Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi


Bozor iqtisodiyoti sharoitida milliy iqtisodiy manfaatlarni himoya qilish shakli va


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana29.11.2020
Hajmi0.5 Mb.
#155615
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik va uning ahamiyati


1.3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida milliy iqtisodiy manfaatlarni himoya qilish shakli va

vositalari

Davlat,  jamiyat   va shaxs   manfaatlarini  himoya  qilish   davlatning  iqtisodiy

manfaatlarini    himoya   qilish   va   xavfsizlikni   ta`minlash   tizimi orqali amalga oshiriladi.


22

O`zbekiston      Respublikasida    shakllangan      iqtisodiy    manfaatlarni  himoya      qilish      va

xavfsizlikni   ta`minlash   tizimi   quyida bayon etilgan.

Yuzaga   kelishi  mumkin   bo`lgan   xavf-xatarlarni   bartaraf  etish yoki uning oldini

olishda   milliy   iqtisodiy  manfaatlarni   himoya  qilishning   u yoki bu usulidan   foydalaniladi.

Bunda   ular    tajovuzni   bartaraf   etish   yoki   uning ta`sirini   kamaytirshga   yo`naltirilgan

chora-tadbirlardan   iborat   bo`ladi

Davlatning   iqtisodiy   manfaatlarini   himoya  qilish   usullariga  mavjud resurslar   va

ulardan   foydalanish   usullari kiradi. Davlat   o`zining,  jamiyat va shaxsning   manfaatlarini

himoya qilish va xafsizligini ta`iminlashda iqtisodiy, huquqiy, axborot, intelektual va boshqa

resurslardan foydalanadi. Xavf-xatarning agressivlik   darajasiga   qarab   himoyaning   kelishuv,

qo`rqitish,   qarshilik , zo`rlash   yoki   majbur etish   kabi shakllari qo`llaniladi.

Jamiyat   va shaxs   o`z manfaatlarini   himoya qilish imkoniyati kam bo`lganligi

sababli  asosan  davlat   himoyasiga   tayanadi. Shu   bilan  birga jamiyat   va hsaxsning   hayotiy

zarur   manfaatlari   himoyasi   bilan shug`ullanuvchi   nodavlat   tizimi   ham  mavjud.

Mustaqil   O`zbekiston   bu   borada  batamom  yangi    chora-tadbirlarni amalga

oshirmoqda. Mamlakatimiz   Prezidenti   O`zbekiston   fuqaroalarining har   biri   uchun oliy

ne`mat   bo`lgan  mustaqillik,   milliy    iqtisodiy manfaatlarini   himoya   qilish   to`g`risida

so`z  yuritar      ekan,  uni      jamiyat  rivojining      asosi,  bugungi      va    uzoq    istiqboldagi

taraqqiyotimizning   sharti, barcha   islohotlarimizning   me`zoni va nihoyat,barchamiz   amal

qiladigan bosh tamoyil, deb  atadi. Millat   faoliyatining   o`zagi   bo`lgan   mustaqillik   jamiyat

a`zolari oldiga muttasil   yangi-yangi   maqsadlar   qo`yadi  va ular   bajarilishini   talab  qiladi.

Taraqqiyotning   har   bir   bosqichi –bu , muammolar   va ularni   bartaraf etish yo`lidagi   yangi

vazifalar,      demakdir,  deb      ta`kidlaydi      davlatimiz      rahbari.  Katta      va      kichik      millatlar,

davlatlar    va  qolaversa,      xalqaro      jamiyat      tajribasi  shuni      ko`rsatadiki,    vujudga      kelgan

muammolar    yechimida    sustkashlik qimmatiga   tushishi   mumkin. Zotan,   har    qanday

muammo   boshqa   qator  xavf-xatarlarni    keltirib    chiqaradiki,  bu, o`z    navbatida,   har

qanday   davlat taraqqiyotini    ancha   jiddiy   murakkablashtiradi . Demak,   mamlakat   taqdiri

uchun   ma`sullikni   o`z   zimmasiga   olgan hokimiyat   tuzilmasi    bu    borada befarqlikka

yo`l   qo`ya    olmaydi,   doimo   uyg`oq   va  harakatda   bo`lishi lozim.

“Bugun, - deb    ta`kidlaydi     Prezidentimiz , -barcha   atrofdagi   vaziyat qanday   tus

olayotgan,      nafaqat      mintaqada  ,  balki      butun      dunyo      miqyosida  hayotning      o`zi      ham

qanday   tez    sur`atlar   bilan   o`zgarayotganini   kuzatib turmoqdamiz”.   Bundan   chiqadigan

xulosa   shuki,   yon-atrofdagi   va   butun dunyodagi   jarayonlarga   nisbatan   loqayd   bo`lgan



23

hudud   ularga o`z vaqtida zarur   darajada   munosabat   bildira   olmaydigan    davlat   o`zining

keyingi taraqqiyoti   uchun   hech   qachon   zamin   yarata   olamaydi.

XXI    asrning  ilk  yillaridanoq    dunyoning  turli    joylarida    yuz  bergan keskin

o`zgarishlar  mamlakatimizda  barqarorlik, davlatimiz   yaxlitligi, sarhadlarimiz   dahlsizligi   va

nihoyat   fuqarolarimizning   tinchligi    va osoyishtaligini    ta`minlash    strategiyasiga   jiddiy

o`zgarishlar   kiritishni taqazo   etmoqda. Yurtboshimizning   ikkinchi   chaqiriq   O`zbekiston

Oliy Majlisining    to`qqizinchi    sessiyasida   so`zlagan    nutqida   aksini    topgan mamlakat

rivojining      ustuvor      yo`nalishlari        tizimiga      e`tabor        beradigan  bo`lsak,      ular

mustaqilligimizni,   xavfsizligimizni,    tinchligimizni   asrash orqali    uning    umrboqiyligini

ta`minlaydi. Zero,    ijtimoiy    sohalarni erkinlashtirish    bo`ladimi   yoki   jamiyat,   davlat   va

har   bir oila   osoyishtaligi va   inson    ravnaqi   muammosi    bo`ladimi,   barchasi    davlat

barqarorligi va xavfsziligi   masalasiga   taqaladi. Shunday   ekan, Prezidentimizning   yangi

ustuvor    yo`nalishlarini    shiddat    bilan   o`zgarib   borayotgan   bugungi dunyo xavfsizligiga

solayotgan   tahdid   va    xurujlarga   nisbatan   javobimiz, deb qabul   qilmoq    kerak, degan

fikrlarida    ulkan    haqiqat   yotibdi. O`zbekistonda,   Rossiya    va   boshqa    davlatlarda    ro`y

berayotgan  voqealar va     terroristik    chiqishlar    barcha    davlatlardan,   shu      jumladan,

O`zbekistondan    milliy    manfaatlarini    himoya    qilish    shakli    va vositalarini izlashni    va

ularning    optimal    yo`llarini   topishini    taqazo etadi.

Milliy    iqtisodiy    manfaatlarini    himoya  qilish    shakl   va   vositalarini tanlash

davlatning   siyosati   strategiyasi va   iqtisodiy   xavfsizlik   konsepsiyasi  asosida    amalga

oshiriladi.

Iqtisodiy          xavfsizlik        konsepsiyasi        O`zbekiston        Respublikasi      qabul  qilgan

milliy   xavfsizlik   konsepsiyasining    asosiy   bo`limlaridan   biri hisoblanadi.  U   O`zbekiston

Respublikasining    iqtisodiy   manfaatlarini ,  milliy   boyligini    ichki  va    tashqi    xavf-

xatarlardan   himoya   qilishni   ko`zda tutadi. Ushbu    konsepsiya    bu   boradagi   siyosatni

belgilab   beruvchi asosiy hujjat    hisoblanadi. Iqtisodiy   xavfsizlikni    ta`minlash    siyosati –

O`zbekiston Respublikasining    miliy   va   iqtisodiy   xavfsizligini   ta`minlashga   qaratilgan va

ma`lum    davr    ichida   olib    boriladigan   siyosat   va   harakatlardir.

Iqtisodiy   xavfsizlikni    ta`minlash   strategiyasi –bu , davlat,    jamiyat va shaxsni

real   xavf-xatarlardan   himoya    qilish   harakatlaridir.   Bunda xavfsizlikni   ta`minlash

resurslari,   usullari,   organlari   va    shakllaridan foydalaniladi.

O`zbekistonning    iqtisodiy    xavfsizligini    ta`minlash   konsepsiyasi

O`zbekiston        Respublikasining        iqtisodiy        xavfsizligini      ta`minlash      organlari,

kuchlari,    vositalari   yordamida   amalga    oshiriladi. Bular,   o`z   navbatida, quyidagilarni


24

o`z      ichiga      oladi:  qonun      chiqaruvchi,  ijro    etuvchi      va      sud  hokimiyati,        jamiyat      va

boshqa   tashkilotlar,   birlashmalar,   iqtisodiy xavfsizlik    chora-tadbirlarini   ishlab

chiqarishda   va amalga    oshirishda bevosita   qatnashuvchi    fuqarolar.

 

O`zbekiston Respublikasida  iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash va  boshqarish



organlariga quyidagilar kiradi.

-

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti ;



- Oliy Majlis;

- Vazirlar Mahkamasi;

- O`zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   huzurudagi stratigik   va mintaqalararo

tadqiqodlar   instituti;

-  O`zbekiston Respublikasi xavfsizlik kengashi;

- Milliy xavfsizlik xizmati;

- Iqtisodiyot vazirligi;

-Samarali iqtisodiy siyosat markazi;

- Moliya vazirligi;

- Ichki ishlar vazirligi;

- Davlat soliq qo`mitasi;

- Davlat bojxona qo`mitasi;

- Davlat mulk qo`mitasi;

- Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi;

- O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va boshqalar.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq davlat hokimiyatini tashkil

etishning asosiy prinsiplaridan biri xalq hokimiyatidir.

Respublikada   xalq –davlat   hokimiyatining, davlat   dahlsizligining birdan-bir

manbaidir.

Xalq   davlatni   boshqarishni   bevosita  yoki saylab qo`yilgan   o`z vakillari orqali

amalga   oshiradi. Xalqning   bevosita   boshqarish   vositalari   asosi O`zbekiston   Respublikasi

Konstitutsiyasida   va   ayrim maxsus   qonunlarda belgilangan. Xalq    tomonidan   davlatni

bevosita   boshqarish   vositalariga   xalq deputatlari    kengashlariga   saylovlar, davlat

siyosatidagi   muhim   masalalarni xalq   muhokamasiga   qo`yish, saylovchilarning

yig`ilishlari, xalq   deputatlarini muddatdan   oldin   chaqirib   olish   va   hokazolarni   kiritish

mumkin. Ularni o`tkazish    tartibi    ham   tegishli   qonunlarda belgilangan.



25

Xalq   davlatni   o`z   vakillari    orqali   boshqarish –O`zbekiston Respublikasi Oliy

Majlisiga   hamda   xalq   deputatlari  viloyat,  tuman   va shahar kengashlariga    saylangan

deputatlari   orqali   boshqarishdir.

Xalq      tomonidan      faqat    u  saylagan        O`zbekiston      Respublikasi      Oliy  Majlisi

Kengashi    a`zolari ( deputatlar)   va   O`zbekiston    Respublikasi Prezidenti   ish   olib   borishi

mumkin.

Prezident  O`zbekiston   Respublikasi   Qurolli   kuchlari   oliy   boshqaruvini amalga



oshiradi   va   Qurolli  kuchlar   Oliy   Bosh   qo`mondoni   hisoblanadi. U  respublika   mudofaa

qobiliyatini    mustahkamlash,   mamlakat   manfaatlariga qurolli   xavf   paydo   bo`lgan

holatlarda uning    suveriniteti,   hududiy  yaxlitligi   va   mustaqilligini   himoya   qilish

yuzasidan   zarur   chora-tadbirlar ko`radi va hokazolar.



26

II BOB. IQTISODIY XAVFSIZLIK OMILLARI VA UNING TIZIMI FAOLIYATINI

TAHLILI.

          2.1. Iqtisodiy xavfsizlik omillari.

  Iqtisodiy     xavfsizlik    tadqiqotlari    mavjud axborotlarni yig’ish, kontsеpsiyalash

orqali ichki va tashki xavf bеlgilarini aniqlash va ularni tasniflashga qaratiladi. Bunda

tadqiqodchilar eng e'tiborli iqtisodiy xavfsizlikka ta'sir etuvchi omillarni tanlab oladilar.

Shaxs,    jamiyat   va    davlat    xavfsizligiga oid   axborotlarni   topish va jamlashda

iqtisodiy   xavfsizlik    nazariyasida   biror   bir   tabiiy yoki ijtimoiy xodisani kеltirib chiqaruvchi

voqеa sababini aniqlaydigan omilli analiz usulidan foydalaniladi.   «Omil» tushunchasi

adabiyotlarda, sabab, biror   bir voqeaning harakatlantiruvchi    kuchi, hodisalarnnig xaraktеrini

kursatuvchi jihatlar, dеb ta'riflanadi.

Iqtisodiy xavfizlikni omilli analizga asoslanmagan holda tadqiq etib bo’lmaydi, chunki

iqtisodiy xavfsizlik tizim bo’lib, u bir qator o’zgaruvchi hodisalar bilan bog’liq.

Ko’p omillar o’zaro bog’liqlikda bo’lib, bir-birining o’rnini bosuvchi xisoblanadi.

Lekin, shu bilan birga ba'zi omillarning  iqtisodiy xavfsizlikka bilvosita ta'sir ham kuzatilgan.

Iqtisodiy   xavfsizlikni  o’rganish   omillari, omilli    matritsa, deb nomlanuvchi

indikatorlar    (ko’rsatkichlar)   bilan   bog’liqdir. Omilli matritsa analiz davomida aniqlangan

omil va indikatorlarning o’zaro bog’liqlik darajasini xaraktеrlaydi. Omilli   analizning    asosiy

maqsadi - shaxs, jamiyat va davlat iqtisodiy  xavfsizligini    ta’minlaydigan   umumiy   qoidalarni

ishlab chiqish va ularning   mamlakatimiz   iqtisodiyotini   hamda   ijtimoiy    sohani

rivojlantirish jarayonidagi    nuqsonlar   va   bu   sohalarda   eng muhim ustuvor yo’nalishlar

bo’yicha   amalga   oshiriladigan   chora-tadbirlar   bilan   uzviy bog’lanishini ta'min   etishdan

iboratdir.   Rеspublikamizda makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash, to’lov

intizomini yaxshilash, iqtisodiy xavfsizlikning asosiy omillarini   hisobga   olish    borasida

ijobiy   natijalarga erishilmoqda.

2003   yilning   birinchi   yarim   yilligida   yalpi ichki   mahsulot (YaIM) hajmi    3,8

foizga o’sdi. Iqtisodiyotning   dеyarli   barcha   soha va tarmoqlari jadal   va   izchil   rivojlandi.

Sanoat   mahsuloti   ishlab chiqarish  hajmi 5.5 foizga,  istе'mol   mollari - 4, qishloq   xo’jalik

mahsulotlari  -  3,8,  invеstitsiyalar  hajmi      esa,  2,6  foizga  o’sdi.  Aholi      bandligi      o’sish

sur'atlarining barqarorligi saqlab   qolindi, bu ko’rsatkich 102,8 foizni tashkil etdi.

Shu bilan birga ayrim sohalarda lokalizatsiya, ya'ni mahalliylashtirish dasturi doirasida

mahsulot ishlab chiqarish bu borada bashorat  (prognoz) qilingan ko’rsatkichdan ortda

qolmokda. Bu ko’rsatkich «Uzgo’shtsutsanoat» davlat uyushmasida 21,6%,    «O’zfarmsanoat»

davlat    kontsеrnida 22,4%, «O’zpaxtasanoat»    uyushmasida, «Fayz»   xolding



27

kompaniyasida 40%, «O’zbеkеngilsanoat» davlat aksiyadorlik kompaniyasida 40,3%,

«O’zkammunxizmat»   agеntligida 40,5%   va   «O’zkimyosanoat»  davlat aksiyadorlik

kompaniyasida 40.9%ga bajarilgan. Ayniqsa, 2003 yilning birinchi yarmi    davomida   33   ta

loyiha   bo’yicha amaliy ishlar   boshlanmagani rеspublika    iqtisodiyotiga    salbiy   ta'sir

ko’rsatishini va iqtisodiy xavfsizlikning asosiy omili - ishlab chiqarish zaiflashganini

ko’rsatmoqda.

Yana bir omil - budjеt sohasida izchil va notekis krеdit-moliya siyosatini o’tkazish, shu

tartibga qat'iy amal qilish orqali budjеt daromadlari va xarajatlar qismining joriy 2003 yil uchun

tasdiqlangan ko’rsatkichlarini bajarish, shuningdеk, budjеt    kamomadini qoplashga, inflyatsion

jarayonlarga   barham    bеrishga qaratish   asosida   2003   yilning    birinchi    yarmida   davlat

budjеtining ijrosi ta'minlandi   va   YaIMga     nisbatan   0,5%i    profitsit   bilan   yakunlandi.

Korxonalarning   soliq   tizimini   unifikatsiya   qilish    bo’yicha   amalga oshirilgan   chora-

tadbirlar   ham   2003   yilning    birinchi   yarimi yakunlariga ijobiy ta'sir o’tkazdi.

O’zbеkiston    Rеspublikasida    2003 yildan   boshlab   foydadana olinadigan   soliq

stavkasi     24%dan    20%ga,   yuridik    shaxslar uchun ish haqi    fondidan   ijtimoiy    sug’urta

ajratmalari    37,3% dan  35%ga pasaytirildi.  Shuningdеk,   ayrim   soha  turlari   umuman bеkor

qilindi.


Milliy   iqtisodiyotni   mustahkamlaydigan   bu   kabi chora-tadbirlar mahsulot   ishlab

chiqaruvchilarning    moliyaviy    ahvolini   yaxshilashga, korxonalarning    invеstitsiya

sohasidagi   faoliyatini   oshirishga   xizmat qildi. 2003 yilning   birinchi   yarmi   mobaynida

korxonalarning   invеstitsiyalari hajmi 18 %  ga   ortdi   va u iqtisodiyotga   yo’naltirilgan

barcha    invеstitsiyaning 46%ini   tashkil    etdi. Bu   esa, o’z-o’zidan    rеspublikada

innovatsion   jarayonni   jadallashtirish, raqobatbardosh    mahsulot   ishlab   chiqarish   imkonini

yaratadi,   iqtisodiy    xavfsizlikni ta'minlaydi va uning darajasini oshiradi.

Iqtisodiy    xavfsizlikni    ta'minlovchi   omil - bu,   bank   tizimini   isloh qilish

borasida   amalga   oshirilgan   ishlar    hamda   tijorat    banklari tеndеntsiyalari    natijasida

O’zbеkistonning    oltin    valyuta zahiralari sеzilarli darajada    o’sdi. 2003   yilning   birgina

birinchi      yarmida      tijorat  banklarining  jami      mablag’lari        32%ga      ortda,  krеditlarni

kamaytirish   darajasi yaxshilandi. Eng    muhimi, aholining   bank   tizimiga   bo’lgan   ishonchi

ortib   bormoqda. Ularning   dеpozit    hisoblariga   qo’ygan   omonatlari    44%ga ortda. Natijada

bank   xizmatlari   tarmog’i   sеzilarli   darajada   kеngaydi, xususiy  va  mini banklar   soni

kеskin   ravishda   ortmoqda.

Biroq,   kеyingi   vaqtlarda   rеspublikada   yuqori   foizli   foyda va'da qilib, turli

shubhali   «Biznеs   loyihalar»ga   kеng   aholi   qatlamlaridan   mablag’larni, shu jumladan,


28

xorijiy   valyutalarni  jalb   etish   orqali   moliyaviy   firibgarlikka qo’l    urish   xollari    uchrab

turibdi.  Oqibatda      rеspublikamizning      ko’p  fuqarolari        Rossiyadagi      MMM        banki

piramidasi   kabi   soxta   banklarga  o’z mablag’larini   qo’yib,   kuyib    qolishlari mumkin.

Bunday   salbiy   xolatlarning   oldini   olish    maqsadida   O’zbеkiston Rеspublikasi

Markaziy    banki   aholi     omonatlarini   saqlashi   uchun   kеng imkoniyatlar   yaratmoqda.

Rеspublikamizda   Markaziy   bankning   tеgishli litsеnziyalariga   ega   bo’lgan   O’zbеkiston

Rеspublikasi   Tashqi   iqtisodiy faoliyat    Milliy banki»    O’zbеkiston Rеspublikasi    Xalq

banki,  «Asaka»,  «Zamin  bank»,      «O’zuyjoyjamg’armabanki»,      O’zbеkiston          aksiyadorlik

tijorat,    sanoatqurilish   banki, «Paxta   bank»,   «G’alla bank»,   «Turon bank», «Tadbirkor»,

«Savdogar»,        «Aloqa  bank»,        «Trast  bank»,      «Ipak  yo’li»,  «Hamkorbank»,  «ALP  jamol»,

«Turkiston»,   «Davr bank»,    «Istiqbol bank», «O’ktam bank»,   «Biznеs bank», «Kapital

bank»,  «Ravnaq  bank», «O’zDеu», O’zbеk-turk   ko’shma  banklari   va   ABN AMRO   banki,

O’zbеkiston   MB hissadorlik   jamiyati,   «O’zpravatbank»   xususiylashtirish   va   invеstitsiya

bo’yicha   xalqaro   banki,   Eron   «Sodеrot»   bankining      O’zbеkiston Rеspublikasi

Toshkеnt   shahridagi   shu'ba   banklari   faoliyat   ko’rsatmoqda.

Kеngash    davri   adabiyotlarida   ishlab   chiqarishni   rivojlantirish, samaradorlikni

oshirish      omillariga      katta      e'tibor        bеrilgan.      Ishlarning    aksariyati      shlab    chiqarish

kuchlarini   rivojlantirish   va   Kеngash   davridagi iqtisodiy   o’sishni   analiz   qilishga

bag’ishlangan.

Rossiyalik   iqtisodchi A.Anishkin  izlanishlarida   ishlab  chiqarish  omillari va

chеklangan   iqtisodiy  rеsurslarning   o’zaro   bog’liqligini   o’rgandi. Bu izlanishlar   asosan

ishlab   chiqarish   omillarining   iqtisodiy   o’sishga   ta'sirini aniqlashning   matеmatik   yo’lini

aniqlashga   qaratilgan.

Iqtisodiy    xavfsizlik    tizimi   bir   qator  ma'lum  omillar ta'sirida amal qiladi.

Ushbu omillar xususiyatlari,   manba'lari   va   tizimga   ta'sir   darajasiga ko’ra,

ob'еktiv,   sub'еktiv, tashki   va ichki bo’lishi mumkin. Iqtisodiy  xavfsizlik omillari   tizimi - bu,

davlatning   iqtisodiy,   ijtimoiy,   siyosiy, ekologik,  ilmiy, tеxnik,   information   shart-

sharoitlaridir. Milliy  iqtisodiy    xavfsizlik omillari tizimi xalqaro iqtisodiy xavfsizlik tizimi

bilan uzviy bog’liqdir.

Iqtisodiy   xavfsizlikning   ob'еktiv   omillari   mustaqil   bo’lib, ularga tabiiy sharoitlar

va rеsurslarni kiritishimiz mumkin.

Ikkinchi   tomondan   qaraganda, tabiiy va boshqa rеsurslar sub'еktlar ta'sirida tashqi

aloqalar tizimiga kiradi va buning natijasida iqtisodiy xavfsizlik kuchayadi yoki aksincha



29

susayadi. Shundan kеlib chiqib, ko’proq iqtisodiy xavfsizlikning sub'еktiv omillari xaqida

gapirish mumkin.

Rivojlanishning hozirgi davrida ilmiy tahlil va tеkshirishlar (tadqiqodlar) asosida

quyidagi omillar tizimining klassifikatsiyasini ajratib kursatish mumkin:

Ø

Iqtisodiy omillar mеhnat rеsurslari, mеhnat vositalari; ishlab chiqarish asosiy



fondlari; ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma, aholi turmush darajasi; stratеgik zahira va

boshqalarni uz ichiga oladi.

Ø

Tabiiy iqlim omillariga yoqilg’i enеrgеtika rеsurslari va mahsulotlari, minеral



xomashyo; o’rmon; suv; yеr; biologik rеsurslar; iqlim sharoitlari; rеlеf, grunt tarkibi va boshqalar

kiradi.


Ø

Iqtisodiy va tabiiy sharoitlar ta'sirini sintеzlovchi omillar davlatning tuzilishi; turli

mulk shakllari; ko’llab- quvvatlovchi siyosati; ishlab chiqarishning jamoaviy shakli; tabiiy

rеsurslarni saqlashga qaratilgan tadbirlar; atrof- muhutni himoyalash; tabiiy rеsurslarni ishlab

chiqarish va ulardan oqilona foydalanishni o’z ichiga oladi.

Ø

Ijtimoiy-siyosiy omillar: O’zbеkistonda hududlarning bir tеkisda rivojlanishni



ta'minlash; milliy   va madaniy   masalalarni  hal qilish; sog’liqni saqlash va boshqalar.

Ø

Ilmiy-tеxnologik omil   barcha   omillarga   ta'sir ko’rsatib, ularning iqtisodiy



xavfsizlikka  ta'sirini   kuchaytirishi   yoki  aksincha   sustlashtirishi mumkin.

Ø

Ijtimoiy   dеmografik   omillarga: aholining   yoshi, jinsiy  bo’linishi; bilim



darajasi; huquqiy   va   siyosiy madaniyati; tug’ilish   va  o’lim ko’rsatkichi; sog’liqni   saqlash

tiziminiig rivojlanish darajasi va boshalar kiradi.

Ø

Etnografik   va   iqtisodiy   omillar   aholining  milliy tarkibi; etnik guruhning



joylashuvi; etnik   guruhlarda   tug’ilish   va   o’lim   darajasi; millatlararo   munosabat

madaniyati; etnik   guruhlarning   ijtimoiy -  siyosiy va iqtisodiy   rivojlanishdagi   farqlaridan

iborat.

Ø

Informatsion   va   information  -  psixologik   omilar:  axborot aylanishi;  aylanish



davri, yo’nalishi;   informatsion   oqimlar; a xborotlardagi milliy o’ziga xosliklar; axborotni

qayta ishlash tizimi; sirning oshkor bo’lmaslik darajasi yoki himoyalangani.

Ø

Siyosiy  omillar: davlatning ravnaqi; jamiyat; madaniyat; siyosiy harakatlar va



partiyalar; nodavlat va jamoat tashkilotlari, milliy xavfsizlikni ta'minlovchi tizim bo’linmalari.

30

31

2.2. Iqtisodiy himoyalanishning ichki va tashqi omillari.

O’zbеkiston      o’zining      rango-rang      tabiati      bilan      kishini      hayratga    soladi.  Bir

tusdagi   cho’l  landshafti   va   qor   bilan   qoplangan baland tog’lari, sеrsuv daryolari va

butunlay suvsiz  maydonlari  bor.

Hududning   ko’p   qismi   Turon   tеkisligiga   mansub,  kеskin ko’tarilgan balandliklar

uchraydi. Kеyinchalik   ko’tarilib, Tyanshan   va   Pomir-Olayga aylangan. Bu   tog’larning

o’sishi   natijasida   Hind Okеanidan   kеladigan namlik   yo’li    to’silgach, iqlim    quruqlasha

borib,   asta-sеkin bеpoyon cho’llar vujudga   kеlgan. O’zanini   va   yo’nalishini   o’zgartirib

turgan      daryo  hamda  shamollar        yеr      yuzasidagi        yumshoq        qatlamni        ko’p      marta

ko’chirgan.  Qizilqum      va        Qoraqum        qumlari        shu      tariqa      hosil      bo’lgan.      Daryo

tarmoqlarining  shakl-shamoyi   tеz-tеz   o’zgarib   turgan. Masalan,   Amudaryo dastlab  Kaspiy

dеngiziga  quyilgan   (O’zboy  o’zani   orqali),   kеyinroq Orol dеngizi   tomon  oqqan.

Shuningdеk,  daryolarning   sеrsuvlik   darajasi  va joylarda   yog’in   miqdori   ham   o’zgarib

turgan.  Natijada   O’zbеkistonning ko’p  qismi   tеkislikka   aylangan.

O’zbekistonning    iqtisodiy   xavfsizlik    tizimiga   hozirgi   kunda   ko’plab ichki

omillari      ta'sir      qilmoqda.  Shuning        uchun      eng      muhim        omillar  guruhini,      ya'ni

O’zbеkiston    Rеspublikasi   tabiiy-iqlim   sharoitida   yuzaga kеluvchi   va   atrofning   ekologik

holati   hamda   ijtimoiy, iqtisodiy   xavfsizligi va   ob'еktlarining   boshqa    hayotiy  jihatlarini

ko’rib chiqish zarur. Iqtisodiy xavfsizlikka o’z  o’rnida mamlakat landshafti ham ta'sir qiladi.

O’zbеkiston Rеspublikasi    tеkis   va   tog’li   rеlеflardan   iborat. Tеkis   rеlеf   bir tomondan,

o’ziga   musbat   holatni    kеltirsa, ikkinchi tomondan, katta   dalalar, qum   va barxanlar

egallagan, ma'lum    darajada    qishloq   xo’jalik   ishini  qiyinlashtirib, qo’shimcha   chiqimlarni

talab kiladi.

Landshaftni        shartli      ravishda      uch    qismga      bo’lish    mumkin:  sharq  va  janubiy-

sharqdagi   tog’lar va   tog’ oldi   qismi. Ular    rеspublika   hududining taxminan   15 qismini

tashkil  qiladi. Shunday  qilib, tog’lardagi   eng   baland cho’qqi – 4643   mеtr; G’arbda - chala-

cho’l va    cho’llar;    janubiy-g’arb   va shimoliy-g’arbdagi    tеkislik   bu   joylarda   toshloqli

cho’ldan      iborat.  Ustyurt  platasi,      Quyi      Amudaryoning      tеkisligi      va      onda-sonda      past

tog’lar  ko’tarilib   turgan   Qizilqum   cho’li   bor va uning  janubida   bеrk  Mingbuloq botig’i

joylashgan.

Qizilqumning   janubi   tog’ oldiga   tutashuvchi   Sandiqli   qumli cho’l, Qarshi   dashti

va   Mirzacho’lning   sharqiy   qismidan   iborat.

Dеmak, iqlim    iqtisodiy   xavfsizlik   holatiga   ta'sir   qilar   ekan, O’zbеkiston   uchun

iqlim   sharoitini    iqtisodiy    xavfsizlikka   pozitiv omil sifatida qarash va issiqsеvar



32

o’simliklarni - paxta, kanop, uzum, anjir va boshqalarni еtishtirishga sharoit yaratuvchi dеb

hisoblash mumkin. Zarur qazilmalar zahiralarining ko’pligi yoki yo’qligi iqtisodiy xavfsizlikka

to’g’ri ta'sir qiladi. Rеspublika har xil foydali qazilmalarga boy, ammo ularni noo’rin ishlatish

xomashyo   zaxiralari   kamayishiga   olib kеladi.

Rеspublikaning   foydali  qazilmalar  joylashgan, gеologik   tuzilishi   va rеlefi   bilan

bog’lik   tеkisliklarda   cho’kindi   jinslar  orasidan   nеft va gaz konlari  (Gazli,   Shoxpaxti,

Ko’kdumaloq). Farg’ona   vodiysida   va Surxandaryoda   nеft    konlari   (Mingbo’loq, Sok,

Jarqo’rgon),   tabiiy cho’kishdan   hosil   bo’lgan  tuzlar (Borsakеlmas), qurilish   matеriallari

konlari topilgan.

Ko’mir konlari (Angren, Sharg’un, Boysun), nodir, rangli va kamyob mеtallar, flyuarit,

kurilish matеriallari konlari tog’larning ancha qadimgi jinslari bilan bog’liq.

Rеspublikada   nеft   qazib   chiqarish 1924 yilda 5,6; 1940 yilda -119; 1958 yilda

- 1287; 1961 yilda -1706 va 1965 yilda 1800   ming   tonnani   tashkil  qildi. Kеyingi

bеsh   yilda   rеspublikada   nеft   ishlab  chiqarish   kеskin  kamaydi. 1965  yilda  1962

yildagiga  qaraganda   rеspublikaga   tashqaridan  nеft  olib kelish   1,7   baravar   oshgan   edi.

Rеspublikada   nеft   mustaqilligining   zaiflashishiga   birinchi   galda bu hududda

joylashgan    nеftni   qayta   ishlovchi   ikkita   zavodning   mahalliy nеft bilan   ta'minlanish

darajasi   pasayishi, ikkinchi    tomondan,   yеtmagan xomashyoning   G’arbiy

Turkmanistondan   kеltirilishi   va   uning  narxi Farg’ona    va   Buxoro   nеftidan   ikki   barovar

yuqoriligi   sabab  edi.

To’g’ri, O’zbеkistonda   nеft   chiqarish   va   qayta   ishlash sanoati yangidan   barpo

etildi va rivojlandi. Farg’ona vodiysi va Buxoro Qashqadaryo, Surxondaryoda nеft konlari

rivojlantirildi va ishga tushirildi. 1970 yilda O’zbеkistonda 1672 ming tonna nеft chiqarildi, bu

sobiq SSSRda chiqarilgan nеftning atiga 5%ini tashkil etardi.

Rеspublikamizda    iqtisodiyotni   erkinlashtirish   va chuqurlashtirish davrida    nеft

rеsurslaridan    foydalanish,   chuqur   qayta   ishlashga   asoslangan   holda   yangi   mahsulotlar

ishlab   chiqarish   strukturasi va tеxnik jixozlash, nеft   qazishni    takomillashtirish   evaziga

nеft va   gaz   ishlab chiqarish   hajmi   oshdi, natijada   1995   yilda   chеtdan    rеspublikaga nеft

kеltirilmadi   va   O’zbеkiston   haqiqiy   nеft    mustaqilligiga erishdi.

Shunday    qilib,   nеft    mustaqilligiga     erishish   uchun   avvalo, «Muborak   nеft-

gaz»   davlat   korxonasi   gеologlari,    parmalovchilari, ko’ruvchilari   zamin   yaratdilar, dеsak

mubolag’a    bo’lmaydi. Chunki bu korxonada   mustaqillik   yillarida  15ta   nеft- gaz   va   4  ta

gaz   kondеnsat konlari   qazib    olinadigan   mahsulot    hajmini    kеskin oshirish imkonini

yaratdi.


33

O’zbеkiston    hududida    stratеgik   ahamiyatga   ega  bo’lgan   uran, olti, mis,  rux,

volfram,   molibdеn,   flyurit,   shuningdеk, alyuminiy  va magnit rudalari, nodir   mеtallar,

oltingugurt, osh    tuzi, kaliy,   fosfor   va   boshqa   tabiiy tuz   konlari, kaolin, o’tga   chidamli

xomashyolar, bеntonit, marmar   va   boshqa bеzak    toshlari, uncha    qimmat    bo’lmagan

ba'zi   pardozlash   toshlari (biryuza,   aniks, xolsеdan,     amеtist) va   boshqalar   mavjud.

O’zbеkistonda    ba'zi   minеral   xomashyo   konlarining    mavjudligiga qaramay, har

yili (1991 yildan avval)   500   tonna   fasforit, 280 ming tonna kaliy o’g’iti, 408   ming    tonna

osh   tuzi, 87 ming tonna kvarts qumlari, 127 ming    tonna   bеntonit   gillari   hamda   ohak,

borit,  asbеst,  kaolin  konsеntrati,  dala  shpati,  tal’k,  grafit,  minеral  pigmеntlari,  natriy  sulfat,

oltingugurt va hakozalar Ukraina, Qozog’iston, Rossiyadan tashib kеltirilgan.

Stratеgik a  hamiyatga   ega   bo’lgan   va   rеspublikada   ishlab  chiqilgan uran, oltin,

mis, qo’rg’oshin, tabiiy gaz va boshqa mahsulotlar esa butun ittifoq vazirliklariga bo’ysinuvchi

O’zbеkistonda   joylashgan   stratеgik   korxonalardan chеklanmagan   holda   rеspublikadan olib

chiqib   kеtilgan.

Mustaqillik    tufayli   jamiyatimiz   xayotida   tub   o’zgarishlar   yuz bеrmoqda,

iqtisodiyotimiz   rivoj    topmoqda. Kеlajagi  buyuk     O’zbеkiston davlatining    nеgizida

bo’lgan        Olmaliq,    Navoiy          konmеtallurgiya  kombinatlari,      Muruntav,      Uchquduk,

Marjonbo’loq,   Ingichka,   Muborak, Sho’rtan,   Sharg’undеk   muhim   stratеgik    konlarining

o’zlashtirilishi mustaqil rеspublikamiz    iqtisodiyotini   mustahkamlash   imkoniyatlarini

kеngaytiradi.

O’zbеkiston   dunyoda   yеr o  sti zahiralari   bo’yicha  nufuzli o’rinni, shu jumladan,

oltin   zahiralari   bo’yicha   4 va     uni ishlab chiqarishda 9,   mis zahiralari    bo’yicha   11 va

uran   zahirasi    bo’yicha 8 - o’rinni egallaydi.

O’zbеkiston    fuqarolarining   yashash   sharoitini   bugungi   kunda suv rеsurslarining

ahvoli, tеxnogеn   ta'sirlar, ofatlar   va   qator   omillar   ta'siri bеlgilaydi. Iqtisodiyotni   kam-

ko’stsiz   ta'minlash   iqtisodiy  himoyalanishning muhim   omillaridan  biridir. Rеspublikaning

suv  rеsurslari   hududlarga   bеtartib    tarqalgan. O’zbеkistonda    bu    omil   bir qator   salbiy

ta'sirlarni kеltirib   chiqaradi.  Bu    ta'sirlar    biror    sеktorning   suv   rеsurslariga ehtiyoji

yuqoriligi, suv esa kamayishi mumkinligi bilan bog’liq.

O’zbеkiston    hududidan    kеsib   o’tuvchi   eng   yirik    daryolar – Amudaryo   va

Sirdaryo    rеspublikadan   tashqarida   boshlanadi   hamda oxirgi yillarda    rеspublika   uchun

iqtisodiy   xavf    tug’diruvchi   omilga   aylanib qoldi. Daryolar    tog’lar   orasidan   tеkislikka

chiqishi   bilan    suvini sug’orishga    olinishi, ularga    oqava   suvlar   kеlib    tushishi   va

oqimi      suv  omborlari        orqali        tartibga        solinishi        tufayli        ularning        tabiiy        rеjimi


34

o’zgaradi.  Daryolar        suv      oqimining      yil        davomidagi        taqsimoti          ularning  tuyunish

manbalari     nisbatiga     ko’ra,     xo’jalikda       foydalanish intеnsivligini     ko’proq     ifoda

etadi.   Rеspublikadan     tashqari   hududida – Qirg’iziston    va    Tojikistonda    bu    daryolarda

ulkan        gidroelеktrostantsiya  qurilgan        va        ular        qish          faslida        to’g’onlardan        suv

zahiralarining   katta qismini    tushirishi    oqibatida   toshqinlar    vujudga    kеlib, iqtisodiy

zarar kеltiradi. Bu    esa,    asosan    dalalarni    suv    bosishi, daryo    qirg’oqlarida joylashgan

sug’oriladigan   yеrlarning    yuvilishi    va    sеllar     vujudga kеlishiga   sabab    bo’ladi. Sеl

kеlganda    daryolar,   ko’llar    toshib, qishloqlar katta    talofat    ko’radi (Guzar   daryoda 1926

yil,  Yashil   ko’lda 1996 yil).

Atrof    muhitga    oxirgi    o’n    yillikda    tеxnogеn   ta'sirlar    ko’paydi. Angrеn ,

Chirchiq,   Olmaliq,   Zarafshon   kabi    sanoat    shaharlaridagi  ekologik   holat    bunga    misol

bo’lishi    mumkin. Sanoat   chiqindilarining daryoga   va atmosfеraga chiqarilishi, atrof-muhitga

yomon ta'sir qilyapti.

Xavfli    tabiiy     jarayonlardan    eng xavflisi - bu, 8-9 ballga boruvchi yuqori

tеbranuvchanlikdir. Kuchli   yеr    qimirlashlariga, Andijonda   (1889 y. va 1902 y.),

Toshkеntda    (1966 va 1968 y)    bo’lgan   silkinishlar kiradi.

O’zbеkiston        poytaxti        tеbranuvchi        zonada      joylashgan.  Bu  yеrda  1966  y.  26

aprеlda   kuchli   yеr    qimirlashi   bo’lib, buning   oqibatida   shaharning ko’p   rayonlari   zarar

ko’rdi. Toshkеntda  700  yеr   qimirlashi   qayd   etilgan.

O’zbеkistonning    iqtisodiy    xavfsizligiga    qurg’oqchilik   katta   salbiy ta'sir

ko’rsatadi. Qurg’oqchilikdan     ayniqsa,      Amudaryoning    quyi    rеgioni, Qoraqolpog’iston

Rеspublikasi va Xorazm    viloyati    qishloq   xo’jaligi katta    iqtisodiy   talofat   ko’radi.

Kеyingi     vaqtlarda    rеspublikada    ob-havoning    yil    fasllariga xos kеlmaslik

darajasi      o’sib      borishi      kuzatilmoqda:    kеch        bahor      va      erta      yozda      ko’p      yomg’ir

yog’moqda,   buning   oqibatida  qishloq   xo’jaligi   ishlari susaymoqda   (kеchki  ekin, chigitni

qayta ekish), bu    jarayonda    oshiqcha chiqimlar    qilinmoqda.

O’zbеkiston      O’rta        Osiyoda      aholisi      eng      ko’p        rеspublika  (O’rta  Osiyo

aholisining    60%dan   ortig’i   shu   yеrda   yashaydi). Aholi   soni   bo’yicha MDH   davlatlari

Rossiya   va    Ukrainadan   kеyin   uchinchi   o’rinni egallaydi.

Hududining    gеografik    joylashishi, hajmi    bilan   iqtisodiy   holatning bog’liqligi

mamlakatda    dеmografik   holatni   yuzaga    kеltiradi.  2001 yil 1 yanvar   holatiga    ko’ra,

O’zbеkiston   hududida 25,2 mln.   nafar   fuqaro notеkis   joylashgan. Aholi,   ayniqsa, Andijon

va      Farg’ona      viloyatlarida    juda  zich,        Surxandaryo,  Navoiy        viloyatlari      va



35

Qoraqalpog’iston Respublikasida esa    kam,   Sirdaryo va   Jizzax  viloyatlari    ham   aholi  kam

viloyatlar hisoblanadi.

O’zbеkistonning     xaraktеrli     xususiyatlaridan    biri    shundaki,   bu hududda

aholining   o’sish    sur'ati   juda    yuqori. Bu boradagi ko’rsatkichi agar

1940 yilda 2,7 foiz bo’lgan bo’lsa, 1950 yilda - 3,8, 1960 yilda – 3,3, 1980 yilda - 2,4,

1990 yilda - 2,1 va 2001 yilda -1,2 foizni tashkil etadi.  Aholining   o’sishi  ikki    tomonlama

ahamiyatga    ega.  Bir    tomondan,   aholining    ko’rsatkich ko’p    qismini    yoshlar    tashkil

etadi,  bu    iqtisodiyotni    rivojlantirishda katta    kuch, dеmakdir.    Aholining    qarish

muammosi   yo’q.  Lеkin   o’tgan  asrning    80-yillaridan    boshlab    aholining    pasayishi

kuzatilayapti va 2001 yilda   bu   boradagi   atigi   1,2 foizni   tashkil   qildi. Shu   jumladan,

shaharlarda 0,7   va   qishloq aholisiga nisbatan 1,5 foizga to’g’ri kеldi.

Aholi      o’sish      sur'atiga      asosan      bozor      iqtisodiyotiga      o’tish,  ilmiy-tеxnikaning

rivojlanishi    va    boshqa   omillar   ta'sir   etadi.  Ikkinchi  tomondan    esa,   aholining    o’sish

sur'ati   yuqoriligi    iqtisodiy    ahvolni qiyinlashtiradi,    ishsizlik    muammosi   iqtisodiy

xavfsizlikni    oshiradi.   Shuning    uchun    rеspublikada    kеlajak    avlod   sog’lomligini

ta'minlash, onalik   va    bolalikni    muhofaza    qilish,    bolalarni    jismoniy,  ma'naviy   va

axloqiy    rivojlantirish    maqsadida   1993   yilda    rеspublikada   «Sog’lom avlod uchun»

xalqaro   nohukumat    xayriya    jamg’armasi    tuzildi.   1990     yilda O’zbеkiston   Vazirlar

Mahkamasi   bu    jamg’armani    davlat     tomonidan qo’llab- quvvatlash,  shuningdеk,

rеspublika davolash-sog’lomlashtirish majmuasi  barpo   etish  to’g’risida qaror qabul qildi.

O’tgan yil  ushbu  qaror ijrosi ta'minlandi.

O’zbеkiston   aholisining   40,08  foizi  bolalar va o’smirlar (0-14 yoshlilar)dan, 28,3

foizi  esa  yoshlar  (15-21  yoshlar)dan  iborat.  Bolalar,      o’smirlar  va        ayollarning          umumiy

salmog’i    taxminan   70% ni, ya'ni   rеspublika aholisining    2/3   qismidan   ko’prog’ini

tashkil etadi. Shuning    uchun rеspublikada bolalar   sportini    rivojlantirishga   katta   ahamiyat

bеrilayapti.  Xorazmda      bo’'lib      o’tgan        «Umid  nihollari  -  2003»      va      Andijon    shahrida

«Barkamol avlod»    va    «Univеrsiada»   rеspublika    sport    musobaqalari bolalar    sportiga

e'tibor    kuchayib   borayotgani   hamda   uch   bosqichli sport o’yinlarining    yo’lga   qo’yilgani

yangi- yangi    istе'dodlarni   kashf  etmoqda, milliy   xavfsizlikni   ta'minlash   uchun  xizmat

qilmoqda.

O’zbеkiston   jahon   hamjamiyatiga   dadil   kirib   borayotgan,   bozor itstisodiyotini

shakllantirayotgan  bugungi   kunda   jahon   iqtisodiyotiga aloqador   har   qanday   jarayon

katta   qiziqish   bilan   o’rganilmoqda.  Jahon iqtisodiyoti   bilan   uzviy   bog’liq   ravishda

rivojlanayotgan   xalqaro   mеhnat bozori,   uni   shakllantirish    omillari   iqtisodiy   xavfsizlikni


36

ta'minlashda  asosiy      yo’nalishlar        bo’lib,  nafaqat        ishsizlik      muammosi,      balki      yuqori

malakali      kadrlar        tayyorlash,      valyuta      tushumini      (kеlishini)      oshirish      va  yoshlar

zamonaviy    tеxnika   va   tеxnologiya   sirlarini   o’rganishiga   imkon bеradi.   Bunga    Asaka

avtomobil    zavodida   asosan   janubiy    Korеyada tayyorlangan   mahalliy   kadrlar   faoliyat

ko’rsatayotgani misol bo’ladi.

Xalqaro   valyuta   fondi    ma'lumotlariga    ko’ra,    rivojlanayotgan davlatlarda   tovar

eksportidan   tushadigan   daromad   20% ni,    xizmatlar eksportidan   kеladigan    daromad

50% ni   tashkil   qiladi, ish    kuchi eksporti bundan   ham   yuqori. Masalan,   Turkiyadan 2,5

mln. ishchi   Gеrmaniyaga ishga jalb qilindi.

Xorijiy        mutaxasislar        hisob-kitoblariga        ko’ra,  shaxsiy      pul      o’tkazish

opеratsiyalari    ham    rivojlanayotgan    mamlakatlar   uchun   katta   ahamiyatga ega.   Ishchi

kuchi    eksportidan    tushumi       90- yillardan   rivojlanayotgan mamlakatlarda   ancha  yuqori

sur'atlar    bilan -   yiliga    10%  ga   o’sdi. Har yili    ushbu   manbadan    foydalanilgan   holda,

rivojlanayotgan    mamlakatlar asta-sеkin    ishchi     kuchi    eksportiga   iqtisoslasha

boshladilar.

Tarkibiy     shakllangan     birinchi    migratsiya    markazi    G’arbiy  Yevropadadir.

Bu   еrda    xorijiy    ishchi    kuchlaridan   doimiy   ravishda foydalanib    kеlingan.    Angliyaga

Hinddistondan,   Gеrmaniyaga   Turkiyadan, Frantsiyaga    Aljirdan    va    boshqa    qaram

davlatlardan      ishchi        kuchi      jalb  qilingan.      An’anaviy        tarzda        shakllangan        ikkinchi

migratsiya    markazi

AQSH     bo’lib,    bu    yеrda    mеhnat     rеsurslari   tarixan    aynan    immigrantlar

hisobiga        to’plangan.        Uchinchi        markaz        Yaqin      Sharqning  shakllangan        nеft  qazib

chiqaruvchi    mamlakatlardir.    O’tgan    asrning     70-yillari   boshida    bu    yеrga    3 mln.

xorijiy    ishchi   jalb    qilingan.   Bu immigratlarning    75 foizi   Misrdan,    25 foizi    Yaman,

Livan,    Suriya, Iordaniya,   Falastin   mamlakatlaridan    kеlgan.

Xozirgi     paytda    xalqaro    mеhnat    migratsiyasi    ancha   o’zgardi: industrial

rivojlangan          mamakatlar          rivojlanayotgan              mamlakatlarning  mеhnat          rеsurslariga

muhtoj.   Industrial    rivojlangan    mamlakatlar doirasidagi    migratsiya    rivojlangan

mamlakatlar        o’rtasidagi      ishchi        kuchlari        migratsiyasi        bo’lib,        bundan        tashqari

asosan    Еvropa   va Shimoliy    Amеrikadan    rivojlanayotgan    mamlakatlarga    borayotgan

malakali   kadrlarning  uncha    katta   bo’lmagan    oqimi nazarda    tutilgan.

O’zbеkistonning    ishchi    kuchi,   asosan   sobiq  sotsialistik mamlakatlar doirasidagi

ishchi        kuchi        migratsiyasini        tashkil      etadi.    Bu    migratsiyasining  sabablari        Rossiya,

Qozog’iston     korxonalarida    ba'zi    soha    va mutaxasisliklar    bo’yicha    ishchi    kuchining


37

yеtishmasligi,    shuningdеk, mahalliy   aholi   taklif   qilingan   ishni    bajarishni

xohlamasligidir.   Bunday holatni    ko’proq    ko’rish    va   qishloq   xo’jaligi,   kon   sanoati   va

xizmat sohalarida   ko’rish    mumkin.

O’zbеkiston    iqtisodiy    xavfsizligining  dеmografik    omillarini ta'minlashda

xalqaro    mеhnat      bozorida     ishtirok    etayotgani      jahon xo’aligining     normal     faoliyat

kursatayotganidan    dalolat    bеradi,   chunki xalqaro    mеhnat    bozori    jahon     bozorining

muhim    unsurlaridan   biridir. O’zbеkiston    bilan    Janubiy    Korеya   davlatlari   o’rtasidagi

bu    sohadagi hamkorlik   e'tiborga   loyiq.

Axborot        xatarlari      chin      yoki        soxta      bo’lishi      mumkin.      Xozirgi      kunda

rеspublika    uchun    xavflisi    OAV     (ommaviy  axborot vositalari)ning noto’g’ri

axborotlari,    kompyutеr    aloqalari   va    boshqalar.   Davlat   uchun axborot   aloqalariga

o’rinsiz    habarlarning    kirishi   ham   xavfdan  xoli  emas.

Hammamiz   guvoh   bo’lib    turganimizdеk,   axborot    kommunikatsiya

tеxnolgiyalari   (AKT)    rеspublika    iqtisodiga   va    umuman,    hayotimizga tеzkorlik    bilan

kirib    kеlmoqda.

Ushbu     yo’nalishda    Intеrnеt     butunjahon    tarmog’ining    rivojlanishi alohida

o’ringa        ega.        Albatta,        asosli        savol        tug’iladi:      ommaviy      axborot  vositalari

qonunchiligi        bo’yicha        hamma        axborot      uchun      kirishi        mumkin  bo’lgan      Intеrnеt

tarmog’i      nima?      U      ommaviy      axborot        vositasimi?      Uning  Rеspublika        milliy        va

iqtisodiy    xavfsizligiga   ta'siri    bormi?   Bu savollarga    javob    topish    bugungi     kunda

juda    dolzarb   bo’lib   turibdi.

O’zbеkiston        Rеspublikasi        «Ommaviy        axborot      vositalari  to’g’risida”  gi

qonunning    1-moddasiga    bionan    «... elеktron   axborot   tizimi...ommaviy axborot

vositasi”dir.    Dеmak,   sayt   OAV    hisoblanadi.

Bundan     tashqari,    intеrnеtdagi    ko’p   saytlarga    nisbatan    «axborot tarqatish

davriyligi»,    «ommaviylik», «foydalanuvchilarning chеklanmaganligi» kabi     tushunchalarni

qo’llash    mumkinligi    ularni    huquqiy    tomondan ham   OAV    sifatida   qabul    qilish

mumkinligini   ko’rsatadi.

Tеgishli    tartibda    ro’yxatdan    o’tgan    va    tarmoq    OAV  ga    ega bo`lgan    sayt

egasi,    bugungi    kunda    tashkilotsiz,    bosh    muharrirsiz    va boshqalarsiz,    elеmеntar

nazoratga    ega    bo’lmagan    intеrnеt     harakatidagi OAVga    tеgishli    qonunlarga   itoat

etishi      kеrak.      Bu    esa,  davlat  muassalari  -  konsеrn,    firma,      eng      asosiysi,  insoning

xavfsizligini  va tinchligini ta'minlashga asos bo’ladi.



38

Bundan    tashqari    mualliflik    huquqini     ximoya   qilishda   va   rеklama sohasida

ham    masalaga    jiddiy    yondashish    talab    qilinadi. To’g’ri,   bu talablarga     rioya    qilish

boshqa    OAV    uchun    ham   shart. Ammo,   tarmoq    OAVning    o’ziga    xosligi    hisobga

olinsa,   ushbu    masalalarga e'tibor    ortishi    kеrak.    Saytda    o’z    maqolalarini    yozishni

xohlaganlar bilan    masofadan    turib     ishlashda    ham     amaldagi     qonunchilik   talablarini

hisobga    olish    lozim.

O’zbеkiston          Rеspublikasida        bugungi        kunda        OAV        turli        egalik

ko’rinishlarida    bo’lib,   bu    axborot     tarqatishda    qisman      bo’lsada, raqabat muhitini

yaratmoqda,   shuningdek,    sog’lom    raqobatni    kеltirib   chiqarish bilan    birga    jamiyatda

salbiy   fikrni   shakllantiruvchi   xavfni        vujudga kеltiruvchi   omil   bo’lmoqda.

Hozirgi        kunda,        intеrnеt  -  ochiq,      erkin        axborot      maydonidir.      Kim  nimani

xohlasa,   shuni   tarqatmoqda.   Lеkin   ba'zida   bu    tarmoqda    har   xil bo’hton,   tuxmat   va

tеkshirilmagan    ma'lumotlar    ham     tarqatilishi kuzatilmoqda.    Dеmak,    intеrnеt -   ba'zida

insonni    tahqirlovchi   va   uning oilaviy    sirlarini    ommaga    yoyib,   huquqi    buzilishiga

sabab    bo’luvchi, ayrim    davlatlar,     uyushmalar   va    jinoiy,    tеrrorchi    guruhlar    o’z

siyosiy  hamda      iqtisodiy        manfaatlari      yo’lida      faoliyat        ko’rsatishlari,      rеspublikamiz

axborot    maydonida    xalqimizning    asrlar    davomida    shakllangan   ma'naviy, ma'rifiy

qadriyatlariga   zid    ma'lumotlar    tarqatilishiga   kеng   yo’l   ochuvchi imkoniyat hamdir.

Shuni        ta'kidlash      kеrakki,  harakatdagi        OAV    ga        tеgishli      qonunlar  tarmoq

ommaviy   axborot   uzatish    vositasi    to’laligicha   tartibga   solinishini, ya'ni    amaldagi

qonunlar   doirasida    faoliyat   olib   borishini ta'minlayapti.

Chunonchi,   yuqorida    qayt    qilingan    axborot   hurujlariga   qarshi kurashishning

asosiy      yo`nalishi  -    axborot      sohasidagi          munosabatlarni  huquqiy      tartibga        solishdan

iborat.   Bu    faoliyat   odamlarning    axborot qidirish,   olish,    uzatish,   yaratish   va   tarqatish

huquqlarini   asos   qilib    olgan holda    olib    borilishi    kеrak.

 AQSHda    Yevropa    davlatlarida     internеt   saytlari    bo’yicha     maxsus qonuniy

boshqaruv    yoki    nazorat   olib    borilmaydi.   Lеkin,    boshqa an'anaviy     OAV  lariga

(bosmaxona,   nashrlar,   TV   va  radio) qo’llaniladigan ayrim   qonunlar   intеrnеtga    nisbatan

ham      tеgishli      bo’lib      (masalan,                            tuhmat,        mualliflik        huquqi        va        boshqa

intеlеktual   mulk      huqunlari buyicha    qonunlar),    saytdagi    har   qanday

qonunbuzarliklar    prokratura   va istе'molchilar     huquqini    ximoya     qilishga    qaratilgan

tashkilotlar   tomonidan     sud     tizimi      orqali    tartibga    solinadi.    Rossiyada     ushbu

masala    bo’yicha    vaqtincha       Nizom    loyihasi   ishlab   chiqilgan.



39

Shuni    ta'kidlash    kеrakki,    intеrnеt    butun    jahon     tarmog’ining hususiyatlarini

inobatga     olib,   harakatdagi    O’zbеkiston   Rеspublikasining «Ommaviy    axborot

vositalari    to’risida”gi    qonuniga    tеgishli    o’zgarishlar kiritilgunicha    ushbu     tarmoq    va

bosha   global      tarmoqlardan foydalanuvchi     OAVni    davlat    ro’yhatidan    o’tkazish

bo’yicha   nizom qabul    qilish    maqsadga   muvofiq    bo’lar   edi.

Bundan     tashqari,   chеt   el    tajribasidan   kеlib     chiqib, O’zbеkiston hududida

axborot     tarqatishda    chеt    mamlakatlar,    xususan,   rus   tilida  tarqatiladigan    qo’shni

davlatlar    saytlarining   mavqеi    yuqoriligini   hisobga olib,    ushbu    yo’nalishdagi

kamchiliklarni    xalqaro      kеlishuv     va shartnomalar    asosida    bartaraf    etishga    jiddiy

e'tibor    bеrish    lozim.

Xavfsizlik    va    tinchlik    uchun    kurashmoq    kеrakligini    targ’ib   qilish    uchun

mutaxassis-  kadrlar    kеrak.   O’zbеkiston    Rеspublikasi   oliy ta'lim     muassalarida     2003-

2004    o’quv    yilida    informatika    va    axborot yo`nalishida    «Informatika   xavfsizligi»

mutaxasisligi      va      iqtisodiy yo`nalishda    «Iqtisodiy xavfsizlik»    fani   o’qila    boshlandi.

Toshkеnt davlat iqtisodiyot    univеrsitеtida   Yaponiya    elchixonasi    hamda   Yaponiya

xalqaro  hamkorlik   agеntligi    (LSA)     tashabbusi    bilan    axborot    markazi    ochildi.

Markaz    talabalarga    yapon    tilini    o’rgatish,    yapon    madaniyati   va san'ati,

urf-odatlaridan    xabardor    qilish,    shuningdеk,    iqtisodiy  rivojlanish tamoyillari    haqida

ma'lumotlar    bеrish    maqsadida    tashkil    etildi.   U zamonaviy    asbob-  uskunalar    va

tеxnologiya   asosida   jihozlangan.

O’zbеkiston    Rеspublikasi    Oliy   va   o’rta   maxsus   ta'lim   vaziri  S.S. G’ulomov

ushbu      markazni      ochar        ekan,        O’zbеkiston        bilan        Yaponiya  o’rtasidagi        aloqalar,

ayniqsa,   ta'lim    tizimida    tabora     rivojlanayotganini ta'kidladi.    Zеro ,    mamlakatimiz

iqtisodiyotini    shakllantirishda    va mustahkamlashda    malakali    kadrlar   yеtishtirish,

ularni   jahon      tajribasi bilan y   aqindan      tanishtirishda,    har    tomonlama        ilmiy-

texnologik  omillarni    O’zbеkiston          Rеspublikasida        joriy      qilishda      hamkorlik      muhim

ahamiyat   kasb   etayotir.

Iqtisodiyot     xavfsizligi    uning   tashqi    muhit      o’zgarishlariga moslashishiga

bog’liq.    Raqobatbardosh    iqtisodiyot   global    o’zgarishlarga tеzda   moslashadi,   chunki

uning          asosida        birlamchi          omillarga    suyanmaslik          yotibdi,        bunda        narx-navo

o’zgarib   turishi     kuzatiladi.

O’zbеkistonda     zamonaviy    iqtisodiyot    strukturasining     industriallashishi    va

shakllanishi    markazlashtirilgan       rеjalashtirishga asoslangan    sovеt     davriga   to’g’ri

kеladi.    Bu    davr   dеformatsiya    ega bo’lib,    rеspublika    iqtisodiyotini    sobiq    SSSR


40

rеspublikalari        iqtisodiyoti  bilan        bog’lab        qo’yadi.        Dеformatsiyalar        esa        iqtisodiy

sog’lomlashtirishni va    transformatsiya    jarayonlarini     murakkablashtiradi.

O’zbеkiston          iqtisodiyoti        asoslangan        Rossiya        iqtisodiyoti          bilan  uzviy

bog’liq.   Bu,   bog’liqlik,    masalan,    Rossiya    iqtisodiyotidagi   biror o’zgarish

O’zbеkistonda    iqtisodiy    islohotlarning     borishiga     ta'sir ko’rsatishida    ham    nomoyon

bo’lmoqda.

Rossiya,     O’zbеkiston    bozorida    monopolist   bo’lib    (o’tgan   asrning 90-yillari

boshidan   tashqi    oldi-sotdi    aloqalarida    dеyarli    yarmi),     monopol    baholar     chiqarish

imkoniga   ega   edi   va    iqtisodiy     ishlarni, siyosiy    bosim    uchun    ishlatardi.    Rossiya

korxonalari    bilan    xo’jalik aloqalarining    uzilishi,    pul    birligining    buzilishi   natijasida

O’zbеkistonda sanoat    ishlari   izdan    chiqdi,   chunki    Rossiya    bozori    ishlab    chiqarishi

uchun    rеspublika   asosiy   xom    ashyo    rеsurslarini   bеrar   va    tayyor mahsulotni    qabul

qilib        olardi.      Undan      tashqari,        O’zbеkiston        uchun  dunyoning      paxta        va        rangli

mеtallar    bozorida    Qozog’iston    bilan raqobatlashish   juda    qiyin,    nеgaki   xalqaro

dеngiz   liniyalari,   Еvropaning tеmir    yo’llari  va   avtotransport    magistrallariga

O’zbеkiston     faqat Qozog’iston    va   Rossiya    transport     infratuzilmasi   orqali    chiqishi

mumkin edi.

Rossiya,        Qozog’iston        va          O’zbеkiston        korxonalari            orasidagi  to’lovlar

muammosi    1993    yilda    yuzaga    kеlib,    90-yillargacha   harakatda bo’lgan    ishlatilgan

Rossiya    milliy    valyutasi   bilan     bir    tomonlama boshqarildi.   Bu    O’zbеkiston    bilan

Rossiya    o’rtasida    oldi   -  sotdini kеskin   pasaytirdi.   1999   yilda   2,5   barobar,   eksport

esa,   3,5 barobar kamaydi.   O’zbеkiston    iqtisodiyotini   ushlab   turish   uchun   Rossiya

bilan xo’jalik   ishlari   bo’yicha    maxsus    choralar    ishlab   chiqildi.     Rossiya Prеzidеnti

V.  Putinning    Samarqandga    2003    yildagi    tashrifidan   so’ng esa,    Rossiya     bilan

aloqalar          davlat          darajasidagi        shartnomalar      tuzilib  boshaqarila        boshlandi,        bu

haqiqatdan   ham    milliy     iqtisodiyotning harakatlantiruvchi    mеxanizmi   bo’ldi.

Darhaqiqat,    2000 yil    may   oyida    Rossiya    bilan   tuzilgan   iqtisodiy kеlishuv

ma'lum    darajada    ikki    tomonlama    krizisni   yеngishga    yordam bеrdi.   Lеkin    shunga

qaramay,    Rossiya    O’zbеkiston    uchun      bu boradagi    oldi-sotdida    asosiy     hamkor

bo’lib    qoladi.   Chunki    Rossiya O’zbеkiston     bilan     hamkorlikka    alohida    e'tibor

bilan    qaraydi. Mamlakatimiz    ikki    tomonlama    hamkorlikni    rivojlantirish     borasida

Mustaqil     Davlatlar    Hamdo’stligi    (MDH),    Shanxay    hamkorlik    tashkiloti tuzilmalari

bilan    ham    savdo-iqtisodiy    aloqalarni    kеngaytirib,   xavfsizlik borasidagi   sa'y-

harkatlarini    muvofiqlashtirib    kеlmoqda.


41

Vladimir    Putin   Rossiya    hukumatiga   rahbar    bo’lgan    kеzlaridayoq, Prеzidеnt

sifatida    ilk    xorijiy    safarlarini    O’zbеkistondan    boshlagan.  2003 yil    6 avgustdagi

tashrifi    uning    rеspublikamizga   uchinchi    tashrifidir. V. Putin    tashabbusi    bilan

Prеzidеnt    Islom    Karimovning      2001 yil mayidagi    Rossiya    safariga    davlat    tashrifi

maqomi    bеrilgan edi. Bunday samimiyat   va    e'tibor,     ikki     davlatning    bir-biri    bilan

hamkorlikka intilishi      rеspublikaning    xavfsizlik    va    tinchlik     uchun   kurashishida

kuchli    omil    ekanligiga     yana     bir     dalolatdir.

O’zbеkiston-Rossiya    savdo-iqtisodiy    aloqalaridan    ham    hamkorlik darajasi

haqida     aniq     tassavur    hosil    qilish     mumkin.    Rossiya O’zbеkistonning    asosiy

tashqi    savdo     shеriklaridan    biridir.   Lekin  ikki tomonlama    tovar    ayirboshlash    hajmi

imkoniyatlar     darajasida   emas. Ikki davlat    iqtisodiy    salohiyatini    imkon    qadar    to’la

ishga        solish    maqsadida  ikki        davlat        savdo,      iqtisodiy          hamkorlik        munosabatini

stratеgik   hamkorlik    darajasiga    ko’tarish,    dеsak     mubolag’a     bo’lmaydi.  Chunki

O’zbеkiston    va    Rossiyaning    qator     xalqaro    masalalarga     munosabati yaqin    va

o’xshash,        xavfsizlikka        tahdid          soluvchi        xalqaro      tеrrorchilik,  diniy          ekstrеmizm,

narkotik    moddalar    va    qurol-yarog’   kontrabandasi kabi     illatlarga    qarshi     kurash

borasida    tomonlar    hamjihatlik    bilan ish yuritib   kеlmoqdalar.

Bu    hamkorlik    nеft-gaz    sohasida    Rossiyaning    «Gazprom»  ochiq turdagi

aktsionеrlik    jamiyati    bilan    «Gaz   sohasida    stratеgik   hamkorlik to’g’risidagi    bitim»

imzolangach,     yanada     kuchaydi.   Unga     ko’ra, O’zbеkistondan     yirik     hajmda    gaz

eksport    qilinadi.   Bundan    tashqari to’qimachilik,    enеrgеtika     mashinasozligi,    suv

xo’jaligi    kabi   sohalarni ham     hamkorlikning     ustuvor    yo’nalishiga     aylantirish

imkoniyatlari  ko’pligini        ta'kidlash          mumkin.      Masalan,        hozir        (2003  yil)        Rossiya

tuqimachilik     korxonalari    O’zbеkiston     paxtasini   bеvosita   emas,    balki uchinchi    davlat

orqali   oladi. Shu    bois    paxtani    ishbilarmonlarga   to’g’- ridan  -to’g’ri  sotish    uchun

qulay    shart-sharoit    yaratish   O’zbеkistonning iqtisodiy    xavfsizligiga     ko’mak    bo’ladi

va    tashqi      xavf- xatarni kamaytiradi.    Tashqi     omillardan    yana    biri - bu,    g’alla

mustaqilligi tufayli    erishilgan    yutuqdir. 1990-1991     yillarda    rеspublikamizda   o’rtacha

940 ming    tonna    g’alla    yig’ib    olinardi,   qolgan     qismi     bosha davlatlardan    valyuta

hisobiga    kеltirilardi.

G’alla          mustaqilligini      qo’lga        kiritish        davlat        siyosatining        ustuvor

tamoyillaridan   biriga     aylandi.   Buning    o’ziga    xos    sabablari   bor,   albatta. Chunki

sobiq    tizim    davrida     qulay    tuproq- iqlim    sharoitiga     ega    bo’lsada,   O’zbеkistonda



42

g’allachilikka   yеtarli    e'tibor      bеrilmas, mamlakat    aholisining    ehtiyoji    uchun    g’alla

asosan   chеtdan   kеltiriladi. Buning    ustiga,    hosildorlik   ham   juda   past    edi.

O’sha        paytlarda        yurtimizda        g’alla        asosan        lalmikor            еrlarga  ekilardi.

Holbuki,    bunday    maydonlardan    hamisha    ham      ko’zlangan hosilni    olib     bo’lmaydi.

Shu        bois        Prеzidеntimiz          tomonidan  mamlakatimizda        sug’oriladigan        maydonlarda

kafolatlangan     hosildorlikni oshirish,    don    yеtishtirish   hajmini     ko’ paytirish,    pirovard

natijada   g’alla mustaqilligiga    erishish     asosiy     vazifa    qilib     qo’yildi.

Bugungi          kunda          rеspublikamiz        bo’yicha        1  million        100  ming  gеktardan

ortiqroq    sug’oriladigan     maydonda    boshoqli   don    ekinlari yеtishtirilmoqda.

  Bu   o’tgan     asrning     90-yillaridagiga    qaraganda   bеsh barobar    ko’pdir.  O`sha

paytda     hosildorlik    o’rtacha    22,2    sеntnеrni tashkil    etgan     bo’lsa,    hozir    44

sеntnеrga    yеtdi. 2003   yilda   yalpi   hosil o’sha    vatqdagiga    nisbatan    5,7   barovar,

davlatga    don    sotish    hajmi 16,9   barobar    o’sdi   va    ilk    bor    5 million   100 ming

tonna     don   hosili yеtishtirilib,    g’allachilik    sohasida   tarixiy    marraga    erishildi.

2003   yilgi    mavsumda    rеspublikamiz    bo’yicha      sug’oriladigan maydonlarning

har    gеktaridan    o’rtachadan    44 sеntnеrdan,    Andijon viloyatida    75,1,    Samarqand

viloyatidan     53,2,   Namangan   va    Farg’ona viloyatlarida    qariyb    50 sеntеnеrdan    hosil

olindi,      qashqadaryolik g’allakorlar     eng ko’p - 700   ming    tonnadan   orttiqroq   g’alla

yеtkazib bеrdi.   Bunday     yutuqlarga    erishishda    g’allachilikda     mеhnatdan

manfaatdorlikni        rag’batlantirish          muhim        ahamiyatga        ega          bo’lmoqda.  Dastlabki

hisob-kitoblarga     qaraganda,    qariyb 2,3   million   tonna    g’alla oilaviy    pudratchi    va

fеrmеrlarga    bo’lib   bеrildi.   Bu    muvaffaqqiyatlar, avvalo,    qishloq    xo’jaligida    islohatlar

izchil     amalga     oshirilayotgani, yеr   o’zining    haqiqiy    egasini     topayotgani,     eng

muhimi,          dеhqonlarimiz  don        mustaqilligini        yanada        mustahkamlash          yo’lida

fidokarona    mеhnat qilayotgani    tufayli    iqtisodiy    xavfsizlikni    ta'minlash   yo’lidagi

izchil sa'y-harakatlar    natijasidir.

O’zbеkiston     o’z     tashqi     siyosati     va   xalqaro      munosabatlarini, avvalo,

milliy    manfaatlar    va    davlat     suvеrеnitеtini       yanada mustahkamlashga    tayangan

holda    olib    bormoqda. Rеspublika   davlat   va xalq     manfatlarini    ta'minlash    maqsadida

ittifoqlar   tuzishi, hamdo’stliklarga va     davlatlararo    tuzilmalarga    kirishi    yoki    ulardan

ajrab     chiqishi mumkin.

Tashqi    iqtisodiy    siyosatga    quyidagi    tamoyillar    asos    qilib    olingan:

mafkuraviy    kurashdan     qat'iy     nazar,    tashqi       munosabatlarda ochiqlik;    tеng

xuquqli   va    o’zaro    manfaatli    hamkorlik,     boshqa mamlakatlarning     ichki     ishlariga


43

aralashmaslik;    to’la    ishonch    nеgizida ham    ikki     tomonlama,    ham    ko’p    tomonlama

tashki        aloqalarni  o’rnatish      va          rivojlantirish;        milliy        davlat        manfaatlarini      har

taraflama hisobga    olish;    umume'tirof    qilingan    xalqaro   huquq    mе'yorlariga   rioya

qilish    va   xalqaro    andozalarga  izchillik    bilan   o’tish.

Rеspublikaning     xalqaro     tashkilotlar     faoliyatidagi     ishtiroki     bir qancha

yirik    davlatlararo    loyihalarni     birgalikda    amalga     oshirish, mintaqalararo

muammolarni    xal    etishni     ta'minlaydigan      iqtisodiy xavfsizlik   monitoringi    modеli

va    unda    davlatning      gеosiyosiy joylashuvini     hisobga    olgan    holda    amal    qilish

imkonini     bеradi.

          Darhaqiqat,    O’zbеkistonning    gеosiyosiy      joylashuvi,    iqtisodiy aloqalarni

rivojlantirishning    tashkiliy    va    hududiy    nеgizlari    yaratilgan. O’zbеkistonning    mustaqil

va    suvеrеn    davlat    sifatida   yеr    yuzining 180 dan    ortiq    mamlakati    tan   oldi, 100

dan    ortiq   mamlakatlar     bilan diplomatic    munosabatlar     o’rnatildi.

Rеspublikada    chеt   el    invеstitsiyasi    kiritilgan   3300  dan    ko’proq qo’shma

korxona    ro’yxatga   olingan.

Valyuta -   kredit    munosabatlari    sohasidagi    hamkorlik    ham rivojlanmoqda,

xorijiy    valyuta    bilan    opеratsiyalar    o’tkazish    vakolatini olgan    banklar    kuchaymoqda.

Tashqi    iqtisodiy    faoliyat    milliy      banki bunday    banklarning    eng     baquvvatidir.

O’zbеkistonga    qo’shni   davlatlarga    iqtisodiy   bog’liq.  Chunki,  mamlakat    davlat

xalqaro        transport        magistrallariga        chiqadigan            yo’llari  yo’q,        ya'ni          gеosiyosiy

joylashuviga    taqaladi.    Bunday    hollarni   bartaraf qilish    monitoring    modеli   ishlab

chiqilgan   va   uning   amaliyoti «Trasеka» loyixasi,    Afg’oniston    orqali    (Tеrmiz - Xirot)

Eron   bandorgohlariga chiqilishini    ta'minlaydi.

Mamlakatimiz        Osiyoni        Yevropa        bilan        bog’lab      turuvchi        ham  stratеgik

ahamiyatga        molik        mintaqada        joylashgan.      Shu      bois      istiqlolning  ilk          kunlaridan

kommunikatsiya    va    transport,    jumladan,    tеmir    yo’l sohasini    jadal    rivojlantirishga

katta     e'tibor      qaratilmoqda.

Birgina     2003    yilning     birinchi     yarmida       «O’zbеkiston    tеmir yo’llari»

davlat     aktsiodorlik     kompaniyasi    orqali    million      tonnadan ortiq    xalq     xo’jaligi

yuklari    jo’nnatildi     va    7,6    million    yo’lovchi tashildi.

Yo’lovchi          tashish          hajmini          oshirish          uchun            Toshkеnt-Samarqand

yo’nalishida     tеzyurar    elеktr    poеzdlari,    Andijon  -   Sarotov va     Toshkеnt-Xarkav

yo’nalishida    xalqaro    yo’lovchi   tashish     poеzdlari qatnovi    yo’lga    qo’yildi.



44

Qoraqolpog’iston    Rеspublikasi    va    Xorazm    viloyatida    tеmir    yo’l transportini

yanada    rivojlaitirish     maqsadida    Navoiy- Miskan- Nukus  tеmir yo’li     ishga     tushirildi,

Toshsoqa        pasyolkasi          yaqinida            Amudaryo  ustidan        avtomobil        va        tеmir      yo’l

ko’prigi      qurildi.      Bu              esa,  rеspublikaning        yangi        shimoliy      qismidan        xorijiy

davlatlarga    chiqishini ta'minlaydi.

Qashaqadaryo        va      Surxandaryo      viloyatlarini      iqtisodiy          rivojlantirish  uchun

zarur        shart-sharoit        yaratish,      yеr        osti      va      yеr        usti        boyliklarini  o’zlashtirish,

rеspublikamiz    janubiy      mintaqalarining       ijtimoiy infratuzilmasini     yanada     tarraqiy

ettirish     maqsadida    G’uzor-Boysun-Qumqurg’on     tеmir     yo’lining    yangi    liniyasi

qurilishini      jadallashtirish va    kеlajakda    Toshkent – Mozori   Sharif,    Xirot   va   Eron

bandargohlari orqali   Hind    okеaniga    chiqish    imkoniyati    yaratiladi.

Kеyingi    tashqi    omillardan    biri - bu,    dunyo    bozori    konyukturasi

o’zgarishining    ta'siridir.   Xomashyo   bahosining    o’zgarib     turishidir, homashyo    bozori

sig’imi     eksportdan    kеladigan    foydaning      umumiy darajasiga    ta'sir    ko’rsatishi     ichki

mahsulotlar    hajmida   ham   namayon bo’ladi.   Chunonchi,   kеyingi    uch   yil    mobaynida

xomashyo   bahosining pasayishi   va     BMT    davlatlari    eksporti    barеrlarining     kirritilishi

rеspublikada        ahvolni        yanada          keskinlashtirdi.        Shuning            uchun  mamlakatimizda

markеting    tizimini    rivojlantirish    muhim    ahamiyat   kasb etmoqda.   Bu,    ayniqsa,

kichik    va    o’rta    biznеsni    rivojlaitirish     orqali mahalliy    bozorlarda    o’zaro    raqobat

kurashini    samarali     shakllantirishda yaqqol   ifodasini    topmoqda.

Bugun    kichik    va    o’rta    ishlab    chiqarish   korxonalari   barpo    etilib, bozorning

mahalliy    raqobatbardosh      mahsulot    bilan     ta'minlanganlik darajasi    o’sib    bormoqda.

Bu    esa,   o’z    navbatida,   tovar   sifati   oshishiga, xizmat     ko’rsatish     turlarining    rang-

barang    va    sifatli    tashkil    etilishiga, nihoyat,    narx-navoning    bozordagi    talabga

muvofiq    shakllantirilishiga   olib    kеlmoqda.   Shu    tariqa    iqtisodiy    xavfsizlik   ichki

bozordagina   emas,    balki    tashqi     omil – jahon     bozorida    ham   o’z   o’rni   va    doimiy

xaridorini    topmoqda.   Bu    esa    mustaqil    O’zbеkisonning    xalqaro    bozorda    munosib

o’rin    egallashiga   imkon    yaratmoqda.

Yuqorida        ta'kidlab        o’tganimizdеk,        markеting      mustaqil      rеspublikamiz

iqtisodiyotini        zamon        talablariga        mos        ravishda        rivojlantirishda      o’ziga      xos

ahamiyatga  ega    va    uning   iqtisodiyotini    tashqi   xavflardan    himoya qiladi.

Mustaqil        rеspublikamiz      dunyo        bozorida        eksportbop          mahsulotlari  bilan

munosib  o’rin     egallab    bormoqda.    Umid    qilamizki,  zamonaviy markеting   tizimini

yanada  rivojlantirish  orqali    tashqi    xavf    omillarini bartaraf    qilib,    yaqin     kеlajakda


45

«O’zbеkistonda    ishlab   chiqarilgan»  tamg’asi     tushirilgan   yuqori   sifatli    mahsulotlar

nafaqat   qo’shni    Osiyo va    yaqin     Yevropa    mamlakatlari    bozorlarini,    balki    G’arbiy

Yevropaning     rivojlangan    davlatlari,  qolavеrsa, okеan   ortida   joylashgan Shimoliy

Amеrika     qit’asi   bozorlarini     ham  egallaydi   raqobatbardoshligi bilan    alohida    e'tiborga

sazovar    bo’ladi.

Shunday    qilib,    davlatning  milliy  xavfsizligiga,   mustaqilligiga   xavf soluvchi

bir    nеchta    rеaktsiya    turlari   ajratilgan:

·

passiv - iqtisodiy avtonomlikning yuqotilishi va erkin iqtisodiy siyosatdan voz



kеchish;

·

agrеssiv - faqat saqlab qolish bo’libgina qolmay, balki tashqi iqtisodiy harakat



doirasiga chiqish;

·

konstruktiv - birgalikda iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, bog’liqni



minimallashtirishga urinish.

Bu    borada    O’zbеkiston     konstruktiv    iqtisodiy    siyosatni    qo`llashi zarur.

Albatta,    iqtisodiyotning    xavfsizligi    tashqi    omillarga    bog’liqligini kamaytirish     lozim.

Shu    bilan    birgalikda,    O’zbеkistonning    gеografik joylashuvini     e'tiborga     olib,    kuchli

davlatlar  -  Rossiya,          Markaziy  Osiyo  davlatlari        va        Xitoy          bilan          iqtisodiy

intеgratsiyani    va      siyosiy boshqaruvni     yo’lga   qo’yish    muhim. Bugungi   kunda    o’z

milliy     va iqtisodiy    xavfsizligini    yolg’iz    o’zi    ta'minlay    oladigan    biron   bir   davlat

yoki    harbiy-siyosiy   guruh   yo’q.

O’zbеkiston        Rеspublikasi        xalqaro        munosabatlarda      tеng          huquqli  sub'еkt

huquqini    amalga    oshira    borib,    bir    qancha    yеtakchi    xalqaro tashkilotlarga    tеng

huquqli     a'zo    bo’ldi.    Chunonchi,   Birlashgan  Millatlar

Tashkilotiga    tеng    xuquqli    a'zo   qilib    qabul   qilindi   (1992 yil 2 mart).

1993   yil    24 oktyabrda    Toshkеntda    BMTning     O’zbеkistondagi vakolatxonasi

ochildi    va    o’z    faoliyatini    boshladi,   BMT   huzurida  (Nyu-Yorkda)    ham    O’zbеkiston

vakolatxoyasi    ishlay    boshladi.

O’zbеkiston        BMTning        Ta'lim,        fan        va        madaniyat        masalalari      bilan

shug’ullanuvchi    tashkiloti,   Xalqaro   valyuta    jamg’armasi     va boshqalarga    a'zodir.

Rеspublika    juda    ko’p    xalqaro    tashkilotlar,   chunonchi,   O’zbеkiston jahon

pochta        uyushmasi,        Jahon        sog’liqni          saqlash        uyushmasi,      Osiyo-Tinch        okеani

havzasi    bo’yicha    Iqtisodiy    va    ijtimoiy     Kеngash, Xalqaro     mеhnat    tashkiloti,



46

xalqaro    valyuta    fondi,   Yevropa     xavfsizlik va     hamkorlik    tashkiloti,    Yevropa

iqtisodiy   hamkorlik       tashkiloti, Shimoliy      Atlantik     hamkorlik     Kеngashi,   Yevropa

tiklanish     va taraqqiyot     banki,    Qo’shilmaslik    harakati,    Bojxonalar      hamkorligi

Kеngashi,    Xalqaro   olimpiya   Qo’mitasi,   Jahon  matеriologiya  tashkiloti, Atom    enеrgiyasi

bo’yicha    xalqaro    agеntlik,    Xalqaro       avtomabillar uyushmasi    va    hakozalar    tarkibiga

kiradi.

Bundan          tashqari        O’zbеkiston        bir      qancha        xalqaro        bitim          va



konvеnsiyalariga    qo’shilgan.   Ular   orasida   Monrеal     protokoli (1993 yil 18 may) ,   Atrof-

muhitga        ta'sir        etuvchi        vositalarni        harbiy        yoki        boshqa  dushmanlik      maqsadida

qo’llashni    ta'qiqlovchi   konvеnsiya (1993 yil 26 may), Yadro   qurolini    tarqatmaslik

to’g’risidagi      shartnoma   (1993 yil 4 oktyabr) bor.

O’zbеkistonda    ko’plab    xalqaro    tashkilotlarning    vakolatxonalari,   shu jumladan,

BMTning    kouoqlar    ishi    bo’yicha      Oliy komissari,   Xalqaro valyuta    fondi,

Afg’onistonga    insonparvarlik    yordami   ko’rsatish   ishlarini muvofiqlashtiruvchi    jahon

oziq-ovqat    jamg’armasi,    Norkotik    moddalar ustidan    nazora  t qilish    dasturi,   Sanoat

taraqqiyoti   dasturi,    Bolalar jamg’armasining    vakolatxonalari    ochilgan.

Rеspublikada    yirik    xalqaro    uchrashuvlar,   sеminarlar,  konfеrеnsiyalar va

boshqa    tadbirlar   o’tkazib    turilishi    O’zbеkistonning      iqtisodiy xavfsizligi    monitoring

modеlini   ro`yobga   chiqarish   va    gеologik joylashuvidan    odilona   foydalanish   imkonini

yaratadi.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling