Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi


III BOB. BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA IQTISODIY XAVFSIZLIKNI


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana29.11.2020
Hajmi0.5 Mb.
#155615
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik va uning ahamiyati


III BOB. BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA IQTISODIY XAVFSIZLIKNI

TA`MINLASH USTUVORLIKLARI VA ASOSIY YO`NALISHLARI.

3.1. Iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash ustuvorliklari

Tarkibiy o`zgarishlar –bu, O`zbekiston iqtisodiy siyosatining o`tish davridagi muhim

maqsadlaridan biridir. Xo`jalik tizimi transformatsiyasi jarayonida tarkibiy o`zgarishlarning

zaruriyati rejali iqtisodiyotdan meros qolgan texnik bazaning qoloqligi va disproporsiyalari bilan

bog`liq.

O`tish davrida davlatimizning asosiy maqsadi –bozor iqtisodiyotining samarali

ishlaydigan institute va mexanizmlarini tuzishdir. Bu maqsadni amalgam oshirmay turib, bozor

asosida barqaror iqtisodiy o`sishga erishib bo`lmaydi, bu esa tarkibiy siyosatning pirovard

maqsadi hisoblanadi. Bozor islohotlari va tarkibiy siyosat (uni muvaffaqiyatli amalgam oshirish

sharti bilan) korxonalarning yangi iqtisodiy muhitga moslashishiga, keng ma`noda texnika

iqtisodiy jihatdan zamonaviylashishiga ko`maklashadi. U o`z ichiga quyidagilarni oladi:

-

iqtisodyotda tarmoq tarkibining o`zgarishi;



-

 iqtisodiyotning hududiy tarkibini takomillashtirish;

-

asosiy kapitalni (shu jumladan, davlatning investitsiya siyosati yordamida )



yangilash;

-

ITT yutuqlarini tatbiq etish, ishlab chiqarishni texnologik qayta qurollantirish;



-

inson kapitalini takomillashtirish (yangi kadrlarni tayyorlash va malakasini

oshirish);

-

ishlab chiqarish va bozor infratuzilmalarini takomillashtirish;



-

iqtisodiy o`sishni rag`batlantirish va qo`llab-quvvatlash mexanizmlarini

shakllantirish va takomillashtirish.

Tarkibiy siyosat, odatda, barqaror iqtisodiy o`sish uchun sharoit yaratish maqsadida

amalga oshiriladi. U iqtisodiyotning turli sektorlari o`rtasida moddiy,mehnat va moliyaviy

resurslar qayta taqsimlanishini ko`zda tutadi. Uni amalga oshirish uchun quyidagilar

mablag`larning asosiy manbalari hisoblanadi:

1.

xususiy jamg`armalar va investitsiyalar;



2.

davlat jamg`armalari va investitsiyalar;

3.

to`g`ri xorijiy investitsiyalar;



4.

chet el investitsiyalari va tashqi zaymlar.



59

Rivojlangan   bozor   munosabatlari  sharoitida tarkibiy siyosatni amalgam oshirishda

davlat, odatda, bilvosita ta`sir qilish usullaridan soliqlar, bojlar, pul-kredit rag`batlantirish

choralari va hokazolardan foydalanadi.

Xususiy sector  va bozor institutlari rivojlanmagan sharoitda, shuningdek, islohotlarni

tez amalgam oshirihsda davlat resurslarni qayta taqsimlashning ma`muriy usullarini qo`llaydi.

Bunda :

-

xom ashyo  va eksport tovarlarining sotib olish narxini pasaytirish;



-

turli valyuta kurslaridan foydalanish;

-

protektsionistik to`siqlar;



-

ustuvor yo`nalishlarni moliyalashtirish uchun tijorat banklarining aktivlaridan

foydalaniladi va boshqalar.

O`zbekistondagi tarkibiy investitsion siyosat kompleks  masalalarini hal qilishga

yo`naltirilgan. Ular orasida quyidagilarni ajratib ko`rsatish mumkin.

·

mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash, bozor munasabatlariga o`tish



jarayonida korxonalarga yordam berish;

·

iqtisodiyotning bir qator istiqbolli tarmoqlarini rivojlantirish ( import o`rnini



bosuvchi va eksport tramoqlarini qo`llab-quvvatlash siyosati), yangi ishlab chiqarish

tarmoqlarini yaratish;

·

ishlab chiqarishning texnologik qayta qurollanishini rag`batlantirish.



O`bekistonda tarkibiy siyosatning asosiy vositalari quyidagilardir:

Davlat investitsiyalari ;

1.

Kredit siyosati;



2.

Valyuta siyosati;

3.

Chet el  investitsiyalarini jalb etish.



Tarkibiy islohotlarni moliyalashtirishga ketadigan mablag`larning asosiy manbalariga

quyidagilar kiradi:

- buydjetdagi soliq tushumlari;

 - tijorat banklarining majburiy zaxiralari ( ular markazlashtirilgan kreditlar uchun

ishlatiladi);

- davlat buyurtmalari ( avvalo qishloq xo`jaligi va sanoatining qazib ollish tarmog`i

uchun );

- eksportiyorlar valyuta tushumlarining ( yoki uni bir qismini) rasmiy ayriboshlash

kursi bo`yicha majburiy konvertatsiyasi.


60

O`zbekistonda amalgam oshirilayotgan tarkibiy siyosatning asosiy natijasi MDH ning

boshqa mamlakatlarga qaraganda kamroq iqtisodiy tushkunlik hisoblanadi.

Tarkibiy siyosatni amalgam oshirish juda katta moddiy, mehnat va moliyaviy

resurslarni talab qiladi. Xususiy sektorning rivojlanmaganligi davlat asosiy xo`jalik yuritish

subyektiga aylanishiga olib keladi. Bozor islohotlari esa, davlatning investitsiya va xo`jalik

funksiyalari xususiy korxonalarga o`tishini ko`zda tutadi.

Moliyaviy resurslarning davlat sektoriga o`tkazilishi xususiy sektorni kuchsizlantiradi.

Davlat xarajatlarining o`sishi xususiy xarajatlarni siqib chiqarsa, siqib chiqarish effekti amalgam

oshiriladi.

Moliyaviy resurslar taqchilligining tezlashishi davlat siyosatini “ yumshatib” boradi, bu

esa inflyatsiya va to`lamaslik kabi muammolarni kuchaytiradi. Kuchli inflyatsiya va moliyaviy

disproporsiya sharoitida ishlab chiqarishga qo`yilmalar emas, balki spekulyativ operatsiyalar

foydaliroq hisoblanadi. Ikkinchidan, jamg`armalarni shakllantirish va ularni ishlab chiqarish

investitsiyalarga aylantirishning bozor mexanizmlari ishlamay qoladi.

O`tish iqtisodiyoti sharoitida tarkibiy siyosatni rejalshtirish va o`tkazishda yuqoridagi

holatlarni e`tiborga olish kerak.  Respublikaning 2005 yilgacha rivojlanish istiqboli o`rta

muddatli prognoziga  muvofiq iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlarning ustuvor yo`nalishlari

quyidagilardir:

-

sanoatning asosiy tarmoqlarini rivojlantirishni  taezlashtirish;



-

eksport salohiyatiniva import o`rnini bosishni mustahkamlash:

-

eksportning xom ashyoga yo`naltirilganligini cheklash;



- zamonaviy kommunikatsiya tizimlari va axborot uzatish vositalarini hisobga olgan

holda  ishlab chiqarish, moliya va bozor infratuzilmalarini rivojlantirish, fond bozorini

rivojlantirish;

- bozorni mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovarlari bilan to`ldirish , mamlakatning

mahsulot xavfsizligini ta`minlash;

- kuchli ijtimoiy siyosatni o`tkazish, qashshoqlikni qisqartirish, yangi ish joylarini

yaratish, real daromadlarni oshirish.

O`zbekistonda tarkibiy o`zgarishlarni o`tkazishdan so`ng 2005 yilgacha bo`lgan davrda

quyidagi ko`rsatkichlarga erishish bashorat qilingan:

 -YaIM ning o`rtacha yillik o`sishini 6-7 % atrofida;

 - sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni o`sishi 8-10 %;

- eksportning o`sishi 12-14% va hokazo.



61

O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizlikka erishishda soliq va byudjet siyosati

muhim o`rin egallaydi va quyidagilarni o`z ichiga oladi:

- qattiq moliyaviy siyosatni amalgam oshirish, davlat byudjeti taqchilligini iloji boricha

kamaytirish, byudjatdan beriladigan dotatsiyalarni subsidiyalar va  barcha turlarini bosqichma-

bosqich qisqartirib boorish;

-byudjet manlag`lari daromad tushganidan keyingina taqsimlanadigan yo`ldan

og`ishmay borish, birinchi darajali, eng zo`r umumdavlat ehtiyojlari uchungina byudjatdan

mablag` ajratish;

- xalq xo`jaligi tarmoqlarini, ayrim korxonalarni rivojlantirish uchun byudjetdan pul

bilan qaytarmaydigan qilib ta`minlash amaliyotidan voz kechish. Ana shu maqsadlar uchun

investitsiya kreditlaridan keng foydalanish;

 - soliq tizimini takomillashtirish, byudjet daromadlari barqaror sur`atda to`ldirib

turilishini ta`minlaydigan, kichik va xususiy korxonalarning, chet el kapitali ishtirokidagi,

qishloq xo`jaligi mahsulotini qayta ishlaydigan  qo`shma   korxonalarni rivojlanishini

rag`batlantiradigan pishiq -puxta soliq siyosatini olib borish.

Darhaqiqat, mamlakatimiz  mustaqilligining  o`tgan davri mobaynida moliyaviy -

byudjet  siyosati, ijtimoiy iqtisodiy va boshqa sohalarda katta ijobiy natijalarga erishildi.

Xususan, respublikamizda bank infratuzilmasini, qulay investitsiya muhitini shakllantirish,

milliy bank tizimini jahon banklari hamjamiyatiga integratsiyalshtirish, bank xizmatlarini

takomillashtirish borasida salmoqli qadamlar tashlandi.

Shu, o`rinda aytish  joizki, 1994 yilda  milliy valyutamiz –“so`m”ning muomalaga

kiritilishi O`zbekistonning mustaqil bank tizimi vujudga kelishiga va moliyaviy byudjet

siyosatida yangi  bosqichga qadam qo`yilishiga olib keldi. Bunda hukumatimiz tomonidan

moliya-byudjet tizimi uchun milliy valyuta barqarorligini ta`minlash, aholining moliya bank

tizimiga bo`lgan ishonchini oshirish muhim vazifa qilib belgilandi.

Hozirgi kunda respublikamizda 32 bank va ularning 800 dan ortiq filiallari, Xalq

bankining 2500 dan ziyod shaxobchalari hamda 670 dan ortiq mini banklar aholi bo`sh pul

mablag`larini omonatlarga jalb qilish va boshqa bank xizmatlarini ko`rsatayapti.

2003 yilga kelib, o`zlashtirilgan  kredit liniyalari hisobiga 8500 dan ortiqyangi ish

o`rinlari yaratildi. Natijada mahalliy xom ashyoni qayta ishlash evaziga 44148,4 million so`mlik

xalq iste`moli mollari ishlab chiqarilib, uning 39590,6 mln. so`mligi ichki bozorda sotildi, 6339

ming AQSh dollari  miqdoridagi mahsulot esa eksport qilindi.

Eng asosiysi, ushbu sohada olib borilayotgan ishlar natijasida xususiy sektorning

mamlakatimizda ishlab chiqarilgan YaIM hajmidagi ulushi 34,6% ga yetdi.


62

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyunidagi”Yevropa tiklanish va

tarqqiyot banki bilan hamkorligini  kengaytirishga doir chora-tadbirlari to`g`risida”gi  qaroriga

asosan kichik va o`rta biznesni keng ko`lamda  rivojlantirish hamda O`zbekiston – Yaponiya

dasturini amalgam oshirish uchun ikki bosqichda 40 million AQSh dollari miqdorida kredit

liniyasi ochildi.

Xalqaro hamjamiyat, yirik moliya-bank  korporatsiyalari O`zbekistonning teng huquqli

sherikchilik tamoyillariga asoslangan  tashqi siyosatini faol qo`llab-quvvatlamoqdalar.

O`zbekiston boy tabiiy zaxiralari bilangina emas, ayni vaqtda, avvalo ijtimoiy-siyosiyvaziyat

barqarorligi va iqtisodiy rivojlanish istiqbollarining ravshanligi bilan ham xorijiy

sarmoyadorlarni o`ziga jalb qilmoqda.

Respublikada “Xorijiy investitsiyalar to`g`risida”  va “Xorijiy investitsiyalar kafolatlari

va ularning  huquqlarini himoya qilish chora-tadbirlari to`g`risida “ qonunlarga amal qilinmoqda.

O`zbek bozorida AQSh, Koreya Respublikasi, Germaniya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Rossiya,

Yaponiya kompaniyalari ishlamoqda.

O`zbekistonning hamkorlari  orasida jahonga mashhur bo`lgan DEU (avtomobilsozlik,

elektronika, yengil sanoat); BAT (tamaki mahsulotlari);

Nyumont Mayning (oltin qazib chiqarish sanoati); “Gazprom” (tabiiy gaz qazib

chiqarish va transportirovka qilish)  va boshqa kompaniyalar milliy ustunlikka erishmoqdalar.

Islohotlar tobora chuqurlashayotganligi tashqi iqtisodiyotni erkinlashtirish dasturlari

izchil amalgam oshirilayotgan O`zbekistonning investitsiya sohasidagi hamkorlik uchun

ishonchli sherik sifatida obro` e`tiborini  oshirmoqda, iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni

ko`proq jalb etishga ko`maklashmoqda, mamlakat eksport salohiyatini oshirishning milliy

ustuvorliklarini aniqlashda uslubiy va amaliy yondoshuv omili bo`lib xizmat qilmoqda.

Yirik tarmoq bo`lmish qishloq xo`jaligi mamlakat iqtisodiyotining ustuvor

yo`nalishlaridan biridir. O`zbekiston turli qishloq xo`jalik ekinlari, shu jumladan, texnik ekinlar

yetishtirish uchun juda qulay hududlardan biri. O`zbekiston paxta yetishtirish bo`yicha dunyoda

(AQSh, Hindiston, Xitoy va Pokistondan keyin) 5 o`rinda va uni eksport qilish sohasida 2

o`rinda turadi. O`rta Osiyoda yetishtiriladigan jami paxta hajmining 75 %i O`zbekiston hissasiga

to`g`ri keladi. Bundan tashqari, respublikada har yili 5 million tonnadan ko`proq sabzavot va

meva yetishtiriladi. O`zbekk qorako`l terilariga va pillasiga jahon bozorida talab katta.

Bu tarmoq aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan, sanoatning turli tarmmmoqlarini esa

xomashyo bilan ta`minlaydi. Mamlakat aholisining 63%i qishloqlarda yashaydi. Band aholining

ancha qismi shu sohada mehnat qiladi. Mamlakat ichki mahsulotining  28%i  qishloq



63

xo`jaligining ulushiga to`g`ri keladi. Paxta yetishtiriladigan maydonlarnin deyarli hammasi

sug`oriladigan yerlardir. Bu yerlarda qudratli irrigatsiya  tizimi mavjud.

Mustaqillik yillarida o`tkazilgan islohotlar davomida qishloqda yangi xo`jalik tuzilmasi

shakllandi. Yerga bo`lgan mulkchilik jarayoni kuchaydi. Bu agrar  siyosatdagi eng muhim

masala.


Tajriba shuni ko`rsatadiki, hatto zarar bilan ishlayotgan, jamoa xo`jaliklari ham fermer

xo`jaliklariga aylantirilsa, ularda ishlab chiqarish rivojlanadi, moddiy resurslar tejaladi,

moliyaviy ahvol yaxshilanadi. Fermer xo`jaliklariga o`z rivoji jarayonida erkin iqtisodiy faoliyat

yuritish uchun quyidagi imkoniyatlar yaratilgan. Ularga :

·

yer maydonlari tanlov asosida 50 yilgacha muddatiga meros qoldirish huquqi



bilan ijaraga beriladi;

·

berilgan yer maydonlari shirkat xo`jaliklari  balansidan chiqariladi;



·

yollanma hodimlar, shu jumladan, oila a`zolari o`rtasidagi mehnat munosabatlari,

mehnat qonunchiligiga muvofiq, mehnat shartnomalariga asoslanadi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan

birgalikda, agrar siyosatning ustuvorligi mujassamlashgan fermer xo`jaliklarining 2003-2010

yillarga mo`ljallangan rivojlanish konsepsiyasi yaratilmoda.

Shu  bilan  birga qishloqda zamonaviy bozor infratuzilmasini rivojlantirishning shu

muddatga mo`ljallangan kompleks dasturi ham tayyorlandi.

Mahalliy sharoitlarni, qishloq xo`jalik yerlarini, mehnat va suv resurslarining ahvoli

hamda qayta tashkil etish natijasida bo`shab qolgan hodimlarni ish bilan ta`minlash

istiqbollarini  chuqur  tahlil qilish asosida viloyat va tumanlar bo`yicha xo`jaliklarni

rivojlantirish  konsepsiyasini yaqin yillarda ishlab chiqish  ustida ishlar davom ettiriladi.

Agrar  siyosatda  tilga olingan ustuvorliklar ijrosi aniq belgilangan reja asosida narcha

bo`g`inlarda islohotlarning mohiyatini anglagan holda ta`minlanadi.

Bu milliy xavfsizlikni ta`minlashda asosiy omil bo`ladi.

Turli xil mamlakatlar bilan iqtisodiy, ilmiy-texnika va madaniy aloqalarni

rivojlantirish, ikki tomonlama do`stlik munosabatlarini mustahkamlash iqtisodiy va ijtimoiy

muammolarni hal etishda muhim omil bo`lib xizmat qiladi.

Har qanday davlat – u xoh katta, xoh kichik bo`lsin, tashqi iqtisodiy aloqalarsiz yashay

olmaydi, chunki jahonda  ishlab chiqarilayotgan  buyumlarning turlari bir necha million xilni

tashkil qiladiki, ularning hammasini o`zida ishlab chiqarishga bironta ham davlatning qurbi

yetmaydi. Shu sababli  tashqi iqtisodiy aloqalar turli-tuman ehtiyojlar va  ijtimoiy-iqtisodiy

xavfsizlik darajasini oshirishning muhim vositalaridan biri bo`lib,  fan-texnika taraqqiyotini


64

jadallashtirishga, millatlar va elatlarning yaqinlashuviga, aholi turmush darajasining oshishiga

yordam beradi.

Respublikaning  xalqaro  tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki bir qancha yirik

davlatlararo loyihalarni birgalikda amalgam oshirish, mintaqalararo muammolarni hal etish

imkonini beradi. Masalan, respublikada hozir chet el investitsiyasi kiritilgan  3300 dan ortiq

korxona ro`yxatga olingan.

O`zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasida keyingi yillarda muhim

tarkibiy o`zgarishlar sodir  bo`lmoqda. Strategik ahamiyatga ega korxonalar O`zbekiston

tassarufiga olingani va jahon bozoriga o`z mahsulotlari bilan chiqayotgani shunday o`zgarishlar

sirasiga kiradi. Paxtasi, oltini, avtomobillari bilangina emas, samolyotlari bilan ham

respublikamiz jahon bozorida mashhur.

Milliy ustuvorliklar va ularning kelib chiqishi , respublikaning tashqi iqtisodiy

aloqalarini rivojlantirishda sanoatning bayroqdori  bo`lmish aviasozlik sanoati alohida o`rin

egallaydi, O`zbekistonning ilmiy va texnologik imkoniyatlari uning iqtisodiy    qudrati va

xavfsizligini belgilab beraadigan asosiy ustuvor tarmoqlaridan biridir. V.P.Chkalov nomidagi

Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish bazasi, g`oyat katta intellectual salohiyati bilan bunyod

etayotgan  qanotli mashinalar deyarli barcha qit`alar uzra parvoz qilib, mustaqil O`zbekistonning

shon-shuxratini tobora yuksaltirmoqda.

Korxona tarixi 1932 yildan boshlangan. O`shanda Moskva yaqinidagi Ximki shahrida

84-sonli aviatsiya zavodi tashkil etilgan edi. 1936yilda  afsonaviy uchuvchi Valeriy Chkalov

zavodning bosh uchuvchisi etib tayinlandi, kelasi yil esa korxonaga uning nomi berildi. 1941

yilning noyabirida zavod Toshkentga ko`chirildi va ikki oy o`tgach, bu yerda birinchi harbiy

samolyot ishlab chiqarildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida frontga 2258 ta harbiy mashina

yetkazi berildi va ular fashizm ustidan qozonilgan g`alabaga katta hissa qo`shdi.

1954 yilda  “IL-14” yo`lovchi va transport desantchi samolyotini ishlab chiqarish

kengaytirilishi toshkentlik aviasozlarning jahonga mashhur Ilyushin nomli konstruktorlik

byurosi bilan  ko`p yillik hamkorligiga asos soldi. Antonov nomidagi birlashmaga konstruktorlik

byurosi bilan hamkorlikda esa birinchi “AN-8” harbiy transport samolyoti ishlab chiqarildi.

So`ngra “AN-12” va “Antey” og`ir transport samolyotlari paydo bo`ldi. V.P.Chkalov nomidagi

Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi sexlarida mashhur “Ruslan” va dunyodagi eng

katta “M`riya” samolyotlari uchun qanotning ayrim ehtiyot qismlari tayyorlandi. Bularning

barchasiga  korxonaning  kuchli  ilmiy-texnik imkoniyatlaridan samarali foydalanish tufayli

erishildi.



65

Korxona eng zamonaviy, muntazam yangilanib borayotgan texnologiyalar va asbob-

uskunalar bilan jihozlangan hamda ixtisoslashtirlgan yuksak ishlab chiqarish tarmog`iga ega.

Masalan, “IL-76”samolyotini keng ko`lamda ishlab chiqarish Ilyushin nomidagi konstruktorlik

byurosi bilan hamkorlik samarasidir. Ushbu havo  kemasi ishlab chiqarish jarayoni muntazam

takomillashtirilib, texnik xususiyatlari va sifati yaxshilab borildi. Uning har biri ma`lum bir

sohaga ixtisoslashtirilgan ko`plab variantlari turkumi ishlab chiqarildi va tayyorlandi. Bular

radiolokatsiondozoriga oid  samolyotlar, yoqilg`i  havo kemalari, qidiruv-qutqaruv komplekslari

“Skalpel”. “Aybolit” gospitallari, kosmanavtlar uchun trinajyorlar va boshqalardir. Mazkur

turdagi  960 dan ortiq samolyot bugungi kunda yer sharining barcha qit`alarida yuk tashishda

qo`l kelmoqda. Ulardan Suriya, Liviya, Misr, Jazoir, Hindiston, Koreya, Xitoy,  MDH davlatlari

va boshqa mamlakatlarda muvaffaqiyatli foydalanilmoqda.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, V.P.Chkalov nomidagi  Toshkent aviatsiya

ishlab chiqarish birlashmasi davlat akseonerlik jamiyatining 16 ming kishillik ko`p millatli

jamoasi hayotida yangi sahifalar ochildi. Bozor iqtisodiyotiga o`tishning dastlabki yillaridagi

qiyinchiliklarga qaramasdan, respublikamiz rahbariyati, shaxsan Prezidentimiz I.Karimov

o`zbekistonlik aviasozlarni doimo qo`llab-quvvatlab keldi. Ular bugun mamalakatimizni jahonga

nafaqat aviatsiya davlati sifatida tanitmoqda, balki iqtisodiy taraqqiyotimizga hissa qo`shayapti.

Korxona yangi sharoitlarda xorijlik ta`minotchilar bilan bevosita aloqalar o`rnatish,

texnik jihozlarni modernizatsiya qilish uchun zarur ashyolarni sotib olish imkoniyatiga ega. 2003

yil boshiga kelib, korxonada ishlab chiqarish sur`ati 2001 yildagiga nisbatan 1,5 barobar oshdi.

Tashqi iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish va kengaytirish noyob samolyotlar ishlab

chiqarish imkonini berdi. Ular orasida “IL-76 MF” va “IL-114” kabi takomillashtirilgan yuk

tashuvchi samolyotlar va IL-114 ning eng so`nggi zamonaviy turi hisoblangan “IL-114-100”

havo kemasi Sharqiy Yevropa va Osiyoda yagonadir. O`z toifasida eng yaxshi hisoblangan

uhsbu samolyot Amerikada ishlab chiqarilgan havo vintlari va Kanadada tayyorlangan

dvigatellar  bilan jihozlangan. Birlashmada ishlab chiqarilayotgan xalqaro avia ko`rgazmalarda

muntazam ishtirok etib kelmoqda va bir necha marta mukofotga sazovor bo`ldi. Toshkent

aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi yaqinda  “Boing” kompaniyasidan ushbu kompaniya havo

laynerlari uchun qariyb 9000 turdagi butlovchi qismlar tayyorlashga sertifikat oldi. Hindistonlik,

fransiyalik, gollandiyalik va isroillik aviasozlar bilan hamkorlik yo`lga qo`yilmoqda.


66

3.2. Xavfsizlikni ta`minlashning asosiy yo`nalishlari

Agar  biz AQSh va O`zbekistonning stratigik hamkorligi tarixiga chuqurroq nazar

tashlasak, shuni ko`ramizki, bu ikkita mamlakat o`zaro hamkorligini yillar davomida bosqichma-

bosqich rivojlantirib kelmoqdalar. Bu hamkorlikni 3 bosqichga bo`lish mukin. Birinchi bosqich

O`zbekistonning mustaqilligidan oldingi yillar va mustaqillikning dastlabki 3 yilini qamrab

oladi. Bu davr O`zbekiston va hatto, Markaziy Osiyoning AQSh bilan hamkorligi yetarli

darajada bo`lmaganligi  bilan harakterlanadi.

AQSh O`zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo`lib tan oldi va O`zbekistonda

o`zining diplomatic elchixonasini ochdi, Respublikamizda amalgam oshirilayotgan iqtisodiy

islohotlarni o`rganib chiqdi, tashqi va ichki siyosati kuzatdi. Shu tariqa yildan-yilga aloqalar

kengayib bordi.

1993 yildan 2001 yil 11 sentabrgacha bo`lgan davrni o`z ichiga olgan ikkinchi

bosqichda hamkorlikning yangi qirralari amalgam oshirildi. Bu sdavrda hamkorlik aloqalari

kengayib, O`zbekistonga AQSh  investitsiyalari kirib kela boshladi. O`zbekiston Respublikasi

Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimov  AQShga tashrif buyurdi. Savdo-sotiq aloqalari tez

sur`atlar bilan rivojlana bordi, ilmiy-texnikaviy hamkorlik mustahkamlandi. Madaniy va

gumanitar aloqalarning   yangi shakli yuzaga keldi.

Bu davr mobaynida mustaqil tashqi siyosat tufayli O`zbekiston xalqaro aloqalarning

faol subyektiga aylandi, xalqaro terrorizmga , giyohvandlikka qarshi olib brogan siyosati tufayli

xavfsizlikni va mutanosiblikni  vujudga keltirdi hamda jahonda o`ziga yarasha nufuzga ega

bo`ldi.

Uchinchi bosqichda O`zbekiston va AQSh o`rtasida strategic hamkorlik amalgam



oshirildi va u asosan 2001 yil 11 sentabrdan so`ng rivojlandi. Bu hamkorlikning asosiy sababi va

vazifalari quyidagicha:

1.AQShning O`zbekistonga Markaziy Osiyoda tinchlik o`rnatish, xalqaro

giyohvandlikka qarshi kurashuvchi yagona va samarali hamkori sifatida qarashi;

2. AQSh xalqining xalqimiz hamda Prezidentimiz bilan do`stona munosabatlari;

3. AQShning keng ommasi , tadbirkorlar doirasi O`zbekistondagi iqtisodiy yutuqlarni

tan olayotgani va uning rivoji uchun  investitsiyalar kiritayotgani;

4. O`zbekistonni AQShning rivojlangan iqtisodiyoti, demokratik qoidalari, ilmiy-

texnikaviy salohiyati qiziqtirishi.

Ko`rinib turibdiki, O`zbekiston va AQSh o`rtasidagi aloqalar yakka fikrlik asosida

rivojlanib va shakllanib keldi. 11 sentabr voqealari esa ularning  keyingi rivojlanishiga zamin

yaratadi.



67

AQSh va O`zbekiston  strategic hamkorligining bosh maqsadi ular tomonidan qabul

qilingan dekloratsiyada to`liq ifodasini topgan. Bu dekloratsiya huquqiy-siyosiy hujjat bo`lib,

tomonlarning majburiyat va javobgarliklarini belgilaydi, siyosiy, iqtisodiy, gumanitar, huquqiy

sohalaridagi hamkorligini ta`minlaydi. Agar ikki mamalakatdan birida xavf-xatar paydo bo`lsa,

ikkinchi mamalakat ham bu xatarni o`ziga qaratigan deb hisoblaydi va undan tezda xolos

bo`lishga ko`maklashadi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning AQShga qilgan rasmiy

tashrifidan so`ng ikki mamlakat o`rtasidagi munosabatlar  sifat jihatidan yangi bosqichga

ko`tarildi, AQShning O`zbekistonga bo`lgan qiziqishi ortdi. Yurtboshimizning AQShga tashrifi

davomida imzolangan turli sohalarda hamkorlik qilish haqidagi qator hujjatlar bunga yorqin

misol bo`la oladi.

O`zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat

qo`mitasi raisi A. Baxromov boshchiligidagi delegatsiya vakillarining Amerika tomoni taklifi

bilan Vashingtonga qilgan tashrifi, AQShning monopoliyaga qarshi davlat organlari hisoblangan

Federal Savdo Komissiyasi

(FSD) va Adliya departamenti antitrust bo`limi rahbarlari va mutaxasislari bilan

uchrashuvlari o`zaro ishonch hamda manfaatli hamkorlik ruhida o`tdi. Dunyoning yetakchi

davlatiga qilingan ushbu tashrifdan ko`zlangan maqsad –ikki mamlakatning monopoliyaga

qarshi organlari o`rtasida  bevosita aloqalar o`rnatish va yanada yaqin hamkorlik asoslarini

shakllantirishdan iborat edi.  Ushbu tashrif chog`ida, shuningdek, iqtisodiyotning turli

jabhalarida  monopoliyaga qarshi ishlarga aloqador qator masala va muammolarni muhokama

etish ham ko`zda tutilgan edi. Masalan, Federal Savdo Komissiyasi va Adliya departamenti

vakillari bilan o`tkazilgan uchrashuvlar davomida tabiiy monopoliyalar, telekommunikatsiyalar,

yuklarni temir yo`llar orqali tashish, elektr energetikasi, tabiiy gaz sohalarida monopoliyaga

qarshi ishlarni tartibga solish masalalari ko`rib chiqildi. Bunda asosiy e`tabor Federal Savdo

Komissiyasi va Adliya departamentining usshbu sohadagi tuzilmaviy tub o`zgarishlarni amalgam

oshirish tajribasi va ularni mamlakatimiz sharoitada afzallik tomonlari muhokamasiga qaratildi.

Shuningdek, tomonlar qo`llanilayotgan tartibga solish chora-tadbirlari, qonunchilik

buzilishi holatlarini ko`rib chiqish tizimi bo`yicha ham tajriba almashdilar. Monopoliyaga qarshi

tartibga solish ishlarining qonunchilik bazasi ham tahlil etildi. Ushbu ishlar muhokamasi

davomida  muayyan holat bo`yicha fikr almashildi.

Uchrashuvda iste`molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari alohida muhokama

qilindi. Muhokama davomida amerikalik hamkorlar O`zbekiston vakillarini Federal Savdo

Komissiyasining iste`molchilarni himoya qilish byurosi huzuridagi Iste`molchilar markazi


68

faoliyati  bilan tanishtirishdi.  Byuro direktori o`rinbosari Xyu Stivenson bilan uchrashuv

chog`ida Monopoliyaga qarshi kurash qo`mitaning xalqaro miqyosda  iste`molchilar

huquqlarining buzilishi holatlarini ko`rib chiqishdagi ishtiroki istiqbollari muhokama etildi.

Xalqaro texnik yordam direktori Djeyms Xattil, bosh maslahatchi Vilyam Kovasik

bilan o`tkazilgan uchrashuvlar kooperatsiya va xalqaro hamkorlik masalalari, tajriba almashish,

muayyan  holatlarni  ko`rib chiqishda yordam berish imkoniyatlari muhokamasiga bag`ishlandi.

Amerika tomoni xalqaro monopoliyaga qarshi tartibga solishni amalga oshirishda  doimiy

aloqalarni o`rnatishdan manfaatdor ekanligini bidirdi. Bundan tashqari, vakillarimizning Federal

Savdo Komissiyasi raisi Timotti Muris, Federal Savdo Komissiyasiva Adliya  departamentining

Antitrast bo`limi tuzilmaviy bo`linmalari rahbarlari bilan O`zbekistonning AQShdagi Favqulotda

va Muxtor elchisi sh, Hamroqulov ishtirokida rasmiy uchrashuvi bo`lb o`tdi.

Uchrashuv chog`ida amerikalik hamkorlar respublkamizning Monopoliyadan chiqarish

va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligi to`g`risida

rasmiy xatni topshirishdi. Ushbu hujjatda ma`lumot almashsish va raqobat siyosatining o`zaro

qiziqish tug`diruvchi ayrim jihatlarini muhokama etish to`g`risidagi istak bayon etilgan,

shuningdek, texnik yordam ko`rsatish imkoniyatlari mavjudligi ham ta`kidlangan.

 Amerika Qo`shma Shtatlari bilan ikki tomonlama munosabatlarimiz davlatlararo

aloqalarning g`oyat muhim yo`nalishlari  bo`yicha izchil va sobitqadamlik bilan rivojlanib

bormoqda. Bunga O`zbekiston Respublikasi Prezidentining AQShga rasmiy tashrifi yordam

berdi. Mazkur tashrif chog`ida AQSh Prezidebti J.Bush va boshqa yuksak martabali shaxslar

bilan uchrashuvlar bo`lib o`tdi. Shuningdek, o`zbek-amerika siyosiy maslahatlashuvlari ham

o`tkazib kelinmoqda.

O`zbekiston va AQSh o`rtasida Strategik sheriklik va hamkorlik to`g`risida

dekloratsiya imzolanganiga 2003 yil martda 1 yil to`ldi. Mazkur hujjat 2002 yil 11-14 mart

kunlari O`zbekiston Prezidenti Islom Karimovning AQShga rasmiy tashrifi chog`ida imzolangan

edi. Dekloratsiya davlatlararo siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalar rivojlanishini

ta`minlashga qaratilgan hujjat hisoblanib, O`zbekistonning kelajagidagi taraqqiyotiga xizmat

qiladi.

O`zbekiston va AQSh nafaqat xalqaro terrorchilikka qarshi kurashda, balki boshqa



ko`plab xalqaro muammolarning yechimini belgilashda mushtarak nuqai nazrga ega. Zero, faqat

istiqbolli davlatlargina AQSh bilan bunday hamkorlik o`rnatish imkoniga ega.

Dunyoning yetakchi davlati bo`lgan, juda katta siyosiy, iqtisodiy, harbiy-texnikaviy,

intellectual salohiyatga ega AQSh  bilan ko`p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va

chuqurlashtirish biz uchun ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. AQSh jamiyatimizni yangilash, isloh


69

qilish va demokratiyalashtirish, respulikamizning davlat mustaqilligi va suverinitetini

mustahkamlash jarayoniga salmoqli hissa qo`shmoqda. Biz Amerika kompaniyalari va firmalari

bilan uzoq muddatli investitsiya loyihalarini amalgam oshirishga, ular bilan o`zaro foydali

sherikchilik munosabatlarini o`rnatishga,  Amerika kapitalining bozorlarimizdagi ishtiroki

kengayishiga katta ahamiyat beramiz.

XXI asrga kelib, jahonga etnik guruhlar, millatlar urushlari va davlatlar o`rtasida

urushlar kabi xatarlar xavf solmoqda. Ularning oldini olish uchun muayyan choralar

ko`rilmoqda. Ammo jahon xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm kabi yangi shakldagi

urushlarga yuyz tutmoqda. Ular insoniyat maqsadlariga batamom ziddir.

Ikkinchi jahon urushidan so`ng Yevropa mamalakatlari orasida xavfsizlik masalalarini

hal qilish vazifasi paydo bo`ldi. Shu maqsadlarni ko`zlab, 1984 yil 17 martda Bryussel shahrida

50 yil muddatga “Bryussel shartnomasi” imzolandi. Uning bosh maqsadi umumiy xavfsizlikni

ta`minlash va unga a`zo mamlakatlarning o`zaro iqtisodiy, madaniy aloqalarini rivojlantirishdan

iborat edi. Shartnomaga Buyuk Brutaniya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksanburg a`zo

obo`lishdi va Shimoliy Atlantik hamkorlik kengashiga (NATO) asos soldi.

NATO  qarorgohi  Belgiyaning deyarli XIV asrdan ortiqroq tarixga ega poytaxti

Bryusselda joylashgan. Uning  binolari  oldida 19 ta a`zo davlatlarrning bayroqlari havoda

hilpirab turibdi. Aytmoqchi, NATOning emblemasida ham davlatlararo birlik va hamkorlikni

ramziy ifoda etuvchi doira, uning o`rtasida Shimoliy Atlantik hamkorlik kengashiga a`zo

davlatlar tanlagan umumiy tich-totuvlik yo`lini ko`rsatib turuvchi kompos o`rin olgan.

NATO  nima degani? Oktabr to`ntarishi dunyoga keltirgan sobiq sovet totalitar rejimi

davrida bu tashkilotga har qanday shak-shubhadan holi bittayu-bitta qarash mavjud edi: NATO –

jahon jandarmi, u ishchilar sinfi va mehnatkash dehqonlarni ezuvchi  sinflar manfaatini himoya

qiladi, ozodlik va demokratiyaning  ashaddiy dushmani.

O`sha paytdagi Kreml rahbarlarining bunday rasmiy xulosalari ommaviy axborot

vositalari orqali butun jamiyat ongiga va qalbiga  to`xtovsiz singdirib kelindi. Biroq vaqt hamma

narsani o`z o`rniga  qo`ydi. Sovet rahbariyatining o`zi tinimsiz va`da qilib kelgan

“kommunizm” jozibali sarobdan, hom hayoldan boshqa narsa emasligi dunyoga ayon bo`ldi.

Xolbuki, bunday g`oyalar yo`lida  “tozalshlar” olib borilib,millionlab odamlar GULAG lar

bag`rida qurbon bo`ldi. Amalda sovet  mamlakati “Xalqaro turmasi”ga aylandi. Va shunday

jiddiy sabablarga ko`ra, bu tizim yemirilib, o`rnida mustaqil davlatlar qad rostladi.

Tarixiy 1991 yildan keyin odamlar fikrida va qalbida tub o`zgarish ro`y bera boshladi.

Ularning, jumladan,  Shimoliy Atlantika hamkorlik kengashi haqidagi qarashlar ham asos-

asosidan o`zgardi. Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari, shu jumladan, O`zbekiston NATO ga


70

sheriklik qila boshladi. Olyansga 19 davlatning amaldagi faoliyati shundan dalolat beradiki, ular

yordamida dunyoning qaysi burchagida harbiy nizo tug`ilsa,  uning olovi o`chiriladi yoki oldi

olinadi. Yadro, kimyoviy va bakteriologik qurollarni tarqatmaslik bo`yicha loyihalar amalga

oshiriladi, turli davlatlarning olimlari o`rtasida ilmiy hamkorliklar yo`lga qo`yiladi, NATO ga

a`zo davlatlar terrorchilik va giyyohvandlikka qarshi kurashda boshqa davlatlarga faol

ko`maklashadilar.

Bugun NATO yanada kengayishi arafasida turibdi: a`zo davlatlaridan tashqari, Alyans

bilan so`nggi yillarda  yana 27 ta davlat hakorlik qilmoqda. Ular Sharqiy Yevropadagi

Varshava   shartnomasiga a`zo davlatlar, shuningdek, sobiq SSSR iskanjasidan xolos bo`lgan

davlatlardir.

1994 yil  iyul  oyida O`zbekiston NATOning “Tinchlik yo`lida hamkorlik” loyihasiga

qo`shildi. Bu loyiha jamoaviy xavfsizlik va barqarorlikning keng tizimini, shu jumladan,

Markaziy Osiyo mintaqasida ham vujudga keltirishga qaratilagan. NATO bilan hamkorlik

harbiy-siyosiy voqealardan xabardor bo`lib turish, bu uyushma doirasida amalgam

oshirilayotgan tadqiqodlar va ishlanmalardan baxramand bo`lish imkonini beradi. NATO uchun

mamlakatlarning tadbirlarida, jumladan, harbiy bo`limalarning birgalikdagi mashqlarida

qatnashish mumkin bo`ladi. Bularning barchasi qismlarimizning jangovor tayyorgarligini

ko`tarishga, ilg`or jangovor tajribalarni o`rganish, ya`ni pirovardida mamlakatimizning mudofaa

qobiliyatini yuksaltirishga yordam beradi. Shu  bilan  birga  davlatimizning jahondagi iqtisodiy

jihatdan rivojlangan demokratik mamlakatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, gumanitar sohalardagi

aloqalarini mustahkamlashga sharoit tug`iladi.

O`z navbatida, demokratik davlatlarni birlashtirib turgan NATO Yevropa qit`asidagina

emas, balki o`z siyosiy ustqurmasini  mustahkamlash va “ Tinchlik yo`lida hamkorlik” loyihasi

hisobiga juda katta Yevroosiyo mintaqasida tinchlik o`rnatuvchi olimp bo`lishi mumkin.

O`zbekiston “Tinchlik yo`lida hamkorlik” loyihasiga 1994 yil iyul oyida qo`shilgan bo`lib, bu

loyihadagi ishtirokimizga mustaqilligimiz va suverenitetimizni mustahkamlash, hozirgi zamon

harbiy-texnikaviy yutuqlaridan bahramand bo`lish, harbiy kadrlar tayyorlashda

imkoniyatlarimizni kengaytirish nuqtai nazaridan qaraymiz.

NATO bosh kotibi X.Solana va AQShning NATOdagi doimiy vakili R.Xanterning

O`zbekistonga tashriflari butun dunyo miqyosidagi va mintaqadagi xavfsizlik muammolari

borasidagi qarashlarimiz mos kelishini yana bir bor namoyish qildi. Muzokaralar davomida

mintaqada tinchlikni saqlashga, Afg`onistondagi mojaroni siyosiy choralar bilan bartaraf etishga,

Markaziy Osiyo mintaqasini yadrosiz hudud deb e`lon qilishga qaratilgan tashabbuslarimizga

to`la tushunish bilan qaralayotganligi va ular  qo`llab-quvvatlanayotganligining shohidi bo`ldik.


71

Biz O`zbekistonning imkoniyatlari mintaqadagi barqarorlashtiruvchi omil sifatida baho`lanishiga

to`la-to`kis qo`shilamiz.

O`zbekiston jahon hamjamiyati bilan hamkorlik qilishi Yevropaning imkoniyatlari,

milliy manfaatlari nuqtai nazaridan hayotiy muhimdir. Yevropa va butun G`arb – yuksak

texnologiyalar    va investitsiyalar manbaidir, hozirgi zamon demokratiyasi va inson

huquqlarining ramzidir. Bularning barchasi xavfsizligi ta`minlangan va barqaror rivojlanayotgan,

yuksak  darajada  taraqqiy etgan va zamonaviy demokratik davlatga aylanish maqsadida

yangilanish va taraqqiyotni strategik  vazifa qilib olgan O`zbekiston uchun hayotiy zaruratdir.

Biz bunda xavfsizlik va taraqqiyot bir-birini taqazo etishi tamoyiliga amal qilamiz. Bu

esa, bir tomondan, iqtisodiyotga investitsiyalar olib kelish uchun barqaror va xavfsiz muhit

yaratishni, ikkinchi tomondan, hayotning hamma sohalarida keng ko`lamdagi islohotlarni

amalgam oshiradigan mamlakatgina bunday xavfsiz muhitni ta`minlashga qodir bo`lishini

nazarda tutadi.  NATO qarorgohida 2003 yil oktabr oyida “O`zbek mahallasi: odanlar,

an`analarva urf-odatlar” mavzusidagi fotoko`rgazma bo`lib o`tdi. Mahallalar  tarixi

O`zbekistonda uzoq asrlarga borib taqaladi.  Mahallalar an`analar, xalq mentaliteti manbaidir,

ulardagi turmush tarsi odamlar orasidagi yaxshi qo`shnichilik munosabatlariga asoslangan.

Mahallalarda inson bolaligidan ma`naviy boy, sahiy qalb, mehnatkash, keksalrni izzat qiladigan,

Vatanni sevadigan bo`lib voyaga yetadi. Mahallaning eng e`tiborli  an`analaridan biri –hashar ,

ya`ni odamlar o`zaro birgalishib, beminnat, sidqidildan, masalan, nochor oilalar uchun uy-joylar

qurilishiga ko`maklashadilar, tashlandiq yerlarni obodonlashtiradilar va boshqa savobli ishlarni

bajaradilar.

Prezidentimiz Islom Karimov 2003 yilni “Obod mahalla yili” deb e`lon qildi. “Mana

shuning o`zi xalqchil an`analarning avaylab-asrab rivojlantirilishi yo`lida g`amxo`rlik  emasmi?!

Umid qilamanki,-dedi O`zbekistonning Belgiyadagi elchisi Alisher  Shayxov, -ko`rgazmada,

namoyish etilgan suratlarda manzur bo`ladi va ushbu ko`rgazma O`zbekistonliklar va

Yevropaliklarningmadaniy-ma`naviy hamkorligida o`ziga xos o`rin tutadi”.

NATO matbuot kotibi Jimmi Shi  o`zbek xalqi hayotini yorqin va o`ziga xos jihatdan

aks ettirgan ko`rgazma uchun uning tashkilotchilariga  minatdorchilik izhor etdi.

O`zbekistonning ichki va tashqi siyosatini ishlab chiqishda va mintaqaviy, iqtisodiy

xavfsizligini ta`minlashda diniy “Islom omili”ni hisobga olish umhim rol o`ynaydi. Bu uning

turmush tarzida, kishilarning ruhiyatida ma`naviy-axloqiy qadriyatlari  shakllanishida va bu

dinga e`tiqod qiluvchi xalqlar bilan yaqinlashishga intilishida ham ko`zga tashlanadi.


72

O`rta Osiyoda bir necha ming yillar davomida turli dinlar hamjihat bo`lib, tinch-totuv

yashab, millati va irqidan qat`iy nazar, mamlakatlar va qit`alarni birlashtiruvchi, mintaqa

xavfsizligini ta`minlovchi birda-bir madaniyat o`zagi bo`lib kelgan.

Darhaqiqat, O`zbekiston beshta qo`shni musulmon davlat –shimoliy g`arbda

Qozog`iston, shimoli-sharqda Qirg`iziston, janubiy-g`arbda  Turkmaniston, janubi-sharqda

Tojikiston, janubiy-g`arbda ozroq masofada Afg`oniston bilan chegaradosh va bu davlatlar bilan

iqtisodiy hamkorlik hududiy xavfsizlikni ta`minlashda asosiy omil bo`lib  xizmat qiladi.

O`zbekiston yaqin va uzoqqa joylashgan musulmon  davlatlar bialn ko`p sohalarda

hamkor, ulardagi xalqlar  azal-azaldan bir-birining ilm-fani,  madaniyati va san`atini boyitib,

savdo-sotiq qilib kelgan va tinchlikni saqlashga xizmat qilgan.

O`zbekiston Respublikasining 1992 yilda qabul qilingan Konstitutsiyasiga ko`ra,

“hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hoxlagan dinga e`tiqod  qilishi  yoki

hech  qaysi  dinga e`tiqod qilmaslik huquqiga egadir. Diniy qarashlarni majburan singdirishga

yo`l qo`yilmaydi”, diniy tashkilotlar va uyushmalar davlatdan ajratilgan va qonun oldida tengdir.

Davlat  diniy uyushmalarning  faoliyatiga  aralashmaydi.

O`zbekiston mustaqillikka erishgach, din madaniy-ma`naviy  omillar umumiy

sulolasiga kiruvchi teng huquqiy qadriyat sifatida tan olindi va unga to`la erkinlik berildi. Diniy

jamoalar, tashkilotlarga qonun doirasida ochiq va dahlsiz faoliyat ko`rsatishh imkoniyati

yaratildi. O`zbekiston aholisining asosiy qismi islom diniga, yevropalik aholi xristianlikning

provoslaviya mazhabiga e`tiqod qiladi. Ular bilan bir qatorda kotolik, protestant va boshqa

mazhablar, jami15 dan ortiq kofessiya vakillari yashaydi. Ular vatan mustaqilligini

mustahkamlash, siyosiy-ijtimoiy barqarorlikni, hududiy xavfsizlikni ta`minlash yo`lida faoliyat

yuritmoqdalar.

O`zbekiston dunyoviy davlat bo`lib, unda din davlatdan ajratilgan. Vijdon erkinligining

kafolatlari  O`zbekiston Respublikasining Knstitutsiyasida, “Vijdon erkinligi va diniy

tashkilotlar to`g`risida” gi qonunda (1998 y) bayon etilgan. O`zbekistonda din va diniy

dunyoqarash dunyoviy turmushtarzi, dunyoviy fikrlar bilan yonma-yon rivojlanib kelmoqda.

Qonunga binoan fuqaroga yakka yoki guruh bo`lb dinga e`tiqod qo`yish, diniy urf-odatlar va

marosimlarni bajo keltirish, muqaddas joylarga haj qilish huquqi berilgan va bunga davlat

tomonidan imkoniyatlar yaratilagandir. Birgina 2003 yilda 3000 ga yaqin kishi haj va 3500 ga

yaqin kishi esa umra amallarini bajo etib keldi.

 O`zbekiston musulmonlar diniy idorasi qaramog`ida ikkita o`quv yurti –Buxorodagi

“Mir arab” diniy bilim yurti1945 yildan buyon faoliyat ko`rsatadi va Toshkent Islom Instituti



73

1971 yilda tashkil topgan, 2000 ga yaqin jome masjid bor. “Movorounnaxr” nashriyoti

tomonidan “Hidoyat” jurnali va “Islom nuri” gazetasi chop etilmoqda.

O`zbekiston  hukumati islom dining boy merosini, musulmon allomalarining asarlarini

chuqurroq o`rganish  uchun 1995 yilda Toshkentda Xalqaro Islom tadqiqotlari markazi tuzildi.

1999 yilda O`zbekistonda  Toshkent Islom Universiteti faoliyat boshladi. Davlat respublikada

tinchlik va xavfsizlik ramzi bo`lmish inoqlik va totuvlikni qo`llab-quvvatlamoqda. Chunonchi,

1995 yilda Toshkentda “Bir  osmon ostida birgalikda yashaymiz” mavzusida musulmon-xristian

kofrensiyasi o`tkazildi. Unda Jahon cherkovlari kengashining va bir qancha xorijiy

cherkovlarning vakillari ishtirok etdilar.

Mustaqillik yillarida shonli sanalar, mashhur musulmon allomalarining yubileylari

munosabatlari bilan bir qator xalqaro simpoziumlar o`tkazildi. Ular xalqlar o`rtasida totuvlik,

bir-birini e`zozlash va tinchlikni saqlash asos bo`ldi.

O`zbekiston musulmonlar idorasi Ulamolar kengashining islom dinining asl

insonparvarlik mohiyatini asrash va ekstremizm xataridan himoya qilish bo`yicha murojaatini

inobatga olinib,  mamlakatiimizda ijtimoiy- ma`naviy  muhitni yanada sog`lomlashtirish,

muqaddas dinimizni soxtalashtirishga urinayotgan turli mutaassib kuchlar yovuz harakatlari

oldini olishga qaratilgan tadbirlarning hayotiy ahamiyati va ta`sirchanligini oshirish  maqsadida

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2003 yil 22 avgustda “ Din sohasidagi ma`naviy-

ma`rifiy, ta`lim ishlarini va faoliyatini yanada takomillashtirishda ijtimoiy ko`mak va imtiyozlar

berish to`g`risida”gi qaror qabul qildi. Ushbu qarorni  amalga oshirish  respublikada totuvlik,

hamjihatlik va iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashda “Islom omili”ni hisobga olish qanchalik

muhim ekanligini yana bir bor eslatadi. O`zbekistonning tinchlik, totuvlik, mantaqaviy xavfsizlik

yo`lidagi sa`y-harakatlari professor Leonid Levinning Moskvadagi “Varchis” nashriyotida chop

etilgan “O`zbekiston: Karimov davri” nomli  kitobida ifodalangan. Mazkur kitob muallifning

“O`zbekiston: tarixiy burilish pallasida” kitobining to`ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi

nashridir.

Kitob 2001-2002 yillar davomidagi siyosiy voqealar natijasida yuzaga kelgan. Unga

xalqlar hayotida sodir bo`lgan voqea-hodisalar to`g`risida qo`shincha ma`lumotlarkiritilgan.

Kitob muallifi progressiv va reaktsion tendentsiyalarning yer yuzida keskin tus olgan

kurashi sharoitida yuzaga kelgan yangi da`vatlar va xavflarning ifodasi o`laroq, O`zbekistonning

ushbu g`alvali dunyodagi o`rni va holatiga, uni atroflicha tahlil qilishga e`tabor qartayotgan,

shuningdek, Prezident  Islom Karimovning mazkur murakkab xalqaro jarayonlardagi rolini ochib

bergan.


74

Kitobning ikkinchi nashriga kiritilgan”Al-Buxoriy saboqlari” deb nomlangan yangi bob

islom va dunyoviy davlat, islom dinining dunyodagi boshqa dinlar bilan munosabati, islom

o`zgarishlarida O`zbekistonning roli va o`rni masalalariga bag`ishlangan.

Ushbu  bobda  L.Levitin Al-Qoida va vahobiylik, jihod va shahidlar, O`zbekiston islom

harakati (O`IH), xizb-ut tahrir al-islomiy va ularning xalqaro terrorizm bilan bog`liqligi kabi

tushunchalar to`g`risida fikr yuritgan.

Kitob nihoyasida muallif yana bir karra Prezident Islom Karimovning o`zbek xalqining

buyuk tarixiy ma`naviy qadriyatlarini tiklashdagi, shuningdek, dinni niqob qilib olgan diniy

ekstrimizmga va terrorizmga qarshi matonat va sobitqadamlik bilan kurashuvchi sifatidagi,

yuksak islom madaniyatiga asoslangan dunyoviy davlat barpo etishdagi sa`y-harakatlariga

yuksak baho beradi.

Respublikada keng  tarmoqli  kommunikatsiya tizimi vujudga keltirilgan. Bu tizim

ichki va tashqi transport, aloqa va axborot ehtiyojlarini, chet ellar bilan iqtisodiy aloqalarni

ta`minlaydi. Umumiy foydalanishdagi yo`lovchi va yuk tashuvchi transportning hamma turlari –

temir yo`l, avtomobil, havo, daryo transporti, suyuq mahsulot tashiladigan quvurlar, shahardagi

tramvaylar, avtobus, metropolitan, telekommunikatsiya rivojlangan.

O`zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan birgalikda dengiz portlariga chiqishni

ta`minlaydigan va qadimiy Buyuk Ipak yo`lini tiklashga ko`maklashadigan tranzit transport

yo`lagini vujudga keltirishni mo`ljallamoqda. Shu maqsadda O`rta Osiyo mamlakatlari iqtisodiy

hamhukumatlari bilan shartnoma tuzilib, Tajan-Saraxs-Mashxat temir yo`li izga qo`yilmoqda.

Muqobil yo`l sifatida Termiz-Hirot va Eron portlariga chiqadigan yo`l qyurilishi bo`yicha ham

Afg`oniston, Eron va O`zbekiston rahbarlarining 2003 yil uchrashuvida kelishib olindi.

Bu kommunikatsiya Shanxay- Parij  telekommunikatsiya  kabel yo`li kabi butun

Osiyoni kesib o`tadigan  magistralning bir qismidir. Mazkur kommunikatsiya yo`lagi orqali

qatnov boshlanishi, Tinch okeaning Osiyo qismi mamlakatlariga O`zbekiston orqali G`arbga –

Turkiyaga va undan Yevropaga chiqish tashish masofasini ikki barobar qisqartiradi va

xavfsizlikni oshirish imkonini yaratadi. TASIS doirasida “TRASEKA” loyihasini amalga

oshirish  O`zbekistonning kommunikatsiya va transport  ta`minotida  katta  ahamiyatga aga

bo`ladi.


Toshkentda “TRASEKA” loyihasi bo`yicha   hukumatlararo komissiyaning ikkinchi

konferensiyasi 2002 yil mayday bo`lib o`tdi. Asosiy  ko`p tomonlama bitimga a`zo mamlakatlar

transport bo`yicha vazirlarining birinchi forumi 2000 yil martda Tbilisi shahrida bo`lib o`tgan.

Shuni ta`kidlash joizki, yuqoridagi loyiha 1993 yil may oyida Bryussel shahridan o`z

rivojlanishyarixini boshlagan. Unda Yevropa Komissiyasi tomonidan tashkil qilingan xalqaro


75

konferensiyada  “TRASEKA” loyihasini yaratish taklif etilgan. Forumda 8 ta mamlakatning :

Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog`iston,  Qirg`iziston, Turkmaniston, Tojikiston va

O`zbekistonning savdo va transport sohalari vazirlari ishtirok etdi. Tomonlar Yevropadan

Kavkaz va Kaspiy dengizi orqali Markaziy Osiyoga G`rb-Sharq yo`nalishidagi transport

yo`lagini rivojlantirish loyihasini hamkorlikda amalgam oshirish to`g`risida kelishib oldilar.

Yevropa Ittifoqi tomonidan taklif qilingan “TRASEKA” loyihasining asosiy g`oyasi,

a`zo mamlakatlar uchun qo`shimcha muqobil sifatida transport  yo`lagini ishlab chiqish, qurish

va ishga tushirish hisoblandi. U quyidagi maqsadni ko`zda tutadi:

- muqobil transport yo`nalishlari orqali Yevropa va jahon bozorlariga chiqish

imkoniyatlarini oshirish yo`li bilan O`rta Osiyo va Kavkaz davlatlarining siyosiy  va iqtisodiy

mustaqilligini qo`llab-quvvatlash;

- transport tizimini takomillashtirish bo`yicha hududiy hamkorlikni rivojlantirishga

ko`maklashish;

- transport infratuzilmasini rivojlantirishga xalqaro moliya institutlari va xususiy

investorlar mablag`larini jalb qilish uchun ushbu loyihadan katalizator sifatida foydalanish;

- “TRASEKA” yo`nalishining Yevropa transport kommunikatsiyalari bilan

birlashishida har tomonlama manfaatga erishish.

“TRASEKa” hukumatlararo komissiyasining doimiy kotibiyati qoshida to`rtta ishchi

guruh tashkil qilingan. Ular loyihaning  asosiy yo`nalishlarini: savdo, avtoyo`l, temiryo`l va

dengiz transportlari bilan bog`liq masalalarniamalga oshirishga ko`maklashish uchun

“TRASEKA”ga a`zo mamlakatlarning asosiy ko`p tomonlama bitimida ko`rsatilganidek, 12 ta

kotibni o`z ichiga oladi.

“Yevropa-Kavkaz-Osiyo” yo`lagini rivojlantirish bo`yicha xalqaro transport to`g`risida

asosiy ko`p tomonlama bitim  va 1998 yili Boku shahrida o`tkazilgan “Tarixiy Ipak yo`lini

tiklash” bo`yicha xalqaro konferensiya yakunlari asosida imzolangan texnik ilovalarni qabul

qilish “TRASEKA” loyihasining institutsional-huquqiy bazasini rivojlantirish yo`lida  muhim

qadam bo`ldi. Bu hujjatlarni imzolagan davlatlar orasida Armaniston, Ozarbayjon, bogariya,

Gruziya, Qozog`iston,  Qirg`iziston, Moldova, Ruminiya, Tojikiston, Turkiya, Ukraina,

O`zbekiston kabi mamalakatlar bor.

Uning ilovalariga muvofiq va Yevropa Hamjamiyati komissiyasi mablag`lari hisobiga

shakllandi. Loyihani amalgam oshirishdan boshlab, 46 ta loyiha ko`rib chiqildi, ulardan 33 tasi

texnik ko`mak  bo`yicha va 13 tasi investitsion loyihalar –infratuzilamasini tiklash bo`yicha,

uning umumiy hajmi 99,6 mln. AQSh dollarini  tashkil etdi.



76

 Ekspertlar tomonidan e`tiborga olinishicha, loyiha umumiy byudjetining 50%idan

ortig`i investitsion loyihalarni amalgam oshirishga yo`naltirilgan, bu esa “TRASEKA” loyihasini

yanada qiziqarli qiladi va qulay investitsiya muhitini yaratadi.

Misol uchun, mazkur loyiha doirasida texnik loyihalar xalqaro moliya institutlari

tomonidan investitsiyalarni jalb qilishga ko`maklashadi. Chunonchi, YTTB -250 mln. AQSh

dollari hajmida  moliyaviy qo`llab-quvvatlash, Jahon banki 40 mln.  AQsh  dollari hajmida

loyihalarni moliyalashtirish, Osiyo taraqqiyot banki yo`llarni tiklashga mablag` ajratish

majburiyatini oldi. Bundan tashqari loyihani amalgam  oshirishga  Jahon Hamjamiyatining

xususiy investorlari ham jalb etilgan.

2002 yil  oxirlarida  “TRASEKA” hududlararo loyihaning 8 ta a`zo mamlakatlarida

investitsiya loyihalari byudjeti 50.450.000 yevroga yetdi.

Shuni ta`kidlash joizki, hozirning o`zidayoq 50 ta mamlakat yuk tashishini amalgam

oshirish uchun “TRASEKA” transport yo`lagidan foydalanilmoqda. Ushbu loyihani  amalgam

oshirishda  ishtirok etish xohishini bildirgan davlatlar soni ham ortmoqda. Chunki, “TRASEKA”

loyihasi quyidagilarni ko`zda tutadi:

-

mavjud avto vat emir yo`llarni tiklash va yangilash, qurish;



-

kerakli xizmatlarniko`rsatish bo`yicha yo`l infratuzilmasini yaratish;

-

xalqaro tashishlarini amalgam oshirish bo`yicha malakali kadrlar tayyorlash;



-

a`zo mamlakatlarning xalqaro konvensiya va bitimga qo`shilish yo`li bilan yagona

bojxona va tariff qoidalarini ishlab chiqish va tegishli huquqiy bazani yaratish.

Xulosa qilib shuni t`kidlash kerakki, muqobil kommunikatsiyani  “TRASEKA”

loyihasi va boshqa loyihalar asosida rivojlantirish respublika iqtisodiy xavfsizligini ta`minlovchi

asosiy yo`l bo`lb xizmat qiladi va Buyuk Ipak yo`lini tiklanishi bilam qadriyatlarimiz ahamiyati

oshadi.


77


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling