osiyo   regionida  iqtisodiy integratsiyasiga

to`sqinlik qilish;

-  tashqi      transport,      axborot      va      ilmiy-texnika      kommunikatsiyalari    tizimi

rivojlanmaganligi;

b) Ichki xavflar:

- totalitar   tuzundan   qolgan   iqtisodiyotdagi  xomashyo  bazasi va  chuqur qayta

ishlamaslik,   soha  va   hududiy   disproportsiyalar;

- yer-suv     va ba`zi  turdagi   muhim  mineral- xomashyo  resurslarining

cheklanganligi;

- iqtisodiyotga,   ayniqsa,  ba`zi   regionlardagi  yuqori  demografik  bosim (Farg`ona

vodiysi) ;

- ishlab   chiqarishning   ko`p sohalarda  yuqori  chiqimiga  va  raqobatbardosh

bo`lmagan   mahsulot   chiqarishga  olib  keladigan  past  texnik  darajasi;

- iqtisodiyot   sohasida  yangi  huquqiy  asosning  shakllanishi  va  uni amalga oshirish

mexanizmlari   maromiga   yetkazilmaganligi;

-  ma`muriy-boshqaruv      tizimiga      xos      bo`lgan      usullar      va      iqtisodiy    jihatdan

eskicha   fikr   yuritish   retsidivlarining   saqlanib   qolishi,   ba`zi boshqaruv    qismlari

tomonidan   xo`jalik   faoliyatining   bozor   printsipi  va mexanizmlarini   yetarli   darajada t

ushunmaslik;

- iqtisodiyotning   turli   sektorlari   va   sohalarida   bozor  o`zgarishlari darajasi   va

dinamizmidagi, shuningdek,  shahar   va  qishloq   orasidagi tafovutlar;

- bozor   infratuzlmasining   rivojlanmaganligi;

- moliya,  bank-kredit   va   valyuta tizimlarida pul aylanishining beqarorligi xavfi;

- iqtisodiy   sohada   jinoyatning   tarqalishi,  xo`jalik   subyektlari  huquqiy himoya

mexanizmining    mukammal emasligi.

O`zbekistonda   milliy   iqtisodiy   xavfsizlikni  ta`minlashning  asosiy yo`nalishlari

ustuvor  milliy   manfaatlar, real  va  potensial  xavflarga bog`liq ravishda  aniqlanadi   va

quyidagilarni  o`z ichiga  oladi:



21

- bozor   iqtisodiyotini   shakllantirishga,   uning    qudratini oshirishga real   mulkdorlar

sinfini shakllantirishga yo`naltirilgan iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan o`tkazish;

- xususiy tadbirkorlik, kichik va o`rta biznes rivojlanishini         rag`batlantirish ;

- mulkdorlarning huquqlari va xususiy mulkni  himoyalash, iqtisodiy faoliyat

erkinligini ta`minlashning amaliy-huquqiy mexanizmlarini shakllantirish;   - investitsion

faoliyatni  faollashtirish, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotning zamonaviy ishlab

chiqarishini tashkil etish hisobiga mamlakatning iqtisodiy mustaqilligiga erishish;

- makroiqtisodiy  barqarorlik, moliya, pul-kredit, tizimlari mustahkamligini ta`minlash,

milliy valyutani kuchaytirish;

- favqulotda   holatlarda   iqtisodiyotning barqaror ishlashini ta`minlash;

- iqtisodiy va demokratik yangilanishlar yo`liga g`ov bo`layotgan barcha darajadagi

boshqaruv   tizimidagi  nuqsonlarni bartaraf etish;

- ma`muriy islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotning boshqarish tizimini

takomillashtirish va boshqalar.

O`zbekistonda  iqtisodiyot   va ijtimoiy  sohani   rivojlantirishning 12 yillik yakunlari

va bu  sohada eng muhim ustuvor yo`nalishlar bo`yicha amalga oshirilayotgan   chora-tadbirlar

xavfsizlik va tinchlik uchun   kurashda asos bo`lib xizmat qiladi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling